Pulli Gap
31.6K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
💳 Bank xizmatlari ishlamayaptimi? Sababi OneID bo‘lishi mumkin

Endi OneID’da shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni o‘zingiz boshqarasiz.

Agar ruxsat yopiq bo‘lsa, bank siz haqingizdagi ma’lumotlarni ololmaydi.

❗️Shu sabab quyidagi xizmatlar vaqtincha ishlamasligi yoki sekinlashishi mumkin:
— kredit olish
— karta ochish
— hisob raqam ochish
— omonat
— valyuta ayirboshlash va boshqa xizmatlar

🛡 Yechimi oddiy — OneID’da ruxsatni ochish kerak.

Qanday qilib deysizmi? Hozir o'rgatamiz:

1️⃣ id.egov.uz saytiga kiring
2️⃣ ERI yoki Mobile-ID bilan tizimga kiring
3️⃣ “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limini oching
4️⃣ Bank nomi yonidagi 🔒 qulfni oching

📱 Tezkor usul (QR orqali):
— OneID ilovasini yuklab oling
— Mobile-ID yoki MyID bilan kiring
— Kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang

Ruxsat ochildi — bank xizmatlari to‘liq ishlaydi.

Bu yangilik xavfsizlik uchun joriy etilgan. Lekin bank xizmatlaridan foydalanish uchun ruxsat ochiq bo‘lishi shart

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥8
💡 Bir oyda elektr toki uchun qancha pul ketadi?

Oy oxiri. Telefoningizga xabar keladi. “Elektr energiyasi uchun to‘lov…”

Summani ko‘rib, ichingizdan albatta shu o'ylar o‘tadi: “Axir zavod ishlatmayapmiz-ku, shuncha pul qayerdan chiqdi?”

Aslida esa javob juda oddiy. Uyda tinimsiz ishlayotgan texnikalar — televizor, muzlatgich, suv isitgich, konditsioner — har soatda sekin-asta pulingizni “yeydi”. Siz sezmayotgan bo'lsangiz ham.

Keling, oddiy va tushunarli hisob-kitobni ko‘rib chiqamiz:

⚡️ 1 kVt = 600 so‘m deb olamiz.

📺 Televizor (LED)

1 soat: 60 so‘m
Kuniga 5 soat ishlasa: 300 so‘m
Oyiga: 9 000 so‘m

💡LED lampochka

Kuniga o‘rtacha: 144 so‘m
Oyiga: 4 000–4 500 so‘m

📱Telefon zaryadkasi

Oyiga taxminan: 8 000 so‘m

🧊 Muzlatgich (A/A+)

Kuniga: 1 500–2 000 so‘m
Oyiga: 45 000–60 000 so‘m

❄️ Konditsioner (12 lik)

Kuniga 8 soat ishlasa: 5 000–7 000 so‘m
Oyiga: 150 000–200 000 so‘m

🔥 Suv isitgich

Kuniga 2–3 soat ishlasa: 2 000–3 500 so‘m
Oyiga: 60 000–100 000 so‘m

O‘rtacha oila uchun agar uyda: muzlatgich, suv isitgich, konditsioner, TV, lampalar va zaryadkalar bo‘lsa,
👉oylik elektr xarajati bemalol 250 000 – 400 000 so‘mga chiqadi. Va bu — hech qanday isrofsiz foydalangan holatda. Boshqa texnikalar ham bo'lishi mumkin, ular odatda doimiy ravishda ishlatilmaydi. Biz faqat muntazam foydalaniladiganlarni misol tariqasida oldik.

Elektr eng sekin ketayotgandek ko‘rinadi, lekin eng sezilmay pul yeyaydigan xarajat ham shu bo'lib chiqadi.

Konditsionerni keragidan ortiq yoqish, suv isitgichni o‘chirmay qo‘yish, keraksiz chiroqlar — oy oxirida baribir cho‘ntakdan chiqadi.

💡 Elektrni hisob bilan ishlatsangiz — ancha pul o‘zingizda qoladi.

Sizda-chi? Bir oyda "svet" uchun qancha xarajat qilasiz?

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍15👎3🔥3
Bugun havo yomg‘irli… ☔️

Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bormi? 🍿

Aynan shuning uchun sizga pul va biznes haqidagi motivatsion filmlar ro'yxatini tayyorladik. Yomg‘ir tomchilari fon bo‘lsin, siz esa yaxshi film bilan vaqtingizni chog' o‘tkazing 🎬

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📗 Agrobank filiallarida kredit olish endi yanada oson va qulay.

💡Sizni jonli maslahat, aniq javob va tezkor qaror kutmoqda. Ortiqcha kutishlar va tushunarsiz jarayonlarsiz — hammasi shaffof va sodda.

📝Arizangiz atigi 10 daqiqada ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ shu kunning o‘zida hisobingizga o‘tkaziladi.

Agrobank — ishonchli hamkor, tezkor yechim.

📍 Agrobank filiallari manzillarini quyidagi havola orqali bilib oling.

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1917🔥7👎6
😊 Nima uchun soliq to‘lashimiz kerak?

💰Soliq to‘lash — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyoti uchun har bir fuqaroning ongli tanlovidir.

📝Bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma bo‘lib, uning asosida barqaror iqtisodiyot, ijtimoiy kafolatlar va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratiladi.

💡Soliq to‘laganimizda biz nafaqat bugungi kunni, balki farzandlarimizning ertangi hayotini ham o‘ylab ish tutamiz. Chunki aynan soliqlar orqali jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan infratuzilma shakllantiriladi.

🏘️ O‘zbekistonda davlat byudjeti asosan soliq tushumlari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘lar yo‘llar qurilishi, shifoxonalar va maktablar faoliyati, ijtimoiy obyektlar, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

🔗Shuningdek, hayotda kutilmagan vaziyatlar yuz berganda — ishsizlik, kasallik yoki boshqa ijtimoiy qiyinchiliklar paytida davlat aynan to‘langan soliqlar hisobidan aholini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, har bir fuqaroning umumiy byudjetga qo‘shgan hissasi nihoyatda muhimdir.

📊 Soliqlar iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirishning ham muhim asosi hisoblanadi. Ular orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, biznes subyektlari qo‘llab-quvvatlanadi va mamlakat iqtisodiy barqarorligi ta’minlanadi.

❗️Davlat soliqlariga quyidagilar kiradi: daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona boji, aksiz solig‘i, og‘ir transport vositalari solig‘i, tadbirkorlik bilan bog‘liq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.

Ko‘pincha davlat byudjeti eng muhim uchta soliq — daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq hisobidan moliyalashtiriladi.

🚗 Mahalliy soliqlarga esa reklama solig‘i, yo‘llar solig‘i, avtotransport solig‘i hamda transport vositalari uchun to‘lovlar kiradi.

Soliq to‘lash — bu davlat rivojiga befarq bo‘lmaslik, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va kelajakka sarmoya kiritish demakdir. Har bir to‘langan so‘m — bu yaxshiroq yo‘llar, sifatli ta’lim, kuchli tibbiyot va barqaror iqtisodiyot sari tashlangan qadamdir.

⭐️ Bugun soliq to‘laymiz — ertangi kunni birga quramiz.

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👎15👍5🤝4
☕️ Oramizda qahva sevuvchilar bormi?

Har kuni bir finjon qahva — oddiy odatdek tuyuladi.

Lekin shu finjon ortida nima borligini bilasizmi?

🎥 Yangi videoda qahva qanday qilib tog‘ etaklaridan dunyo bozoriga chiqishini, nega siz to‘layotgan pulning atigi 10% i fermerga yetib borishini ochib beramiz.

👉 To‘liq videoni YouTubeda ko‘ring: https://youtu.be/fa2tXDJbHFw?si=sIvVUjafwfxC__Pm
👍109
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bankomat kartangizni "yutib" yubordimi?

Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Bu haqda batafsil bankomatning o'zi tushuntirib beradi.

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
👍4620🔥10🤝1
🤔2415🤝13👎7
📌 Agrobank taqdim etayotgan omonatlar ro'yxati

1️⃣ Sandiq
💰 Minimal miqdori - onlayn 100 000 so‘m
📁 Offlayn - 1 000 000 so’m
Muddati - 18 oy
↗️ Foiz stavkasi - 21%

2️⃣ Progress
💰 Minimal miqdori - 500 000 so‘m
Muddati - 13 oy
↗️ Foiz stavkasi - 21%

3️⃣ Stimul
💰 Minimal miqdori - $100
Muddati - 24 oy
↗️ Foiz stavkasi - 5.5% gacha

4️⃣ Komfort
💰 Minimal miqdori - 500 000 so‘m
Muddati - 13 oy
↗️ Foiz stavkasi - 21%

5️⃣ Baxtli bolalik
💰 Minimal miqdori - 100 000 so'm
Muddati - 36, 60, 120 oygacha
↗️ Foiz stavkasi -14 %

6️⃣ Premium
💰 Minimal miqdori - $100
Muddati - 24 oygacha
↗️ Foiz stavkasi - 7% gacha

7️⃣ Nihol
💰 Minimal miqdori - 1 mln so‘m
Muddati - 13 oy
↗️ Foiz stavkasi - 20% gacha

Qaysi omonat turi haqida batafsil ma'lumot olishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍14👎8
❗️2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda

👇Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qabul qilinadi:

Davlat xizmatlari
Elektr energiyasi, gaz va suv to‘lovlari
Alkogol va tamaki mahsulotlari
AYOQSh orqali yoqilg‘i olish va elektromobillarni zaryadlash
25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar
Ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalari oldi-sotdisi

💳 To‘lovlarni bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

❗️ Shuni unutmang, qulaylik, shaffoflik va xavfsizlik — naqdsiz to‘lovlarning asosiy afzalliklaridan biri.

🚀 Bu postni faqat naqd pul ishlatadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍20👎1813🤔4🔥3
🏠 Yangi uy sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Yangi uy sotib olish — bu nafaqat katta moliyaviy qaror, balki kelajakdagi qulay va xavfsiz hayotingizni belgilovchi muhim qadamdir. Har bir xaridor uchun eng muhim savol shuki, uy qulay, xavfsiz va sizning oilangizga mos bo‘lishi kerak.

Xo'sh, xato qilmaslik uchun qaysi jihatlarga e’tibor berisjh kerak? Keling ayrimlarini ko'rib chiqamiz.

1️⃣Joylashuv

Uy tanlashda birinchi e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan biri — albatta uning joylashuvi. Uyingiz qaysi hududda joylashganini, atrof-muhitini bilish muhim. Shu bilan birga, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, supermarket, transport va boshqa qulayliklar mavjudligi hayotingizni yanada osonlashtiradi ✔️

Bundan tashqari, hududning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olish lozim — shunda siz nafaqat qulay yashash joyiga ega bo‘lasiz, balki uyning qiymati ham vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin.

2️⃣Uyning sifati

Yangi uy sotib olayotganda uning sifatini diqqat bilan tekshirish juda muhim. Qurilish materiali sifatli ekanligini nazorat qiling, devor, pol va shiftning holatini baholang. Shuningdek, suv, elektr va isitish tizimlarining ishlashini sinab ko‘ring, shunda kelajakda muammolar paydo bo‘lishining oldini olasiz 🔍

3️⃣ Rejalashtirish va maydon

Uy sotib olayotganda uning rejalashtirilishi va maydoniga e’tibor qaratish kerak. Xonalar qulay joylashganligi, oila a’zolari uchun yetarli joy borligi muhim. Shuningdek, balkoni, garaji yoki saqlash joylarining mavjudligini tekshirish lozim, shunda har bir oila a’zosi uchun qulaylik yaratiladi va kundalik hayot osonlashadi.

4️⃣ Hujjatlar va rasmiyatchilik

Yangi uy sotib olayotganda hujjatlar va rasmiy tasdiqlar eng muhim jihatlardan biridir. Uy mulki va huquqi rasmiy tasdiqlanganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, shartnoma va garov hujjatlarini diqqat bilan o‘qish lozim, shunda kelajakda muammolar va tushunmovchiliklarning oldi olinadi ✉️

5️⃣ Narx va moliyaviy jihat

Uy sotib olayotganda uning narxi va moliyaviy shartlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish zarur. Avvalo, bozor narxlari bilan solishtiring, shunda adolatli qiymatni aniqlashingiz mumkin. Shuningdek, kredit yoki to‘lov shartlarini oldindan rejalashtiring, shunda xarid sizga moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz bo‘ladi 📈

6️⃣Kelajakda qiymati

Uy sotib olayotganda uning kelajakdagi qiymatini ham hisobga olish muhim. Uy qiymati oshishi mumkinligini baholang va hududning infratuzilmasi hamda rivojlanishi sizning sarmoyangizga qanday ta’sir qilishini o‘rganing. Shunday qilib, xarid nafaqat qulay yashash, balki kelajakda foydali investitsiya ham bo‘ladi 📊

🗣️ Yangi uy sotib olayotganda shoshilmaslik va har bir detalni diqqat bilan tekshirish muhim. Shu tarzda uy nafaqat qulay yashash uchun ideal bo‘ladi, balki kelajakda foydali sarmoyaga ham aylanadi.

Siz yangi uy tanlashda yana qaysi jihatlarga e’tibor berasiz?

TelelgramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍10🔥6🤝3👎1
Rossiyada olingan mikroqarzlar O‘zbekistonda qanday tartibda undirilishi mumkin?

Bu jarayonda qarzdorni nima kutadi, qaysi hollarda qarz undiriladi yoki undirilmaydi?

🎥 Videoni ko‘rish davomida shu va boshqa muhim savollarga javob olasiz.

📌 Obuna bo‘ling va Pulli Gap’ning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang

https://youtu.be/DVgEL-WaR0M?si=btd66d4NpNW0ItRX
9👍6👎3
Eshitdingizmi? Endi pul o‘tkazishda “sababi”ni ham aytasiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yana yangilik bilan chiqdi.

💱Endilikda mobil ilova orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmasini qilayotganingizda majburiy ravishda “o‘tkazma maqsadi”ni tanlaysiz. Shunchaki summa kiritib yuborish davri asta-sekin tugayapti.

Hozir ayrim ilovalarda bu funksiya ishlayapti, boshqalarida esa tez orada paydo bo‘lishi kutilmoqda. Talab bajarilmasa, regulyator choralar ko‘rishi mumkinligi aytilgan.

😊Pul yuborayotganda quyidagi 16 maqsaddan birini belgilash kerak bo‘ladi:

1️⃣ Tovar yoki savdo uchun to‘lov
2️⃣ Ovqatlanish va taom xarajatlari
3️⃣ Qarzni qaytarish
4️⃣ Yordam puli
5️⃣Oila yoki qarindoshlarga o‘tkazma
6️⃣ Sovg‘a
7️⃣ Yetkazib berish haqi
8️⃣ Ijara to‘lovi
9️⃣ Kommunal to‘lovlar
1️⃣0️⃣ Safar xarajatlari
1️⃣1️⃣ Ta’lim xarajatlari
1️⃣2️⃣ Tibbiy xarajatlar
1️⃣3️⃣ Xayriya
1️⃣4️⃣ Minnatdorchilik uchun (choypuli)
1️⃣5️⃣ O‘yin-kulgi xarajatlari
1️⃣6️⃣ Investitsiya o‘tkazmalari

🤔 Qiziq joyi shundaki, endi oddiy “do‘stga pul tashlash” ham rasmiy kategoriya bilan ketadi.

Sizningcha, bu qulaylikmi yoki ortiqcha byurokratiyami? 👀

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎152🤔16👍1311
💰 Eksport qilayapsizmi? Pulni 120 kun kutmang!

Tadbirkorlar bunday holatlarni yaxshi biladi: eksportda eng katta muammolardan biri — to‘lovni kutish. Shartnoma bor, tovar yetkazilgan, lekin pul ba’zan 60–90, hatto 120 kundan keyin keladi.

Bu vaqt ichida esa kompaniyada aylanma mablag‘ yetishmasligi mumkin.

Shu yerda sizga xalqaro faktoring yordamga keladi.

📌 Xo'sh, bu qanday ishlaydi?

Agar siz xorijiy hamkorga tovarni kechiktirilgan to‘lov bilan sotgan bo‘lsangiz, bank sizga shu hisob-faktura asosida pulni oldindan moliyalashtirib beradi. Keyin esa to‘lovni debitorning o‘zidan qabul qiladi.

Jarayon oddiy:

1️⃣ Siz tovarni eksport qilasiz
2️⃣ Bank sizga pulni oldindan beradi
3️⃣ Keyin xorijiy xaridor bankka to‘laydi

Natijada tadbirkor aylanma mablag‘siz qolmaydi.

📊 Asosiy shartlari qanday:

— moliyalashtirish valyutasi: dollar, yevro va boshqa valyutalar
— minimal summa: 10 000 AQSh dollari
— maksimal limit: 500 000 AQSh dollarigacha
— to‘lovni kechiktirish muddati: 120 kungacha

👨‍💼 Kimlar foydalanishi mumkin?

Bu instrument asosan:

- eksport bilan shug‘ullanadigan
- yuridik shaxs bo‘lgan
- kamida 12 oydan beri faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.

📈 Nega bu muhim?

Chunki eksportda asosiy muammo — pul aylanishining sekinligi.

Faktoring esa:

✔️ aylanma mablag‘ni tezlashtiradi
✔️ yangi kontraktlar olishga yordam beradi
✔️ kompaniya likvidligini saqlaydi

Qisqasi, tovar sotildi — pulni kutib o‘tirish shart emas.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
27👍8
8-mart bayrami arafasida yigitlardan qancha pul sarflashlari bilan qiziqdik.

Videoni tomosha qiling. 🎥

Siz-chi? Qancha pul sarfladingiz?

https://www.instagram.com/reel/DVgCNxejbea/?igsh=bHpzZjJhMHJsNmJu
8👍5👎2
🏠Toshkentda ijara uyini tez va oson topish usullari

Toshkentda ijara uy topish ba’zan qiyin tuyulishi mumkin. Lekin to‘g‘ri manbalar va usullarni bilsangiz, mos uy topish ancha tezlashadi. Quyida eng oddiy va samarali usullarni ko‘rib chiqamiz.

1️⃣ Telegram kanallaridan foydalanish

Hozirda Toshkentda ijara uylarning katta qismi Telegram orqali e’lon qilinadi. Ko‘plab kanallarda har kuni yangi takliflar chiqadi.

Masalan, Telegramdagi ijara guruhlarini: Toshkent ijara uylar, Kvartira ijarasi Toshkent kabi kalit so'zlar orqali topishingiz mumkin. Bu yerda afzallik shundaki, yangi e’lonlar tez chiqadi va ko‘pincha vositachisiz variantlarni ham topish mumkin.

2️⃣ E’lon saytlaridan qidirish

Maxsus e’lon saytlarida uylarni hudud, narx va xonalar soni bo‘yicha filtrlab qidirish mumkin.

Eng mashhurlari: OLX, UyBor, joymee kabilar. Bu saytlarning qulayligi — rasmlar, narx va joylashuvni oldindan ko‘rish mumkin.

3️⃣ Makler (vositachi) orqali izlash

Agar tezroq topmoqchi bo‘lsangiz, makler orqali ham uy topish mumkin. Ular odatda mos variantlarni tezroq taklif qiladi. Lekin shuni hisobga oling: xizmat haqi odatda 50% yoki 100% oylik ijara narxi bo‘lishi mumkin.

4️⃣ Tanishingiz orqali qidirish

Ko‘pincha eng yaxshi variantlar tanishlar orqali topiladi. Do‘stlar, qarindoshlar yoki hamkasblardan so‘rab ko‘ring. Ba’zi uy egalari e’lon bermasdan ijaraga berishadi.

5️⃣ Hudud bo‘yicha yurib qidirish

Ba’zi mahallalarda uy egalari “ijaraga beriladi” degan yozuvni deraza yoki darvozaga ilib qo‘yishadi. Ayniqsa eski uylar joylashgan hududlarda bu usul ishlaydi.

Masalan Toshkentning quyidagi hududlarida ko‘p uchraydi: Chilonzor, Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek

6️⃣ Facebook guruhlaridan foydalanish

Ba’zi uy egalari e’lonlarni Facebook guruhlarida ham joylaydi. Ayniqsa yangi qurilgan uylar yoki uzoq muddatli ijara variantlari ko‘p chiqadi.
Masalan: Facebook dagi “Kvartira ijarasi Toshkent” guruhlari.

📢Foydali maslahat: Uy tanlayotganda shartnoma qilish, oldindan katta pul bermaslik va uy hujjatlarini tekshirish juda muhim.

Siz-chi? Yana qanday usullardan foydalangansiz?

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍4🔥3👎1