Qalampir LIVE
50.5K subscribers
51.7K photos
16K videos
31 files
86.3K links
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Download Telegram
Namanganda uch yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

Bugun, 26-aprel kuni Uychi tumanida yashovchi fuqaro 2022-yilda tug‘ilgan bola nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yashash uyidagi hojatxonaga tushib ketgan.

FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlari natijasida bola hojatxonadan sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇯🇵🇺🇿Yaponiya O‘zbekistonga 200 ta zamonaviy noutbuk sovg‘a qildi

Yaponiyaning notijorat tashkilotlari O‘zbekistondagi oliy ta’lim va tadqiqot muassasalari uchun 200 dona “Toshiba Dynabook” noutbuklarini beg‘araz taqdim etgan.

Kompyuterlar O‘zbekistondagi 8 ta yetakchi universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalariga topshiriladi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇷🇺🇺🇿Rossiyada YTHga uchragan oilaning 11 yoshli bolasi O‘zbekistonga qaytarildi

Hozirda bola O‘zbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramog‘iga topshirilgan.

Joriy yilning 14-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil to‘qnashuvi tufayli sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 11 yoshli bola shifoxonaga yotqizilgan.

Afsuski, ushbu fojiali hodisa oqibatida bolaning avtomashinada bo‘lgan ota-onasi vafot etgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Qalampir LIVE
Video
🇮🇷Ayni damda Eronning Bender-Abbos port shahrida yana yong‘in bo‘lmoqda

Eron Ichki ishlar
vazirligining ma'lum qilishicha, hozirda yong'inni oldini olish uchun mamlakatning va viloyatlarning barcha kuchlari safarbar qilingan.

Ma'lumot uchun, bugun, 26-aprel kuni kunduzi ayni shu port shaharda kuchli portlash sodir bo‘lgan va kamida 8 kishi halok bo‘lgan edi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Бердимуҳамедовнинг дабдабали ташрифи. Гулнора қани, пуллари-чи? – Можароли ҳафта таҳлили

🎬 Видеони кўриш

👉
Мақолани ўқиш

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Forwarded from QALAMPIR.UZ | SPORT
Rasman

🇪🇸"Barselona" qiyinchilik bilan g'alaba qozonib Ispaniya Kubogini 2024/25-mavsum chempioniga aylandi.

🇪🇸 Ispaniya Kubogi🏆| Final

🇪🇸 "Barselona" 3-2 "Real Madrid" 🇪🇸

⚽️ Golar. Pedri 28' Torres 84' Kunde 116' - Mbappe 70' Tchuameni 76'

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mavluda Asalxo‘jayeva og‘ir judolikka uchradi

Xonandaning turmush o‘rtog‘i Davlet Qilichev kecha, 26-aprel kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Janoza bugun, 27-aprel kuni peshinda “Islom ota” masjidida o‘qiladi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷🇺🇿Turkiyada o‘zbekistonlik enaga bolani beayov kaltakladi

Maftuna Eshmatova ismli enaga Fotih tumanida boshqa bir o‘zbekistonlik oilaning bolasiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Gumonlanuvchi Istanbul politsiyasi tarafidan qo‘lga olingan. Surishtiruv ishlari yakunlangach, ish sudga yuboriladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇮🇷🇺🇸Eronning Madaniyat va islomiy masalalar vaziri Abbos Salehi Rim papasining dafn marosimida, Bayden va Tramp o‘rtasida.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qilib, xat qoldirib ketdi

Qalampir.uz manbasining xabar berishicha, bugun, 27-aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetining yangi qurilgan yotoqxonasida 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Qalampir LIVE
🇮🇷Ayni damda Eronning Bender-Abbos port shahrida yana yong‘in bo‘lmoqda Eron Ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, hozirda yong'inni oldini olish uchun mamlakatning va viloyatlarning barcha kuchlari safarbar qilingan. Ma'lumot uchun, bugun, 26-aprel…
🇺🇿🇮🇷Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya maktubi yo‘llagan.

Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tilagan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
ЦСКА Файзуллаевни қанчага сотади?

🎬 Видеони кўриш

👉
Мақолани ўқиш

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada Lacetti va Cobalt to‘qnashib ketdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Qalampir LIVE
Video
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Erondagi portlash to‘lqini ayolni uloqtirib yubordi

Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida vafot etganlar soni qariyb 40 nafarga yaqinlashdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇹🇷Turkiya yana zilzila bo‘ldi

Bir necha daqiqa avval mamlakatning sharqiy qismida 4,9 magnitudali zilzila yuz bergan.

Zilzila epitsentri Elazig viloyatining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇿🇦🇪O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim bekor qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Tashqi ishlar vazirligi bergan rasmiy bayonotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇨🇳🇵🇭Xitoy Filippin yaqinidagi orolni egallab oldi

Xitoy qo‘shinlari Vetnam harbiy obyektlari va baliq ovlash porti joylashgan Send Key orolini egallab oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy chegarachilari orolda mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib, uni rasman o‘z hududi deb e’lon qilgan.

Send Key Filippinning eng muhim harbiy bazalaridan biri joylashgan Titu orolidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa mintaqadagi eng yirik AQSh-Filippin harbiy mashg‘ulotlari fonida Xitoy, Vyetnam va Filippin o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi xavfini oshiradi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH