"ONASINING O'G'LI" va "DADASINING QIZI" farq nimada?
Dadasining qizi - bu har bir qiz orzu qiladigan daraja. Otaning sevgisi va qo'llab-quvvatlovi sog'lom fikrli, kuchli va iffatli qizlarni yetishtiradi. Otalari sevgan qizlar doim orqalarida suyanch borligini his qiladilar, bu ularning qalbini boshqa har qanday erkak egallay olmasligini ta'minlaydi, bunday qiz aldanmaydi, arzon va'dalarga chalg'imaydi....
Onasining o'g'li - bu kasallik. Onasining o'g'li bo'lish - avloddan avlodga o'tib borayotgan og'riq, o'g'il bola vijdonining eng dardli qismi. Onasining baxtsizligini ko'rib o'sgan kichik bolalar ular. Ular har onalari yig'laganda, qiynalganda o'zlarini aybdor hisoblab, onasini qayta baxtli qilishni hayotining mazmuniga aylantirgan bolalar ular. Shuningdek, ularning onalari ham o'z o'g'illarini yagona baxt manbayi sifatida qabul qilib bo'lgan, ularning ortiqcha mehrlari o'g'lini erkak sifatida toblanishiga yo'l qo'ymaydi, o'z tanlovlari asosida qaror qilishga to'sqinlik qiladi...
Onaning o'g'ilga haddan tashqari ayab, mehr qo'yishi - jamiyatni buzishga kuchi yetadigan darajada xavf. Otaning qiziga mehri esa tom ma'noda katta ehtiyoj, baxt va zaruriyatdir. Albatta, qiz bolani yo'qchilik, o'g'il bolani to'qchilik buzadi...
Menimcha, endi o'g'illarni ham katta hayotga tayyorlash mavridi kelgan!

❤1🔥1
Go'zal munosabatlarning 5 ko'rinishi:
1. Faqat 2 kishi tushunayotgan nigohlar
Demak, ular bir-birlarini yaxshi tushunishadi, so'zga hojat yo'q!
2. Faqat shu juftlikka xos bo'lgan "traditions", ya'ni an'analar masalan, ular har juma birgalikda qayergadir aylanishga boradilar yoki doim bozorga borganlarida o'sha gul do'kondan gul oladilar, yoki aytaylik, yo'l-yo'lakay qo'shiq eshitadilar, to'ylarda doim birga raqs tushadilar...
3. Ular doim birga ya'ni, ularni kamdan kam bir-birisiz ko'rasiz...
4. Tez-tez arazlaydilar, ammo hech qachon voz kechishgacha bormaydilar ular bir-birlariga tomon qayrilishga, egilishga harakat qiladilar, birgalikda yashash ularga qiyin, ammo bir-birisiz yashash yanada qiyin...💔
5. O'z ikonalariga ega ularning o'z muhabbat tarixi, sevgi qo'shiqlari, o'z manzillari bor. Ular ko'rishgan, sevishgan, birgalikda yurib o'tgan joylari bor. Bir-birlarini eslatib turadigan narsalari doim atroflarida bor. ..

🔥2❤1
Hasad nima?
Hasad - bu insonning "Men buni hech qachon eplolmayman" degan ichki ovozidir.
Masalan, men gibrid mashinalarda yurgan chiroyli, o'qimishli, ishli ayollarni ko'raman. Boy, muvaffaqiyatli yoki farzandlarini zo'r tarbiya qilayotgan, chet ellarga sayohat qilayotgan ayollarni ko'raman. Ularni ko'rganda odatda boshqa odamlar darrov tanqid qila boshlaydilar, yaxshi yashayotgan ayolni baxtini ko'rolmaydilar. Meni esa ichim yonmaydi. Men bir qarashda harakat qilsam men ham shu narsalarga erisha olishimni bilaman va ichimdan faqat havas o'tadi.
Hasad qilayotganlar - ular o'zlari shu narsalarni uddalay olmasliklarini tan olayotgan odamlardir, ular eng ko'p o'zlarini qiynaydilar....

💔1
Meni kasallik emas, ko'p kutuvlar, ba'dgumonlar va noshukrligim o'ldiradi....
💔2
Biz - atrofimizdagi insonlarning mahsulimiz. Yoshligidanoq qo'llab-quvvatlangan, kelajagi porloqligiga ishonilgan bolalarni hamisha o'ziga ishonchi baland, muvaffaqiyatli, mas'uluyatli, baxtli...
Undaysan, bundaysan, qilolmaysan, eplolmaysan degan ta'na - dashnomlar ichida ulg'aygan, xohishlariga qaralmagan, iste'dodlariga befarq bo'lingan bolalar - ulg'aygach ham o'z yo'llarini topishga, xotirjam yashashga qiynaladilar.
Meni ham ko'p marta tanqid ostiga olishgan, xafa qilishgan, chetga surishgan. Hozir shunchaki o'rtacha odamman, na uyoqlik, na buyoqlik...Intilaman, erishaman, harakat qilaman deb yaqinlarimni ko'ziga mo'ltirayman. Ammo hech kim menga men eshitishni xohlagan o'sha so'zlarni aytmaydi:
"Sen menga qo'yib ber", "Xotirjam bo'l, menga suyan", "Menga ishon", "Borligingni o'zi yetadi", "Ehe, o'zi ancha narsaga erishgansan", "Har doim seni qo'llab-quvvatlayman", "Seni orzuying - mening maqsadim"....
Har bir javobsiz sms, har bir javob o'rniga qo'yilgan layk, eshitilmagan ovozlarim, uchrashuvlarda meni kuttirishlari, har safar qiyin ahvolga solishlarida mehrim bir daraja kamayib boraveradi. O'tmishda menda qolgan bo'shliqlar, bugungi kunimda yanada chuqurlashib boryapti...
Menga yolg'ondan, tavozedan, bahonalardan holi haqiqiy his-tuyg'ular, samimiy izhorlar, doimiy e'tiborga qattiq ehtiyoj bor....
Atrofim meni chin dildan yaxshi ko'radigan insonlar bilan to'lishini duo qilib so'rayman...

❤2💔1
Deydilarki:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hammaga go'zal muomala qilganlaridan ular bilan gaplashgan har kimsa o'zini u kishiga eng sevimlisi deb o'ylardi. Amr ibn Oss roziyallohu anhu ham "Men u kishiga eng sevimli odam bo'lsam kerak deb" bir kuni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'radilar:
– Ya Rosululloh, siz eng ko'p kimni sevasiz?
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Oyshani, dedilar.
– Yo'q, erkaklardan?
– Oishaning otasini.
– Undan keyinchi?
– Umarni.
– Undan keyinchi?
– Usmonni.
Yana u kishi sevgan insonlar ichida oxirgisi bo'p qolmay, dediyu haligi sahobiy axiyri so'ramay qo'ydi....
😁😁

🔥1
Qalam | قلم
Deydilarki: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hammaga go'zal muomala qilganlaridan ular bilan gaplashgan har kimsa o'zini u kishiga eng sevimlisi deb o'ylardi. Amr ibn Oss roziyallohu anhu ham "Men u kishiga eng sevimli odam bo'lsam kerak deb" bir kuni…
Masala nima?
Masala, hammani ichida "Oishani sevaman" deyish. Masala nima?
Masala, asrlar osha yoziluvchi hadis kitoblarida sahih deya qayta-qayta "Oishani sevaman" degan ibora kelishi.
Masala nima? Masala, "Seni sevaman" deyish, hammaning oldida qo'rqmay, uyalmay, ikkilanmay....
Rashkdan, hayodan so'z ochmang. Sevgan sevganini tan olsin!!!

💔2❤1🔥1
Oisha onamizdan Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uyda qanday odam ekanliklari haqida so'rashdi. Oisha onamiz u kishini hamma kabi kiyimlarini yamab tikishlarini, sut sog'ishlarini, o'z ehtiyojlari xizmatida bo'lishlarini aytdilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning 9 ta ayollari bor edi, qullari ham bor edi, qolaversa, sahobalari u kishini xizmatida hozir edi. Ammo biror marta sizlar menga xizmat qilishingiz kerak deb majburlamadilar. Chunki go'zal xulq hech qachon o'z yumushini birovga yuklashni hazm qilolmaydi.
Bilasizmi, odamlar hozir o'ta ta'magir. Bu ayniqsa "kelin qaynonasiga, qaynotasiga xizmat qilishga majbur" degan nuqtada aniq ko'zga tashlanadi. Xizmat qilish - majburiyat emas, himmat, kelinning himmati, minnatdorchiligidir.
Bir ma'ruzada eng yaxshi saxiylik birovga o'z yukini ortmaslik deb eshitgandim. Insonlar birovlardan pul, xizmat, non ta'ma qilishga uyalmay qo'ydi. Bu shunchaki uyat emas, bu bir gunoh hamdir. Siz ta'ma qilib olganlaringizga ularni bergan odam norizo ekan, siz zolim hisoblanasiz. Boshqalarni so'kish, yerga urish, ruhiy bosimda ushlash, ayniqsa birovning haqqini yeyish - ko'rinmasdan yig'iluvchi katta gunohlardir. Bunday banda "muflis" deyiladi, bu o'zbek tilida "bankrot" demakdir.
"Bankrot" bo'lib, oxirat kuni hamma savoblaringizni o'zingiz zulm qilgan odamlarga bo'lib berishni xohlamasangiz, ta'madan saqlaning. Hojatingizni Allohdan so'rang, har doim Uning O'zigagina muhtoj bo'ling. Sizni hech qachon birovning yordamiga ehtiyojmand qilib qo'ymasin! Boshingizni baland ko'tarib o'z kuchingiz, bardoshingiz bilan yashang!

Ayollar nega bunday?
Ayol organizmini Al Xoliq bo'lgan Zot juda go'zal yaratgan. Ham ichidan, ham tashqaridan.
Ayol kishi har oy xayz ko'rar ekan, 80 ml - 150 ml (1 piyolacha) atrofida qon yo'qotadi.
Har bir tug'ruq esa ayol kishidan 0.5-1 litrgacha qon yo'qotishiga sabab bo'ladi.
Bitta bolani to'liq muddatda emizish uchun 300-700 litrgacha sut ishlab chiqaradi.
Ayol kishi tug'ruq qiyinchiliklarini unutishi, bachadoni qaytadan qisqarishi uchun tana katta miqdorda oksitotsin ishlab chiqaradi, bu ayol kishining tug'ruq davridagi og'riqlarini unuttiradi. Agar bu garmon ishlamaganda ayollar qaytib boshqa tug'ishga qaror bera olmasdi.
Har bir xayz davri 3 bosqichda kechadi, 3 bosqichda ham garmonlar harakati bir-biridan farqlanadi, shuning uchun ayollar oyning har 10 kunligida turli xil kayfiyatlarda bo'ladilar.
Erkak kishi organizmi esa barqaror, kuch-quvvatga to'la. Ularda bu qadar rang-barang gormonal fon mavjud emas. Ayollar shu sababdan ham erkaklardan ko'ra ko'proq uyquga, g'amxo'rlikka, yaxshi taomlanishga, asrab-avaylanishga muhtojlar. Nozik jasadimizga buncha yukni ko'tarish oson bo'lmaydi. Shuning uchun har vaqt oliyjanob, kechirimli, g'amxo'r juftga muhtojmiz...

🔥3❤1
Ichimdan ko'p o'tadigan gapni yozaman:
Qur'onda Abasa surasida insonga qiyomat kuni ahllari, bolalari, do'stlari u insonga yordam berolmasligi haqida yozilgan. Kahf surasida ahllarimiz va oilamiz dunyo ziynati deyiladi va solih amallar yaxshiroqligi aytiladi.
Biz esa oilamni boqaman, bolalarimni parvarish qilaman, hayotda nimalargadir erishaman, kimlarnidir ko'nglini olaman deb jon kuydiramiz. Namoz o'qimaymiz, zikr qilmaymiz, oxiratimizni tashlab qo'yamiz. Kim uchun? O'sha kuni faqat o'z jonini o'ylovchi yaqinlarimiz va tanishlarimiz uchunmi?
Hech kim va hech narsa sizni o'sha kuni Robbingiz oldida gunohkor bo'lishingizga arzimaydi. Hech qachon dunyo tashvishlariga chalg'ib ibodatingizni tark qilmang. Siz farzlaringizni mahkam tuting, Alloh taolo qolgan g'amlaringizga kifoya qiladi! Bu va'da! Bunga ishoning va doim harakatda bo'ling!

🔥3