Qalampir LIVE
50.4K subscribers
51.6K photos
16K videos
31 files
86.2K links
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Download Telegram
“Arqadag‘”ning safari qaridi

Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ygan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Qozog‘istonda odamlar o‘zi xohlagan tilida gapiradi – To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonda shaxsiy muloqotda va ommaviy chiqishlar jarayonida odamlarni qaysidir tilda gapirishga majburlashga hech kimning haqqi yo‘qligini bildirdi.

Prezidentga ko‘ra, endi mamlakat ichidagi til borasidagi mavzuga to‘laqonli chek qo‘yiladi va qoidani buzganlar qonuniy
ravishda jazolanadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇵🇰🇮🇳Pokiston Hindiston uchun osmonini ham yopib, qat’iy javob choralari kiritdi

Kashmirdagi terakt ortidan bugun, 24-aprel kuni Hindiston hukumati tomonidan qabul qilingan bir tomonlama va tortishuvli qarorlarga shu kunning o‘zida Pokiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi javob qaytardi.

Jumladan, Pokiston Hindiston aviakompaniyalariga havo makonini yopdi, ikki tomonlama savdoni to‘xtatdi va Hindistonni suv oqimini burish niyatida bo‘lsa, bu harakat urush e’loni sifatida qabul qilinishini rasman ma’lum qildi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇮🇱Isroilda kuchli jazirama tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Bir qancha hududlarda havo haroratining g‘ayritabiiy darajada oshishi natijasida yuzaga kelgan yong‘inlar avj olgan.

Bayt Shemesh yaqinida va qirg‘oq pasttekisligida joylashgan qishloqlar aholisini evakuatsiya qilish boshlangan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Ўзбекистонга ҳурматсизликни самолёт трапидан бошлаган Сергей Лавровнинг ташрифи қандай ўтди?

🎬 Видеони кўриш

👉
Мақолани ўқиш

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇿🇹🇷Tanzila Norboyeva Turkiyaga bordi

Bugun, 24-aprel kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Turkiya poytaxti Anqaraga bordi. U tashrif doirasida Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇵🇰🇮🇳Pokiston bo‘ylab Hindistonga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi

Kashmirda sayyohlarga qurolli hujum uyushtirilgani ortidan Pokistonda minglab odamlar Hindiston tahdidlariga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Ishtirokchilar rasmiylardan keskin javob talab qilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇮🇱🇦🇿Netanyaxu yaqin kunlarda Ozarbayjonga borishi kutilmoqda

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yaqinda Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan boradi.

Tashrif sanasi hozircha aniqlanmagan, biroq u yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇨🇳Uch nafar xitoylik fazogir Shenzhou-20 fazoviy kemasida koinotga uchib ketdi

Shenzhou-20 ekipajli missiyasi bugun, 24-aprel kuni shimoli-g‘arbiy Xitoydagi “Jiuquan” sun’iy yo‘ldosh uchirish markazidan “Long March-2F” raketasi yordamida fazoga uchirilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda dahshatli avariya sodir bo‘ldi

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH