Qalampir LIVE
50.4K subscribers
51.6K photos
16K videos
31 files
86.2K links
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Download Telegram
Samarqand viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Samarqand tumani “Gulobod” MFYda joylashgan nodavlat ta‘lim muassasasi binosida 2 ta katta quvvatdagi isitish qozonlari orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇸Prezidentlikning ilk 100 kunida Trampning reytingi 44 foizni tashkil etdi

“Fox News” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Qo‘shma Shtatlarning so‘nggi prezidentlari orasida eng past darajadagisi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida gilam do‘koni yonmoqda

Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.

7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘li shartnomasi O‘zbekiston bilan 2025-2026-yillarga uzaytirildi

Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘li saqlash, xizmat ko‘rsatish va foydalanish bo‘yicha shartnoma yana ikki yilga, o‘zbek kompaniyasi bilan uzaytirildi.

“Tolibon” umumiy foyda vazirligi matbuot kotibi Muhammad Ashraf Haqshinas o‘z bayonotida ma’lum qilishicha, bu shartnoma umumiy foyda vazirligi temiryo‘llar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Ishoq Sahibzoda tomonidan O‘zbekistonga amalga oshirilgan safar chog‘ida, 2025 va 2026-yillar uchun uzaytirilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda ko‘p qavatli uyning tomida qurilish qilganlar ushlandi

Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida joylashgan 179-“A”-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan qurilish aniqlangan.

Ushbu qurilish ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo‘lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, seysmik mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkinligi inobatga olinib, o‘zboshimchalik bilan olib borilayotgan qurilish bartaraf etilgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Qalampir LIVE
Toshkent viloyatida gilam do‘koni yonmoqda Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilmoqda.…
Yong‘in bartaraf etildi

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:09 da qurshab olingan va soat 10:38 da bartaraf etilgan.

Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇰Pokistonda jangarilar hujumiga uchragan 10 nafar harbiy halok bo‘ldi

Pokistonning Balujiston viloyati poytaxti Kvetta shahrida sodir bo‘lgan terrorchilik hujumida 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.

Hujum uchun javobgarlikni “Balujiston ozodlik armiyasi” o‘z zimmasiga olgan. Guruh o‘z bayonotida Pokiston armiyasiga qarshi hujumlarni kuchaytirishga va’da bergan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷🇩🇰Turkiyada miyasidan operatsiya qilingan erkak ona tilini unutib, dan tilida gapira boshladi

Konya shahrida yashovchi, yetti farzandning otasi Rahmi Karademir tizzasidan o‘tkazilgan operatsiyadan ikki kun o‘tib, to‘satdan o‘ng qo‘li va oyog‘i falaj bo‘lib, gapira olmay qolgan. Tekshiruvlar natijasida uning miyasi chap tomonidagi katta qon tomirlaridan birida ivib qolgan qon aniqlanib, zudlik bilan olib tashlangan.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bemor operatsiyadan so‘ng turk tilida gapira olmasdan, uzoq yillardan beri ishlatmagan dan tilida (daniya tilida) so‘zlashishni boshlagan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insoniyat qarigani sari IQ darajasi pasayib bormoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇿🇦🇿Mirziyoyev Aliyev bilan telefonlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyev bilan 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak ko‘p tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇷🇻🇦Fransiya Prezidenti Rim papasi bilan vidolashuvga bordi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron rafiqasi Brijit bilan Papa Fransiskning Avliyo Pyotr soboridagi tobuti oldida hurmat bajo keltirgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇷🇺🇺🇿Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirining jasadi topildi

Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi qurilishda 46 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan. Hozirda muhojirning o‘limi sabablari o‘rganish bo‘yicha tergov boshlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, obyektda betonchi bo‘lib ishlagan erkak taxminan 15 metr balandlikdan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇸🇺🇦Tramp va Zelenskiy Vatikandagi Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan keyin qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Kadikoy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan to‘liq qoplab berilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
O‘serbay Jiyenbayevich Qazaqbayev “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali direktorining “Tabiiy gaz hisobi va tijorat” bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Mulozim tayinlovga qadar xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat olib borgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Dunyo yetakchilari Vatikanda. Rim papasining dafn marosimida O‘zbekistondan kim qatnashdi?

Qalampir.uz manbasining xabar berishicha, ushbu yig‘inda O‘zbekistondan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇮🇷Eronning Shahid Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Bandar Abbos shahridagi dengiz porti o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Yaralanganlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH