Shu kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirmoqda. Bugun Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qarshi davlat universitetida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekdi.
Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Ekilgan nihollar, kelajakda unib-o‘sib universitet hududiga ko‘rk bag‘ishlashi bilan bir qatorda, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏3🔥1
#taqdimot
⚡️ Qashqadaryoda ilk bor to‘liq nemis standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimi joriy qilinadi
Qarshi davlat universitetida "Qashqadaryo viloyatida nemis standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimni joriy etish" yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, viloyat OTM rektorlari ishtirok etdi. Taqdimotda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i O.Mavlonov ushbu yo‘nalishda Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, Germaniyaning Leypsik shahar Hunarmandchilik palatasi va Avestos kompaniyasi bilan hamkorlikda G‘uzor tuman va Shahrisabz shahar 1-son politexnikumlarida nemis ta’limi standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimi joriy qilindi.
Loyiha doirasida 8 nafar o‘qituvchilar Metallar texnologiyasi hamda Bino va inshootlar qurilishi kasbi bo‘yicha Germaniyada malaka oshirdilar. Joriy yilning sentyabr oyida germaniyalik ekspertlar ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, nemis ta’lim standarti asosida o‘qitishga ruxsat beruvchi guvohnomalarni topshirdilar.
Endilikda mazkur loyiha doirasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan politexnikum bitiruvchilariga Germaniya Hunarmandchilik palatasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplomlar beriladi.
Muloqotda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov mazkur istiqbolli loyihani yurtimizning barcha viloyatlarida joriy qilish lozimligini qayd etdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram

👍15👏3🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🤩1
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖ bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖ PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠 qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
Bunda:
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3
#tanlov #hududiy_bosqich
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba va o‘quvchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, davlat tilining nufuzini mustahkamlash, yoshlar orasida o‘zbek tiliga hurmatni oshirish maqsadida “Til bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovi o’tkazilmoqda. Bugun Qarshi davlat universitetida mazkur tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlabki saralash bosqichidan yuqori ball bilan o‘tgan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan 18 nafar talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Hududiy bosqichda ishtirokchilar mas’ul kuzatuvchi nazorati ostida o‘z telefonlari orqali saralash bosqichida bo’lgani kabi o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha tuzilgan jami 50 ta test savollarini ishladilar va har bir testga javob berish uchun 40 soniyadan vaqt belgilandi. Tez orada yakuniy natijalar e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, tanlov nizomiga ko‘ra, respublika final bosqichida hududiy bosqichlarda 1-2-3-o‘rinni egallagan qatnashchilar ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

👍6🔥1🎉1