Qarshi davlat universiteti
10.4K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
⚡️Ta'lim va oila

Xorijiy tillar hamda Iqtisodiyot fakultetlarining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” shiori ostida “Ta'lim va oila” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirga universitetda uzoq yillar faoliyat olib borgan faxriy ustozlar D.Hamrayeva, M.Rahimova va universitet xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig’i Sh.Karamova taklif qilindi.

Uchrashuvda so‘z olganlar muqaddas sanalmish oila qo‘rg‘onining mustahkam bo‘lishi jamiyatning har bir sohasiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi, sog‘lom oila a’zolari, xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik, ularning har bir ishi, kayfiyati aynan o‘z oilasidagi muhitga bog‘liqligini ta’kidlashdi. Shuningdek, oilaning jamiyatimizdagi yuksak maqomi, unga berilayotgan katta ahamiyatning bugungi kunimiz uchun qanchalar dolzarbligi xususida so‘z bordi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1
#stajirovka

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Qarshi davlat universiteti professor-o’qituvchilaridan G’.Nabiyev, Sh.Muxitdinov, Sh.Sattorov hamda R.Vayskulov Turkiyaning Chanoqqal’a 18-mart universitetida stajirovka o‘tashmoqda. Stajirovka davomida o‘qituvchilarimiz Turkiy universitetlar ittifoqi tomonidan muvofiqlashtirilgan Xalqaro Bolqon qishloq xo‘jaligi kongressi (IBAC)da ishtirok etishdi.

Siyosiy fanlar fakulteti dekani Veli Yilanchi bilan uchrashib, iqtisodiyotga aloqador ta’lim yo’nalishlarni rivojlantirish, o’zaro ilmiy salohiyatni oshirish hamda kelajakda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo’yicha kelishib olindi.

Ushbu fakultetda tahsil olayotgan talabalarga Qarshi davlat universitetida talabalarga zamonaviy bilimlarni olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda “O‘zbekiston: zamonlar va madaniyatlaro sayohat” nomli taqdimot orqali O’zbekistonning turizm imkoniyati namoyish etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
#vazir_tashrifi

⚡️Yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurib, yangidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 1000 o‘rinli Xorijiy tillar fakulteti o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, vazir mas’ullar hamrohligida o‘quv binosidan o‘rin olgan xitoy, nemis, rus, fransuz tillariga o‘qitish markazlari, ingliz tili dasturlari markazi, Erasmus+ dasturlari ofisi, KOICA markazi, shuningdek, sinxron tarjima o‘quv auditoriyasi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida zamonaviy andozada bunyod etilgan ushbu o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishini alohida e’tirof etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥6🎉3👏2🤩2
#муҳим_сана

27 октябрь - Қарши шаҳри куни

2006 йил 27 октябрь санасида Қарши шаҳрининг 2700 йиллиги халқаро миқёсда кенг нишонланганди. Шу кундан буён мазкур сана жаҳон цивилизацияси ва дунё илм-фан ривожига муносиб ҳисса қўшган, кўплаб илм-фан уламолари етишиб чиққан, минг йиллик тарихга эга Қарши шаҳрининг куни сифатида нишонлаб келинмоқда.

⚡️Барча юртдошларимизни шаҳримиз куни билан табриклаймиз!

👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉9🔥7🤩3👏1
🟦🟦🟦

✔️ Qarshi davlat universiteti hududida tashkil etilgan 13-saylov uchastkasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi jarayonlari qizg'in davom etmoqda.


Oliygohga yondosh mahallalar ahli, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda o'zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤩1