Sanches Yevropa Ittifoqini Isroil bilan aloqalarni uzishga chaqirdi
Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches isroillik mavqedoshi Binyamin Netanyaxuni keskin tanqid qilib, Yevropa Ittifoqini Isroil bilan hamkorlik kelishuvini to‘xtatishga chaqirgan. Sanchesning ta’kidlashicha, “Netanyaxuning yashash huquqi va xalqaro huquqqa bo‘lgan hurmatsizligi qabul qilib bo‘lmaydi”.
U, shuningdek, Livan ham otashkesim doirasiga kiritilishi kerakligini urg‘ulab, xalqaro hamjamiyatni so‘nggi huquqbuzarliklarni qoralashga chaqirgan
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

“Ittifoq Isroil bilan hamkorlik kelishuvini to‘xtatishi kerak va bu kabi jinoyat harakatlari uchun jazodan qochib qutulish bo‘lmasligi lozim”, degan Sanches.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍332❤28🎉9👎2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Netanyaxu Tramp bilan “do‘stligi”ni ko‘rolmayotganlarga ikki og‘iz gap aytdi
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
“Men bilan Donald Tramp o‘rtasidagi munosabatlardan xavotir olayotganlar uchun: Biz har kuni gaplashamiz va bizning munosabatimizga berilayotgan baholarni eshitganimizda har safar kulamiz. Bu ajoyib hamkorlikni inkor etayotganlar shunchaki haqiqatni inkor etmoqda”, degan Isroil Bosh vaziri.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😡122😁51👎25❤8🥴2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Epik g‘azab” operatsiyasidan so‘ng Eron aviatsiyasi parvozlari to‘xtadi – Oq uy
Oq uy bayonotiga ko‘ra, “Epik g‘azab” operatsiyasidan oldin Eron harbiy aviatsiyasi kuniga 30–100 ta parvoz amalga oshirgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich nolga tenglashgan.
Rasmiylarga ko‘ra, operatsiya Eron havo kuchlari faoliyatiga jiddiy zarba bergan va ularning operatsion imkoniyatlarini keskin cheklagan. Oq uy ushbu o‘zgarishni harbiy bosim natijasi sifatida baholamoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
Oq uy bayonotiga ko‘ra, “Epik g‘azab” operatsiyasidan oldin Eron harbiy aviatsiyasi kuniga 30–100 ta parvoz amalga oshirgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich nolga tenglashgan.
Rasmiylarga ko‘ra, operatsiya Eron havo kuchlari faoliyatiga jiddiy zarba bergan va ularning operatsion imkoniyatlarini keskin cheklagan. Oq uy ushbu o‘zgarishni harbiy bosim natijasi sifatida baholamoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
🤣74👎13❤11🎉1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eronning 10 bandli sulhini ChatGPT yozgan – JD Vens
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
“Birinchi 10 bandli taklif taqdim etilgan edi va ochig‘ini aytganda, bizga uni hatto ChatGPT yozgandek tuyildi. U darhol “axlat qutisi”ga tashlandi va rad etildi.
Keyin ancha maqbulroq bo‘lgan ikkinchi 10 bandli taklif paydo bo‘ldi. U biz bilan pokistonliklar o‘rtasidagi muzokaralar asosida ishlab chiqilgan edi. Prezident tilga olgan taklif aynan shu edi.
Ammo, ochig‘ini aytsam, men yana uchinchi 10 bandli taklifni ham ko‘rdim. U birinchisidan ham ko‘ra yanada murosasiz talablar bo‘lib, turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda”, degan AQSH vitse-prezidenti.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
🤣123👎26❤7😁4💯1
Eron parlamenti spikeri muzokaralar boshlanmay turib shartlar buzilganini aytdi
Eron parlamenti spikeri Muhammad-Bag‘ir G‘olibov Eronning 10 banddan iborat taklifi muzokaralar olib borish uchun “amalda ishlaydigan asos” va muzokaralarning asosiy ramkasi hisoblashini aytgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
Eron parlamenti spikeri Muhammad-Bag‘ir G‘olibov Eronning 10 banddan iborat taklifi muzokaralar olib borish uchun “amalda ishlaydigan asos” va muzokaralarning asosiy ramkasi hisoblashini aytgan.
“Biroq, hozirgacha ushbu taklifning 3 bandi buzilgan:
🔹10 bandli taklifning birinchi bandi – Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyat bajarilmadi. Bu majburiyatni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham ochiq tilga olib, “darhol hamma joyda, jumladan Livan va boshqa hududlarda ham zudlik bilan sulh bo‘lishi kerak” deb e’lon qilgan edi;
🔹Eron havo hududiga noqonuniy uchuvchisiz apparat (dron) kirib kelgani va u Fors viloyatidagi Lar shahrida urib tushirilgani – bu Eron havo hududini buzmaslik haqidagi bandning ochiq buzilishi hisoblanadi;
🔹Eronning uranni boyitish huquqi inkor etilgani – bu esa ushbu ramkaning oltinchi bandida ko‘zda tutilgan edi.
Endilikda muzokaralar uchun “amalda ishlaydigan asos” deb ta’riflangan hujjatning o‘zi, muzokaralar boshlanishidan oldin ham ochiq-oydin buzildi. Bunday vaziyatda ikki tomonlama sulh yoki muzokaralar o‘tkazish mantiqsiz hisoblanadi”, degan spiker.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍81❤8🔥4😁2🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron rejimi o‘t ochishni to‘xtatish (sulh) taklifini o‘zi so‘radi va oxir-oqibat AQSH bunga rozi bo‘ldi – Oq uy
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
“Eron endi bombardimonlarga chidab turolmasdi yoki Prezident Trampning soat 20:00 dagi ultimatumidan keyin nima bo‘lishi mumkinligini bilmasdan o‘zini xavf ostiga qo‘ya olmasdi”, degan Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👎132😁95🤣55❤15🥴5👍3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent aeroportida chet ellik shaxs 9 ming dollar o‘g‘irladi
Joriy yilning 4-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chet el fuqarosi tomonidan o‘g‘irlik sodir etilgan.
Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro “Nyu-York – Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga yetib kelgan. U o‘z yukini tekshirish jarayonida jami 9 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘lari yo‘qolganini aniqlagan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyat fosh etilgan. Aniqlanishicha, uni o‘sha reysda parvoz qilgan chet el fuqarosi sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
Joriy yilning 4-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chet el fuqarosi tomonidan o‘g‘irlik sodir etilgan.
Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro “Nyu-York – Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga yetib kelgan. U o‘z yukini tekshirish jarayonida jami 9 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘lari yo‘qolganini aniqlagan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyat fosh etilgan. Aniqlanishicha, uni o‘sha reysda parvoz qilgan chet el fuqarosi sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍33❤22😡9😁3👎2🔥2
AQSH “otashkesim yoki urush” o‘rtasida tanlov qilishi kerak – Aroqchi
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSHni keskin tanqid qilib, Vashington aniq tanlov qilishi kerakligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron va AQSH o‘rtasidagi otashkesim shartlari “aniq va ravshan” bo‘lib, AQSH bir vaqtning o‘zida ham sulhni saqlab, ham Isroil orqali harbiy harakatlarni davom ettira olmaydi.
“Dunyo Livandagi qirg‘inlarni ko‘ryapti,” degan Aroqchi, AQSH zimmasidagi mas’uliyatga urg‘u berib. Shuningdek, u vaziyatni “to‘p AQSH maydonida” deya baholab, xalqaro hamjamiyat Vashington o‘z majburiyatlariga amal qiladimi-yo‘qmi, diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidlagan.

👍94❤12👎3🤣3💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JD Vens Muhammad-Bag‘ir G‘olibovning ingliz tilini tushunmasligini aytdi
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
“Rostini aytsam, men uning ingliz tilini qanchalik yaxshi tushunishini shubha ostiga qo‘yaman, chunki u aytgan ayrim gaplar biz olib borgan muzokaralar kontekstida umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmadi”, degan AQSH vitse-prezidenti Eron parlamenti spikeri haqida.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😱34👎31😁18❤8🤣4😡4💯2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meksikada 2 ayol sevgilisining jasadi oldida urishib ketdi
Meksikaning Verakrus shtatida dafn marosimi vaqtida marhum erkakning 2 sevgilisi o‘zaro janjallashib, mushtlashib ketgan. Mojaro marosim paytida ayollardan birining “sevgilim, seni sog‘inaman” degan so‘zlaridan boshlangan. Bu gapni eshitgan boshqa ayol ham marhumni o‘zining sevgilisi deb bilishini aytib, vaziyat keskinlashgan.
Suhbat tezda tortishuvga, so‘ng esa jismoniy to‘qnashuvga aylangan. Ayollar bir-biriga tashlanib ketgan va buning oqibatida tobut ham tebranib, qopqog‘i siljib ketgan. Voqea joyidagi boshqa ishtirokchilar aralashib, ayollarni ajratishgan.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilardan biri “marhum jannatga tushmaydi” deb izoh ham qoldirgan.

🤣85😁65❤11👍2😱2🎉1
Yangiyo‘lda maktab o‘quvchilari og‘ir ahvoldagi sinf xonasida o‘qiyotgani aytilmoqda
Qalampir.uz’ga ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 30-maktabning sinf xonalari og‘ir ahvolda va o‘sha sinf xonalarida o‘quvchilarga ta’lim berilmoqda.
Aytilishicha, mazkur maktabda to‘garak xonasi tashkil qilish va shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun 2025-yilning sentyabr oyidan 2026-yilning fevral oyigacha maktabning har bir xodimi maktab fondi uchun “zamdirektor”ning odamiga 35 ming so‘mdan pul berib kelgan.
Ta’kidlanishicha, maktabga yangi direktor kelganidan so‘ng fond uchun pul yig‘ish to‘xtatilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
Qalampir.uz’ga ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 30-maktabning sinf xonalari og‘ir ahvolda va o‘sha sinf xonalarida o‘quvchilarga ta’lim berilmoqda.
Aytilishicha, mazkur maktabda to‘garak xonasi tashkil qilish va shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun 2025-yilning sentyabr oyidan 2026-yilning fevral oyigacha maktabning har bir xodimi maktab fondi uchun “zamdirektor”ning odamiga 35 ming so‘mdan pul berib kelgan.
Ta’kidlanishicha, maktabga yangi direktor kelganidan so‘ng fond uchun pul yig‘ish to‘xtatilgan.
“Lekin hech qanday o‘zgarish ko‘rmadik biz to‘lagan pullarimiz qayerga ketganidan ham bexabarmiz. 2 safardan buyon hech kimga pul to‘lamayapmiz, lekin shu kungacha to‘lagan pullarimiz nima bo‘lganini bilmaymiz”, deyiladi Qalampir.uz’ga kelib tushgan murojaatda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
😡67😱12❤10👍5👎4
Shavkat Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
👍209❤23🔥19🤣10🎉4👎2😱2🥴2