Qarshi davlat universiteti
10.4K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#to‘garak_faoliyati

8-sonli talabalar turar joyida Tibbiyot fakulteti talabalari uchun haftaning har dushanba kunlari “Pazandalik mahorati” to‘garagi o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

To‘garak rahbarlari Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori N.Ergasheva va fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Muhammadiyeva talaba-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida pazandalik sirlarini puxta o‘rgatib kelishmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
⚡️“Ommaviy diktant” aksiyasi o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Bugun 16-oktyabr kuni diktant jarayonlari respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda boshlandi. Xususan, Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetida ham “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.

Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini bilishning burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish, millat farzandlarining yozma savodxonlik darajasini, o‘zbek adabiy tili me'yorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini tizimli oshirib borish hamda o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3🎉1
#tadbir

16-oktyabr kuni Kimyo-biologiya fakultetida "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda universitet profilaktika inspektori D.Roʻziyeva, fakultet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Yo‘ldosheva, Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori Sh.Ernazarova, Geografiya va agronomiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi S.Xoliqova hamda kimyo taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar tadbir ma'ruzalarida aks etdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2🔥1
⚡️"Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbirlari davom etmoqda

Jaholatga qarshi ma’rifat usuli hozirgi davrda, bashariyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asr ibtidosida g‘oyat muhim kasb etmoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat” asosida ishlarni tashkil qilish jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda tinchlik-barqarorlikni ta’minlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, kuni kecha Kimyo-biologiya, Matematika va kompyuter ilmlari, Tibbiyot, Geografiya va agronomiya, Xorijiy tillar fakultetlarida o‘tkazilgan tadbirlarda yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalash kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, jamiyatda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni barpo etish, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish xususida tushunchalar berib o‘tildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
#mensaylovgatayyorman

16-oktyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyida Xorijiy tillar fakulteti dekan o‘rinbosari X.Muratov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Z.Yo‘ldosheva tomonidan talabalarda siyosiy faollik va daxldorlik hissini uyg`otish maqsadida “Men saylovga tayyorman” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2🔥1