Forwarded from 𝓜𝓾𝓻𝓸𝓭𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh🌝
Bugun shu kitobni oʻqib tugalladim. Ancha oldin tavsiya qilishgandi. Nasib etgan payti boʻlarkan mutolaani ham.
Asar Santiyago ismli choʻpon yigit hayotidan soʻzlaydi. Uni ikki marta koʻrgan tushi oʻz xazinasini izlab topishga sabab boʻldi. Yoʻq, uzoq safarga otlanish uchun ikki marta koʻrilgan tush kamlik qiladi. Unga tush taʼbirlovchi loʻli kampir, donishmand podshoh, qoʻylarni sotib olgan doʻsti yoʻlida uchragan har kim angliyalik hamroh, Alkimyogar, hatto soʻnggida oʻlar holda doʻpposlagan askarlar ham yordam qilishdi.
Kitob orqali har kim oʻz taqdiri yoʻlidan borishi, orzusi tomon harakat qilayotganlarga Alloh yordam berishi, hech nima behikmat emasligini anglash mumkin. Inson qalbiga quloq solsa u haqiqatlardan bizni ogohlantirishini oʻrgatadi. Chunki u qalbda Yaratgan ishqi mavjud.
Orzularim tomon eplolmayman demasdan qadam bosishim kerakligini, orzu qildimmi Alloh bunga yordam qilishini tushundim.

Asardan nimani oʻrganish mumkin?
Kitob orqali har kim oʻz taqdiri yoʻlidan borishi, orzusi tomon harakat qilayotganlarga Alloh yordam berishi, hech nima behikmat emasligini anglash mumkin. Inson qalbiga quloq solsa u haqiqatlardan bizni ogohlantirishini oʻrgatadi. Chunki u qalbda Yaratgan ishqi mavjud.
Men qanday dars oldim?
Orzularim tomon eplolmayman demasdan qadam bosishim kerakligini, orzu qildimmi Alloh bunga yordam qilishini tushundim.
Forwarded from 𝓜𝓾𝓻𝓸𝓭𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh 🌝
Kecha shu kitobni oʻqib tugalladim. Menga yoqdi. Avval boshlab davom ettirmagandim.
Ogʻir kasallikka uchragan yozuvchi Moskva kasalxonasida qizi Umidaga yozgan xatlarining jamlanmasi, Oʻlmas Umarbekovning soʻnggi publitsistik asari hisoblanadi.
Shifokorlar unga qanday tashxis qoʻyyotgani, davolashni qaysi usulda olib bormoqchiligi mavzusidan boshlandi. (Umida avval otasidan ajdodlari haqida gapirib berishini soʻragan ekan) Ota-onasi, ayoli bilan qanday tanishgani, yangi uyga koʻchib oʻtish voqealari davom ettirdi suhbatni. Soʻnggida Umidaga onasiga oʻxshashini, millat uchun kerakli farzand boʻlib yetishishini nasihat qildi.
Yozuvchining onasi otasining 20si kuni oʻzini qoʻyib yuborib oʻkirib yigʻlaganda men ham yigʻladim.
Turmush oʻrtogʻimga sadoqatli, boriga qanoatli, yelkadosh boʻlishni, shuncha ishlari boʻla turib yana xarxasha qilib asablariga tegmaslikni🥲

Asar haqida

Xatlarda nimalar yoritilgan?
Shifokorlar unga qanday tashxis qoʻyyotgani, davolashni qaysi usulda olib bormoqchiligi mavzusidan boshlandi. (Umida avval otasidan ajdodlari haqida gapirib berishini soʻragan ekan) Ota-onasi, ayoli bilan qanday tanishgani, yangi uyga koʻchib oʻtish voqealari davom ettirdi suhbatni. Soʻnggida Umidaga onasiga oʻxshashini, millat uchun kerakli farzand boʻlib yetishishini nasihat qildi.
Eng taʼsir qilgan joyi qaysi boʻldi?
Yozuvchining onasi otasining 20si kuni oʻzini qoʻyib yuborib oʻkirib yigʻlaganda men ham yigʻladim.
Men angladimki,
Turmush oʻrtogʻimga sadoqatli, boriga qanoatli, yelkadosh boʻlishni, shuncha ishlari boʻla turib yana xarxasha qilib asablariga tegmaslikni🥲
Forwarded from 𝓜𝓾𝓻𝓸𝓭𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh🌝
Bugun (asli kecha boshlagandim, tushunmaganim sabab yana qayta boshidan oʻqidim) sevimli yozuvchim Fyodor Dostoyevskiyning "Maʼsuma" hikoyasini mutolaa orqali oʻqidim. Menga qanday taʼsir qilganini yonimda nima holdaligimni koʻrib tushuna olasiz. (Siqilib qoldim)
Asarning asosiy qahramonlari tilidan hikoya qilingan ismi aytilmagan 41 yoshdagi garovchi va uning 16yoshli ayoli boyvuchcha (xizmatkori shunday ataydi).
Erkak garovga narsa olib qolib pul beruvchi ekanligi sabab qiz bilan tanishib qoladi. U ham garovga arzimas narsalar berib gazeta eʼloni uchun pul olardi. Keyin savdogar baqqol va garovchidan birini tanlab turmushga chiqishi kerak boʻldi. Va garovchini tanladi. Oila hayoti boshlandi. Orada nizolar, sassizlik, yotoqni alohida qilib qoʻyish va turlicha oʻzboshimchaliklar. Erkak oʻzini qora tuynuk bosgan qarashlari bilan qiz ustidan gʻolib chiqishni istardi. Sabab nima yillar davomida, maktabdan boshlab uni yoqtirishmagan, qiz orqali esa sevilishni istadi.

❤1
Forwarded from 𝓜𝓾𝓻𝓸𝓭𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
Ha, sevilishni, hurmat qilinishni istadi. Va soʻnggida maʼsumasiz qoldi.
Yangi hayot boshlamoqchi edi oyogʻiga tiz choʻkib uzr soʻradi. Sayohatga olib boraman, garovchilikni tashlayman, qaytib kelib yangitdan hayot boshlaymiz dedi. Hujjat ishlari bilan uydan ketgandi, 5 atigi 5 daqiqa kech qoldi va ...

Bir hafta-yu bir kundan beri musiqa eshitmayapman. Miya tozalash amaliyotimga vazifa qilib kiritgandim. (Oʻzi musiqaga mukkasidan ketgan emasdim. Dazmol, uyda oʻzim qolsam, ish qilish jarayonida qoʻyib olardim) Dastlabki kunda sezilmadi hech nima, 2-3-4-kunlari narkotikadek talab qila boshladi. Hozirgi kunda ham toʻliq oʻrgandim deya olmayman. You tubega kirsam eshitgan qoʻshiqlarim "mana biz" deb chiqib turadi(😅) Lekin erishgan yutuqlarim:
- musiqadan keyin miyam chiqib ketay deb ogʻrirdi, hozir mazza..
- uni oʻrniga yoki tinchlik, yoki audio kitob, podcast tinglayapman.
Natijada oʻzimni bir bemaʼni ishdan halos etib ilm olyapman.
Qizlar uchun "Maʼrifat qizlar clubi" ochdim. Faoliyati haqida yaxshilab reja tuzsam boshlaymiz. Avvalgi loyihalar kabi ozginadan keyin toʻxtab qolishini xohlamayman. (Bir kishi bilan boʻlsa-da birga rivojlanish oldinga yurishimga turtki boʻladi).
Sizlarni yaxshi koʻrib qoluvchi Kumush🤍

Hozirgi kunda rus adabiyotiga mukkasidan ketganman...
Zamonamiz qahramoni, Kambagʻallar, Anna Karenina :)
Aqldan ozish hech gap emas🥲

Moviy tuyg‘ular..
Siz orzu qilgan shaharlarda sizning qadamingizni kutayotgan koʻchalar bor..
Chiroyli gap ekan, yoqdi
🥰2❤1
Do‘stlik samimiy bo‘lsa, o‘rtaga shayton aralashmasa ikki dunyo yaxshiligiga olib boruvchi baxt hisoblanadi.
©
©
❤3