Qarshi davlat universiteti
10.7K subscribers
19.5K photos
1.33K videos
317 files
6.35K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_forum

⚡️Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi oʻtkaziladi

2018-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur forum ikki davlat taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma hisoblanadi.

26–27-oktabr kunlari oʻtkaziladigan forumda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

💡Forumda mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish, muhandislik, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini Oʻzbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratilgan.
🟣

⚡️В Самарканде пройдет 3-й узбекско-российский образовательный форум

Традиционно проводимый с 2018 года форум является важной платформой для всестороннего расширения и вывода на новый уровень сотрудничества двух государств в сфере образования.

В работе форума, который пройдет 26–27 октября, примут участие более 200 высших учебных заведений, а также представители производственных предприятий и ответственные лица из соответствующих министерств и ведомств Узбекистана и России.

💡На форуме будут обсуждены вопросы налаживания интеграции высших учебных заведений нашей страны с производственными предприятиями России, подготовки и повышения квалификации кадров в инженерной, энергетической, химической промышленности и развития сотрудничества в научной деятельности.

Ожидается, что по итогам форума будет подписано более 100 соглашений о сотрудничестве. Соглашения направлены на внедрение в вузы Узбекистана опыта развитых в России отраслей технологического производства.

👉Eduuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_forum

Parijda Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi boʻlib oʻtadi

Joriy yil 28–30-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi boʻlib oʻtadi. Ushbu forumda ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Parijda boʻlib turibdi.

Quvonarlisi, ushbu forum shu kunlarda Fransiya poytaxtida har yili anʼanaviy tarzda oʻtadigan “Campus France–2022 uchrashuvlari” doirasida boʻlib oʻtmoqda. Fransiya universitetlaridan 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirok etishi koʻzda tutilgan mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy taʼlimi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Tashrif doirasida ikki davlat oliy taʼlim sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator kelishuvlarga erishish hamda yakkama-yakka muloqotlar olib borish, mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari va Fransiya taʼlim maskanlari bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar ham oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_forum

Birozdan soʻng Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumi oʻz ishini boshlaydi. Xalqaro anjumanda Fransiya tomonidan 152 ta va Oʻzbekiston tomonidan 20 ta oliy taʼlim muassasasi rahbarlari, shuningdek vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

Navbatdagi forum ishida Fransiya universitetlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, bir qator yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim va ikki tomonlama diplom beruvchi dasturlarni yoʻlga qoʻyish, fransuz mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli maʼruza oʻqish, seminarlarni tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum doirasida B2B formatida rektorlar uchrashuvi oʻtkazilishi, anglashuv memorandumi, bitim hamda yoʻl xaritalari imzolanishi kutilmoqda. Imzolanajak hujjatlar asosan yurtimizdagi qator taʼlim maskanlarida Xalqaro mehmonxona menejmenti” magistratura dasturini yoʻlga qoʻyish, pedagogik kadrlar malakasini oshirish, tibbiyot sohasida simulyatsion taʼlimni joriy etishga xizmat qiladi.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_forum

Fransiya-Oʻzbekiston forumi: oliy taʼlimdagi samarali hamkorlikning muhim omili

Fransiya poytaxtida 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari va professorlarni jamlagan “Campus France–2022” hamda Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Forumni “Campus France” tashkiloti rahbari Donatyen Issard xonim kirish soʻzi bilan ochib, taʼlim sohasida yaqindan hamkorlik oʻrnatish maqsadida tashrif buyurgan Oʻzbekiston delegatsiyasiga alohida minnatdorlik bildirdi. Soʻzga chiqqanlar ikki davlat hamkorligi, jumladan oliy taʼlim sohasidagi aloqalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov uchrashuv har ikkala tomon uchun ham gʻoyat muhim va ahamiyatli ekani, oʻz navbatida, ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik yildan yilga kengayib, mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.

"Ushbu forum universitetlararo yangi toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar bogʻlash, kadrlar tayyorlash, taʼlim va ilm-fan sohalarida olib borilayotgan jarayonlar borasida fikr-mulohaza va tajriba almashishga xizmat qiladi, – dedi A.Toshqulov.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro hamkorlikda 100 dan ortiq xorijiy, jumladan AQSH, Germaniya, Rossiya, Belorus, Gollandiya, Isroil, Italiya, Finlyandiya, Chexiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi davlatlarining nufuzli universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatib, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlab kelmoqda.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari Fransiyaning Parij xalqaro moda akademiyasi, “Vatel” mehmonxona va turizm biznes maktabi, ENAC (ENAK) Milliy aviatsiya maktabi, Panteon-Sarbonna, Strasburg, Serji Pontuaz, Bordo, Puatye, Lotaringiya universitetlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Forum ishida universitetlararo ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish boʻyicha samarali munozara, tajriba almashish va istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_forum

Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahri bo‘ylab sayohat qildi.


Mehmonlar “Registon maydoni”, “Amir Temur maqbarasi”, Al-Moturudiy maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif buyurdi.
___

Делегация во главе с председателем Совета высшего образования Турции Эролом Озваром совершила поездку в Самарканд.

Гости посетили «Площадь Регистан», «Мавзолей Амира Темура», мавзолей Аль-Мотруди и обсерваторию Мирзо Улугбека.

___

The delegation led by the Chairman of the Council of higher education of Turkey Erol Ozvar toured the city of Samarkand.

The guests visited Registan Square, Amir Temur Mausoleum, Al-Motrudi Mausoleum, Mirzo Ulugbek Observatory.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz