Qarshi davlat universiteti
10.4K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
⚡️Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya uyushgan jinoyatchilikni, terrorizmni va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga yordam beradi. Korrupsiya – illat, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. Mazkur illatni oldini olishda, unga nisbatan yosh avlodda nafratni shakllantirishda davra suhbatlari va targ‘ibotlar ham muhim ahamiyatga ega. Ayni maqsadda Qarshi davlat universitetida profilaktik uchrashuvlar doimiy tashkil etilmoqda.

17-oktyabr kuni “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Xorijiy tillar hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlari talaba-yoshlari, dekan o‘rinbosarlari va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari ishtirok etdi. Tadbirga ma’ruzachi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i X.Ismatov taklif etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
⚡️21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Universitet kutubxonasida 21-oktyabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i Sh.Karamova, kutubxona xodimlari, Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari, matematika yo‘nalishi 1-2-bosqich talabalari qatnashdi.

Ma’ruzalarda ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzi nafaqat mamlakatda, balki xalqaro miqyosda ham yuksalib, jahonda o‘zbek tilini, bu orqali milliy madaniyat va urf-odatlarni o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini ta’kidlandi.

Tadbirda har bir ishtirokchi o’zlarining ijodiy ishlari namunalari bilan ishtirok etishdi. She'rlar, asarlar, g'azallardan parchalar o’qib eshittirildi. O’zbek tiliga asos solinishi tarixi va bugungi kundagi o’rni haqida qiziqarli savol va javoblar, bahs va munozaralar bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
⚡️Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda. Ana shu mazmundagi tadbirlar Pedagogika, San’atshunoslik va Sport fakultetlarida bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatlarida avvalo ona Vatanga muhabbat, mamlakatimizda inson manfaati uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari, diniy bag‘rikenglik tushunchalari haqida so‘z bordi. Shuningdek, San’atshunoslik fakulteti talabalarining mavzuga doir ijodiy ishlari ham tadbirlar mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
⚡️Mirzo Ulug'bek ilm-fan homiysi

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.

Qarorning 6-bandida Mirzo Ulug‘bekning hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida bugun Geografiya va agronomiya hamda Tarix fakultetlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, astronomiya sohasidagi yutuqlari va davlatchilik tarixida tutgan o‘rni haqida batafsil so‘zlab berildi. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” va “To‘rt ulus tarixi” nomli asarlari bugungi kunga qadar dunyo olimlari uchun muhim manba bo‘lib kelayotgani urg‘ulandi.

Qayd etilganidek, Mirzo Ulug‘bek tashabbusi va homiyligi ostida ko‘plab madrasalar, maktablar, kutubxonalar, masjidlar, karvonsaroylar, ko‘priklar va bog‘lar barpo etilgan. Tadbirlar yakunida Mirzo Ulug‘bek va boshqa buyuk ajdodlarimiz merosini yoshlar o‘rtasida kengroq targ‘ib qilish muhim ekanligi ta’kidlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videotafsilot

21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!


San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasi tomonidan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉7👍4🔥3🤩3
#ochiq_dars_mashg'uloti

Fizika fakulteti Sanoat muhandisligi kafedrasi Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yo’nalishi 2-kurs talabalariga o‘qituvchi M.Suvonova tomonidan “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” fanidan “Odam gavda tuzilishi anatomiyasi (gavdadan o’lcham olish qoidalari) mavzusida ochiq dars amaliy mashg’uloti o'tkazildi.

Har qanday qomat uchun o’lcham belgilari o’rtacha qiymatiga antrometrik standartlar o’lchamlari orqali belgilanadi. Amaliy mashg’ulotda namunaviy qomatlarga mos holda gavdadan o’lcham olish qoidalarini va shu bilan birga talabalar o’zlarini gavda razmerlarini olib ular orasidagi farqni taqqoslab amalda ko’rsatib berdilar. Har bir olingan razmerlar orasidagi farqlar va qo’shimchalar tushuntirildi. Bundan tashqari talaba qizlar tomonidan manekenlarga mato bo’laklaridan o’zlari tayyorlagan yangi fasonlar yaratildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2