PYTHON🔤🆓
56 subscribers
43 photos
41 videos
11 files
56 links
Python dasturlash tilini birga o'rganamiz🤓🫡. Learning python together. Tips and tricks. With real projects.
Contact me: @imsafarov
Download Telegram
📌 Assalamu alaykum everyone!
🌅 Xayrli tong!

🎯 Bugun real project yaratishga o‘tishdan oldin har bir dasturchi bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan asosiy tayyorgarlik bosqichlari haqida qisqacha tushuncha berib o‘taman.

🔧 Shularni o‘zlashtirib olsak, projectlar yaratishni bemalol boshlaymiz!

🧠 1. GitHub bilan ishlash
📂 .gitignore — Keraksiz fayllarni (venv, .env, pycache va boshqalar) GitHub'ga chiqmasligi uchun ishlatiladi.
📄 README.md — Loyihangiz haqida kim, nima, qanday ishlatishi mumkin degan savollarga javob beradi. Portfolioda juda muhim!

👨‍💻 Har bir real loyiha Git bilan boshqariladi.
🛠 Versiya nazorati + jamoada ishlash uchun bu juda muhim vosita!

💻 2. Virtual muhit va fayllar
📦 Virtual muhit (venv, virtualenv) — Har bir loyihaga alohida kutubxonalar o‘rnatiladi.
🚫 Boshqa loyihalarning kutubxonalari bilan chalkashmasligi uchun majburiy!

🔒 .env — Maxfiy ma’lumotlar (API kaliti, token, parol) shu yerda saqlanadi.
📋 requirements.txt — Loyihada ishlatilgan barcha kutubxonalarni saqlaydi va boshqalarga bir zumda o‘rnatish imkonini beradi.

Shu ikki bosqichni tushunib bajara olsangiz, keyingi bosqichga — real projectlar yaratishga o'tamiz! 🚀

Savol bo‘lsa bemalol yozing, yordam beraman 💬
#DasturchilarUchun #ProjectTayyorlash #Github #PythonDev

@python_core_oop
1
🚀 Python loyihasi uchun virtual muhitni o‘rnatish va yaratish
Har bir professional loyiha virtual muhit bilan boshlanadi! Quyidagilarni bajaring 👇
🔧 1. virtualenv ni o‘rnatamiz !!!(faqat bir safar)
pip install virtualenv

📝 Bu sizga har bir loyiha uchun alohida muhit yaratishga imkon beradi.

📁 2. Loyiha papkasiga kiramiz
cd project_nomi

🐍 3. Virtual muhitni yaratamiz
python -m venv venv

📦 venv — bu sizning virtual muhit papkangiz. Istalgan nom bersangiz bo‘ladi.
🟢 4. Virtual muhitni faollashtiramiz
📌 Windows uchun:
.\venv\Scripts\activate

📌 Mac/Linux uchun:
source venv/bin/activate

Aktiv bo‘lganini terminalda (venv) belgisi orqali bilib olasiz.
📦 5. Kutubxonalarni o‘rnatamiz
pip install kutubxona_nomi

Masalan:
pip install aiogram

📋 6. O‘rnatilgan kutubxonalarni saqlaymiz
pip freeze > requirements.txt

🔁 7. Keyinchalik shu fayl orqali boshqalar kutubxonalarni o‘rnata oladi
pip install -r requirements.txt

🎯 Endi siz professional darajada virtual muhit bilan ishlay olasiz!
Kodlaringiz toza va muammosiz ishlaydi

#Python #VirtualEnv #DasturchilarUchun #CleanCode #ProjectTayyorlash

@python_core_oop
22