🔰 Dasturchi bo'lish uchun maktabda qaysi fanlarni yaxshi o'qish kerak?
#experience
Ko'pchilik matematikani yaxshi bilmagan odam dasturchi bo'la olmaydi deb hisoblashadi. Aslida dasturlashni o'rganish matematikaga unchalik ham bog'liq emas. Keling bunga batafsilroq to'xtalib o'tamiz.
O'zi dasturlash qanaqa jarayon ekanini yaxshi bilib olishimiz kerak. Dasturlash bu aslida 90% fikrlash degani. Qolgan 10% shunchaki kod yozish jarayoni. Sizga berilgan biror topshiriqni avval qanday qilib bajarish mumkin ekanini o'ylay boshlaysiz. Keyin algoritmini tuzasiz va sizga berilgan topshiriqni qanday qilib bajarish bo'yicha aniq rejaga va yechimga ega bo'lasiz. Sizga endi bor yo'g'i shu yechimni kodga o'girib qoyish qoldi holos.
Xo'sh, dasturchi bo'lish uchun qaysi fanlarni yaxshi bilish shart?
Aslida dasturlash bu alohida bir olam. Dasturlash hech qaysi fanga bog'liqlik jihati yo'q hatto matematikaga ham. (Lekin dasturlashning yangi sohasi sun'iy intelektlar va machine learning uchun matematikani bilish suv va havodek zarur). Dasturchi boshqalarga nisbatan mantiqiy fikrlashi ancha kuchli bo'lgan odamdir. Maktabda hech qaysi fandan yaxshi o'qimaydigan lekin mantiqiy fikrlashi va baland IQ ko'rsatkichiga ega bo'lgan o'quvchilar bemalol dasturlashni professional darajada o'rganib ketishlari mumkin.
Demak bu degani menga matematika kerak emas deganimi?
Yo'q aslo! Matematika bu fanlarning shohi. Matematika insonni logikasini ancha rivojlanishiga hissa qo'shadi. Dasturchi uchun esa logika juda muhim jihat hisoblanadi. Informatika fani ham bekorga qo'yilmagan. To'g'ri ko'p informatika fanidan dars beradigan o'qituvchilar kompyuterni o'chirib yoqishdan boshqa narsani bilishmasligi mumkin, lekin iloji boricha bu fanni ham o'zlashtiring. Tik-Tok, Instagram va shunga o'xshash behuda narsalarga vaqt sarflamang. Ilm oling, qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Aks holda vaqti kelib qattiq afsuslanasiz. Youtube dasturlash bo'yicha videolarga to'lib yotibdi. Undan ko'ra usha videolarni tomosha qiling. Agar xozirdan boshlasangiz vaqti kelib tengqurlaringiz orasida muvaffaqiyatga erishish bo'yicha imkoniyatlaringiz ancha baland bo'ladi.
Xullas, qo'lingizdan kelgancha har kuni yangi narsa o'rganing. Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabi deb bekorga aytishmagan. Sog' bo'ling.
Manba: Bexruz.ru
@python_uzbek_coder