Qarshi davlat universiteti
10.4K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
⚡️Sog'lom turmush tarzi - to'g'ri yashash ramzi

Qarshi davlat universitetida "Sog'lom turmush tarzi - to'g'ri yashash ramzi" mavzusida targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Jumladan, “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida Xorijiy tillar va Tibbiyot fakultetlari talabalari o‘rtasida mini-futbol bellashuvi o‘tkazildi. Qizg‘in ruhda kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida durang natija qayd etildi.

Shuningdek, Tibbiyot fakultetida "Sog‘lom turmush tarzi - to‘g‘ri yashash ramzi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Davolash ishi va pediatriya kafedrasi o'qituvchisi A.Xolmurodov inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi amaliy misollar orqali tushuntirib berdi.

Qayd etilganidek, sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shahsiy gigiyenaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, har yili shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va shu kabi boshqa ko‘plab tarkibiy qismlardan iboratdir. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2🤩1
#yashil_makon☘️

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizda daraxt ekish tadbirlarini tizimli tashkil etish topshirig‘i berildi.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida bugun yurtimizning barcha joylarida bo'lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham daraxt ekish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda oliygoh professor-o‘qituvchilari, talabalari va "Yosh ekopatrul" volontyorlar guruhi tomonidan 300 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Universitetda kuzgi mavsum daraxt ekish ishlari qizg'inlik bilan davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bayrog‘im - g‘ururim, faxrim! Qarshi davlat universitetida ulkan bayroq qad rostladi

O‘zbekiston suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida Davlat bayrog‘i alohida o‘rin tutadi. Mustaqilligimiz timsoli bo‘lgan milliy bayrog‘imizning davlat idoralari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, xorijdagi elchixona va vakolatxonalarimiz binosida hilpirab turishi, turli bayram va tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini o‘zida namoyon etishi barchamizga iftixor baxsh etib, qalblarimizni yayratadi.

Qarshi davlat universiteti kirish qismida maxsus maydon hozirlanib O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bayroq o‘rnatilgan ustunning balandligi 15 metr, bayroqning uzunligi 6 metr, eni esa 3 metrga teng bo‘lib, universitet ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan holda uzoq masofadan yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥10🤩5
#saylov_va_yoshlar

Kimyo-biologiya fakultetida tashkil etilgan tadbirda saylov bo‘yicha trener S.Haqqulov saylov qonunchiligi, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib, yoshlarni faollikka chorladi.  

"Saylovlar - demokratiya ko‘zgusi" mavzusida o‘tkazilgan ushbu targ‘ibot tadbirida fakultet dekan o‘rinbosari O‘.Norchayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#TTJda_tadbir

2-sonli talabalar turar joyida Fizika fakulteti talaba-qizlari ishtirokida "Pazandalik mahorati" mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Unda qatnashchi qizlar mazali va salomatlik uchun foydali bo'lgan salatlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildilar.

Fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Odilova, Umumiy fizika hamda Nazariy va eksperimental fizika kafedralari o‘qituvchilari iborat hakamlar hay’ati tomonidan qizlar tayyorlagan salatlar yuqori baholandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🎉3
#ijara

Qarshi davlat universitetida ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorligi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, gaz, suv, elektr ta’minoti holatlarini monitoring qilish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, kuni kecha Tibbiyot va Tarix fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari O.Rahmonqulova, M.Muhammadiyeva, Yoshlar ishlash bo‘limi tyutori E.Ortiqova tomonidan oliy ta’lim muassasasiga yondosh mahallalarda ijarada yashaydigan talabalarning yashash sharoiti va turar joyi holati yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to‘liq o‘rganildi.

Muloqotlar chog‘ida talabalarga o‘zlarini universitet talabasi ekanliklarini doimo yodda tutishlari, uyda tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
#xalqaro_anjuman

25-26-oktyabr kunlari Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti Geografiya kafedrasi tomonidan “Zamonaviy geografiyada innovatsion g‘oyalar: Raqamli iqtisodiyot va GIS texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Ushbu xalqaro anjumandan tabiiy geografiya, geoekologiya va tabiiy resurslardan foydalanishda innovatsion g‘oyalar, ilmiy-nazariy va amaliy masalalar, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada raqamli iqtisodiyot: muammo va istiqbollar, global va mintaqaviy iqlim o‘zgarish sharoitida gidrologiya va gidrometeorologiyaning ilmiy-nazariy va amaliy masalalari, geodeziya va kartografiya, GIS texnologiyalarida zamonaviy tadqiqotlar, turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari, zamonaviy geografiya ta’limi: toponimika va geografik terminshunoslikda muammolar va istiqboldagi vazifalarining yechimiga qaratilgan ma’ruzalar o‘rin egalladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi, Filippin, Keniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari hamda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining olimlari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilari mahalliy va xorijiy mutaxassislarning geografiya, ekologiya, global iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya sohalaridagi yangi yondoshuvlar, geodeziya, kartografiya va turizm sohasini GIS texnologiyalari asosida o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari bilan yaqindan tanishdilar. Anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7👏1🎉1🤩1