𝐎𝐍𝐀𝐉𝐎𝐍𝐈𝐌 𝐄𝐊𝐊𝐀𝐍 𝐑𝐀𝐘𝐇𝐎𝐍𝐋𝐀𝐑
102 subscribers
18 photos
182 videos
8 links
𝐒𝐡𝐞‘𝐫𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐡𝐢𝐤𝐦𝐚𝐭, 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛, 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐦𝐚𝐬𝐥𝐚𝐡𝐚𝐭, 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐬𝐡𝐮𝐡𝐫𝐚𝐭, 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐨𝐦𝐚𝐝, 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐝𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭, 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚𝐝𝐢𝐫 𝐤𝐚𝐲𝐟𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐛õ𝐥𝐬𝐢𝐧
Download Telegram
🌿🌿🌿🌿🌷🌷🌷🌷🌿🌿🌿🌿

ТАБРИКЛАЙМИЗ-ҚУТЛАЙМИЗ!

🌸🌿🌸🌿🌸🌿🌸🌿🌸🌿🌸

АССАЛОМУ  АЛАЙКУМ
Узулой Ҳайдарова (Sehriyo)

    Сизни таваллуд айёмингиз билан ўзим ва "Ijod gulshani" халқаро ижодий гуруҳимиз номидан ҳам чин дилдан қутлайман! 
     Сизга узоқ умр, мустаҳкам ирода, сихат- саломатлик, тўкин ҳаёт, туганмас бахт ва кетмас омад тилайман. 
     Ҳар кунингиз шодумон бўлсин, орзу тилакларингиз ушалишига тилакдошман!
Қалбингиз
сарвиқор тоғлар каби сокин, 
эзгу ҳисларга бой бўлсин!

      Дунёдаги жами эзгуликлар Сизга ёр бўлсин!

  Биби Марям

    🌷🌸🌷🌸🌷🌸🌷🌸
3👍1
Forwarded from Mr. Mehroj Khamroev
Ассалом алайкум чин юракдан табриклайман
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

GUL QO‘YIB KET QABRIM BOSHIGA

Gul qo‘yib ket qabrim boshiga,
Duo bo‘lsin qalbing qo‘shig‘i.
Yod etsang bas, chin mehr ila,
Shod bo‘ladi ruhim oshig‘i.

Ko‘z yoshingni to‘kma behuda,
Hijron yukin ortma yelanga.
Yaxshi so‘zing yetar menga ham,
Rahmat bo‘lar so‘nggi manzilga.

Umr karvon, o‘tkinchi mehmon,
Bir kun ketar shohu ham gado.
Ezgu amal qolar ortimizda,
Shu haqiqat — so‘nggi intiho.

Agar bir kun meni sog‘insang,
Shamol bo‘lib esar nafasim.
Gul qo‘yib ket qabrim boshiga,
Boshim uzra elar bir nasim.

Bahor kelsa ochilgan gullar,
Meni eslab sekin tebransin.
Muhabbatim, samimiy so‘zlar,
Qalbing ichra mangu yashasin.

Yomg‘ir yog‘sa qabrim ustiga,
Rahmat bo‘lib tomsin tomchilar.
Har bir duong yetib ruhimga,
Nurga to‘lsin qorong‘u tunlar.

Kelgan chog‘ing sukut saqlagin,
Dardlaringni Yaratganga ayt.
Men uchun ham Fotiha o‘qib,
Mehring ila yana ortga qayt.

Hayot o‘tar yeldek bir nafas,
Hech kim qolmas bu foniy joyda.
Yaxshilikni meros et faqat,
Noming qolsin elning dilida.

Bir oq gulni qo‘ysang boshimga,
U ming so‘zdan ortiq so‘z bo‘lar.
Samimiyat yashar qalbingda,
Ruhim shunda taskinga to‘lar.

Men ketarman, ammo sevgimmas,
Ezgu so‘zim qolur yodingda.
Gul qo‘yib ket qabrim boshiga,
Duo bilan yashay dilingda.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🔥21
UZULOY XAYDAROVA ✍️

QISHLOQ ZULMATDA QOLMASIN!

(Maqola)

Bugun elektr energiyasi oddiy qulaylik emas. U — hayot tomiri, taraqqiyot nafasi, xonadonlar farovonligining tayanchidir. Chiroq o‘chganda faqat uy qorong‘ulashmaydi — insonning mehnati, ro‘zg‘ori, orzu-umidlari ham sinovga duch keladi.
Bir savol borki, u har bir mas'ul rahbarning vijdonini uyg‘otishi kerak: nega elektr energiyasi uchun haqini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lagan qishloq aholisi uzluksiz elektr ta'minotidan yetarlicha foydalana olmasligi kerak? Fuqaro o‘z majburiyatini bajargan ekan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot ham o‘z zimmasidagi burchni qonun, adolat va mas'uliyat asosida bajarishi shart.
Bugun muzlatkichlarda shunchaki oziq-ovqat emas, oilaning rizqi, mehnat bilan topilgan ne'matlar saqlanmoqda. Go‘sht, sut mahsulotlari, dori-darmonlar, bolalar taomi... Uzoq davom etgan elektr uzilishi tufayli ularning yaroqsiz holga kelishi minglab oilalar uchun moddiy zarar demakdir. Qimmatchilik hukm surayotgan bugungi kunda bunday yo‘qotish oddiy noqulaylik emas, balki mehnatkash insonning cho‘ntagiga urilgan zarbadir.
Qishloq ahli bu yurtning nonini yetishtirayotgan, chorvasini boqayotgan, iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlardir. Ularni ikkinchi darajali fuqaro sifatida ko‘rishga hech kimning ma'naviy ham, huquqiy ham haqqi yo‘q. Qonun oldida ham, davlat e'tiborida ham shahar va qishloq aholisi teng bo‘lishi kerak.
Albatta, avariya yoki ta'mirlash ishlari sababli elektr uzilishi zarur bo‘lishi mumkin. Ammo bunday holatlarda fuqarolarni oldindan xabardor qilish, uzilish muddatini imkon qadar qisqartirish va muammoni tezkor bartaraf etish — xizmat madaniyatining ajralmas talabidir. Xalqni noaniqlikda qoldirish esa ishonchni yemiradi.
Har bir rahbar shuni chuqur anglashi kerak: mansab — imtiyoz emas, xalq oldida qasamyod qilingan mas'uliyatdir. Odamlar hisobotlarga emas, amaldagi adolatga baho beradi. Ishonch balandparvoz so‘zlar bilan emas, amaliy xizmat bilan qozoniladi.
Vijdon oldida hech bir lavozim qalqon bo‘la olmaydi. Har bir qaror ortida minglab xonadonlarning taqdiri, bolalarning rizqi, keksalarning salomatligi, mehnatkash insonlarning umidi turibdi. Ana shu mas'uliyatni his qilgan rahbargina xalq hurmatiga sazovor bo‘ladi.
Qishloqqa yorug‘lik yetkazish — bu shunchaki sim tortish yoki tok uzatish emas. Bu inson qadriga hurmat, xalq ishonchiga sadoqat va davlat xizmatining asl mazmunidir. Qishloq ravnaq topsa, yurt ravnaq topadi. Qishloq nurli bo‘lsa, Vatan nurli bo‘ladi.
Adolatning nuri har bir xonadonga barobar yetsin! Chunki qishloq ham Vatanning yuragi. Yurakni zulmatda qoldirib, taraqqiyot sari dadil odimlab bo‘lmaydi.

Bu qishloqni ovozi men xolisona yetkazdim. Tarozi pallasini teng tutish bu qishloq ahlini rozichiliga sabab bo‘ladi. Har bir joyda haqiqat bo‘lsin.
💯3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

SUKUTNING TARJIMAI HOLI

Sukut ham so‘zlaydi, tinglay bilsang gar,
Yurakning sirlarin anglasang agar.
Jimlikning bag‘rida ming doston yotar,
Baʼzida bol kabi baʼzida zaxar.

Sukutning goh ajib tarjimai holi,
Unda yashar hijron, visol, iqboli.
Kulgan chehralarning pinhon yoshiday,
Yashirin dardlarning bitmas savoli.

Ba'zan u sabrning eng oliy tili,
Ba'zan armonlarning so‘nmas manzili.
Qalblarni kuydirar aytilmagan so‘z,
Jimlikdir ayriliq yozgan dalili.

Shamollar daraxtga doston aytganda,
Bulutlar ko‘k yuzin yoshga to‘ldirar.
Sukut bir musavvir — rangsiz suratlar,
Yurakni sabrga qayta ko‘ndirar.

So‘z aytish osondir, jim turish qiyin,
Sukutda pishadi ming saboq, yaqin.
Har bir sukut ortin anglay olgan zot,
Haqiqat haqqini etgay pok talqin.

Sukutning tarjimai holi shudir bas,
Unda na yolg‘on bor, na soxta havas.
Qalbini pok tutgan inson nigohida,
Jimlik ham hikmatdir,
anglaganga dars.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

SOYANING YOLG‘IZLIGI

Soyadek kezdim jahonni, dard ila hamdam bo‘lib,
Shams botar, men qolurman g‘am bila mahram bo‘lib.

Kimki ko‘rdi, bosdi ustim, holim etmadi savol,
Qismatim sukut ichinda dard ila bir dam bo‘lib.

Tong otib, nur yog‘ilur, men chekinurman yana,
Borlig‘im go‘yo yo‘qolur, zulmat ichra g‘am bo‘lib.

Yaproq uzra titrar erdim yel esib o‘tgan mahal,
Ko‘z yoshimni pinhon etdim shabnam ila nam bo‘lib.

Har qadamda bir egam bor, hech biri meniki yo‘q,
El aro yurdim mudom benishonu nom bo‘lib.

Oy jamolin suvda ko‘rdim, qo‘l uzatdim zor ila,
Mavj kelib sindirdi aksin, dardim ortdi jam bo‘lib.

Bir kun oxir shams ham botgay, men ham unda yo‘q bo‘lur,
Foniy olam anglashilgay bir nafas mavhum bo‘lib.

Ey ko‘ngul, soya misoli kibr ila kezma zinhor,
Nurni tutgil rahnamo deb, Haq sari mahkam bo‘lib.

Uzuloy, soya misoli xor sanama hech kimni sen,
Mehr ulash har bir ko‘ngulga, el aro malham bo‘lib.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

DARAXTNING TUSHI

Tun bag‘rida bir tush ko‘rdim, ey sabo, ayla bayon,
Shoxlarimda kuldi bahor, ochdi ming gul, guliston.

Barglarimni erkalardi mehr ila tongning yeli,
Har yaprog‘im zikr aylar: «Bo‘lmasin hech dil xazon.»

Ildizimdan quvvat olib, elga bo‘ldim soyabon,
Mevam ila bahra topsin har musofir, har inson.

Bulbul aytdi: «Ishqing ila bog‘ erur go‘yo jahon»,
Men dedim: «Bir kun qurisam, qolsin ezgu bir nishon.»

Nogahon bolta ko‘rindi, larzaga tushdi tanim,
Lekin umid so‘nmagaydir, yashnar yana bu makon.

Mehr qo‘li bir niholni bag‘rim uzra ayladi,
Shunda uyg‘ondim tabassum-la, tark etib dildan fig‘on.

Ey inson, sen ham bu foniy bog‘ aro bir daraxtsan,
Ezgulikdan meva bergil, bo‘lmagin shayton tamon.

Uzuloy der: bu tush ichra ming nasihat bor, jahon,
Ezgu nom qolg‘ay abad, bo‘lmasin umring ziyon.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

O‘ZINGNIKI QIL MENI

Tunlar aro sog‘inchim yurakni o‘rtar har dam,
Sensiz o‘tgan lahzalar bo‘ldi armon, bo‘ldi g‘am.
Bir umr senga atalgan muhabbatimdir olam,
Charchadim yolg‘izlikdan o‘zingniki qil meni,
Boqmasin o‘zga ko‘zlar ko‘zingniki qil meni.

Ko‘zlaringda tong kulsa, ochilar baxt gulzori,
Mehring ila yashnaydi dilning so‘nmas bahori.
Sen-la kamol topgaydir ishqimning bu diydori,
Charchadim yolg‘izlikdan o‘zingniki qil meni,
Boqmasin o‘zga ko‘zlar ko‘zingniki qil meni.

Vasling menga umrdir, hijron esa ming o‘lim,
Sensiz qolgan nafasim go‘yo kuzdek bir zulm.
Kelgin, endi ayirma muhabbatdan hech ko‘nglim,
Charchadim yolg‘izlikdan o‘zingniki qil meni,
Boqmasin o‘zga ko‘zlar ko‘zingniki qil meni.

Yulduzlardan tiladim visolingning nurini,
Qalbim yozar har kecha muhabbatning sirini.
Baxtim etgin umrbod, beza taqdir yo‘lini,
Charchadim yolg‘izlikdan o‘zingniki qil meni,
Boqmasin o‘zga ko‘zlar ko‘zingniki qil meni.

Ishq yo‘lida sabr ila kutdim seni beomon,
Ko‘nglimdagi muhabbat bo‘lsin senga armug‘on.
Vasling bilan yashasin qalbim mangu begumon,
Charchadim yolg‘izlikdan o‘zingniki qil meni,
Boqmasin o‘zga ko‘zlar ko‘zingniki qil meni.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆41
UZULOY XAYDAROVA ✍️

JIM TURGAN QO‘NG‘IROQ

Jim turgan qo‘ng‘iroq, so‘zsiz bir guvoh,
Sukut ham ba'zan der ming sirni, ey voh.
Kutishning yo‘llari uzun bo‘lsa ham,
Umidning ko‘ksida so‘nmas edi oh.

Har tongda termuldim yo‘llarga ma'yus,
Ko‘nglimda sog‘inchning alangasi tus.
Bir jiring kutardi sabrimni sinab,
Ko‘zlarim yo‘llarda, yuragim mahbus.

Tunlarning bag‘rida oydin xayollar,
Yulduzlar tinglardi dardli savollar.
Jimlik ham ba'zan bir sinov ekanda,
Sabrla oshildi buyuk davonlar.

Shamollar olib ketdi g‘am izlarini,
Tong yuvdi ko‘nglimning mung yuzlarini.
Har sukut ortida bir hikmat bordir,
Eritdi yurakni tosh muzlarini.

Birdan qo‘ng‘iroqning jarangi yangrab,
Yurakning torlari quvonchga to‘ldi.
— "Men keldim..." degan o‘sha tanish ovoz,
Hijronning zulmati bir zumda so‘ndi.

Endi bu qo‘ng‘iroq jim turmas aslo,
Dilimiz bog‘ida ochildi dunyo.
Muhabbat qo‘lidan ushlab ikkimiz,
Baxt tomon chorladi bizlarni Xudo.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

MEN O‘SHA QO‘SHRABOT QIZI

Men o‘sha Qo‘shrabot qizi,
Yuragida sevgi jo‘sh urgan.
Mehri go‘yo jannat daraxti,
Meva emas, vijdon undirgan.

Men o‘shaman, haqdan qaytmagan,
To‘g‘rilikni qalqon qilganman.
Sadoqatni iymon deb bilib,
Pok vijdon-la umr surganman.

Men o‘zimni elga bag‘ishlab,
Yurt dardini dardim qilganman.
Vatan degan ulug‘ tuyg‘uni,
O‘z qalbimda mangu qurganman.

Men o‘sha tog‘ bag‘rin quchgan qiz,
Sabrlardan qanot bog‘lagan.
Har sinovni kulib qarshilab,
Armonlarni bag‘rin dog‘lagan.

Yolg‘onlarga egmasman boshim,
Rost so‘zimdir yurak nidosi.
Nomusimni ko‘zga surtarman,
Shudir mening umrim ziyosi.

Mehr ulashsam, ko‘nglim boyiydi,
Yaxshilikdan toparman kamol.
Bir duoning nurli nafasi,
Yo‘lim etar hamisha halol.

Qo‘shrabotning mard qizlaridan,
Bir niholman, ildizim buyuk.
El ishonchi — eng ulug‘ davlat,
Menga hatto tuprog‘i suyuk.

Kim tanisa, so‘zimdan tanir,
Ko‘nglimdagi ezgu niyatni.
Men yashayman sadoqat bo‘lib,
Ulug‘lab sof mehr-u shafqatni.

Yurtim desam, jo‘sh urar qonim,
Shon-shuhrati mening faxrimdir.
Qo‘shrabotdan boshlanib yo‘lim,
O‘zbekiston mening taxtimdir.

Orzuim ham elga naf bo‘lsin,
So‘zim ezgu dillarga yetsin.
Yaxshilikning urug‘in sochib,
Har bir qalbda umidlar o‘ssin.

Men o‘sha Qo‘shrabot qizi,
Or-nomusim — eng ulug‘ tojim.
Haq yo‘lida sobit qolurman,
Vatan bilan barhayot nomim.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

ILHOM YOMG‘IRI

Ilhom yomg‘iri — ruhimga bahor,
U bilan yashnaydi orzu va iqbol.
Qalamim qanotli qush kabi uchar,
So‘zlardan bunyodkor bo‘ladi xayol.

Tunlar sukutida uyg‘onar tuyg‘u,
Yulduzlar tinglaydi qalbim navosin.
She’r bo‘lib yog‘ilar ko‘ngildan nurli,
Ilhom bezatadi ijod samosin.

Qalbimga yog‘aver, ilhom yomg‘iri,
Pokla orzularni, uyg‘ot hislarni.
Sen bilan bezansin she’rlar bog‘lari,
Sen bilan topaylik go‘zal izlarni.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

EY INSON

Soxta shon hech qachon baxtga eltmaydi,
Haqiqat oldida bukilur har bosh.
Vijdon hukmin aytar oxiri bir kun,
Rostlik mangu, yolg‘on bo‘lar fosh.

Nomingni ulug‘lar pokiza amal,
Soxta shuhrat esa shamolday o‘tar.
Xiyonat ekkanning hosili pushmon,
Adolat baribir o‘z hukmin aytar.

Halol mehnat bilan yuksalgin, inson,
Nomusdir insonning eng buyuk toji.
Haq yo‘ldan adashma, vijdoning asra,
Zahqumga aylanar yolg‘onning oshi.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆31
UZULOY XAYDAROVA ✍️

BIR-BIRIN G‘AJISHGA TAYYOR KIMSALAR

(G‘azal)

Jahon ichra ko‘paymish kinaga yor kimsalar,
Bir-birin g‘ajishga har dam tayyor kimsalar.

Muhabbat gulshanin bir lahzada vayron eturlar,
Adovat urug‘in sochib takror kimsalar.

Hasad o‘ti dilida yonar, ko‘zi ko‘r bo‘lgay oxir,
O‘zin dono sanar, ammo gunohkor kimsalar.

Vafoni tark etib, naf' izlab yugrar tinmayin,
Sadoqat yo‘lidan ozgan xatodor kimsalar.

Birovga qazgan o‘ra o‘ziga bo‘lgay maskan,
Taqdir hukmida qolur giriftor kimsalar.

Ko‘ngilni sindirish oson, tiklamoq mushkul erur,
Buni anglamay yurar bag‘ri tosh xor kimsalar.

Haqiqat oftobi bir kun el aro porlagay,
Yolg‘on zulmatida qolur sharmisor kimsalar.

Uzuloy, sabr ila yurgil, Haq adolat maskani,
Haq huzurida bosh egar aybdor kimsalar.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

QIZLARI G‘URURLI BO‘LAR

Qiz bola qidirib bormaydi yorni,
Ustun qo‘yib yashar nomus va orni,
Bo‘yniga osmaydi ko‘rinmas dorni,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

Orini sotmaydi yolg‘on shuhratga,
Ko‘nglin bermas hirsu soxta ulfatga,
Sodiq qolur doim ezgu niyatga,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

Baxtini tilaydi pokiza dildan,
Yuragi yiroqdir g‘iybat va kirdan,
Sharaf topib o‘tar ezgulik nurdan,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

Ona duosini toj etar boshga,
Yaxshilik ulashar yaqin-u yotga,
Qadam qo‘ymas aslo egri hayotga,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

Hayosi ziynati, odobi diyor,
So‘zlari dilga ham bo‘lar e'tibor,
Poklikni asraydi misoli bahor,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

Vijdonin sotmas hech dunyo moliga,
Aldanmas yolg‘onning shirin holiga,
Sodiq qolur ota-ona yo‘liga,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

Qalbida mehr bilan porlar iymon nur,
Ezgulik yo‘lida bo‘ladi mag‘rur,
Sharafin asraydi umrbod masrur,
Otasin qizlari g‘ururli bo‘lar.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
👍41
UZULOY XAYDAROVA ✍️

AYOL

Ayol borki, ko‘ngilga malham,
Uning mehri yashnatgay har dam.
Qalbidagi ezgu niyatdan,
Gulga to‘lar hattoki olam.

Ayol borki, baxtli jahona,
Mehri bilan oboddir xona.
Ko‘zlarida porlasa quvonch,
Go‘yo kulgay osmon ham yana.

Ayol borki, umidlar koni,
Uning orzusi — farzandin shoni.
Farzandining kamolin ko‘rib,
Shodlik bilan to‘ladir joni.

Ayol borki, mehri beqiyos,
Qalbi doim ezgulik so‘zlar.
Bir tabassumi dilga nur solib,
Qorong‘u tun tongga yuzlanar.

Ayol borki, hayotga bezak,
Uning mehri dillarga tilak.
Qadrin bilgan insonning yo‘li,
Doim ochiq, ko‘ngli ham yuksak.

Ayol borki, duosi panoh,
Uning mehri qalblarga guvoh.
Ona duosin olgan insonning,
Yo‘li ravshan, baxti bo‘lgay shoh.

Ayol borki, muhabbat bog‘i,
Uning so‘zi — ko‘ngil chirog‘i.
Mehr bilan yashagan ayolning,
Bo‘lmagaydir yurakda dog‘i.

Ayol borki, yo‘ldosh — hamrohi,
Quvonchlarga qalbi guvohdir.
Sevib, asrab, qadriga yetsang,
Har bir kuning baxtga panohdir.

Ayol borki, dunyoga ziynat,
Uning mehri eng buyuk ne’mat.
Ayollarni asragan inson,
Topar hayot ichra saodat.

Ayol kulsa, gullar ochilar,
Mehr bilan qalblar sochilar.
Uning shirin birgina so‘zi,
Hatto dildan g‘amni qochirar.

Ayol yig‘lasa, ko‘ngillar sinar,
Ko‘z yoshidan dardlari unar.
Uni asrab, mehrin qadrlagan,
Har bir inson baxtini topar.

Ayol — ona, ayol — muqaddas,
Uning mehri bo‘lmagay hech qasd.
Qadr eting, ko‘nglin og‘ritmang,
Ayol bordir — hayotingiz baxt!

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
🏆3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

O‘LMAYMAN DEMAGIN

Qalbingga mehr ek, nafratni yo‘qot,
Yolg‘on shuhrat uchun sotmagin hayot.
Haqning tarozisi qilgay adolat,
O‘lmayman demagin o‘lim haqiqat.

Nafsingni jilovla, bo‘lmagin g‘ofil,
Umr karvonidan qolmagin johil.
Har jon tatir oxir o‘limdan hosil,
O‘lmayman demagin o‘lim haqiqat.

Qabr ham bir manzil, oxirgi maskan,
U yerda teng bo‘lar gado ham sulton.
Ikkiga ajralmas bari bir tomon,
O‘lmayman demagin o‘lim haqiqat.

Ortingdan duolar qolsa eng katta,
Inson qadri o‘lchanmas molu davlatda,
Eslaydi yaxshilik qilsang albatta,
O‘lmayman demagin o‘lim haqiqat.

Oqibat barchamiz qaytarmiz Haqqa,
Bu dunyo omonat har bir yurakka.
Imonni asragin so‘nggi nafasga,
O‘lmayman demagin o‘lim haqiqat.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
💯3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

TOSHKENTGA YARASHMAS EMISH ODDIYLAR

Umid qilmoqlikdan foyda qolmadi,
Meni iltijoyim yetib bormadi,
Mehr qo‘ng‘irog‘i menga chalmadi,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

Ikki non qo‘limda qoldim chorasiz,
Ustozning oldida gerdaydim sassiz,
Choy ham ichilmadi eh qoldi afsus,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

Ustoz xabari yo‘q edi xolimdan,
Metroda ayrildim hamyon borimdan,
Bir chaqa chiqmadi sumka yonidan,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

Kiyminga boqarlar baholab o‘lchab,
Pulsiz qoldim yig‘lab berishdilar chap,
O‘g‘ringni kamaytir ey shahar talab,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

Qishloqdan borganlar kir emish sassiq,
O‘zlarin atarkan xushbo‘yli tansiq,
Yuragimga qarab qadadilar siq,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

Men qishloq farzandi, pokdir yuragim,
Mehnat-la bezalgan har bir tilagim,
Soddalik — faxrimdir, yorug‘ chirog‘im,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

Qishloqning nafasi — musaffo havo,
Mehnatkash qo‘llarda yashaydi ziyo,
Oddiylar aslida ziynatli dunyo,
Toshkentga yarashmas emish oddiylar.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
2🔥2
UZULOY XAYDAROVA ✍️

KO‘NGILGA SIG‘MAGAN DARD

Ko‘nglim g‘ash, bu dunyo bugun tor menga,
Hech bir quvonch sig‘mas bo‘ldi zor menga.
Sukut bilan dardim aytaman tunlar,
Yurakdagi armon bo‘ldi yor menga.

Oppoq xayol ichra qoraygan tunim,
Sukut quchog‘ida o‘tdi har kunim.
Ko‘zlarim so‘zlaydi, tilim jim turar,
O‘zimga ham begona go‘yo bugunim.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

YALINMAYMAN

Yolvorib mehrni so‘ramas dilim,
Sotilmas g‘ururim, bukilmas belim.
Haq yo‘lda sobitdir doimo tilim,
Vijdonim — eng buyuk suyanchim, elim.

Yalinmayman beburd, nokas bir kasga,
Ko‘nglimni tutmayman soxta havasga.
Nomardning eshigin ochmasman aslo,
Orimni bermayman arzon nafasga.

© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
3
UZULOY XAYDAROVA ✍️

QIZ KO‘NGLI

Qiz ko‘ngli nozikdir, bo‘lgin ehtiyot,
Eslatib qo‘ymoqlik joizdir bot-bot.
Bir og‘iz so‘z bilan topadi hayot,
Bir og‘iz so‘z bilan dil bo‘lar barbod.

Vafo istar ko‘ngli, so‘ramas davlat,
Samimiy so‘z unga bo‘ladi ne’mat.
Birgina e’tibor — qalbiga quvvat,
Sadoqat saroyi — tojdir, oriyat.

5