Qarshi davlat universiteti
10.5K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
🗓 ANONS | FINAL

Qashqadaryo viloyat Kubogi.

Qarshi tumanining “FK BESHKENT” jamoasi Qarshi Davlat Universitetining “LOCHIN QDU” jamoasiga qarshi.

⌚️Uchrashuv 29-oktyabr soat 14:00 da Qarshi shahridagi "Geolog" stadionida start oladi.

📹 Uchrashuvni quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.👇🏻

https://youtube.com/live/JzZzTRHiKzk?feature=share

Keling, tomosha qiling va zavqlaning.

📲t.me/FAKashkadarya
👍10
Kashkadarya Football Association
🗓 ANONS | FINAL Qashqadaryo viloyat Kubogi. Qarshi tumanining “FK BESHKENT” jamoasi Qarshi Davlat Universitetining “LOCHIN QDU” jamoasiga qarshi. ⌚️Uchrashuv 29-oktyabr soat 14:00 da Qarshi shahridagi "Geolog" stadionida start oladi. 📹 Uchrashuvni quyidagi…
#ertaga_final

👏 Sevimli futbol klubimizni qo‘llab-quvvatlash uchun universitet jamoasi va talaba-yoshlarni Geolog stadionida kutamiz!

Lochin olg‘a! Biz sen bilan!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉9👍5🔥3
#xushxabar

⚡️Universitetning 3 nafar talabasi tanlovning respublikasi bosqichida qatnashadi

Kecha Qarshi davlat universitetida “Til bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlabki saralash bosqichidan yuqori ball bilan o‘tgan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan 18 nafar talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Quvonarlisi, natijalarga ko‘ra Qarshi davlat universiteti talabalari Dinara Ulashova, Dilafro‘z Yangiboyeva, Shosura Husenova tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Talabalarimizga tanlovning respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4🎉4🤩1
Audio
#OAVda_bizning_talaba

📻 Oltin voha radiosining “Faol yoshlar” eshittirishida Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 4-bosqich talabasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Sevinchbonu Erkinova suhbatdosh sifatida ishtirok etdi.

🎙Radioeshittirishda talabamiz o‘z intilishlari, maqsadlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#TTJlarda_tadbirlar

10-sonli talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova tomonidan “Zakovat” bellashuvi o‘tkazildi. Unda yotoqxonada turadigan talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdi. Intellektual o‘yin savol-javob va bahs-munozaralar bilan qizg‘in kechdi.

Shuningdek, 3- va 9-sonli talabalar turar joylarida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari H.Ibodullayev, G.Abdurahimova tomonidan sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Bahslar ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tib, g‘oliblar rag‘batlantirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2
#viloyat_kubogi #final
#Live

Ayni daqiqalarda Geolog stadionida "Viloyat kubogi-2024" musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qarshi davlat universitetining Lochin futbol klubi Qarshi tumanining Beshkent jamoasi bilan kuch sinashmoqda. Hozirda hisob 1-1. Dastlabki bo‘lim shiddatli lahzalarga boy kechmoqda.

Olg‘a Lochin!!! Universitet sen bilan birga!!!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5👏1
#viloyat_kubogi #final
#Live

Super gol!!! Hisob 2-1. Barakalla yigitlar! Birinchi bo‘lim yakunlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉8👍5🤩5🔥1
Qarshi davlat universiteti
Photo
#viloyat_kubogi #final
#Live

Gooolll!!! Hisob 3-1. Olg‘a Lochin!!!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🎉3🤩1