Pulli Gap
31.6K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
❗️2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda

👇Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qabul qilinadi:

Davlat xizmatlari
Elektr energiyasi, gaz va suv to‘lovlari
Alkogol va tamaki mahsulotlari
AYOQSh orqali yoqilg‘i olish va elektromobillarni zaryadlash
25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar
Ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalari oldi-sotdisi

💳 To‘lovlarni bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

❗️ Shuni unutmang, qulaylik, shaffoflik va xavfsizlik — naqdsiz to‘lovlarning asosiy afzalliklaridan biri.

🚀 Bu postni faqat naqd pul ishlatadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍20👎1813🤔4🔥3
🏠 Yangi uy sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Yangi uy sotib olish — bu nafaqat katta moliyaviy qaror, balki kelajakdagi qulay va xavfsiz hayotingizni belgilovchi muhim qadamdir. Har bir xaridor uchun eng muhim savol shuki, uy qulay, xavfsiz va sizning oilangizga mos bo‘lishi kerak.

Xo'sh, xato qilmaslik uchun qaysi jihatlarga e’tibor berisjh kerak? Keling ayrimlarini ko'rib chiqamiz.

1️⃣Joylashuv

Uy tanlashda birinchi e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan biri — albatta uning joylashuvi. Uyingiz qaysi hududda joylashganini, atrof-muhitini bilish muhim. Shu bilan birga, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, supermarket, transport va boshqa qulayliklar mavjudligi hayotingizni yanada osonlashtiradi ✔️

Bundan tashqari, hududning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olish lozim — shunda siz nafaqat qulay yashash joyiga ega bo‘lasiz, balki uyning qiymati ham vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin.

2️⃣Uyning sifati

Yangi uy sotib olayotganda uning sifatini diqqat bilan tekshirish juda muhim. Qurilish materiali sifatli ekanligini nazorat qiling, devor, pol va shiftning holatini baholang. Shuningdek, suv, elektr va isitish tizimlarining ishlashini sinab ko‘ring, shunda kelajakda muammolar paydo bo‘lishining oldini olasiz 🔍

3️⃣ Rejalashtirish va maydon

Uy sotib olayotganda uning rejalashtirilishi va maydoniga e’tibor qaratish kerak. Xonalar qulay joylashganligi, oila a’zolari uchun yetarli joy borligi muhim. Shuningdek, balkoni, garaji yoki saqlash joylarining mavjudligini tekshirish lozim, shunda har bir oila a’zosi uchun qulaylik yaratiladi va kundalik hayot osonlashadi.

4️⃣ Hujjatlar va rasmiyatchilik

Yangi uy sotib olayotganda hujjatlar va rasmiy tasdiqlar eng muhim jihatlardan biridir. Uy mulki va huquqi rasmiy tasdiqlanganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, shartnoma va garov hujjatlarini diqqat bilan o‘qish lozim, shunda kelajakda muammolar va tushunmovchiliklarning oldi olinadi ✉️

5️⃣ Narx va moliyaviy jihat

Uy sotib olayotganda uning narxi va moliyaviy shartlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish zarur. Avvalo, bozor narxlari bilan solishtiring, shunda adolatli qiymatni aniqlashingiz mumkin. Shuningdek, kredit yoki to‘lov shartlarini oldindan rejalashtiring, shunda xarid sizga moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz bo‘ladi 📈

6️⃣Kelajakda qiymati

Uy sotib olayotganda uning kelajakdagi qiymatini ham hisobga olish muhim. Uy qiymati oshishi mumkinligini baholang va hududning infratuzilmasi hamda rivojlanishi sizning sarmoyangizga qanday ta’sir qilishini o‘rganing. Shunday qilib, xarid nafaqat qulay yashash, balki kelajakda foydali investitsiya ham bo‘ladi 📊

🗣️ Yangi uy sotib olayotganda shoshilmaslik va har bir detalni diqqat bilan tekshirish muhim. Shu tarzda uy nafaqat qulay yashash uchun ideal bo‘ladi, balki kelajakda foydali sarmoyaga ham aylanadi.

Siz yangi uy tanlashda yana qaysi jihatlarga e’tibor berasiz?

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍10🔥6🤝3👎1
Rossiyada olingan mikroqarzlar O‘zbekistonda qanday tartibda undirilishi mumkin?

Bu jarayonda qarzdorni nima kutadi, qaysi hollarda qarz undiriladi yoki undirilmaydi?

🎥 Videoni ko‘rish davomida shu va boshqa muhim savollarga javob olasiz.

📌 Obuna bo‘ling va Pulli Gap’ning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang

https://youtu.be/DVgEL-WaR0M?si=btd66d4NpNW0ItRX
9👍6👎3
Eshitdingizmi? Endi pul o‘tkazishda “sababi”ni ham aytasiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yana yangilik bilan chiqdi.

💱Endilikda mobil ilova orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmasini qilayotganingizda majburiy ravishda “o‘tkazma maqsadi”ni tanlaysiz. Shunchaki summa kiritib yuborish davri asta-sekin tugayapti.

Hozir ayrim ilovalarda bu funksiya ishlayapti, boshqalarida esa tez orada paydo bo‘lishi kutilmoqda. Talab bajarilmasa, regulyator choralar ko‘rishi mumkinligi aytilgan.

😊Pul yuborayotganda quyidagi 16 maqsaddan birini belgilash kerak bo‘ladi:

1️⃣ Tovar yoki savdo uchun to‘lov
2️⃣ Ovqatlanish va taom xarajatlari
3️⃣ Qarzni qaytarish
4️⃣ Yordam puli
5️⃣Oila yoki qarindoshlarga o‘tkazma
6️⃣ Sovg‘a
7️⃣ Yetkazib berish haqi
8️⃣ Ijara to‘lovi
9️⃣ Kommunal to‘lovlar
1️⃣0️⃣ Safar xarajatlari
1️⃣1️⃣ Ta’lim xarajatlari
1️⃣2️⃣ Tibbiy xarajatlar
1️⃣3️⃣ Xayriya
1️⃣4️⃣ Minnatdorchilik uchun (choypuli)
1️⃣5️⃣ O‘yin-kulgi xarajatlari
1️⃣6️⃣ Investitsiya o‘tkazmalari

🤔 Qiziq joyi shundaki, endi oddiy “do‘stga pul tashlash” ham rasmiy kategoriya bilan ketadi.

Sizningcha, bu qulaylikmi yoki ortiqcha byurokratiyami? 👀

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎152🤔16👍1311
💰 Eksport qilayapsizmi? Pulni 120 kun kutmang!

Tadbirkorlar bunday holatlarni yaxshi biladi: eksportda eng katta muammolardan biri — to‘lovni kutish. Shartnoma bor, tovar yetkazilgan, lekin pul ba’zan 60–90, hatto 120 kundan keyin keladi.

Bu vaqt ichida esa kompaniyada aylanma mablag‘ yetishmasligi mumkin.

Shu yerda sizga xalqaro faktoring yordamga keladi.

📌 Xo'sh, bu qanday ishlaydi?

Agar siz xorijiy hamkorga tovarni kechiktirilgan to‘lov bilan sotgan bo‘lsangiz, bank sizga shu hisob-faktura asosida pulni oldindan moliyalashtirib beradi. Keyin esa to‘lovni debitorning o‘zidan qabul qiladi.

Jarayon oddiy:

1️⃣ Siz tovarni eksport qilasiz
2️⃣ Bank sizga pulni oldindan beradi
3️⃣ Keyin xorijiy xaridor bankka to‘laydi

Natijada tadbirkor aylanma mablag‘siz qolmaydi.

📊 Asosiy shartlari qanday:

— moliyalashtirish valyutasi: dollar, yevro va boshqa valyutalar
— minimal summa: 10 000 AQSh dollari
— maksimal limit: 500 000 AQSh dollarigacha
— to‘lovni kechiktirish muddati: 120 kungacha

👨‍💼 Kimlar foydalanishi mumkin?

Bu instrument asosan:

- eksport bilan shug‘ullanadigan
- yuridik shaxs bo‘lgan
- kamida 12 oydan beri faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.

📈 Nega bu muhim?

Chunki eksportda asosiy muammo — pul aylanishining sekinligi.

Faktoring esa:

✔️ aylanma mablag‘ni tezlashtiradi
✔️ yangi kontraktlar olishga yordam beradi
✔️ kompaniya likvidligini saqlaydi

Qisqasi, tovar sotildi — pulni kutib o‘tirish shart emas.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
27👍8
8-mart bayrami arafasida yigitlardan qancha pul sarflashlari bilan qiziqdik.

Videoni tomosha qiling. 🎥

Siz-chi? Qancha pul sarfladingiz?

https://www.instagram.com/reel/DVgCNxejbea/?igsh=bHpzZjJhMHJsNmJu
8👍5👎2
🏠Toshkentda ijara uyini tez va oson topish usullari

Toshkentda ijara uy topish ba’zan qiyin tuyulishi mumkin. Lekin to‘g‘ri manbalar va usullarni bilsangiz, mos uy topish ancha tezlashadi. Quyida eng oddiy va samarali usullarni ko‘rib chiqamiz.

1️⃣ Telegram kanallaridan foydalanish

Hozirda Toshkentda ijara uylarning katta qismi Telegram orqali e’lon qilinadi. Ko‘plab kanallarda har kuni yangi takliflar chiqadi.

Masalan, Telegramdagi ijara guruhlarini: Toshkent ijara uylar, Kvartira ijarasi Toshkent kabi kalit so'zlar orqali topishingiz mumkin. Bu yerda afzallik shundaki, yangi e’lonlar tez chiqadi va ko‘pincha vositachisiz variantlarni ham topish mumkin.

2️⃣ E’lon saytlaridan qidirish

Maxsus e’lon saytlarida uylarni hudud, narx va xonalar soni bo‘yicha filtrlab qidirish mumkin.

Eng mashhurlari: OLX, UyBor, joymee kabilar. Bu saytlarning qulayligi — rasmlar, narx va joylashuvni oldindan ko‘rish mumkin.

3️⃣ Makler (vositachi) orqali izlash

Agar tezroq topmoqchi bo‘lsangiz, makler orqali ham uy topish mumkin. Ular odatda mos variantlarni tezroq taklif qiladi. Lekin shuni hisobga oling: xizmat haqi odatda 50% yoki 100% oylik ijara narxi bo‘lishi mumkin.

4️⃣ Tanishingiz orqali qidirish

Ko‘pincha eng yaxshi variantlar tanishlar orqali topiladi. Do‘stlar, qarindoshlar yoki hamkasblardan so‘rab ko‘ring. Ba’zi uy egalari e’lon bermasdan ijaraga berishadi.

5️⃣ Hudud bo‘yicha yurib qidirish

Ba’zi mahallalarda uy egalari “ijaraga beriladi” degan yozuvni deraza yoki darvozaga ilib qo‘yishadi. Ayniqsa eski uylar joylashgan hududlarda bu usul ishlaydi.

Masalan Toshkentning quyidagi hududlarida ko‘p uchraydi: Chilonzor, Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek

6️⃣ Facebook guruhlaridan foydalanish

Ba’zi uy egalari e’lonlarni Facebook guruhlarida ham joylaydi. Ayniqsa yangi qurilgan uylar yoki uzoq muddatli ijara variantlari ko‘p chiqadi.
Masalan: Facebook dagi “Kvartira ijarasi Toshkent” guruhlari.

📢Foydali maslahat: Uy tanlayotganda shartnoma qilish, oldindan katta pul bermaslik va uy hujjatlarini tekshirish juda muhim.

Siz-chi? Yana qanday usullardan foydalangansiz?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍4🔥3👎1
💸 Qarz yuki nima va u kredit olishga qanday ta’sir qiladi?

Hech o'ylab ko'rganmisiz, kredit olishga ariza berganingizda bank birinchi bo'lib aynan nimaga qaraydi? Ko‘pchilik daromadga deb o'ylaydi, lekin aslida eng muhim jihat bu - qarz yuki.

Oddiy qilib aytganda, daromadingizning qanchasini allaqachon kreditlarga to'layotganingizni tekshiradi. U buni bilishi shart: siz olgan kreditni bemalol to‘lay olasizmi yoki yo‘qmi.

Xo'sh, qarz yuki o'zi nima?

Qarz yuki ko’rsatkichi bu kredit majburiyatlari bo'yicha barcha to'lovlarning daromadlarga nisbati. Qarz yuki mijozning bank oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarining yig'indisidir. Ushbu ko'rsatkich qarz oluvchining shaxsiy byudjeti qanchalik yuklanganligini, qo'shimcha kreditlarni to'lash imkoniyati qanday darajada ekanligini baholashga yordam beradi.

🗣️ Ya’ni formula juda oddiy: (Barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlar ÷ oylik daromad) × 100

Keling, buni oddiy misolda tushuntiramiz. Tasavvur qiling:
Oylik daromadingiz — 5 mln so‘m
Kreditlar bo‘yicha oylik to‘lov — 2 mln so‘m

🕯 Hisoblaymiz:
2 mln / 5 mln × 100 = 40%

Demak, bu holatda sizning qarz yukingiz 40%.

Qarz yukini hisoblash tartibiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 50% dan oshmasligi tavsiya etiladi. Ba’zi kredit turlarida, masalan ipoteka yoki avtokreditlarda, banklar ko‘rsatkichni 70% gacha ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Qarz yuki hisoblanganda uni ichiga nimalar kiradi?

Bank faqat bitta kreditni emas, barcha majburiyatlarni hisoblaydi: mavjud kreditlar, yangi olinayotgan kredit, siz kafil bo‘lgan kreditlar (agar muammo bo‘lsa)

Daromad ham to‘liq hisoblanadi. Hisob-kitobda faqat maosh emas, balki boshqa daromadlar ham kiradi: oylik ish haqi, pensiya, dividendlar, ijara daromadi va boshqa rasmiy daromadlar.

📌Yodda tuting: Agar daromadingizning yarmidan ko‘pi kreditlarga ketayotgan bo‘lsa, bu moliyaviy xavf hisoblanadi. Chunki: kichik moliyaviy muammo ham to‘lovlarni qiyinlashtiradi, kredit olish ehtimoli kamayadi, rad javobi kredit tarixida qoladi.

✔️ Bankka kredit olish uchun murojaat qilishdan oldin mijoz o’z moliyaviy imkoniyatlarini baholashni tavsiya qilamiz. Daromadning yarmidan ko'pini qarzlarni to'lashga sarflash xavfli. Qarz yukining yuqori darajada bo’lishi moliyaviy qiyinchiliklar vaqtida to'lovlarga dosh bermasdan qarzga botib qolishga olib kelishi mumkin.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1716🔥6
To‘y — hayotimizdagi eng katta bayramlardan biri. Lekin shu bayram uchun ko‘pchiligimiz qarz olamiz.

Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonliklarning 25% dan ko‘prog‘i to‘y uchun kredit oladi.
Ba’zan esa bir kunlik to‘y uchun 50 mln — 100 mln so‘m va undan ham ko‘proq sarflanadi.

Savol tug‘iladi:
Qarzga to‘y qilish qanchalik to‘g‘ri?

Navbatdagi videoyimizda shu haqda gapirib berdik. Oxirigacha ko‘ring — balki to‘y haqidagi fikringiz o‘zgarar.

https://youtu.be/EZXbLCIz_1Y?si=i2-Swog0UusMDobd
14👍8🔥4
❗️Bugun, 16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

💵Ushbu dastur doirasida fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish orqali uy-joy xarid qilishda qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.

Xo‘sh, arizani qanday berish mumkin?

Ipoteka subsidiyasini olish uchun 2 xil usul mavjud:

1️⃣ Davlat xizmatlari markazi orqali

O‘zingizga eng yaqin DXMga (Davlat xizmatlari markazi) shaxsan borishingiz kerak.
Pasport yoki ID kartangiz bilan murojaat qilib, operator yordamida anketa to‘ldirishingiz mumkin.
Arizangiz rasmiy ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.

2️⃣ Onlayn tarzda my.gov.uz orqali

my.gov.uz sayti yoki ilovasiga kirib, "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing.
Elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kiring.
"Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish" xizmatiga o‘tib, anketa to‘ldiring.
Arizangiz qabul qilingani haqida xabar olasiz.

👥 Eʼtibor bering:

🆔 Anketa to‘ldirishda hech qanday qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi.
💳 Barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda davlat maʼlumotlar bazalaridan olinadi.

❗️Muhim eslatma: Ariza topshirish jarayonida OneID tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash maqsadida tegishli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi shart.

📌 Shuningdek, kredit tarixini olishga vaqtincha cheklov o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda, banklar ariza beruvchining kredit tarixini o‘rgana olmaydi va bu holat arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

📆 Arizangiz 4 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
👍 Agar arizangiz maqbul deb topilsa, sizga subsidiya ajratilgani haqida rasmiy xabar keladi.
👎 Agar ariza rad etilsa, sababini bilib olishingiz va keyingi yil qayta ariza topshirishingiz mumkin.

➡️ Ushbu postni subsidiya olmoqchi bo‘lgan tanishingizga jo‘natib qo‘ying.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥4
Sizga qaysi biri qulay?
Anonymous Poll
14%
Davlat xizmatlari markazi orqali
🔥124👍3👎3
Agar bankomat pulni "chaynagan" bo'lsa, nima qilish kerak?

🚨 Kartaga pul o'tkazmoqchi bo'lgan holatlaringizda, bankomat banknotalarni qabul qilishni boshlashi mumkin, ammo operatsiyani oxirigacha bajarmasdan to'xtab qolishi ham mumkin. Bu ko'pincha havo xarorati o’ta issiq yoki sovuq bo'lganda sodir bo'ladi. Buni bankirlarning o'zlari ham tan oladi.

📲Sizga kichik maslahatimiz: qurilma "o’ziga kelishini" bir necha daqiqa kuting. Agar bu ham yordam bermasa, yagona yo'l texnik xizmatga murojaat qilishdir.

🖥 Bu holat albatta yoqimsizdir, chunki mutaxassislar kelishini kutishingiz kerak bo'ladi. Agar buning iloji bo'lmasa, unda bankomatni suratga olish, bankomat joylashgan joyning manzilini eslab qolish va eng yaqin bank filialiga murojaat qilish kerak. Bunday holda yozma ariza berish va mavjud dalillarni taqdim etish kerak bo'ladi.

⚠️ Agar bankomat pulni qabul qilgan, lekin ular hisobraqamga tushmagan bo’lsa nima qilish kerak?

📞 Bunday holat bankomatning noto'g'ri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda, albatta, bank bilan bog'lanish kerak. Bank xodimlari bunday vaziyatda qanday yo’l tutadi? Mijozning haqligini faqat bankomat inkassatsiya qilinganidan keyin isbotlash mumkin.

🔈 Pul hisoblanganidan so'ng, xodimlar ortiqcha miqdorni aniqlaydilar va mijozning arizasida ko'rsatilgan miqdor bilan solishtiradilar. Har bir kredit muassasasida bu masala turli vaqtda hal qilinishi mumkin.

⌛️ Bu bank tomonidan qabul qilingan inkassatsiya qoidalariga bog'liq. Agar o'sha kunni o’zida inkassatsiya o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinsa, mijoz uzoq kutishga majbur bo'lmaydi. Agar bank faqat rejalashtirilgan tartibda naqd pul yig’ishni amalga oshirsa, unda bir hafta, ba'zan esa yarim oy kutish kerak bo'ladi.

🔗 Aksariyat hollarda bank o’z mijozlarini yo‘qotishdan manfaatdor emas, muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qiladi.

⚠️ Noxush vaziyatga tushib qolmaslik uchun kupyuralarni bankomatga yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirish kerak. Agar ular g’ijim yoki shikastlangan bo'lsa, unda ularni boshqa yo'l bilan ishlatish yaxshiroqdir.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🔥2
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin 🤲

Xonadonlaringizga tinchlik, baraka va quvonch olib kirsin 💫

Yaqinlaringiz davrasida baxtli onlar tilaymiz

Pulli Gap jamoasi 💚

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1310🔥5
Bankomatlar pulingizni qabul qilmasa nima qilish kerak?

⚠️Ba’zida bankomatlar kupyuralarni qabul qilmasligi mumkin. Xo'sh, shunday holatlarda nima qilish kerak? Buning sabablari nima bo'lishi mumkin? Biz ushbu postimizda javob topishga harakat qilamiz.

🤔 Nega bankomat kupyuralarni qabul qilmaydi?

💸 Agar kupyura soxta bo'lmasa, aslida hech qanday muammo bo’lishi kerakmas. Lekin bunday vaziyat sodir bo’lsa, quyidagi sabablardan biri bo'lishi mumkin:

1️⃣Kupyuraning yomon holati. U g’ijimlangan, bir qirrasi yirtilgan, yog'li dog'lar yoki kir narsa yopishgan qismlari bo’lishi

2️⃣Xizmatni tanlashda xato qilish. Ehtimol, "pul kiritish" o'rniga "naqd pul olish" yoki "balansni tekshirish" xizmatlari tanlangan bo’lishi mumkin.

3️⃣Yangi banknota. Nazariy jihatdan, agar banknota yangi bo'lsa (yangi chop etilgan ma'noda emas, balki yangi "dizayn" bilan chiqarilgan bo’lsa) va bank xodimlar bankomatning dasturiy ta'minotini yangilashga ulgurmagan bo'lsa, bankomat uni qabul qilmaydi.

4️⃣Bankomat ekranida "pulni kiriting" yozuvi paydo bo'lishidan oldin pul kiritilishi. Pul mablag’lari yozuv chiqqanidan so’ng kiritilishi kerak.

5️⃣Bankomatda begona predmetlar tiqilgan bo’lishi. Bank xodimlari bu holatda ushbu bankomatdan foydalanish kerak emasligi haqida ogohlantiradilar. Bu holat biror mijozning e’tiborsizligi tufayli vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Lekin eng yomoni, bu firibgarlar tomonidan ham qilingan bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday bankomatdan foydalanmaslik kerak.

6️⃣Terminal ishlamasligi.

🔹Agar shunday vaziyatga tushib qolsangiz, vahimaga o'rin yo'q. Sizga bunday vaziyatdan chiqish yo'llarini aytib beramiz:

▫️Agar kupyura g’ijimlangan yoki dog'lar bilan qoplangan bo'lsa, eng oson yechim uni tekislash va qayta urinib ko'rish. Agar bu yo’l yordam bermasa, uni boshqa tomondan aylantirib, bir necha marta urinib ko’rish kerak. Agar yaqin atrofda bank filiali bo'lsa, bank kassasiga murojaat qilib banknotani almashtirish mumkin.

▫️Ekrandagi ma'lumotni tekshirish kerak. Agar xato bo'lsa, ma'lumotlarni qayta kiritish kerak.

▫️Agar banknota yangi bo'lsa va bankomat pulni qabul qilmasligi sababi ham shu bo'lsa, operatsiyani boshqa bankomatda amalga oshirish mumkin. Agar boshqasi ham ishlamasa, bu holda bank bilan bog'lanish kerak.

▫️Agar bankomat mijoz qanday xizmatdan foydalanishini aniqlamagan bo'lsa, ekranda "pulni kiriting" degan yozuv chiqmaydi. Bunday holda, ozgina vaqt sabr qilib kutish kerak.

▫️Bankomatda begona narsalar borligi firibgarlar pulni o'g'irlashni rejalashtirayotganligidan dalil berishi mumkin. Bunday holda, ehtiyot bo'lish kerak. Bank xodimlarini xabardor qilish kerak.

▫️Agar terminal ishlamasa, odatda ekranda bu haqda xabar paydo bo'ladi. Ammo dastur o'z-o'zidan ham qotib qolishi mumkin.

💡Yodda tuting: shunday muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, eng to’gri yo’l bu bankning texnik yordamiga murojaat qilishdir. Odatda bu raqam bankomatning o'zida ko'rsatiladi. Agar raqam ko'rsatilmagan bo'lsa, bankning saytida raqamni topib qo'ng'iroq qilish mumkin. Qo'llab-quvvatlash xizmati dam olish kunlarisiz va bayramlarda ham ishlaydi.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍7🤔4🤝2
💳 Bepul karta xohlaysizmi? Unda bu aksiya aynan siz uchun! 🔥

🗓2026-yil 30-martdan 30-aprelga qadar Agrobank tomonidan mijozlar uchun maxsus aksiya!

Aksiya doirasida siz:
• Uzcard
• Visa Classic kartalarini mutlaqo bepul rasmiylashtirishingiz mumkin 🎉

Sizni yana nimalar kutmoqda
— Karta rasmiylashtirishingiz uchun “Yashil yo‘lak” orqali navbatsiz xizmat
— Dam olish kunlari ham filiallar ishlaydi

📍 O'zingizga yaqin filialga boring va kartangizni bir zumda rasmiylashtirishing!

🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Kartalar haqida batafsil ma'lumot bu yerda

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍9🔥1
1-apreldan nimalar o'zgaradi?

😊 Moliya tizimidagi eng so‘nggi o‘zgarishlarni bitta postga jamladik.

1️⃣ Eskrou (Escrow) tizimi endilikda pulli bo’ladi:
Onlayn va yirik bitimlar (uy, mashina) uchun xizmat haqi limitlari belgilandi:

Ko‘chmas mulk uchun: BHMning 50%igacha (maksimal 206 000 so‘m).
Avtotransport uchun: BHMning 25%igacha (maksimal 103 000 so‘m).
Muhim: Agar xaridor va sotuvchi bitta bankda bo'lsa, komissiya bir marta olinadi. Turli banklarda bo'lsa — har biridan yarim miqdorda.

2️⃣ Faqat "Karta" orqali (Naqd pulsiz to‘lovlar)
Quyidagi xaridlar uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz (karta, mobil ilova) qabul qilinadi:

Yirik xaridlar: 25 mln so‘mdan yuqori bitimlar.
AYOQSH: Avtomobillarga yonilg‘i quyish.
Maxsus: Alkogol va tamaki mahsulotlari xaridi.
Xizmatlar: Kommunal to‘lovlar va Davlat xizmatlari.

3️⃣ Aksiz soliqlari oshadi: Narxlarga ta'siri:

Shakarli ichimliklar: 1 litr uchun 500 so‘mdan 535 so‘mgacha (shakar miqdoriga qarab).
Energetiklar: 1 litr uchun 2 150 so‘m.
Yoqilg‘i: Benzin, dizel va gaz uchun aksiz stavkalari 7%ga oshadi.
Yangi soliq: 1 kg kartoshka chipslari uchun 15 000 so‘m aksiz joriy etilmoqda.

💱 Demak, apreldan boshlab yirik xaridlarda naqd pulni bank kartasiga solib qo'yishni va tranzaksiyalar uchun qo'shimcha komissiyalarni hisobga olishni unutmang.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎4117👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 1-apreldan boshlab radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham haydovchilarga jarima ballari hisoblash boshlanadi.

Qoidabuzarliklarning 20 ga yaqin turi uchun 0,2 balldan 2 ballgacha jarima ballari belgilangan.

Misol uchun: Qizil chiroqda o‘tish — 1 ball deb hisoblanadi.
Boshqa jarimalar haqida batafsil videoda bilib oling:

Batafsil 👇
https://www.instagram.com/reel/DWY8dY0jVI8/?igsh=YmFoZW9ianBlNWNh

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👎10🔥7👍2
😊Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlar: qaysi biri foydaliroq?

💰Omonatlarni turli muddatlarda va shartlarda ochish mumkin. Mablag’larni qisqa muddatli omonat ochish orqali bankka bir yilgacha joylashtirish ham mumkin, bir yildan ortiq muddatga uzoq muddatli omonat ham ochish mumkin. Albatta, banklar uchun uzoq muddatga pul olish foydaliroq va shunga mos ravishda mijozlarga eng yaxshi shartlar taklif etiladi. Misol uchun, mablag’larni uch oy yoki uch yilga omonatga qo’yilishiga qarab, bir xil omonat bo'yicha foiz stavkalari turli xil bo'lishi mumkin.

💡 Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlarning o'ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va potentsial risklari mavjud. To’g’ri tanlov qilishga yordam berish uchun keling, ushbu jihatlarni batafsil ko'rib chiqaylik.

⌛️Qisqa muddatli omonatlar bu moslashuvchanlik va oson foydalanish imkoniyatidir.Ular odatda bir necha oydan bir yilgacha bo'lgan muddatga mablag'larni investitsiya qilishni anglatadi. Bunday omonatlarning asosiy afzalligi ularning moslashuvchanligidir: omonatchilar o'z mablag'laridan qisqa vaqtdan so’ng qayta foydalanishlari mumkin.

Qisqa muddatli omonatlarning afzalliklari:

- Omonatdagi mablag’dan qisqa muddatdan so’ng foydalanish imkoniyati.
- Inflyatsiya yoki foiz stavkalarining o'zgarishi tufayli yo'qotish xavfi kamligi.
- Kelajakda omonatni qayta rasmiylashtirishda yanada qulayroq tariflardan foydalanish imkoniyati.

❗️Shu bilan birga, qisqa muddatli omonatlar bo'yicha foiz stavkalari odatda uzoq muddatli omonatlarga qaraganda pastroq bo'lishini hisobga olish kerak, ya’ni olinadigan daromad kamroq bo’ladi.

🕐 Uzoq muddatli omonatlar esa inflyatsiyadan himoya qiladi va yuqori daromad keltiradi. Ular bir yil yoki undan ko'proq muddatga mablag'larni investitsiya qilishni anglatadi. Ularning asosiy afzalligi qisqa muddatli omonatlarga nisbatan yuqori foiz stavkasi bo'lib, uzoq kelajakda ko'proq daromad keltiradi.

Uzoq muddatli omonatlarning afzalliklari:

- Yuqori foiz stavkalari tufayli yuqori daromad.
- Inflyatsiyadan himoyalanish, ayniqsa barqaror iqtisodiy vaziyatda.
- Uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni rejalashtirish imkoniyati.

📣Shuni yodda tutish kerakki, uzoq muddatli omonatlar ehtiyotkorlik bilan rejalashtirishni talab qiladi, chunki omonatni muddatidan avval yechib olish foizlarning qisman yoki to'liq yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

Qanday qilib tanlov qilish kerak?

Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlarni tanlashda bir nechta asosiy omillarni hisobga olish kerak:

1️⃣Moliyaviy maqsadlaringiz: nima uchun investitsiya qilayotganingizni va sizga mablag'ingiz qachon kerak bo'lishi mumkinligini aniqlab oling.
2️⃣ Joriy iqtisodiy vaziyat: potensial xavflarni baholash uchun bozor va iqtisodiy prognozlarni tahlil qiling
3️⃣ Sizning risklarga bo’lgan munosabatingiz: qisqa muddatli omonatlar risk qilishni afzal ko'rmaydiganlar uchun mos keladi, uzoq muddatli omonatlar esa yuqori risk evaziga ko'proq daromad keltirishi mumkin.

Qisqa muddatli va uzoq muddatli omonatlar o'rtasidagi tanlov ko'plab omillarga, shu jumladan shaxsiy moliyaviy maqsadlarga va joriy iqtisodiy vaziyatga bog'liq. Qanday bo'lmasin, omonatlaringiz iloji boricha samarali bo'lishini ta'minlash uchun bozordagi takliflarni diqqat bilan o'rganib chiqish muhimdir.

TelelgramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍5🔥4👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️1-apreldan gaz quyish shoxobchalarida to‘lovlar naqdsiz shaklga o‘tdi.

Bunga moslashish oson:
infokiosk orqali naqdni kartaga o‘tkazing
ayoqshning o‘zida 1 daqiqada bepul karta oching

📗 Masalan, Agrobank’da kartani navbatsiz va bepul olish mumkin.

Batafsil videoda ⬆️

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1110🤔4👍3
😊Bugungi kunda xarajatlarni nazorat qilish juda muhim. Ayniqsa supermarketga kirganingizda rejasiz xarid qilish oson.

Bugun siz bilan oddiy usullar orqali siz sezilarli darajada qanday qilib pul tejashingiz mumkinligini kartochkalarda ko'rsatamiz

❗️Unutmang: tejash — bu o‘zingizni cheklash emas, balki ongli xarid qilishdir. Reja bilan xarid qilsangiz, oylik byudjetingiz sezilarli darajada yengillashadi.

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2610🔥5👎1