#Ogohlik
Bu post siz sevgan TikTok haqida.
Hozirgi kunda yurtimizda TikTokga qattiq bog'lanib qolganlar soni judayam ko'p, ayniqsa bu raqam z-avlod vakillari orasida juda ham katta.
Keling sizlarga TikTok haqidagi bir qancha faktlarni keltiraman zero TikTokdan foydalanishdan oldin fikr yurutsangiz.
TikTokni vatani Xitoy hisoblanadi. Lekin xitoyliklar TikTokdan foydalanmaydilar, ammo TikTokning xitoycha versiyasi Douyin platformasini ishlatishadi. Ya'ni Xitoy xududidagi kishilar faqatgina Douyin ishlata olishadi, TikTokni emas. TikTok esa butun dunyo ko'llamida qo'llaniladi. Xo'sh nima qilibdi deyishingiz mumkin?! Aslida muommo ham shunda. Bu ikkala versiya algoritmlari o'rtasida katta farq mavjud. Algoritm deganda siz ko'rgan kontentga qarab sizga yoqish ehtimolligi yuqori bo'lgan kontentlarni tavsiya qilishni nazarda tutayapman. Douyin platformasidagi algoritmda asosan ilmiy kontentlar (uyda bajarsa bo'ladigan tajribalar, akademik yutuqlar va h.k.lar) foydalanuvchiga tavsiya qilinsa, TikTokda esa butunlay teskarisi ya'ni odamni manqurt qiluvchi kontentlar (pranklar, faxsh, raqs va h.k.lar) tavsiya qilinadi. Bu faktni Amerikadagi mutaxassislar ham ta'kidlashmoqda va yanada chuqurroq o'rganishmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad nima deb o'ylaysiz ? Odamlarni saviyasini tushurishdan nima naf ?
Javobi oddiy, aholisining saviyasi past bo'lgan davlatga ta'sir o'tkazish uni kerak bo'lsa bo'ysundirib olish oson bo'ladi.
Haliyam ishongingiz kelmayabdimi ? Unda yana bir fakt, Douyindan foydalanishda 14 yoshdan kichiklar uchun 40 minutlik kunlik cheklov bor. Demak bu platforma yaratuvchilari, kontenlarning yoshlar ongiga yaxshigina ta'siri borligini bilishadi.
Xulosa o'zingizdan.
P.S. : Post izlanishlar va shaxsiy fikrlarim asosida yozildi.
© Mansurbek Abdullaev