Pulli Gap
31.7K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Telefon boshqa insonning nomida bo‘lsa, ilova ishlamay qoladimi?”

22-apreldan boshlab bank ilovalarida yangi xavfsizlik qoidalari joriy etilmoqda.

Bu o'zgarishlardan keyin agar telefon raqamim mening nomimda bo'lmasa, ilova ishlamay qoladimi degan savol ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Bu haqda videoda batafsil tushuntirdik — albatta ko‘ring!

TelegramInstagramYouTube
👍1310🔥3
🙂‍↕️Keshbek va sodiqlik dasturlari

💰Bugungi zamonda pul tejashning eng aqlli yo‘li — xarajatni daromadga aylantirish, to'g'rimi?

🤩Keshbek va sodiqlik dasturlari aynan shu narsani bizga beradi: siz odatdagidek xarid qilaverasiz, lekin pulingizning bir qismi qaytadi yoki bonus sifatida yig‘iladi.

👛Bu tizimdan to‘g‘ri foydalangan odam oyiga sezilarli miqdorda pulni “yo‘qotmasdan”, balki qaytarib oladi.

Xo'sh, keshbek o'zi qanday ishlaydi?

💵Keshbek — bu xarid summasining ma’lum foizi sizga qaytarilishidir. Masalan, 1 000 000 so‘m xarid qildingiz, 5% keshbek bor deylik, sizga 50 000 so‘m qaytadi

👛Bu pul kartangiz balansiga tushishi mumkin
yoki bonus sifatida yig‘iladi

🔎Sodiqlik dasturi-chi, u qanday ishlaydi?

Sodiqlik dasturi — bu do‘konlar, xizmatlar yoki supermarketlar mijozlarni ushlab qolish uchun qiladigan tizim. Ya’ni siz ulardan ko‘p foydalansangiz, ular sizni mukofotlaydi. Bu ball, daraja yoki turli xil maxsus takliflar ko'rinishida bo'lishi mumkin.

🍿Oddiy qilib aytganda: qancha ko‘p ishlatsangiz — shuncha ko‘p foyda olasiz.
Masalan, 100 000 so‘mlik xarid = 1 000 ball
10 000 ball = 10 000 so‘m chegirma

🛍Ya’ni siz keyingi xaridingizda shu ballarni ishlatib, kamroq pul to‘lashingiz mumkin.

Qanday qilib bu orqali real pul “topish” mumkin deysizmi?

🔑Keshbek va sodiqlik dasturlari orqali “real pul topish” mumkin, lekin bu odatda daromad emas, balki xarajatni kamaytirish usuli ekanini tushunish muhim.
To‘g‘ri ishlatilsa, ancha pulni tejash mumkin — va shu tejangan pul amalda “topilgandek” bo‘ladi.

💳Buni samarali qilish uchun eng to‘g‘ri yo‘l — kundalik xarajatlarni keshbek beradigan karta yoki ilovalar orqali qilish. Masalan, oziq-ovqat, yoqilg‘i, transport yoki to‘lovlarni shunday to‘lasangiz, har safar kichik foiz qaytib boradi. Vaqt o‘tib, shu kichik summalar yig‘ilib, ancha pul bo‘lib qoladi.

❗️Lekin bu yerda muhim jihat shuki, keshbek uchun ortiqcha yoki keraksiz narsalarni sotib olish foyda emas, aksincha zarar qiladi. Keshbek faqatgina siz baribir sarflaydigan puldan foyda olish usuli bo‘lishi kerak.

🌐Xulosa qilib aytganda, keshbek orqali boyib ketib bo‘lmaydi, lekin uni to‘g‘ri ishlatsangiz, sezilarli darajada pulni tejash va go‘yoki “qo‘shimcha daromad”ga ega bo‘lish mumkin.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍7🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💸 Ipoteka to‘lovidan 12%ni qaytarib olish mumkinligini bilasizmi?

Agar siz uy sotib olayotgan bo‘lsangiz, har oy to‘layotgan summangizdan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish imkoniyati bor.

☝️Bu haqda batafsil video orqali bilib oling

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍147🔥2
💸 Eng ko‘p pul ketadigan 5 ta yashirin xarajat

Ko‘pchilik oy oxirida shuncha “Pulim qayerga ketdi?” deb bosh qotirishi tabiiy holdek go'yo.

Qizig‘i shundaki, katta xarajatlar (ijara, kredit, mashina) odatda nazoratingizda bo‘ladi. Lekin eng katta zarar — ko‘zga tashlanmaydigan, mayda-yashirin xarajatlardan kelib chiqadi.

Ular kichikdek ko‘rinadi, lekin oy davomida yig‘ilib, sizning moliyaviy holatingizni sezilarli darajada yomonlashtiradi.

Keling, bugun eng ko‘p uchraydigan 5 ta yashirin xarajatni tahlil qilamiz.

1️⃣ Kundalik “mayda” xarajatlar — eng katta dushmaningiz

Har kuni: qahva, saqich, salqin ichimlik, shirinlik kabilarga o‘rtacha 15 000 – 25 000 so‘m ketadi.

Kuniga: 20 000 so‘m
Oyiga: 600 000 so‘m
Yiliga: 7 200 000 so‘m

Bu pulga: yangi telefon, kichik biznes boshlash yoki sayohat qilish mumkin edi

Xo'sh, muammo nimada?

Bu xarajatlar zarurdek tuyuladi, lekin aslida bu — shunchaki odat.

Yechimi juda oddiy:
*️⃣Haftada kamida 3 kun uydan ovqat olib chiqing
*️⃣Suvni sotib olish o‘rniga o‘zingiz bilan olib yuring
*️⃣Har safar "Sotib olish shartmi?” deb o‘zingizdan so‘rang

2️⃣ Sezilmaydigan obunalar

Bugungi kunda deyarli hamma quyidagilarga obuna bo'lgan bo'lishi aniq: kino platformalari, musiqiy servislar, mobil ilovalar, pullik kanallar

O‘rtacha xarajat:
1 ta obuna: 30 000 – 80 000 so‘m
3–4 ta obuna: 150 000 – 300 000 so‘m oyiga

Muammo nimada?
Ko‘pchilik obuna bo‘ladi, lekin undan foydalanmaydi va uni bekor qilishni unutadi. Natijada esa pul “o‘zidan o‘zi ketaveradi”

Yechimi oddiy:
*️⃣Har oy boshida barcha obunalarni tekshiring
*️⃣Foydalanmayotganlaringizni o‘chiring
*️⃣“Bu menga haqiqatan kerakmi?” degan savolni bering

3️⃣ Qulaylik uchun ortiqcha to‘lov

Zamonaviy hayot bizni qulaylikka o‘rgatdi: taksi, ovqat yetkazib berish xizmatlari va boshqa xizmatlar

Keling, hisoblaymiz:
Taksi: kuniga 30 000, oyiga 900 000 so‘m
Yetkazib berish: haftasiga 2–3 marta, oyiga 400 000 – 800 000 so‘m
Jami: 1,5 – 2 mln so‘m

Muammo nimada?
Siz vaqtdan yutayapman deb o‘ylaysiz, lekin aslida pulingizni yo‘qotyapsiz

Yechimi oddiy:
*️⃣Qisqa masofalarda piyoda yuring
*️⃣Jamoat transportidan foydalaning
*️⃣Ovqatlanishni oldindan rejalashtiring

4️⃣ “Chegirma” va “aksiya” — eng katta psixologik tuzoq

Marketing va reklama sizni “Arzon bo‘lsa — olish kerak” deya ishontiradi. Lekin haqiqat esa boshqacha, siz kerak bo‘lmagan narsani sotib olyapsiz.

Keling, shunga oid klassik xatolarni ko'rib chiqamiz:
“50% chegirma bor ekan”
“Keyin qimmatlashadi”
“Bir marta yashaymiz”

Natijada keraksiz buyumlar yig‘ilaveradi, pulingiz esa kamayaveradi

Har safar xarid oldidan o‘zingizdan so‘rang: “Agar bu chegirmada bo‘lmaganida, men baribir olarmidim?”. Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa — demak bu sizga kerak emas.

5️⃣ Nazoratsiz xarajatlar — eng xavflisi

Eng katta muammo siz pulingiz qayerga ketayotganini bilmaysiz.

Belgilarini ko'rib chiqamiz:
*️⃣Oy oxirida pulingiz qolmaydi
*️⃣Lekin katta xarajat qilmagansiz
*️⃣Qayerga ketganini tushunmaysiz

Chunki, kichik xarajatlar yig‘ilib oyiga 1–3 mln so‘m yo‘qotishga olib keladi.

Kichik maslahat:
✔️Har kuni xarajatlaringizni yozib boring
✔️Telefoningizda eslatma qoldiring yoki ilovadan foydalaning
✔️Haftasiga 1 marta xarajatlaringizni tahlil qiling

Moliyaviy muammo ko‘pincha daromad kamligidan emas, nazorat yo‘qligidan kelib chiqadi.

O'ylab ko'ringchi, sizda eng ko‘p pulingiz aynan qaysi yashirin xarajatga ketar ekan?
Kofe? Taksi? Yoki shunchaki nazoratsiz chiqimlarmi?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38👍31🔥4
Endi mobil raqamni boshqa odam nomiga o‘tkazish uchun aloqa ofisiga borish shart emas.

📱 Buni uyda o‘tirib, onlayn qilsa ham bo‘ladi.

Qanday qilib deysizmi?

1️⃣ MyGov saytiga yoki ilovasiga kirasiz
2️⃣ “Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish” xizmatini tanlaysiz
3️⃣ Kerakli ma’lumotlarni kiritasiz (kimdan kimga o‘tyapti)
4️⃣ Arizani yuborasiz
5️⃣ Ikkala tomon ham MyID orqali tasdiqlaydi

Shundan keyin raqam yangi egasiga o‘tadi

Muhim jihatlar:
*️⃣Oldin ikkala odam ham ofisga borishi kerak edi, endi esa shart emas
*️⃣Jarayon to‘liq onlayn
*️⃣ Ba’zi operatorlarda yaqin qarindoshlar uchun rasmiylashtirish bepul bo‘lishi mumkin
*️⃣ Barcha operatorlarda bosqichma-bosqich ishga tushyapti

💡 Endi vaqtni tejaysiz, ortiqcha ovora bo‘lmaysiz va hammasini telefon orqali hal qilasiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥12👍9
QQS — siz sezmay to‘layotgan soliq 💵

Har kuni xarid qilasiz. Lekin har safar ichida yashirin “soliq” borligini bilasizmi?

Videoda siz quyidagilarni bilib olasiz:
*️⃣ QQS aslida nima
*️⃣ O‘zbekistonda qanday ishlaydi
*️⃣ Kim to‘laydi va qanday hisoblanadi
*️⃣ Nega u “yashirin soliq” hisoblanadi

🎥 Hammasini oddiy tilda tushuntirdik — tomosha qiling!

💬 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring

https://youtu.be/avmOSLLYk8Q?si=o31UgqYl3YYoQClg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍5🔥2🤔2
💸 Nega siz ko‘p ishlaysiz, lekin pul yo‘q?

Ko‘pchilik shunday holat: “Men juda ko‘p ishlayman, lekin baribir pulim yo‘q”

Avvalo, tinchlaning. Bu muammo faqat sizda emas. Bu — juda keng tarqalgan holat. Eng qizig‘i esa muammo ko‘p ishlashda ham emas.

Keling, buni tushuntirishga harakat qilamiz. Muammo — qanday ishlayotganingizda va pulni qanday boshqarayotganingizda bo'lishi mumkinligini o'ylab ko'rganmisiz.

Endi esa asosiy sabablarni ko‘rib chiqamiz.

1️⃣ Siz vaqtni pulga almashtiryapsiz

Agar siz oylik ishda ishlasangiz
yoki kunlik haq bilan yashasangiz, demak sizning daromadingiz vaqtingiz bilan cheklangan.

Bir kunda 24 soat bor — siz bundan ko‘proq ishlay olmaysiz. Bu degani daromadingiz ham cheklangan.

✔️Yechimi bor: Qo‘shimcha daromad manbai yaratishingiz kerak. Onlayn xizmat, savdo yoki kichik biznes boshlash mumkin. Xullas, pul sizsiz ham ishlaydigan tizim yarating

2️⃣ Pul keladi, lekin darhol chiqib ketadi

Siz pul topasiz… Lekin oziq-ovqat, taksi, mayda xarajatlar, obunalar va yana boshqalar hammasi pulni “yutadi”

Natijada qancha ko‘p topsangiz ham — qolmaydi

✔️Yechimi bor: Xarajatlarni yozishni boshlang. “Pullar qayerga ketdi?” degan savolga javob toping. Keraksiz chiqimlarni qisqartiring

3️⃣ Daromadingiz o‘smayapti

Ko‘pchilik yillar davomida bir xil daromad bilan ishlaydi. Narxlar esa oshadi, hayot qimmatlashadi, siz esa o‘sha joyda qolasiz.

✔️Yechimi bor: Yangi ko‘nikma o‘rganing, o‘zingizni ishingizni "qimmat" qiling. Daromadingizni oshirishni maqsad qiling

4️⃣ Siz ko‘proq topgan sari ko‘proq sarflayapsiz

Bu “boyib ketdim” hissi deyiladi. Ko‘proq pul = ko‘proq xarajat

Masalan, oylik oshdi → yangi telefon olgingiz keladi
Pul keldi → restoran, kiyim-kechak uchun ishlatib yuborasiz
Bonus → dam olishga chiqasiz

Natijada, pulingiz summasi yana nolga tushadi

✔️Yechimi bor: daromadingiz oshsa ham, xarajatni oshirmang. Ortiqcha pulni yig‘ing yoki investitsiya qiling

5️⃣ Siz pulni boshqarmaysiz

Ko‘pchilik budjet tuzmaydi, reja qilmaydi, pulni nazorat qilmaydi

Bu nimaga olib keladi? Albatta, pul sizni boshqaradi, aksincha emas

✔️Yechimi bor: oylik budjet tuzing. Daromad va xarajatni rejalashtiring va moliyaviy intizom yarating

6️⃣ Siz faqat ishlaysiz, lekin o‘sishga vaqt ajratmaysiz

Kun bo‘yi ishlaysiz… Lekin o‘sish, rivojlanish, yangi imkoniyatlar yo‘q. Natijada siz o‘sha darajada qolib ketasiz.

✔️Yechimi bor: har kuni kamida 30–60 daqiqa o‘zingizga sarmoya qiling. Ya'ni kitob o'qing, kurslarga yoziling, tajribangizni oshiring — bu kelajakda ko'proq pul topishingizga turtki bo'ladi.

🔤Unutmang: boylik formulasi:
To‘g‘ri fikrlash + nazorat + strategiya

🔤Endi, o'ylab ko'ringchi, siz qaysi xatoni ko‘proq qilyapsiz?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3116🔥3🤝1
🔤 Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 11 mln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda rasmiy o‘rtacha ish haqi 6,8 mln so‘mga yetdi, Toshkentda esa 11,6 mln so‘mdan oshdi.

🚀Eng yuqori daromad bank va moliya sohasida ishlovchilarga to‘g‘ri keladi — o‘rtacha 18,5 mln so‘m atrofida.

⚖️Eng past ish haqlari tibbiyot va ijtimoiy sohada qayd etilgan — taxminan 4,1 mln so‘m. Ta’lim sohasida daromad biroz yuqoriroq: o‘qituvchilar o‘rtacha 4,6 mln so‘m oladi.

Raqamlar o‘syapti. Lekin hamma uchun bir xil emas. Bu esa bir muhim savolni o‘rtaga qo‘yadi:

Qadr eng ko‘p qayerda, maosh esa qayerda? 🤔

Iqtisod o‘smoqda, ammo inson kapitali qay darajada baholanmoqda?

💬 Sizning fikringiz qanday: qaysi sohada maoshlar adolatsiz darajada past?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔39👎159🤝2
🔍 Toshkentda o‘rtacha oylik yetadimi?

Toshkentda o‘rtacha ish haqi 11,6 mln so‘mga yetgani aytilmoqda. Qog‘ozda bu yaxshi ko‘rinadi. Lekin real hayotda bu pul qancha narsaga yetadi? Keling, oddiy misollar bilan ko‘rib chiqamiz.

🏠 Yashash xarajatlari

Agar siz ijarada tursangiz: 1 xonali kvartira oyiga: 3-5 mln so‘m

Kommunal to‘lovlar: 500 ming-1 mln so‘m atrofida

Jami: 4-6 mln so‘m

🍽 Oziq-ovqat

O‘rtacha bir kishi uchun bozor + supermarket: 2-3 mln so‘m

Agar tez-tez tashqarida ovqatlansangiz, bu xarajat yanada oshadi.

🚕 Transport

Taksi/yo‘l xarajatlari: 500 ming – 1 mln so‘m

📱 Qo‘shimcha xarajatlar

*️⃣Internet, aloqa: 200-300 ming
*️⃣Kiyim-kechak, dorilar, mayda-chuyda: 500 ming-1 mln

Shunda, bitta odam uchun minimal xarajat: 7-10 mln so‘mni tashkil etmoqda.

🤔 Demak bu pul shunda yetadimi?

Agar yolg‘iz yashasangiz – ha, yetadi, lekin katta jamg‘arma qilish qiyin.
Agar oilangiz bilan yashasangiz – yetmasligi mumkin
Agar ijarada turmasangiz, o'z uyingiz bo‘lsa – ancha yengil bo‘ladi

O‘rtacha 11,6 mln — bu hammaning oladigan oyligi emas. Kimdir 20 mln oladi, kimdir 4 mln. Shu sababli ko‘pchilik real hayotda “o‘rtacha oylik yetmaydi” deb his qiladi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, Toshkentda 11–12 mln so‘m yashash uchun yetadi, lekin “erkin yashash” va katta maqsadlar uchun kamlik qiladi.

Yana qanday xarajatlaringiz bor?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4115🤔10👎6🔥5💔3🤝2
Tilanchilik — ehtiyojmi yoki tizim?

Bugun ko‘chada ko‘rganingiz — oddiy holat emas.Tilanchilik ortida qanday haqiqatlar yashiringanini bilasizmi?

Videoni tomosha qiling va xulosa qilish o'zingizdan

Link 👉 https://youtu.be/K42s01xLX0g?si=34GUZ3GGa8y7D995
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥108👍2
🚘 Elektr avtomobillar uchun zaryadlash — 300 so‘mdan

O‘zbekistonda elektr avtomobil egalari uchun yangi imtiyoz joriy etildi.

🗓 1-maydan boshlab davlat elektr avtomobillarni zaryadlash xarajatlarini subsidiyalashni boshladi. Endi haydovchilar qaysi zaryadlash stansiyasidan foydalanishidan qat’i nazar, 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun atigi 300 so‘m to‘laydi. Qolgan qismi esa davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Ushbu tashabbus ekologik toza transportni rivojlantirish va elektr avtomobillardan foydalanishni yanada arzonlashtirishga qaratilgan. Yangi tartib elektr mashinalarni nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham foydali tanlovga aylantiradi.

🚕 Elektr taksi xizmatlari uchun ham qo‘shimcha yengilliklar mavjud. Joriy yil mart oyidan boshlab ularga davlat avtoturargohlarida, shuningdek, vokzal va aeroport hududlarida 30 daqiqagacha bepul to‘xtash imkoniyati berildi. Bundan tashqari, bunday transport vositalari uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha 10% chegirma ham joriy etilgan.

Bu kabi qo‘llab-quvvatlash choralari mamlakatda elektr transportga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va uning ommalashishini tezlashtiradi.

🔤Siz nima deb o'ylaysiz?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31👍15👎1🔥1🤝1
❗️086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi onlayn olish mumkin

Avvallari bu hujjatni olish uchun shifoxonaga bir necha marta borish, navbat kutish va hujjatni qo‘lda olish kerak edi.

Endi esa jarayon ancha osonlashdi — hujjatni uyda o‘tirib yuklab olishingiz mumkin.

Qanday qilib onlayn olasiz?

1️⃣my.gov.uz portaliga kiring

2️⃣ Shaxsiy kabinetingizga login va parol orqali kiring

3️⃣ “Sog‘liqni saqlash” bo‘limini tanlang

4️⃣086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma olish” xizmatini oching

5️⃣ Tayyor bo‘lgan hujjatni yuklab oling yoki saqlab qo‘ying

📌 Unutmang: Onlayn yuklab olish — bu oxirgi bosqich. Ya’ni siz avval tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tishingiz kerak, shifokorlar xulosasi elektron tizimga kiritiladi, shundan keyingina ma’lumotnoma portalda paydo bo‘ladi

💸 Xizmat mutlaqo bepul. Hech qanday qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi, navbat kutish shart emas, hujjatni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin

Shunday xizmatlar kundalik hayotni ancha yengillashtiryapti. Qo'shilasizmi?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍22🤔3
💳Muzlatish yoki bloklash: farqi nimada?

Kartani muzlatish va bloklash ko‘pincha bir xil narsadek tuyuladi, lekin aslida ular ikki xil vaziyat uchun ishlatiladi va natijasi ham turlicha bo‘ladi.

Keling, bu atamalarni ko'rib chiqamiz.

➡️ Kartani muzlatish — bu vaqtinchalik to‘xtatish. Ya’ni karta ishlamay qoladi: u bilan to‘lov qilish ham, pul yechish ham mumkin bo‘lmaydi. Lekin muhim jihati shundaki, karta ham, hisob ham o‘chmaydi va saqlanib qoladi. Istalgan payt uni ilova orqali yana yoqib yuborish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun bu variant odatda “hozircha ishlatmay turaman, keyin yana kerak bo‘lishi mumkin” degan holatlarda tanlanadi.

Masalan, karta qayerdadir yo‘qolgan bo‘lsa, lekin uyda ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsa yoki vaqtincha xavfsizlik uchun uni ishlatishni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, muzlatish qulay yechim bo‘ladi.

➡️ Kartani bloklash esa jiddiyroq qaror. Bu holatda karta butunlay yopiladi va odatda uni qayta tiklab bo‘lmaydi. Ya’ni eski kartadan foydalanish imkoni qolmaydi va yangi karta chiqarishga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, undagi pul yo‘qolib ketmaydi — u saqlanadi va yangi kartaga o‘tkaziladi.

Bloklash ko‘pincha xavfsizlik sababli qilinadi: karta yo‘qolib qolsa, begona odam qo‘liga tushishi mumkin bo‘lsa yoki karta ma’lumotlari (raqam, CVV) kimdadir borligiga shubha bo‘lsa, uni darhol bloklash kerak bo‘ladi.

📗 Masalan, "Agrobank mobile" ilovasida karta sozlamalari ichida "Kartani bloklash" tugmasi mavjud. Bankka borish shart emas, ilovani o'zidan kartangizga oson bloklashingiz mumkin.

Oddiy qilib aytganda, muzlatish — bu vaqtinchalik pauza, bloklash esa kartani butunlay almashtirishga olib keladigan qaror.

✔️ Muzlatish xavfsizlik yoki vaqtinchalik ehtiyot chorasi sifatida ishlatiladi, bloklash esa karta endi xavfsiz emas yoki undan foydalanish kerak emas degan vaziyatlarda qo‘llanadi.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥7👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Soxta akkauntlarga aldanmang!

Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qo‘mitasi nomidan feyk xabarlar tarqatilayotgani haqida rasmiy ogohlantirish berildi.

Firibgarlar rasmiy FISh, rasm va logotiplardan foydalanishi mumkin.

Yodda tuting:
Shaxsiy ma’lumotlaringizni yubormang
Havolalarni bosmang
Kod va karta ma’lumotlarini bermang

🎥 Batafsil videoda tomosha qiling

TelegramInstagramYouTube
18👍8💔1
🚗 Avtokredit olishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?

Mashina olish quvonchli, lekin shoshilinch qaror keyinchalik ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin.

Karuselni aylantiring, ushbu jihatlarni albatta bilib oling 👇

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍299🔥3