Assalomu alaykum barchaga meni yana bitta sheʼrim o‘zbek, Ozorboyjon tilida
www.yazarlar.az saytida nashr etilibdi. Men buning uchun Surxay janoblariga hamda Zaur Ustaj muallimga tashakkur aytaman.
Juda xursand bo‘ldim!
https://yazarlar.az/2026/05/31/uzuloy-xaydarova/
www.yazarlar.az saytida nashr etilibdi. Men buning uchun Surxay janoblariga hamda Zaur Ustaj muallimga tashakkur aytaman.
Juda xursand bo‘ldim!
https://yazarlar.az/2026/05/31/uzuloy-xaydarova/
🏆4❤1
Yana bitta SEN nomli sheʼrim o‘zbek, Ozorboyjon tilida www.yazarlar.az saytida nashir etilibdi. Men yanada xursandman. Menbuning uchun Surxay janoblariga hamda Zaur Ustaj muallimga tashakkur aytaman. Juda xursand bo‘ldim.
https://yazarlar.az/2026/06/01/uzuloy-xaydarova-sen/
https://yazarlar.az/2026/06/01/uzuloy-xaydarova-sen/
❤3🏆3
Assalomu alaykum barcha o‘zini ijodkor sanaganlar uyalsin. Uyalmaysizlarmi meni sheʼrlarimni o‘g‘irlashga. Baribir menda qo‘l yozmasi bor. Bir kun kelib bu ishlaringizga sharmanda bo‘lasiz. Birovni mehnatini o‘zlashtirishga uyalinglar. Uyatam kerak odamga? Yo sudlashish kerakmi? Buncha ham odam past bo‘lmaydida. Men bilan qastlashgan odamga yomon bo‘ladi lekin. Ogohlantiraman. Ajdarhoni inidan qo‘zg‘atib qo‘ydinglar. Tomashani endi ko‘rasizlar.
💯5🤔1
Muallif: UZULOY XAYDAROVA ✍️
SO‘NGGI UCHRASHUV
Hikoya
Bahor oqshomlaridan biri edi. Quyosh ufqqa bosh qo‘yar, osmonni qizg‘ish ranglar bezar, go‘yo kimnidir ogohlantirayotgandek sokin bir manzara hukm surardi. Yengil shamol daraxt yaproqlarini sekin tebratar, atrofga mayin shivir taratardi. Bekat yonidagi eski o‘rindiq ham bu sukutga guvohdek jim turardi.
Dilnoza bekatda turar, ko‘zlari esa yo‘ldan kelayotgan har bir odamni sinchiklab kuzatardi. U kimnidir kutardi. Yuragi esa allaqachon nimanidir sezgandek g‘ash edi. Har bir o‘tayotgan daqiqalar unga uzoq tuyular, go‘yo vaqt ataylab sekinlashgandek edi. U qo‘llarini bir-biriga tutib, ichidagi bezovtalikni bosishga urinardi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, u keldi. Sherbek. U odatdagidek dadil emasdi, qadamlari ham nimagadir og‘ir tuyulardi. Ammo baribir keldi — bu uchrashuvdan qochib bo‘lmasdi.
— Kech qoldingiz, — dedi Dilnoza ovozini zo‘rg‘a chiqarib.
— Ishlarim ko‘p edi, — dedi Sherbek sovuqqina. Uning ko‘zlarida avvalgi mehrdan asar ham yo‘q edi. U qarashlarini chetga olib qochdi, go‘yo ko‘zga tik qarasa, nimadir ichida sinib ketadigandek.
Ular yonma-yon yurishdi. Ammo bu yurish avvalgidek emasdi — gap kam, sukut ko‘p edi. Avvallari shu yo‘lda kulgular yangrardi, orzular haqida gaplashilardi. Bugun esa faqat sukut ularning hamrohiga aylangandi.
— Bilasanmi, — dedi nihoyat Sherbek, — biz endi boshqa yo‘llardan yurishimiz kerak.
Dilnozaning qadami to‘xtadi. Yuragi bir lahza urmay qolgandek bo‘ldi. Atrofdagi shovqinlar ham go‘yo birdaniga o‘chib qolgandek tuyuldi.
— Nega?.. — dedi u sekin.
— Chunki men o‘zimni o‘ylashim kerak. Hayotimni, kelajagimni... Sen bilan emas.
Bu gap oddiy aytilgandek tuyuldi, ammo unda bir umrga yetadigan og‘riq yashiringan edi. Bu so‘zlar Dilnozaning qalbiga tig‘dek botdi, ammo u buni tashqariga chiqarmadi.
Dilnoza ko‘z yoshlarini yashirdi. U yig‘lamadi. Chunki u tushundi — ba’zi odamlar ko‘z yoshga ham arzimaydi. U ichida minglab savollar, minglab iztiroblar bilan kurashardi, lekin tashqaridan sokin edi.
— Mayli, — dedi u nihoyat, — baxtli bo‘ling.
Sherbek indamadi. U ortiga qaramay ketdi. Uning qadamlari uzoqlashgan sari Dilnozaning yuragi bo‘shab borayotgandek edi.
Dilnoza esa o‘sha joyda bir muddat qotib turdi. Go‘yo tanasi shu yerda qolib, ruhi allaqachon ketgandek edi. So‘ng asta boshini ko‘tardi. Ko‘zlaridagi yoshni artdi.
Shu on u bir haqiqatni anglab yetdi:
Insonni eng ko‘p sindiradigan narsa — ayriliq emas, balki vaqtida qadrlanmagan mehrdir.
Bu fikr uning qalbida muhrlanib qoldi. U endi boshqacha yashashni, o‘z qadrini bilishni o‘rganishi kerak edi.
U asta ortiga burildi va yurib ketdi. Har bir qadami bilan u o‘tmishni ortda qoldirayotgandek edi. Bu uning hayotidagi “so‘nggi uchrashuv” edi.
Oradan yillar o‘tdi. Hayot esa o‘z yo‘lida davom etdi. Dilnoza ko‘p narsalarni boshdan kechirdi — og‘riqlarni, sabrni, kuchni. U o‘zini qayta topdi, o‘z qadrini anglab yetdi.
Bir kuni Sherbek tasodifan uni ko‘rib qoldi. U odamlar orasida yurardi, ammo u avvalgi Dilnoza emasdi. Dilnoza o‘zgargan edi — u kuchli, ishonchli, o‘z qadrini biladigan ayolga aylangandi. Uning yuzida osoyishtalik, ko‘zlarida esa ishonch bor edi.
Sherbek esa ichidan kuyindi. U o‘tmishdagi qarorini esladi. U paytda ahamiyatsiz tuyulgan narsa aslida uning eng katta yo‘qotishi ekanini anglab yetdi.
— Kech bo‘ldimi?.. — deb pichirladi u.
Ammo hayot hech qachon ortga qaytmaydi. Ba’zi eshiklar yopilgach, ular boshqa hech qachon ochilmaydi.
Bu hikoyani o‘qib xulosa qiling?
Qadrni vaqtida biling. Chunki ba’zi uchrashuvlar — so‘nggi bo‘ladi. Va ayrim insonlar hayotdan ketgach, ularni qayta uchratish emas, hatto kechirim so‘rash ham nasib etmaydi.

💯3
UZULOY XAYDAROVA ✍️
SIZ MENI YAXSHIMSIZ, YAXSHI INSONIM
Ko‘nglimga qaraysiz, ranjitmay deya,
Menga tilagdoshsiz, g‘amimni yeya,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Quvnayman eshitsam bitta shirin so‘z,
Baxtiyor yayraydi sizga qarab ko‘z,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Kelajak tomonga orzular o‘ktam,
Sizda iftixorim, mardlik mujassam,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Ko‘zlarim yoshlansa, sezasiz darhol,
Mendan so‘ramoqqa shoshasiz ahvol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Yuragimda sizga minnatdorchilik,
Har so‘zingiz menga katta ezgulik,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Qiyin damlarimda bo‘lasiz madad,
Siz bilan yo‘qolar ichimdagi gard,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Ortimdan qolmaydi hech qanday savol,
Siz bilan topaman hayotda kamol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Umrimga nur sochar siz kabi inson,
Siz bor joyda doim bor mehr-omon,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Sizning kulguyingiz bahoriy iqlim,
Unda erib ketar har qanday zulm,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Shukronam cheksizdir sizday insonga,
Yaxshilik urug‘i sochgan zamonga,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Umidim yo‘limda siz kabi chiroq,
Meni qo‘rqitolmas manzillar, biroq,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Qalbimda qolursiz eng aziz tuyg‘u,
Siz bilan yashamoq — eng katta orzu,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Hayotim sahnida izingiz muhr,
Siz bilan yorishar har qanday sabr,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Va oxir aytaman yurakdan yana,
Bir kuni baxtimiz qilar tantana,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
SIZ MENI YAXSHIMSIZ, YAXSHI INSONIM
Ko‘nglimga qaraysiz, ranjitmay deya,
Menga tilagdoshsiz, g‘amimni yeya,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Quvnayman eshitsam bitta shirin so‘z,
Baxtiyor yayraydi sizga qarab ko‘z,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Kelajak tomonga orzular o‘ktam,
Sizda iftixorim, mardlik mujassam,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Ko‘zlarim yoshlansa, sezasiz darhol,
Mendan so‘ramoqqa shoshasiz ahvol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Yuragimda sizga minnatdorchilik,
Har so‘zingiz menga katta ezgulik,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Qiyin damlarimda bo‘lasiz madad,
Siz bilan yo‘qolar ichimdagi gard,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Ortimdan qolmaydi hech qanday savol,
Siz bilan topaman hayotda kamol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Umrimga nur sochar siz kabi inson,
Siz bor joyda doim bor mehr-omon,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Sizning kulguyingiz bahoriy iqlim,
Unda erib ketar har qanday zulm,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Shukronam cheksizdir sizday insonga,
Yaxshilik urug‘i sochgan zamonga,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Umidim yo‘limda siz kabi chiroq,
Meni qo‘rqitolmas manzillar, biroq,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Qalbimda qolursiz eng aziz tuyg‘u,
Siz bilan yashamoq — eng katta orzu,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Hayotim sahnida izingiz muhr,
Siz bilan yorishar har qanday sabr,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Va oxir aytaman yurakdan yana,
Bir kuni baxtimiz qilar tantana,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
❤3
UZULOY XAYDAROVA ✍️
XOTIRAMDA QOLGAN GO‘ZAL LAHZALAR
(Hayotiy hikoya)
Men birinchi maoshimni olgan kunimni hech qachon unutmayman…
O‘sha payt maktabda ishlardim. Qo‘limga ilk mehnat haqimni olganimda, ko‘zlarim quvonchdan porlab ketgandi. Go‘yo birdan ulg‘ayib, katta odamga aylangandek his qilgandim o‘zimni.
Onajonimga nimadir olib bermoqchi bo‘ldim. Ammo onam mayin jilmayib:
Menga emas, buvingga sovg‘a ol, — dedilar.
Men ro‘mol tanladim.
Lekin bu oddiy ro‘mol emas edi…
U — mehrimning, e’tiborimning, qalbimdagi iliqlikning bir parchasi edi.
Bir kuni bozorga chiqqanimda, ko‘zim bir ro‘molga tushdi. Ranglari shu qadar nafis ediki, go‘yo bahorning o‘zi unda jilvalanayotgandek edi. Uni qo‘limga olib, bir zum o‘ylab qoldim:
“Shu ro‘mol buvimga juda yarashadi…”
Buvim… Onamning onasi…
Bolaligimdan meni mehr bilan o‘rab kelgan, har doim duo qilib, boshimni silab qo‘yadigan muqaddas inson.
Ro‘molni olib, yuragimda iliq tuyg‘ular bilan uyga qaytdim.
Ertasi kuni buvimnikiga bordim. U odatdagidek hovlida o‘tirar, qo‘lida tasbeh, labida shukr so‘zlari… Meni ko‘rib, yuzlari yorishib ketdi:
— Keldingmi, bolam…
Men sekin yoniga bordim. Qo‘limdagi ro‘molni unga uzatdim:
— Buvijon, bu sizga…
U hayrat bilan menga qaradi. Ro‘molni asta qo‘liga oldi. Bir zum sukut saqladi… So‘ng ko‘zlari namlandi:
— Menga-mi?.. — dedi mayin ovozda.
Shu on yuragim titrab ketdi. Men oddiygina sovg‘a qilgan edim. Ammo buvim uni go‘yo katta baxtdek qabul qilayotgan edi.
U ro‘molni darrov boshiga o‘rab ko‘rdi. Go‘yo bu ro‘mol emas, mehr bilan to‘qilgan bir nur edi.
— Juda chiroyli ekan… — dedi u bolalarcha quvonch bilan.
Keyin qo‘llarini duoga ochdi:
— Ilohim, bolam, umring uzun bo‘lsin. Qalbingdan mehr arimasin. Sen kabi farzandlar ko‘paysin…
O‘sha lahza…
Men uni hech qachon unutmayman.
Shunda angladim:
insonni katta sovg‘alar emas, balki kichkina e’tiborlar baxtli qiladi.
O‘sha ro‘mol oddiy mato bo‘lishi mumkin.
Ammo buvim uchun u — e’tibor, qadrlanish va sevgi edi.
Oradan vaqt o‘tdi…
Lekin har safar buvimni o‘sha ro‘molni o‘rab olgan holda ko‘rsam, yuragim yana iliqlikka to‘lardi.
Bugun esa…
Buvijonimni juda sog‘indim… ❤
Ba’zan o‘sha ro‘molni ko‘rgandek bo‘laman…
Go‘yo u hali ham buvimning boshida, hovlining bir chetida o‘tirib, meni kutayotgandek…
Vaqt o‘tib ketdi…
Ammo u bergan mehr, aytgan duolar, silagan qo‘llari — hamon yuragimda yashab turibdi.
Endi tushunaman…
Biz ulg‘ayganimiz sayin bolaligimizni emas, balki o‘sha mehrli insonlarni sog‘inar ekanmiz…
Agar vaqtni ortga qaytara olganimda edi…
Yana o‘sha ro‘molni olib borardim…
Yana buvimning duolarini olish uchun yoniga yugurardim…
Ammo hayot ortga qaytmaydi…
Faqat xotiralar qoladi…
Va men o‘sha xotiralar ichida yashayman…
Buvimning mehriga o‘ralgan holda…

MEN
Ko‘ksimda chalinаr ilohiy torlar,
Ruhimda yonmoqda nurli bir alam.
Bu olam sirlari menga yor bo‘lar,
Har nafas — ibodat, har damim — qalam.
Men vaqt qafasida asir emasman,
Manzilim mangulik, yo‘lim — ziyodan.
Qalbimda yashaydi sukutli doston,
So‘zlarim tomchilab tushar duodan.
Tanimang jismimni — u bir libosdir,
Haqqa yetish yo‘li — ruhiy sayohat.
Kimdir meni soya, kimdir ovoz der,
Aslimda men — nurdan bitilgan hikmat.
Kechalar quchog‘ida uyg‘oqman hali,
Yo‘llarim yulduzlar bilan yoritilgan.
Fano deb atalgan har bir dam asli,
Baqo tomon qadam, sirlarga berkitilgan.
Men so‘nmas olovman, muzlamas nafas,
Ishq bilan tirilgan abadiy sado.
Quloq tut, qalbingga tusharmi bir pas —
Men sening ichingda uyg‘ongan nido...
MEN
Ko‘ksimda chalinаr ilohiy torlar,
Ruhimda yonmoqda nurli bir alam.
Bu olam sirlari menga yor bo‘lar,
Har nafas — ibodat, har damim — qalam.
Men vaqt qafasida asir emasman,
Manzilim mangulik, yo‘lim — ziyodan.
Qalbimda yashaydi sukutli doston,
So‘zlarim tomchilab tushar duodan.
Tanimang jismimni — u bir libosdir,
Haqqa yetish yo‘li — ruhiy sayohat.
Kimdir meni soya, kimdir ovoz der,
Aslimda men — nurdan bitilgan hikmat.
Kechalar quchog‘ida uyg‘oqman hali,
Yo‘llarim yulduzlar bilan yoritilgan.
Fano deb atalgan har bir dam asli,
Baqo tomon qadam, sirlarga berkitilgan.
Men so‘nmas olovman, muzlamas nafas,
Ishq bilan tirilgan abadiy sado.
Quloq tut, qalbingga tusharmi bir pas —
Men sening ichingda uyg‘ongan nido...
👍5⚡1
UZULOY XAYDAROVA ✍️
SHOIR
Qalamni egasi qolib bir chetda,
Maddoh o‘zicha qalam taroshlar.
Bechora shoirga qilar xo‘p alam,
Yozgan asarida ko‘zlarin yoshlar.
Haqiqat so‘zlar qoladi yotdek,
Soxta madhiyalar topadi qanot.
Vijdonlar sukutda, yotar o‘rtanib,
Yolg‘onlar ichida yo‘qolgan hayot.
Kimdir haqiqatni sotar bir zumda,
Manfaat yo‘lida bukilar qalam.
Shoirning yuragi qon yig‘lar jimjit,
So‘zlari titraydi, ichida alam.
Shoirni so‘zlarin o‘g‘irlasang gar,
Uning darlarin ham qo‘shib o‘g‘irla.
O‘zingni pokdomon inson atasang,
Bu hayot yo‘lida so‘zing to‘g‘irla.
Shoirning shoirdan farqi bor asli,
Bilib qo‘y yasama so‘zlar emas bu.
O‘zing ikki enlik satr yozib ko‘r,
Bir achchiq nasixat shoirangdan shu.
SHOIR
Qalamni egasi qolib bir chetda,
Maddoh o‘zicha qalam taroshlar.
Bechora shoirga qilar xo‘p alam,
Yozgan asarida ko‘zlarin yoshlar.
Haqiqat so‘zlar qoladi yotdek,
Soxta madhiyalar topadi qanot.
Vijdonlar sukutda, yotar o‘rtanib,
Yolg‘onlar ichida yo‘qolgan hayot.
Kimdir haqiqatni sotar bir zumda,
Manfaat yo‘lida bukilar qalam.
Shoirning yuragi qon yig‘lar jimjit,
So‘zlari titraydi, ichida alam.
Shoirni so‘zlarin o‘g‘irlasang gar,
Uning darlarin ham qo‘shib o‘g‘irla.
O‘zingni pokdomon inson atasang,
Bu hayot yo‘lida so‘zing to‘g‘irla.
Shoirning shoirdan farqi bor asli,
Bilib qo‘y yasama so‘zlar emas bu.
O‘zing ikki enlik satr yozib ko‘r,
Bir achchiq nasixat shoirangdan shu.
⚡6
UZULOY XAYDAROVA ✍️
CHORLOV
Sen bir hakka bolasi aniq,
Burgutlikka qilmagin daʼvo.
Sendek ikki yuzli ko‘paydi,
Darding seni tuzalmas vabo.
Sherlar ingrar narasi bo‘g‘iq,
Quyon, tulki zamoni keldi.
Laganbardor urchidi rosa,
Bu qiyomat kunlardan belgi.
Osmon jimdir, yer ham sukutda,
Adolat ham kutar navbatin.
Har bir kimsa soyasiga qul ,
Yo‘qotmoqda asl qimmatin.
So‘z ko‘paydi, amal yo‘qoldi,
Til uchida yolg‘onlar o‘ynar.
Kimdir kulib, kimdir yig‘laydi,
Bu zamon ham sinovlar qo‘yar.
Lekin tonglar baribir yorug‘,
Qorong‘ulik abadiy emas.
Yuraklarda haqiqat uyg‘ot,
Yolg‘onlarga qoldirma asos.
CHORLOV
Sen bir hakka bolasi aniq,
Burgutlikka qilmagin daʼvo.
Sendek ikki yuzli ko‘paydi,
Darding seni tuzalmas vabo.
Sherlar ingrar narasi bo‘g‘iq,
Quyon, tulki zamoni keldi.
Laganbardor urchidi rosa,
Bu qiyomat kunlardan belgi.
Osmon jimdir, yer ham sukutda,
Adolat ham kutar navbatin.
Har bir kimsa soyasiga qul ,
Yo‘qotmoqda asl qimmatin.
So‘z ko‘paydi, amal yo‘qoldi,
Til uchida yolg‘onlar o‘ynar.
Kimdir kulib, kimdir yig‘laydi,
Bu zamon ham sinovlar qo‘yar.
Lekin tonglar baribir yorug‘,
Qorong‘ulik abadiy emas.
Yuraklarda haqiqat uyg‘ot,
Yolg‘onlarga qoldirma asos.
💯3👍2
08.07. 2026-cı il itedadlı, Turan məfkurəli özbək şairi Uzuloy Xanımın yubileyi olacaq... TYB Uzuloy xanımı yüksək adla: TURAN XALQ ŞAİRİ adı ilə dəyərləndirir və uzun ömür, can sağlığı, doğmaları ilə xoş günlər yaşamasını arzu edir... Özbək qələm sahibləri sırasında mərhum Cahangir Mirzodan sonra bu ada layiq görülən ikinci şairdir... Bir daha uğurlar!.
🏆3
𝐎𝐍𝐀𝐉𝐎𝐍𝐈𝐌 𝐄𝐊𝐊𝐀𝐍 𝐑𝐀𝐘𝐇𝐎𝐍𝐋𝐀𝐑
08.07. 2026-cı il itedadlı, Turan məfkurəli özbək şairi Uzuloy Xanımın yubileyi olacaq... TYB Uzuloy xanımı yüksək adla: TURAN XALQ ŞAİRİ adı ilə dəyərləndirir və uzun ömür, can sağlığı, doğmaları ilə xoş günlər yaşamasını arzu edir... Özbək qələm sahibləri…
Hurmatli Neftali Go‘ychali!
Sizga samimiy qalbimdan chuqur minnatdorlik bildiraman.
Menga bildirgan yuksak e'tiboringiz, ezgu tilaklaringiz hamda "TURAN XALQ SHOIRI" degan sharafli unvon bilan taqdirlaganingiz men uchun ulkan faxr va katta mas'uliyatdir. Bu e'tirof ijod yo‘limda menga yanada kuch, ilhom va ishonch bag‘ishlaydi.
Turon birligi, adabiyoti va ma'naviy qadriyatlari yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz tahsinga sazovordir. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va ijodiy zafarlar tilayman.
Yana bir bor samimiy ehtirom va ezgu tilaklaringiz uchun cheksiz rahmat.
Hurmat bilan,
Uzuloy Xaydarova

👍3
Forwarded from Асрорбобо
Чин дилдан табриклайман энажоним Буюк турон шоири унвони муборак .келгусида Узбекистон хал шоири деган ном насиб килсин Узбегим Тумарислари купаяверсин юртимизда .Амин.Асрорбобо.
❤3
UZULOY
ilhomjongopporov7
Assalomu alaykum singlim, - Xalqaro Buyuk Turon shoirasi,
Vatanim Toʻmaris!,
Oʻzbekiston Respublikasi bebaho olmosi, jigarim Uzuloy Xaydarova!
Tavallud ayyoming muborak boʻlsin!
Ollohim umringni uzoq qilsin!
Fidokorona qalaming doimo, xalqqa xizmat uchun yozsin!
Oʻzbek adabiyotining yirik vakili deb tayinlanishing tugʻulgan kunga toʻyona boʻlibdi.
Ollohim doimo madadkor boʻlsin!
Shaxsiy hayotingdayam ajoyib oʻzgarishlar tilab qolaman!
Chin yurakdan yuksak faxrdir!
Ota-onamning pok ruhlari va barcha Ustozlar hamda barcha samimiy insonlar duosi ijobatidir!
Toʻyga toʻyona deganlaridek,
Ushbu gʻazalim qoʻshigʻi toʻyona boʻlsin!
San'atkor, Bastakor Ilhomjon Gʻopporovga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!
Hurmat bilan: Nasiba Xaydarova
(Nasiba Nafis)

❤4
Forwarded from ꧁꯭᭠꯭🍏🌷ᭂᬺ꯭B /E/ K🌷🍏᭠꯭🦋꯭꧂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐💐💐💐
БАХТНИНГ ЯПРОГИДАН
ТУТАЙ ГУЛДАСТА,
БАРЧА ФАРИШТАЛАР
ТУРАР ХАВАСДА.
ЮРАКДАН ПИЧИРЛАБ
АЙТАМАН АСТА,
❤️:::::::::::::❤️
ТАВАЛЛУД КУН
БУЛСИН МУБОРАК ❤️😘
💐💐💐💐
КАДРДОН ШОИРА СИНГЛИМ УЗИЛОЙ ХАЙДАРОВА
МУХАММАД САЛЛОЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАССАЛАМГА УММАТ БУЛГАН КУНИНГИЗ, ЯЪНИ ШУКРОНА КУНИНГИЗ БИЛАН ЧИН КАЛБИМДАН МУБОРАКБОД ЭТАМАН 😘🤗
💐💐💐💐
УМРИНГИЗ УЗОК, РИСКИНГИЗ УЛУГ, МАРТАБАНГИЗ ХАМИША БАЛАНД БУЛСИН.
💐💐💐💐
УЗИЛОЙ СИНГЛИМ
СОГ САЛОМАТ БУЛИНГ ОИЛАНГИЗ, Ота онангиз BAXTIga
💐💐💐💐
УМРИНГИЗ ЗИЁДА БУЛСИН ХУРМАТИМДАСИЗ.
ЯНА БИР БОР ШУКРОНА КУНИНГИЗ БИЛАН ТАБРИКЛАЙМАН
💐💐💐💐
🌸BEK🌸
НОМИДАН КАБУЛ КИЛИНГ.
🎂🎂🎂🎂🎁🎁🎁🎁
🥳🥳🥳🥳🎉🎉🎉🎉

Forwarded from 𝑴𝑬𝑯𝑹𝑳𝑰 𝑸𝑨𝑳𝑩𝑳𝑨𝑹
🌹❤️🎂UZULOY 💐
Mehriban, müdrik bacım,
Sehirli könül tacım,
Məsum gözlü əlacım.
Mübarəkdir, ad günün!
Qəlbimə nur saçırsan,
Gülüm çiçək açırsan,
Üzü anam, bacımsan,
Mübarəkdir, ad günün!
Anam əkən reyhanım,
Ürək pərim, cananım,
Əmanətim, mehmanım,
Mübarəkdir, ad günün!
Ümmanların mehrisən,
Ədəbiyyat Sehrisən,
Ozbək qızım, hurisən,
Mübarəkdir, ad günün!
Arzuların çin olsun,
Alpomuş bəxtin olsun,
Addımın mətin olsun,
Mübarəkdir, ad günün!
Həyatın eşqlə dolsun,
Vəfalı yarın olsun,
Xoşbəxtlik səni bulsun,
Mübarəkdir, ad günün!
SINGLIM
Muallif:Nasiba Xaydarova✍
(Singlim Uzuloy Xaydarovani ya'ni Sehriyoni tugʻilgan kuniga tabrik she'r)
Mehribonim, oqila singlim,
Sehring ila, yorishar koʻnglim.
Koʻzi humor, begʻuborligm
Tugʻilgan kun, boʻlsin muborak!
Qalbi quyosh, nurli oftobim,
Gullarning a'losi, sen mohitobim.
Onamning siymosi, sen shamchirogʻim
Tugʻilgan kun, boʻlsin muborak!
Onajonim ekkan rayhonim,
Dilimning parisi, pari-paykonim.
Omonatimdirsan, aziz mehmonim
Tugʻilgan kun, boʻlsin muborak!
Mehri ummon kabi, mehirigiyosan,
Adabiyot mulkida, Sehriyodirsan.
Oʻzbegim qizisan, ibo-hayosan
Tugʻilgan kun, boʻlsin muborak!
Orzularing, baxtlarga eltsin,
Alpomishdek yigit, baxt boʻlib kelsin.
Har qadaming, yutuqqa eltsin
Tugʻulgan kun, boʻlsin muborak!
Hayotingda topilsin, chiroyli ilinj,
Axdga vafo qilar, vafodorni quch.
Hayoting chulgʻasin, baxt degan ovunch
Tugʻilgan kun, boʻlsin muborak!
2025-yil.7-iyul.

Ассалому алейкум! Узулой соғ саломат юрибсизми? Ўқишларингиз яхши кетобдими? Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин! Умрингизга, ижодингизга ва барча ишларингизга Аллоҳим барака берсин! Доим соғ саломат бўлиб юринг! Ютуқларингиз бардавом бўлсин, бизлар ютуқларингиздан фахрланиб юрайлик!
Ҳурмат билан Зиёдулла Олимов.
Ҳурмат билан Зиёдулла Олимов.
👍2❤1👏1
🌿🌿🌿🌿🌷🌷🌷🌷🌿🌿🌿🌿
ТАБРИКЛАЙМИЗ-ҚУТЛАЙМИЗ!
🌸🌿🌸🌿🌸🌿🌸🌿🌸🌿🌸
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
Узулой Ҳайдарова (Sehriyo)
Сизни таваллуд айёмингиз билан ўзим ва "Ijod gulshani" халқаро ижодий гуруҳимиз номидан ҳам чин дилдан қутлайман!
Сизга узоқ умр, мустаҳкам ирода, сихат- саломатлик, тўкин ҳаёт, туганмас бахт ва кетмас омад тилайман.
Ҳар кунингиз шодумон бўлсин, орзу тилакларингиз ушалишига тилакдошман!
Қалбингиз
сарвиқор тоғлар каби сокин,
эзгу ҳисларга бой бўлсин!
Дунёдаги жами эзгуликлар Сизга ёр бўлсин!
Биби Марям
🌷🌸🌷🌸🌷🌸🌷🌸

❤3👍1
Forwarded from Mr. Mehroj Khamroev
Ассалом алайкум чин юракдан табриклайман
🏆3❤1
UZULOY XAYDAROVA ✍️
GUL QO‘YIB KET QABRIM BOSHIGA
Gul qo‘yib ket qabrim boshiga,
Duo bo‘lsin qalbing qo‘shig‘i.
Yod etsang bas, chin mehr ila,
Shod bo‘ladi ruhim oshig‘i.
Ko‘z yoshingni to‘kma behuda,
Hijron yukin ortma yelanga.
Yaxshi so‘zing yetar menga ham,
Rahmat bo‘lar so‘nggi manzilga.
Umr karvon, o‘tkinchi mehmon,
Bir kun ketar shohu ham gado.
Ezgu amal qolar ortimizda,
Shu haqiqat — so‘nggi intiho.
Agar bir kun meni sog‘insang,
Shamol bo‘lib esar nafasim.
Gul qo‘yib ket qabrim boshiga,
Boshim uzra elar bir nasim.
Bahor kelsa ochilgan gullar,
Meni eslab sekin tebransin.
Muhabbatim, samimiy so‘zlar,
Qalbing ichra mangu yashasin.
Yomg‘ir yog‘sa qabrim ustiga,
Rahmat bo‘lib tomsin tomchilar.
Har bir duong yetib ruhimga,
Nurga to‘lsin qorong‘u tunlar.
Kelgan chog‘ing sukut saqlagin,
Dardlaringni Yaratganga ayt.
Men uchun ham Fotiha o‘qib,
Mehring ila yana ortga qayt.
Hayot o‘tar yeldek bir nafas,
Hech kim qolmas bu foniy joyda.
Yaxshilikni meros et faqat,
Noming qolsin elning dilida.
Bir oq gulni qo‘ysang boshimga,
U ming so‘zdan ortiq so‘z bo‘lar.
Samimiyat yashar qalbingda,
Ruhim shunda taskinga to‘lar.
Men ketarman, ammo sevgimmas,
Ezgu so‘zim qolur yodingda.
Gul qo‘yib ket qabrim boshiga,
Duo bilan yashay dilingda.
© Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.

🔥2❤1