Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ularga stiker berish tartibi tasdiqlandi. Bu nima degani?
Endi mashinangizning ekologik holati rasmiy mezonlar asosida baholanadi va natijaga qarab “yashil”, “sariq” yoki “qizil” stiker beriladi.
Eng qulay tomoni — bularning barchasini my.gov.uz orqali ham olish mumkin.
Ekologik toifa — bu avtomobilingizning qanchalik “toza” yoki “iflos” ekanini bildiruvchi daraja. Nizomga ko‘ra:
🔹 Benzin, LPG, CNG (gaz)da yuradigan mashinalar:
Yevro-2 va yuqori — “toza”
Yevro-0, Yevro-1 — “o‘rta”
🔹 Dizel mashinalar:
Yevro-4 va yuqori — “toza”
Yevro-3 — “o‘rta”
Yevro-0, 1, 2 — “zararli”
🔹 Gibridlar, muqobil yoqilg‘i va 3 yildan kichik mashinalar:
Doim “toza” toifaga kiradi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ekologik stikerlar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.
🟢 Yashil — toza
🟡 Sariq — o‘rta
🔴 Qizil — zararli
Eng muhimi — stikerlar muddatsiz, ya’ni bir marta olasiz, tamom.
🖥 Qanday olish mumkin?
Stiker olish uchun: IIV YHX xizmatining rasmiy saytiga yoki my.gov.uz (YIDXP) ga kirib ariza topshirasiz.
Arizangiz mezonlarga mos bo‘lsa, mashinangizga tegishli ekologik stiker tayyorlab beriladi.
Yangi tartib bilan avtomobillarni ekologik nazoratga moslashtirish orqali shahar havosi yanada toza bo‘lishi kutilmoqda.
Postni barcha mashina haydaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying 🙃
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24🔥8👎4👍2
Suhbat davomida biz quyidagilar haqida gaplashdik:
🔹 Restoran ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya
🔹 Ofitsiantlik haqidagi keng tarqalgan stereotiplar
🔹 Kuchli raqobat bo'lgan bozorda qanday ajralib turish mumkinligi
🔹 Xorazm taomlarining o‘ziga xosligi va ularni to‘g‘ri tanishtirish sirlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Khanate restorani asoschisi — Faxriddin Atamuratov | Pulli Gap Talk #8
Pulli Gap Talk loyihasining navbatdagi sonida mehmonimiz — restorator, Khanate restorani asoschisi Faxriddin Atamuratov.
Ushbu suhbatda:
🔹 Restoran ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya
🔹 Ofitsiantlik haqidagi stereotiplar
🔹 Raqobat kuchli bo'lgan…
Ushbu suhbatda:
🔹 Restoran ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya
🔹 Ofitsiantlik haqidagi stereotiplar
🔹 Raqobat kuchli bo'lgan…
❤17🔥1
Kartadan-kartaga foizsiz pul o'tkazuvchi ilovalar
🚗 Chakana Pay ilovasida — bir oyda 10 mln so‘mgacha 0%
🏦 Alliance Pay ilovasida — bir oyda 10 mln so‘mgacha 0%
(Humo kartalari orasida 100 mln so‘mgacha)
🏦 BRB mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
🏦 MKBank Mavrid ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
🏦 SQB Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
🏦 Anorbank ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% (ushbu limit dastlabki ikki oy davomida amal qiladi)
🏦 Hamkor Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
🏦 Open bank ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
▪️ Sello Pay ilovasida bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
🏦 Davr Mobile 2.0 ilovasida bir oyda 3.5 mln so‘mgacha 0%
🏦 Milliy 2.0 ilovasida bir oyda 3 mln so‘mgacha 0%
➖alif mobi ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%
💰 Humans ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%
▫️OQ ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%.
🏦 TBC Bank‘ning Salom kartasi bilan TBC ilovasida komissiyasiz o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin
💳 Ushbu limitlar deyarli barcha bank ilovalari va to‘lov tizimlarida mavjud. Eng muhim jihati — Uzcard yoki Humo kartangiz bo‘lsa kifoya.
❗️ Eslatma: ayrim limitlardan oshganda qo‘shimcha komissiya olinishi mumkin. Shu sababli to‘lovlarni belgilangan limit ichida amalga oshirish tavsiya etiladi — shunda ortiqcha xarajat qilmaysiz
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
(Humo kartalari orasida 100 mln so‘mgacha)
▪️ Sello Pay ilovasida bir oyda 5 mln so‘mgacha 0%
➖alif mobi ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%
▫️OQ ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤38👍17👎1
Kredit limiti qanday ishlaydi? 💱
Hozirgi kunda do‘konlarda yoki ilovalarda bir gapni tez-tez uchratmoqdamiz: “Sizda palonchi so'm kredit limiti bor”.
Xo'sh, kredit limiti nima? Keling, bugun shu mavzuni juda sodda qilib tushuntiramiz.
Kredit limiti — bu sizniki bo‘lmagan, lekin hozir vaqtinchalik ishlatishingiz mumkin bo‘lgan pul.
Bank sizning xarid qilish odatlaringiz, daromadingiz va kredit tarixingizni ko‘rib chiqadi. Keyin: “Bu mijozga hozircha shu miqdorni ishonch bilan bersak bo‘ladi”, — deb sizga kredit limitini ajratadi.
😊 Nega bank buni bepul bermaydi?
Chunki bu — xavf. Bank sizga bugun mahsulotni olib ketishga ruxsat beradi. Siz esa keyin to‘laysiz. Bu orada:
*️⃣ sizning daromadingiz o‘zgarishi mumkin,
*️⃣ to‘lov kechikishi mumkin,
*️⃣ umuman to‘lab bermaslik xavfi ham bor.
Shuning uchun limitning narxi — foiz yoki komissiya bilan o'lchanadi.
😊 Limit o'zi qanday shakllanadi?
Bank odatda uch narsaga qaraydi:
1️⃣ Sizning kredit tarixingizga:
Oldin to‘lovlarni vaqtida qildingizmi Kechiktirmadingizmi? Bu — eng asosiy ko‘rsatkich.
2️⃣ Daromad va xarajatlar
Sizda doimiy tushum bormi? Xarajatlar daromadni yutib yubormaydimi? Shu kabilar o'lchanadi.
3️⃣ Xavf ko'rsatkichi
Kimdir uchun 3 mln so‘m — xavfli bo'lishi mumkin. Kimdir uchun esa10 mln so‘m ham muammo emas.
😊 Limitdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 3 maslahat:
1️⃣ Limitni doimo 30–40% holatda tuting. Kutilmagan xarajatlar uchun joy qolsin.
2️⃣ To‘lov sanasini kalendarga qo‘ying
Kechikish — eng zararli narsa. Agar kechiktirsangiz, kredit tarixingiz buziladi. Keyinchalik zarur bo'lgan hollarda bank sizga kredit ajratmaydi.
3️⃣ Limitni daromad emas, vaqtinchalik ko‘prik sifatida qabul qiling
Unutmang: bu sizga bugungi xaridni ertangi daromad bilan qoplash imkoniyatini beradi. Shu xolos.
Bu postni kredit limitini o'zini puliday ishlatib yuboradigan tanishlaringizga yuborib qo'ying!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Hozirgi kunda do‘konlarda yoki ilovalarda bir gapni tez-tez uchratmoqdamiz: “Sizda palonchi so'm kredit limiti bor”.
Xo'sh, kredit limiti nima? Keling, bugun shu mavzuni juda sodda qilib tushuntiramiz.
Kredit limiti — bu sizniki bo‘lmagan, lekin hozir vaqtinchalik ishlatishingiz mumkin bo‘lgan pul.
Bank sizning xarid qilish odatlaringiz, daromadingiz va kredit tarixingizni ko‘rib chiqadi. Keyin: “Bu mijozga hozircha shu miqdorni ishonch bilan bersak bo‘ladi”, — deb sizga kredit limitini ajratadi.
Chunki bu — xavf. Bank sizga bugun mahsulotni olib ketishga ruxsat beradi. Siz esa keyin to‘laysiz. Bu orada:
Shuning uchun limitning narxi — foiz yoki komissiya bilan o'lchanadi.
Bank odatda uch narsaga qaraydi:
Oldin to‘lovlarni vaqtida qildingizmi Kechiktirmadingizmi? Bu — eng asosiy ko‘rsatkich.
Sizda doimiy tushum bormi? Xarajatlar daromadni yutib yubormaydimi? Shu kabilar o'lchanadi.
Kimdir uchun 3 mln so‘m — xavfli bo'lishi mumkin. Kimdir uchun esa10 mln so‘m ham muammo emas.
Kechikish — eng zararli narsa. Agar kechiktirsangiz, kredit tarixingiz buziladi. Keyinchalik zarur bo'lgan hollarda bank sizga kredit ajratmaydi.
Unutmang: bu sizga bugungi xaridni ertangi daromad bilan qoplash imkoniyatini beradi. Shu xolos.
Bu postni kredit limitini o'zini puliday ishlatib yuboradigan tanishlaringizga yuborib qo'ying!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤23🔥6
Ular halollik haqida gapiradi…Lekin tizimni yashirincha boshqaradi.
Biz esa buni ko‘p hollarda payqamaymiz. Chunki o‘yin — juda katta.
📽 Yangi videoda global moliyaviy o‘yinning orqasini ko‘rasiz. Haqiqat esa biz o‘ylagandan ham murakkabroq.
Bu videoda siz bilib olasiz:
🔹 yirik tizimlar soliqlardan qanday qilib “qonuniy” qochishini;
🔹 oddiy ishchilar va yetkazib beruvchilar qanday ekspluatatsiya qilinishini;
🔹 yashirin iqtisodiyot qanday qilib siyosiy ta’sirga aylanib borishini;
🔹 va eng qiziq tomoni: har safar xarid qilganingizda, siz ham bu tizimni bilmasdan qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishingiz mumkinligini.
👉 To‘liq videoni YouTube sahifamizda ko‘ring: https://youtu.be/Hi8QvO8Ky04?si=gcLaZ5a9mzc1-WvY

SOYADAGI IQTISODIYOT: Yashirin tizim haqida ochiq haqiqat | Pulli Gap
Ular halollik haqida gapiradi, lekin tizimni yashirincha boshqaradi. Ushbu video orqali siz global miqyosdagi moliyaviy o‘yinning ortidagi haqiqiy manzarani ko‘rasiz.
Ushbu videoda siz:
🔹 qanday qilib yirik tizimlar soliqlardan “qonuniy” qochadi;
🔹 ishchilar…
Ushbu videoda siz:
🔹 qanday qilib yirik tizimlar soliqlardan “qonuniy” qochadi;
🔹 ishchilar…
👍18❤10🔥4👎3
Hayotimizdagi deyarli barcha mahsulot va xizmatlarning narxi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Ba’zida narx oshadi, ba’zida esa pasayadi.
Quyida bunga sabab bo‘ladigan eng asosiy omillarni sodda qilib tushuntiramiz.
Narxlarning eng oddiy sababi — bozordagi talab va taklif nisbatining o‘zgarishi. Mahsulotga talab ko‘paysa, narx ko‘tariladi. Bozorda mahsulot ko‘payib ketsa esa, narx arzonlashadi.
Masalan, yozda sabzavotlar ko‘p bo‘lganligi uchun narx arzon bo‘ladi. Qishda esa talab yuqori, mahsulot esa kam — natijada narx ko‘tariladi.
"Dollar oshdi, shunga narx ham qimmatlashdi" degan gaplar ko'p qulog'imizga chalinadi, shunday emasmi? Chunki ko‘plab mahsulotlar xorijdan olib kelinadi. Import mahsulotlari narxi dollar yoki boshqa chet el valyutasi kursiga bog‘liq. Valyuta qimmatlashsa — import mahsulotlari ham qimmatlashadi. U tushsa — narxlar pasayishi mumkin.
Bu jarayon kundalik hayotda texnika, kiyim-kechak, avtomobil qismlari kabi mahsulotlarda yaqqol seziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar o‘zgarsa, narx ham o‘zgaradi.
Masalan: xomashyo narxi oshsa, ishchi maoshi ko‘tarilsa, transport xarajatlari ko‘payib ketsa, u holda sotuvchilar majburan narxni oshirishi kerak bo‘ladi.
Mahsulot iste’molchiga yetib kelguncha uzoq masofani bosib o‘tishi mumkin. Yo‘l puli, transport, saqlash va yetkazib berish narxga ta’sir qiladi.
Masalan, yonilg‘i narxi oshishi ko‘plab mahsulotlarga zanjirli ravishda qimmatlashish olib keladi.
Yilning ayrim fasllarida mahsulotga talab oshishi narxga ta’sir qiladi. Qishda ko‘mir va kiyim narxi oshishi, yozda sovuq ichimlik va konditsioner narxi ko‘tarilishi — mavsumiy talab bilan bog‘liq oddiy holatlar.
Bozorda sotuvchilar ko‘p bo‘lsa, har biri mijozni jalb qilish uchun narxni pasaytirishga harakat qiladi. Sotuvchilar kam bo‘lsa — narx odatda yuqori bo‘ladi.
Ba’zan narxlar davlat tomonidan belgilangan tartiblar yoki soliqlar tufayli o‘zgaradi. Soliq oshsa — mahsulot narxi ham oshadi. Aksincha, subsidiyalar berilsa — narx tushishi mumkin.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6🔥4
Bu savolni biz 30 ta odamga berdik. Javoblar esa kutilganidek bir xil emas 👀
Kimdir: “5 mln yetadi” dedi, boshqasi “10 mln ham kam” dedi, yana kimdir esa “Oilaga qarab” deb javob berdi.
🎥 Videoni tomosha qiling —
balki siz ham o‘z javobingizni toparsiz: https://youtu.be/fHRCuR70M3w?si=t8Q7m6gPfNi0zQb0
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Toshkentda 2 million so‘m maoshga yashasa bo‘ladi(mi)? | So‘rovnoma
Toshkentda yashash uchun ideal oylik qancha? Bu videoda biz 30 kishidan bu savolni so‘rab, ularning fikrlarini yig‘dik!
📌 Obuna bo‘ling va Pulli Gapning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang!
Pulli Gap ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.me/pulli_gap…
📌 Obuna bo‘ling va Pulli Gapning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang!
Pulli Gap ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.me/pulli_gap…
👍12❤2
Yangi yil oldi keraksiz xarajatlardan qanday qochish mumkin?
Yangi yil yaqinlashgani sari xarajatlar ham sekin-asta ko‘payadi. Sovg‘alar, dasturxon, bezaklar, kiyim-kechak…🛒
Ko‘p hollarda biz rejalashtirmagan pullarni ham sarflab yuboramiz. Natijada esa — bayramdan keyin pulimiz qolmaydi💸
Bugun siz bilan Yangi yil oldidan pulni tejashga yordam beradigan oddiy maslahatlar bilan bo‘lishmoqchimiz.
1️⃣ “Majburiy” xarajatlar tuzog‘iga tushmang
Yangi yil — kimdandir qimmat sovg‘a olish, eng qimmat stol tuzash yoki yangi kiyim olish majburiyati emas. Ko‘p xarajatlar faqat jamiyat bosimi sabab qilinadi, to'g'rimi?
❗️ O‘zingizdan so‘rang: Bu xarajat menga haqiqatan kerakmi yoki shunchaki olgim kelgani uchunmi?
2️⃣ Oldindan limit belgilang
Bayram xarajatlari uchun aniq summa belgilab oling. Masalan:
*️⃣ sovg‘alar uchun — X so‘m
*️⃣ dasturxon uchun — Y so‘m
*️⃣ boshqa mayda xarajatlar — Z so‘m
Limit bo‘lsa, impulsiv sarflash kamayadi, buni sinab ko'ring.
3️⃣ Chegirmalarga aldanmang
“−50%”, “faqat bugun” kabi yozuvlar ko‘pincha bizga kerak bo‘lmagan narsani sotib oldiradi. Arzon bo‘lgani uchun olish — tejash emas.
❗️ Esingizda bo'lsin: Keraksiz narsa bepul bo‘lsa ham — bu cho'ntaginhizga zarar.
4️⃣ Sovg‘aning narxi emas, ma’nosi muhim
Qimmat sovg‘a emas, e’tibor va samimiyat ko‘proq esda qoladi. Ba’zan oddiy, lekin o‘ylangan sovg‘a qimmatroq taassurot qoldiradi.
5️⃣ Bayramdan keyingi hayotni ham unutmang
Yangi yil — bir kecha. Ammo kredit, qarz va bo‘sh hamyon bilan yanvarni boshlash — uzoq davom etadi.
O‘zingizga savol bering: 1-yanvarda moliyaviy holatim qanday bo‘ladi?
😊 Xulosa o'rnida shuni aytish mumkin: Yangi yilni chiroyli kutib olish uchun ko‘p pul emas, to‘g‘ri reja va ongli qaror yetarli. Bayram quvonch olib kelishi kerak, moliyaviy stress emas.
❗️ Unutmang: pulni boshqarish — bayram kunlari ham muhim.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Yangi yil yaqinlashgani sari xarajatlar ham sekin-asta ko‘payadi. Sovg‘alar, dasturxon, bezaklar, kiyim-kechak…
Ko‘p hollarda biz rejalashtirmagan pullarni ham sarflab yuboramiz. Natijada esa — bayramdan keyin pulimiz qolmaydi
Bugun siz bilan Yangi yil oldidan pulni tejashga yordam beradigan oddiy maslahatlar bilan bo‘lishmoqchimiz.
Yangi yil — kimdandir qimmat sovg‘a olish, eng qimmat stol tuzash yoki yangi kiyim olish majburiyati emas. Ko‘p xarajatlar faqat jamiyat bosimi sabab qilinadi, to'g'rimi?
Bayram xarajatlari uchun aniq summa belgilab oling. Masalan:
Limit bo‘lsa, impulsiv sarflash kamayadi, buni sinab ko'ring.
“−50%”, “faqat bugun” kabi yozuvlar ko‘pincha bizga kerak bo‘lmagan narsani sotib oldiradi. Arzon bo‘lgani uchun olish — tejash emas.
Qimmat sovg‘a emas, e’tibor va samimiyat ko‘proq esda qoladi. Ba’zan oddiy, lekin o‘ylangan sovg‘a qimmatroq taassurot qoldiradi.
Yangi yil — bir kecha. Ammo kredit, qarz va bo‘sh hamyon bilan yanvarni boshlash — uzoq davom etadi.
O‘zingizga savol bering: 1-yanvarda moliyaviy holatim qanday bo‘ladi?
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤23🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pchiligimiz bankomatdan deyarli har kuni foydalanamiz: naqd pul yechamiz, balansni tekshiramiz, to‘lov qilamiz. Lekin u ichkarida qanday ishlashi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Keling, bugun shu haqda oddiy tilda tushuntirib beramiz.
Siz kartani joylashtirganda, bankomat kartadagi chip yoki magnit lentadagi ma’lumotlarni o‘qiydi. Bu orqali:
Bankomat PIN-kodni shifrlangan holatda bank tizimiga yuboradi. Agar kod to‘g‘ri bo‘lsa — keyingi bosqichga o‘tiladi, noto‘g‘ri bo‘lsa — operatsiya rad etiladi.
Bankomat internet yoki maxsus yopiq tarmoq orqali bank serveriga ulanadi va so‘rov yuboradi, shu kabilarni tekshiradi:
Bir necha soniyada javob keladi.
Agar hammasi joyida bo‘lsa:
📄 chek chiqariladi (xohlasangiz)
Pul bankomat ichidagi maxsus kassalardan olinadi. Har bir kupyura alohida hisoblanadi va tekshiriladi.
Bankomatlar 24/7 ishlaydi: shubhali harakatlarda avtomatik bloklash, karta ichkarida qolib ketishi mumkin (agar PIN-kod 3 marta xato kiritilsa), shu kabilarni videokamera orqali nazorat qiladi
Shu sababli bankomat “xato qildi” deb o‘ylaganimizda, ko‘pincha u sizni himoya qilayotgan bo‘ladi.
❗ Bilish foydali bo‘lgan maslahatlar:
Pul bilan bog‘liq har bir qadamda bilimli bo‘lish — eng katta foydangizdir
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29🔥19👍16🤔2🤝2
Biz shu savol bilan turli yosh va qarashdagi insonlarning fikrini so‘radik.
— Erkak ko‘proq topishi shart, deb hisoblaydiganlar ham bor;
— Daromaddan ko‘ra hurmat va kelishuv muhim, deydiganlar ham
Fikrlar turlicha, bahs esa qizg‘in
Erkak ko‘proq topishi shartmi yoki bu eskicha qarashmi? Izohda fikringizni yozib qoldiring 💬
YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/aAKcB4WcAAc?si=80ACl_VJWjqf2Pqj
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Ayol eridan ko‘p topsa — odamlar nima deydi? | So‘rovnoma
Ayol eridan ko‘p pul topsa — bu normal holatmi?
Biz shu savol bilan ko‘chaga chiqib, turli yosh va qarashdagi odamlarning fikrini so‘radik.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik erkaklar oilada erkak kishi ayolidan ko‘proq pul topishi kerak, deb hisoblaydi.…

❤12🔥4👍1
Bayram yaqinlashsa, firibgarlar ham “ishga tushadi”. Bugun sizga eng ko‘p uchraydigan sxemalarni aytib beramiz 👇
Soxta sahifalar mashhur brendlar, banklar yoki marketlar nomidan sizga turli xildagi xabarlar yuboradi: “Yangi yil chegirmasi”, “Sovrin yutib oldingiz” kabi.
👉 Havola orqali karta ma’lumotlarini so‘raydi.
Hozirgi kunda firibgarlar juda ko'plab Telegram tarmog'idagi akkauntlarni o'zlashtirib olib, tanishingiz yoki do'stingiz nomidan xabarlar yuboradi.
E'tibor bering, bunda: profil nusxalangan bo‘ladi, “Tez pul kerak” yoki menga ovoz bering deydi.
Ishonib pul yuborsangiz, pushaymon bo‘lasiz.
“Yangi yil munosabati bilan pul tushdi”, "Yordam puli" degan xabar keladi. Havolani bossangiz karta ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanadi!
⚠️ Eslab qoling:
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍7🔥6🤝1
1-yanvardan nimalar o'zgaradi?
😊 Pulli Gap O'zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi.
1️⃣ Eskrou tizimi joriy etiladi
Prezidentning tegishli farmoni bilan qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi maqsadida eskrou tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, endi barcha quruvchilar ulush kiritish asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oshirishi majburiy bo‘ladi.
Eskrou tizimi qanday ishlaydi?
Mijozlar hali bitmagan uy uchun pulni quruvchiga to‘lamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qo‘yadi va bu pullar toki uy bitmaguncha quruvchining qo‘liga berilmaydi.
2️⃣ Ekologik transport stikerlari
Toshkent shahrida "Ekologik transport" tizimi birinchi bosqichda joriy etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarorida keltirib o‘tilgan.
3️⃣ Moped va skuter haydovchilaridan “prava” so‘raladi
O‘zbekistonda moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi va ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Hujjatga ko‘ra, moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3.gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun «A1» haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Individual harakatlanish vositalari bundan mustasno.
4️⃣ Maktab direktorlariga ustama
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
5️⃣ Ehsonlar naqd pulda yigʻilmaydi
2026-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Uchtepa va Mirobod tumanlarida qabriston hududidagi plombalangan turg‘un metall qutilarda xayr-ehsonlarni yig‘ishni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish tartibi bekor qilinadi. Turg‘un metall qutilarga o‘rnatilgan QR-kod tasviri vositasida bank plastik kartalari orqali naqd pulsiz onlayn shaklda ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish joriy etiladi.
6️⃣ Bepul tibbiy yordam
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.
7️⃣ "President AI Award" tanlovi
Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap» (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi.

❤34👍12
Bugun — yilning birinchi kuni. Shu munosabat bilan siz uchun pul va uni to‘g‘ri boshqarish haqida ilhom beruvchi kinolarni jamladik 🎬 💰
Dam olish kunlari “qaysi kinoni ko‘rsam ekan?” deb o‘ylayotganlar uchun ayni muddao.
Foydali, qiziqarli va motivatsiyaga boy tanlov — siz uchun maxsus✨
Izohlarda qaysi birini ko'rganingiz haqida yozib qoldiring
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Dam olish kunlari “qaysi kinoni ko‘rsam ekan?” deb o‘ylayotganlar uchun ayni muddao.
Foydali, qiziqarli va motivatsiyaga boy tanlov — siz uchun maxsus
Izohlarda qaysi birini ko'rganingiz haqida yozib qoldiring
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤15🤝2🔥1
🍞 Non har kuni dasturxonimizda bor, ammo uning ortida qancha mehnat borligini ko‘pchilik bilmaydi.
🎥 Bu safargi videoda nonvoyxonadagi haqiqiy jarayon, qancha sarmoya kerak, kunlik xarajatlar qancha, nechta non sotiladi-yu, bitta nondan qancha foyda qoladi shu mavzularda suhbatlashdik.
👉 Tomosha qiling,fikringizni izohlarda qoldiring: https://youtu.be/C0qWtPatjoU?si=ymD401dW-FHMRQGf

"Oylab uyga bormasdan ishlaganman". Nonvoylikdan kuniga 800.000 so'm
Bugun biz oddiy, lekin juda muhim kasb egasi — nonvoy bilan bir kunni o‘tkazdik 🍞
Non har kuni dasturxonimizda bor, lekin uning ortida qancha mehnat, mas’uliyat va xarajatlar borligini ko‘pchilik bilmaydi. Shu sababli biz nonvoyga ochiq va oddiy savollar…
Non har kuni dasturxonimizda bor, lekin uning ortida qancha mehnat, mas’uliyat va xarajatlar borligini ko‘pchilik bilmaydi. Shu sababli biz nonvoyga ochiq va oddiy savollar…
👍13❤5🔥4