Qarshi davlat universiteti
10.4K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#jarayon

📷 Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram dasturidan fotolavhalar

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
#ona_tilim_jonu_dilim
#tadbirlar

3-sonli talabalar turar joyida 21-oktyabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan “Ona tilim jarangi olam uzra taralgay”, "Ona tilim-qalbim quyoshi" mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Unda Amaliy matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Yoshlar bilan bo‘limi tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda she'rlar, asarlar, g'azallardan parchalar o’qib eshittirildi. O’zbek tiliga asos solinishi tarixi va bugungi kundagi o’rni haqida qiziqarli savol va javoblar, bahs va munozaralar bo‘ldi.

Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan talabalar kitoblar bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🎉3👍2🤩1
⚡️Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish muhim masala

Kimyo-biologiya fakultetida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, fakultet professor-o‘qituvchilari, va 1-2-bosqich talabalari qatnashdi.

Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoda “asr vabosi” deb nom olgan giyohvandlikning inson sogʻligʻiga zarari va uning ayanchli oqibatlari haqida baralla aytilmoqda va keng tushuntirilmoqda. Qanchadan-qancha oilalarning yostigʻini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson oʻzi kurashmogʻi, tashqi taʼsirlardan himoyalanmogʻi lozim.

Tadbirda narkotik moddalar, boshqa taqiqlangan illatlar zararidan ogoh bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgani, sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini ko‘paytirish xususida taklif va mulohazalar bildirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#to'garak_faoliyati

Qadimdan kelayotgan xalq amaliy san’ati – quroq tikish hozirgi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Momolarimiz quroqdan til-ko‘zdan saqlaydigan, yomonlikdan himoya qiladigan tumor sifatida foydalangan. Quroqdan tikilgan buyum, qizning borgan yerida, ildiz otib, palak yoyib, o‘zidan ko‘payib, qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin, degan ma’nolarni ifodalaydi.

1-sonli talabalar turar joyida “Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil qilingan bo‘lib, u yerda Xorijiy tillar fakulteti talaba qizlari qunt bilan quroq tikish hunarini o‘rganishmoqda. Kuni kecha to‘garak a’zolari o‘rtasida “Munchoq quroq” bellashuvi o‘tkazildi. Sermashaqqat hunar ko‘p g‘ayrat, qunt-e’tibor va albatta, o‘z ishiga mehr qo‘yishni talab qiladi. Bellashuv yakunida mahoratli qizlar taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9