Qalampir LIVE
50.4K subscribers
51.6K photos
16K videos
31 files
86.2K links
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Download Telegram
🇺🇸🇺🇦Tramp va Zelenskiy Vatikandagi Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan keyin qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Kadikoy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan to‘liq qoplab berilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
O‘serbay Jiyenbayevich Qazaqbayev “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali direktorining “Tabiiy gaz hisobi va tijorat” bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Mulozim tayinlovga qadar xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat olib borgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Dunyo yetakchilari Vatikanda. Rim papasining dafn marosimida O‘zbekistondan kim qatnashdi?

Qalampir.uz manbasining xabar berishicha, ushbu yig‘inda O‘zbekistondan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇮🇷Eronning Shahid Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Bandar Abbos shahridagi dengiz porti o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Yaralanganlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
“Oralaridan ola mushuk o‘tgan” Zelenskiy va Tramp Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan so‘ng juda qisqa davom etgan uchrashuv o‘tkazdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Xususiy klinikalardagi o‘lim holatlari ko‘paygani yuzasidan SSVga so‘rov yuborildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorovga “Adolat” partiyasi deputati Gulnora Abduvohidova tomonidan xususiy tibbiyot muassasalarida noto‘g‘ri tibbiy muolajalar oqibatida fuqarolar salomatligiga jiddiy zarar yetishi va hatto o‘lim bilan yakunlanayotgan holatlar ko‘payib borayotgani bo‘yicha deputatlik so‘rovi
yuborildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇨🇦🇵🇸Kanada G‘azoga oziq-ovqat va gumanitar yordam uchun 72 mln dollar ajratdi

Kanada Bosh vaziri Mark Karnining ma‘lum qilishicha, bu pullar falastinliklarga oziq-ovqat sotib olish va boshqa gumanitar yordamlar yetkazib berish uchun BMTga topshirilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 14 yoshli bola telefon uchun onasi va buvisini kaltakladi

Namangan viloyatida 38 yoshli ayol yashash xonadonida 14 yoshli o‘g‘li bilan bolaning buzilgan uyali telefoni ta’mirga berilmay, oila a’zolari tomonidan tashlab yuborilganligi tufayli nizolashib, ona va o‘g‘il bir-birini urgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺🇺🇦Putin Kursk viloyati Ukraina harbiylaridan butkul ozod etilganini e’lon qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning Putinga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina urushining asosiy o‘choqlaridan biri bo‘lgan Kursk viloyati to‘liqligicha Rossiya qo‘liga o‘tib, ukrainalik askarlar hududdan tozalangan.

Ushbu viloyatdagi janglarda jami Ukraina Qurolli kuchlarining 76 mingdan ortiq askari yo‘q qilingani aytilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda mashina haydab, YPXdan qochgan maktab o‘quvchisi ushlandi

Termiz shahrida hali voyaga yetmasdan turib, akasining Spark avtomobilida YPX xodimlaridan qochishga uringan 10-sinf o‘quvchisi to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarga chora ko‘rilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Namangandagi so‘kong‘ich raisga kim chora ko‘radi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Gaiston” MFY raisi ko‘chada fuqarolarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib Telegram orqali videoxabar yo‘llagani aks etgan tasvirlar tarqaldi.

Og‘zidan bodi kirib, shodi chiqayotgan ushbu mahalla kattasining xatti-harakatlari yuzasidan
Qalampir.uz Mahallalar uyushmasi va viloyat IIBdan munosabat so‘rashga urindi, biroq uyushma doimgidek qo‘ng‘iroqlarni javobsiz qoldirdi, ichki ishlar esa tasvirlar bir necha kun avval tarqalganiga qaramay, bu holatdan bexabar ekanini aytmoqda.

Holat yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇹🇷Turkiyada erkak dastlab xotinini, keyin o‘zini otib o‘ldirdi

Ma’lum bo‘lishicha, erkak yaqinda ajrashishi kerak bo‘lgan xotini bilan ko‘rishib, u bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan.

Suhbat janjalga aylanib ketib, erkak ayoli va o‘zini qurol bilan otib o‘ldirgan. Er-xotin voqea joyidayoq halok bo‘lgan.

Hozirda voqea sabablari o‘rganilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇸🇦🇺🇿Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydi

Saudiya rasmiylari hozircha bu borada rasman izoh bermagan. Bu Haj mavsumida noqonuniy kirishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan vaqtinchalik chora bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, elektron vizaning O‘zbekistondan tashqari Tojikiston hududida ham xaridi to‘xtatilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH