Qalampir LIVE
50.4K subscribers
51.6K photos
16K videos
31 files
86.2K links
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Download Telegram
Qalampir LIVE
Photo
🇦🇿🇨🇳Ozarbayjon Prezidenti Xitoyga bola-chaqasi bilan bordi

Ilhom Aliyevning Pekin safariga rafiqasi Mehribon Aliyevadan tashqari, qizi Leyla Aliyeva hamda nabiralari Mikoyil va Ali ham hamrohlik qilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:

RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇿🇹🇲O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari birgalikda daraxt ekdi

Marosim ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qat’iy intilishning ramzi hisoblanadi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9100 ta kitobni o‘quvchilar qo‘lma-qo‘l tashidi

AQShning Michigan shtatidagi kitob do‘koni ko‘chish jarayonida kitoblarni noodatiy usulda tashigan. Do‘kon kitoblarni tashishda xaridorlardan yordam so‘ragan.

Yordamga kelgan 300 kishi 9100 ta kitobni qo‘ldan qo‘lga uzatgan holda yangi manzilga ko‘chirgan.

2 soatdan kamroq vaqt olgan ushbu kitob tashish jarayonining videosi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇹🇷🇺🇿Istanbuldagi zilzila ortidan bir o‘zbekistonlik vafot etdi

2025-yil 23-aprel kuni Istanbul shahrida yashagan o‘zbekistonlik yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇺🇿🇹🇲Mirziyoyev Turkman yetakchisini xalqaro turizm markazidagi ko‘rgazmaga olib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan birga Samarqanddagi xalqaro turizm markazida tashkil etilgan “Zamonlar sadosi” ko‘rgazmasiga borgan.

Innovatsion taqdimotda maxsus jilolar va teatrlashtirilgan sahnalar keng qo‘llanilgani mehmonlarda katta taassurot qoldirgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
O‘zbekistonda 3 ballik zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Marhamat tumanida 3 ball, 5 km.
Asaka tumanida 2 ball, 13 km.
Buloqboshi tumanida 2 ball, 20 km.
Shahrixon tumanida 2 ball, 22 km.
Quva tumanida 2 ball, 22 km.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
“Arqadag‘”ning safari qaridi

Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ygan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Qozog‘istonda odamlar o‘zi xohlagan tilida gapiradi – To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonda shaxsiy muloqotda va ommaviy chiqishlar jarayonida odamlarni qaysidir tilda gapirishga majburlashga hech kimning haqqi yo‘qligini bildirdi.

Prezidentga ko‘ra, endi mamlakat ichidagi til borasidagi mavzuga to‘laqonli chek qo‘yiladi va qoidani buzganlar qonuniy
ravishda jazolanadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇵🇰🇮🇳Pokiston Hindiston uchun osmonini ham yopib, qat’iy javob choralari kiritdi

Kashmirdagi terakt ortidan bugun, 24-aprel kuni Hindiston hukumati tomonidan qabul qilingan bir tomonlama va tortishuvli qarorlarga shu kunning o‘zida Pokiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi javob qaytardi.

Jumladan, Pokiston Hindiston aviakompaniyalariga havo makonini yopdi, ikki tomonlama savdoni to‘xtatdi va Hindistonni suv oqimini burish niyatida bo‘lsa, bu harakat urush e’loni sifatida qabul qilinishini rasman ma’lum qildi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
🇮🇱Isroilda kuchli jazirama tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Bir qancha hududlarda havo haroratining g‘ayritabiiy darajada oshishi natijasida yuzaga kelgan yong‘inlar avj olgan.

Bayt Shemesh yaqinida va qirg‘oq pasttekisligida joylashgan qishloqlar aholisini evakuatsiya qilish boshlangan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH