Qalampir LIVE
61.8K subscribers
67.1K photos
27.8K videos
40 files
108K links
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Download Telegram
🇮🇷Eron internet kabellariga zarba berishi mumkin

Eronning xavfsizlik tuzilmalariga yaqin “Tasnim” axborot agentligi suv osti internet kabellari xaritasini e’lon qilib, ularni uzib qo‘yish mumkinligiga ishora qilgan. Ushbu kabellar orqali dunyo internet trafigining taxminan 15 foizi o‘tadi. Ular Fors ko‘rfazi davlatlarini Yevropa va Osiyo bilan bog‘laydi.

Agar kabellar shikastlansa, mintaqada internet ishlashida jiddiy uzilishlar yuz berishi mumkin – banklar, biznes tizimlari va ma’lumot markazlari katta zarar ko‘rishi aytilgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍12721👎2
🇹🇷🇮🇷🇺🇸Anqara Hormuz bo‘g‘ozida mina tozalash ishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor – “Reuters”

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning aytishicha, Turkiya Eron va AQSH o‘rtasida ehtimoliy kelishuvdan so‘ng Hormuz bo‘g‘ozida mina tozalash ishlariga qo‘shilishi mumkin.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya bu operatsiyalarda ishtirok etishga “hech qanday muammo ko‘rmaydi” va buni prinsip jihatdan “gumanitar burch” deb hisoblaydi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👎43👍134😡2
🇮🇱🇱🇧SAXAL Livan aholisini ogohlantirdi

Isroil Mudofaa armiyasi nozik sulh sharoitida Livan fuqarolarini janubdagi qishloqlarga qaytmaslik haqida ogohlantirgan. Bu haqda armiyaning rasmiy vakili polkovnik Avixay Adrai X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Livanliklarga belgilangan aholi punktlaridan janubga o‘tmaslik va Litani, Vadi Salhaniya hamda Saluki daryolari o‘zanlariga yaqinlashmaslik buyurilgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😡68👎184👍3
🇺🇦🇦🇿Zelenskiy Ozarbayjonning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi

Uning aytishicha, energetika sohasidagi juda og‘ir davrda Ukraina 11 ta yordam paketi olgan va buning uchun Ilhom Aliyev boshchiligidagi Ozarbayjon xalqiga minnatdorlik bildirgan.

Zelenskiy, shuningdek, Ozarbayjon Ukrainada urushdan aziyat chekkan bolalarni qabul qilayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 500 dan ortiq ukrainalik bola hozir Ozarbayjonda bo‘lib turibdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍37😡156😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda 300 juftlik ishtirokida ommaviy to‘y o‘tkazildi

G‘azo sektori markazida 300 juftlik ishtirokida ommaviy to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan. Tadbir BAA ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, taxminan 20 ming kishi qatnashgan.

Tashkilotchilar bu tashabbusni yoshlarning nikoh xarajatlarini yengillashtirish va yangi oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilganini bildirgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
130🎉34👍23😁4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda milliardlab aylanmaga ega noqonuniy qimor tarmog‘i fosh etildi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Cyber Arena” nomli o‘yin klubi orqali yirik noqonuniy qimor tarmog‘i aniqlangani ma’lum qilingan. Tezkor tadbir davomida qimor platformasiga pul kiritish orqali qimor o‘yinlari moliyalashtirilgani aniqlangan. Tekshiruvlarda milliardlab so‘mlik tranzaksiyalar, shuningdek, kriptovalyuta operatsiyalari ham qayd etilgan.

Gumonlanuvchilardan pul mablag‘lari, bank kartalari, telefon va kompyuterlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍177😁3
🇮🇷🇵🇰🇺🇸🇮🇱Aroqchi Osim Munir bilan uchrashuvda Tehronning urushni yakunlash bo‘yicha pozitsiyasini yetkazdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Pokiston armiyasi qo‘mondoni Osim Munir bilan uchrashuv davomida Eronning AQSH va Isroil bilan bog‘liq mojaroni yakunlash bo‘yicha qarashlari va xavotirlarini bayon qilgan.

Munir esa Pokiston Eronni qo‘shni va musulmon davlat sifatida diplomatik jarayonlarda ishonchli hamkor deb bilishini aytib, vositachilik sa’y-harakatlarini natijaga erishilguncha davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
39👍4👎1🤣1
Mali armiyasi qurolli guruhlar mamlakat bo‘ylab, jumladan, poytaxt Bamakoda muvofiqlashtirilgan hujumlar boshlaganini ma’lum qildi

Hukumat taxminlariga ko‘ra, buning ortida “Al-Qoida” va ISHIDning G‘arbiy Afrikadagi bo‘linmalari turgan bo‘lishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😱255👍4👎3🎉1😡1
G‘azoda falastinliklar 20 yildan so‘ng ilk bor saylovlarda ishtirok etmoqda

Bugun, 25-aprel kuni Falastin ma’muriyati tomonidan o‘tkazilgan mahalliy saylovlarda G‘azo aholisi ham ovoz bergan. Bu hudud 20 yil ichida ilk bor saylov jarayoniga qo‘shildi.

Saylovlar mahalliy boshqaruv organlariga tegishli bo‘lib, Falastin ma’muriyati G‘azoda siyosiy ta’sirini kuchaytirishga umid qilmoqda. G‘azo 2007-yilda HAMAS nazoratiga o‘tgan edi.

Ovoz berish huquqiga 1 mlndan ortiq falastinlik ega, shundan taxminan 70 ming nafari G‘azo aholisidir. Natijalar ertaga, 26-aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
34👍15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Elvira Surabaldiyeva Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinish tashkil etgani uchun lavozimidan ozod etilganini aytdi

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😁2015💯6😱3👎2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Haqqoniy holatni hisobotlarda emas, o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun tez-tez kelib turaman”. Saida Mirziyoyeva Prezident topshirig‘i bilan Samarqandga bordi

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍125🔥50🤣2117💯14😁10👎7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSHda poyezd temir yo‘l kesishmasida to‘xtab qolgan yuk mashinasiga borib urildi. To‘qnashuvdan atigi bir soniya oldin fura haydovchisi kabinadan sakrab tushishga ulgurgan

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍317👎4😱4
“Санжик”нинг ҳибсдаги қайнотаси, $40 000 билан ушланган банкир, суди бошланаётган Гулнора, тезлик билан тарқалаётган менингит ва яшур, қўлга тушган “кўча”лар – Ҳафта таҳлили

🎬
Видеони кўриш

👉
Мақолани ўқиш

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍107😁2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH poytaxtida joylashgan Washington Hilton mehmonxonasida Prezident Donald Tramp ishtirok etayotgan tadbir vaqtida qurolli hodisa yuz berdi. Shu sababli Prezident va tadbir ishtirokchilari evakuatsiya qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍3626🔥6😁4🤣1😡1
Tramp otishma aks etgan video va qo‘lga olingan shaxs suratini e'lon qildi

Qo‘lga olingan shaxs 31 yoshli Koul Tomas Allen hisoblanadi. OAVda gumonlanuvchi Kaliforniya shtatida o‘qituvchi bo‘lib ishlaganini yozmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍12🤝125😁4