Forwarded from Web Dasturlash kanali
Web dasturlash haqida
1-qism
Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.
Web dasturlash brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o’rganish haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti!
Web dasturlash darslari
Kanalimda web dasturlashga oid ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Darslar ham bor. YouTube kanalimda boshlang'ich darslar ham mavjud. Tez orada JavaScript darslarini ham boshlaymiz. Bundan tashqari Youtubeda, sayt va kitoblarda Web darsturlashga kerak bo'ladigan manbalar juda ko'p.
#terminlar
✅ @webdev07

Dasturlash olamida bilishingiz kerak bo'lgan terminlar (1-qism)
🗝 Algorithm - ma'lum bir vazifani bajarish uchun harakatlar to'plamidir. Dasturlashda algoritmlar muammoni hal qilishning eng muhim qismidir. Algoritmni ishlab chiqishdan avval dasturchilar muammoni hal qilish uchun barcha zarur qadamlarni va har bir bosqich nimani o'z ichiga olganligini yozib oladilar.
📲 Application - siz shubhasiz applicationlar ya'ni ilovalar bilan tanishsiz. Faqat nomini bilmasligingiz mumkin halos. Masalan har kuni будильник qo'yish uchun siz ilovadan foydalanasiz. Siz dasturchi sifatida veb ilovalar, mobil ilovalar va kompyuter ilovalari orasidagi farqni bilishingiz kerak.
🐞 Bug - agar siz dasturchi sifatida ishlashni istasangiz, bu so'z sizning lug'atingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng muhum so'zlardan biri. Oddiy qilib aytganda bug bu veb-sayt yoki ilovani kerakli darajada ishlashiga xalal beradigan xatolikdir. Dasturlash olamida siz tez-tez buglar bilan yuzlashasiz va bunday muammolarni yechish asosiy vazifangiz hisoblanadi.
💾 Cache - kesh bu ma'lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun joy hisoblanadi. Tashrif buyurgan veb-saytingizdagi ma'lumotlar avtomatik tarzda sizning keshingizga saqlanadi. Agar yaqin kelajakda siz veb-saytga qayta kirsangiz undagi ma'lumotlar sizga original serverdan emas, balki keshingizdan olingan holatda havola qilinadi. Bu veb-saytning tezligini sezilarli darajada oshiradi.
👨💻 Code - albatta kod nima ekanligini bilmas ekansiz o'zingizni dasturchi deb atashingiz biroz kulgili holat bo'ladi. Kod bu dasturchilar dasturlash tillaridan foydalanib yozadigan narsadir. Kodlarning ko'rinishi qanday bo'lishiga qiziqsangiz, internet brauzeringizni oching va sichqonchaning o'ng tomonini bosib "view page source" (sahifa manbasini ko'rish)ga bosing. Siz biror veb-saytning ba'zi kodlarini mana shu yo'l bilan ko'rib olishingiz mumkin.
muallif: ©️Muhammadbobur
Dasturlash haqida ma'lumotlar:

Dasturlash olamida bilishingiz kerak bo'lgan terminlar (2-qism)
🐞 Debugging - sizga ma'lumot berganimiz muammo (bug)lar esingizdami. Debugging bu xuddi shunday muammolarni yechish jarayoni hisoblanadi. Muammolarni tuzatish bir necha bosqichdan iborat jarayon hisoblanadi. Dasturchi muammoni topadi, koddan nusxa ko'chiradi va tuzatishga kirishadi. So'ng uni sinovdan o'tkazib, agar kerak bo'lsa qayta tuzatadi.
🖼 Frameworks - freymvorklar loyihani ishlab chiqish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish uchun ishlab chiqilgan bo'ladi. Oddiy qilib aytganda siz freymvorkni muammolaringiz uchun yechimlar to'plami deb tushunib olishingiz mumkin. Ba'zi mashhur freymvorklar: Bootstrap, Angular, Laravel.
📚 Libraries (kutubxonalar) - dasturchilarning vaqtini va energiyasini tejashda katta yordam berishi mumkin. Kutubxonalar bu oldindan yozib qo'yilgan kodlar va modullar to'plami bo'ladi. Kutubxonalar orqali dasturchilar o'zlariga kerakli kodni ko'chirib, ishlatishlari mumkin. Masalan: JavaScript(dasturlash tili), jQuery(JavaScript kutubxonasi).
🔬 Minification - bu fayl hajmini kamaytirish uchun kod va belgilarni minimallashtirish jarayoni. Masalan, dasturchi loyihani kodlashtirish jarayonida kodlar orasida bo'sh joylar qoldiradi, izohlar yozib boradi (kodni o'qishni oson qilish uchun). Minifaction jarayonida kodlar orasidagi bo'shliqlar va izohlar olib tashlanadi. Bu sahifani tezroq ishlashiga va foydalanuvchida yaxshi taassurot uyg'otish uchun muhim hisoblanadi.
🔌 Plugin - asosan mavjud dasturiy ta'minot (loyiha)ga qo'shimcha funktsiyalar qo'shadigan kengaytma. Masalan brauzeringiz uchun yoki matn muharriringiz uchun plaginlar. Agar ilova plaginlarni qo'llab-quvvatlasa buning yaxshi tomoni yangi imkoniyatlarni qo'shish oson bo'ladi. Shuningdek ilovaning hajmi ham kattalashib ketmaydi.
muallif: @the_muhammadbobur