Passiv daromad nima?
💰 Passiv daromad — bu har kuni ishlamasangiz ham kelib turadigan daromad. Ya’ni, siz bir marta mehnat qilasiz, vaqt yoki pul tikasiz, keyin esa u o‘zi ishlay boshlaydi.
Oddiy misol:
Do‘kon ochish — aktiv daromad (har kuni turib ishlaysiz)
Ijaraga uy berish — passiv daromad (oy oxirida pul keladi)
Passiv daromad sizni vaqtga bog‘lab qo‘ymaydi. Siz dam olayotganingizda ham, uxlayotganingizda ham u ishlashi mumkin.
Xo'sh, keling uning asosiy turlarini ko'rib chiqamiz:
1️⃣ Ko‘chmas mulk (ijara)
Kvartira, hovli yoki noturar joyni ijaraga berish. Eng ishonchli va tushunarli yo‘l. Kam risk, barqaror daromad
2️⃣ Bank va moliyaviy instrumentlar
Omonat, obligatsiyalar, dividend beradigan aksiyalar. Pul sizniki, bank yoki kompaniya ishlatadi — foizi sizga.
3️⃣ Onlayn passiv daromad
YouTube kanali, kurs yoki elektron kitob, Telegram kanal orqali reklama. Avval mehnat qilasiz, keyin daromad avtomatik ravishda keladi.
4️⃣ Biznesdagi ulush
Kimningdir biznesiga sarmoya kiritasiz. Siz ishlamaysiz, faqatgina foydadan ulush olasiz. Bu yerda eng muhimi — ishonch va shartnoma.
😊 Nimadan boshlash mumkin?
1️⃣ Darhol katta pul shart emas
Passiv daromad millionlardan boshlanmaydi. Muhimi — boshlash. Bugun 1 mln bilan, ertaga 10 mln bilan.
2️⃣ O‘zingiz tushunadigan yo‘lni tanlang
Agar ko‘chmas mulkni tushunsangiz — ijara. Agar internetni bilsangiz — onlayn yo‘nalish.
3️⃣ Daromadni yana sarmoyaga aylantiring
Olingan foydani sarflab yubormang. Uni yana daromad keltiradigan joyga qo‘ying.
4️⃣ Shoshilmang, lekin kechiktirmang
Passiv daromad — bu marafon. Qancha erta boshlasangiz, shuncha tez natija ko‘rasiz.
❗️ Passiv daromad — bu boylarning siri emas. Bu — aqlli reja va sabr mevasi. Bugun kichik qadam qo‘ysangiz, ertaga pul siz uchun ishlaydi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Oddiy misol:
Do‘kon ochish — aktiv daromad (har kuni turib ishlaysiz)
Ijaraga uy berish — passiv daromad (oy oxirida pul keladi)
Passiv daromad sizni vaqtga bog‘lab qo‘ymaydi. Siz dam olayotganingizda ham, uxlayotganingizda ham u ishlashi mumkin.
Xo'sh, keling uning asosiy turlarini ko'rib chiqamiz:
Kvartira, hovli yoki noturar joyni ijaraga berish. Eng ishonchli va tushunarli yo‘l. Kam risk, barqaror daromad
Omonat, obligatsiyalar, dividend beradigan aksiyalar. Pul sizniki, bank yoki kompaniya ishlatadi — foizi sizga.
YouTube kanali, kurs yoki elektron kitob, Telegram kanal orqali reklama. Avval mehnat qilasiz, keyin daromad avtomatik ravishda keladi.
Kimningdir biznesiga sarmoya kiritasiz. Siz ishlamaysiz, faqatgina foydadan ulush olasiz. Bu yerda eng muhimi — ishonch va shartnoma.
1️⃣ Darhol katta pul shart emas
Passiv daromad millionlardan boshlanmaydi. Muhimi — boshlash. Bugun 1 mln bilan, ertaga 10 mln bilan.
2️⃣ O‘zingiz tushunadigan yo‘lni tanlang
Agar ko‘chmas mulkni tushunsangiz — ijara. Agar internetni bilsangiz — onlayn yo‘nalish.
3️⃣ Daromadni yana sarmoyaga aylantiring
Olingan foydani sarflab yubormang. Uni yana daromad keltiradigan joyga qo‘ying.
4️⃣ Shoshilmang, lekin kechiktirmang
Passiv daromad — bu marafon. Qancha erta boshlasangiz, shuncha tez natija ko‘rasiz.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46❤27🔥8🤝3
Kitob yoki pul?
Bu safar obunachilarimizda shu ikkita tanlov bor edi.
Siz nimani tanlagan bo'lardingiz?
Videoni tomosha qiling:
https://www.instagram.com/reel/DUIiDRoDdEh/?igsh=MW8yY3Z4bWh0a21vMA==
Bu safar obunachilarimizda shu ikkita tanlov bor edi.
Siz nimani tanlagan bo'lardingiz?
Videoni tomosha qiling:
https://www.instagram.com/reel/DUIiDRoDdEh/?igsh=MW8yY3Z4bWh0a21vMA==
🔥10❤5👍4
❤11🤔3
Hammaga ma'lum, ipoteka krediti katta va uzoq muddatli majburiyatdir.
Qarzni to'lash uchun ajratilgan yillar davomida hatto eng ishonchli qarz oluvchining moliyaviy ahvoli keskin o'zgarishi mumkin.
Agar kreditni to'lay olmasangiz, bu kvartirangizni yo'qotishingizni anglatmaydi, lekin bu masalani hal qilishni kechiktirmaslik kerak. Sizga bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini va qanday ssenariylar bo'lishi mumkinligini aytib beramiz.
Qisqasi, yo'q. Siz shunchaki to'lashni to'xtata olmaysiz va daromad manbangizni tiklaganingizda hamma narsa o'z-o'zidan hal bo'ladi deb umid qila olmaysiz. Ipoteka krediti odatda katta miqdordagi summada olinadi, bank bu jarayonni o'z holicha kechishiga yo'l qo'ymaydi va bir necha oy davomida shunchaki telefon qo'ng'iroqlari bilan cheklanmaydi. Kechikishlar kredit tarixingizni buzishi aniq, yetmaganiga birinchi oydan boshlab bank jarima sola boshlaydi.
Bu aynan nima uchun to'lay olmasligingiz sababiga va sabab vaqtinchalikmi yoki vaziyat o'zgarishi mumkinligiga bog'liq. Har holda, birinchi qadam bank bilan bog'lanish va yuzaga kelgan muammolardan ularni xabar qilish bo'ladi.
Ba'zi qiyin vaziyatlarda, yaqin kelajakda moliyaviy ahvolni tiklash mumkin emasligi aniq bo’ladi: masalan, oila a'zolaridan biri qimmat davolanishga muhtoj bo'lganda. Yoki daromad manbaidan ayrilganda. Bunday holda, eng yaxshi yechim - kvartirani krediti bilan birga sotish - ya'ni ipotekani o'ziga o'tkazadigan xaridorni topish. Uyingizning haqiqiy narxi qarz qoldig'i hisobiga kamayadi va siz o'z qo'lingizda farqni olasiz. Kvartira, uni sotib olish uchun kredit bilan birga, yangi egasiga o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz: ko'chmas mulkni krediti bilan sotish uchun Bankning oldindan roziligi talab qilinadi.
Agar siz hech narsa qilmasangiz va shunchaki ipotekani to'lamasangiz, Bank sudga murojaat qiladi va da'voni qanoatlantirgandan so'ng, mol-mulk oxir-oqibat auksion orqali Bank balansiga o'tkaziladi va u yetkazilgan zararni qoplash uchun uni sotadi.
Kvartira garov predmeti bo'lsa-da, bank kvartirani olib, sizni ko'chada qoldirishga haqli emas. Bunda kvartira sud qarori bilan ochiq kim oshdi savdosida bozor narxida sotiladi. Kvartirani sotishdan tushgan pul birinchi navbatda kreditni to'lash uchun sarflanadi, qolgan summa mijozga qaytariladi. Ko'chmas mulk narxlari doimiy ravishda o'sib bormoqda, shuning uchun siz qarzdor bo'lib qolsangiz ham, bu kvartiraning narxi siz kredit olganingizdagiga nisbatan sezilarli darajada oshishi bilan bog'liq bo'ladi. Agar siz kvartirangizni kim oshdi savdosida sotsangiz ham, siz katta miqdorda pul olasiz. Balki kvartirani sotganingizdan keyin qolgan mablag' sizga oddiyroq uy sotib olishingiz uchun yetarli bo'ladi va siz ko'chada qolmaysiz.
Birinchidan, kvartira har doim ham jozibali narxga sotilmaydi, chunki har bir bank o'z balansida likvid bo'lmagan mulkni saqlashdan manfaatdor emas. Bunday vaziyatda qarz oluvchi hech narsasiz qolishi mumkin.
Ikkinchidan, ipoteka kreditini olishdan oldin, shunchaki rieltor yoki agent bilan emas, balki professional ipoteka bo'yicha mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak.
Ipoteka kreditini olishda barcha shart-sharoitlaringizdan kelib chiqib qaror chiqaring.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤48👍7🔥4🤝1
Siz qaysi avlodga mansubsiz? 👀
📼 Kassetadan qo‘shiq yozganlardanmisiz?
💿 Disk tanlab yurganmisiz?
📱 Yoki hammasi onlayn bo‘lgan davr farzandimisiz?
Har bir avlodning o‘z xotiralari, odatlari va “nostalgiya nuqtasi” bor.
Izohlarda yozing: qaysi avloddansiz? 👇
https://www.instagram.com/reel/DUD4ffnjRI2/?igsh=MW5yenhvbDUzNHI4Yg==

❤20🤔3🔥2
💳 Bank xizmatlari ishlamayaptimi? Sababi OneID bo‘lishi mumkin
Endi OneID’da shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni o‘zingiz boshqarasiz.
Agar ruxsat yopiq bo‘lsa, bank siz haqingizdagi ma’lumotlarni ololmaydi.
❗️Shu sabab quyidagi xizmatlar vaqtincha ishlamasligi yoki sekinlashishi mumkin:
— kredit olish
— karta ochish
— hisob raqam ochish
— omonat
— valyuta ayirboshlash va boshqa xizmatlar
🛡 Yechimi oddiy — OneID’da ruxsatni ochish kerak.
Qanday qilib deysizmi? Hozir o'rgatamiz:
1️⃣ id.egov.uz saytiga kiring
2️⃣ ERI yoki Mobile-ID bilan tizimga kiring
3️⃣ “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limini oching
4️⃣ Bank nomi yonidagi 🔒 qulfni oching
📱 Tezkor usul (QR orqali):
— OneID ilovasini yuklab oling
— Mobile-ID yoki MyID bilan kiring
— Kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang
✅ Ruxsat ochildi — bank xizmatlari to‘liq ishlaydi.
Bu yangilik xavfsizlik uchun joriy etilgan. Lekin bank xizmatlaridan foydalanish uchun ruxsat ochiq bo‘lishi shart
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Endi OneID’da shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni o‘zingiz boshqarasiz.
Agar ruxsat yopiq bo‘lsa, bank siz haqingizdagi ma’lumotlarni ololmaydi.
❗️Shu sabab quyidagi xizmatlar vaqtincha ishlamasligi yoki sekinlashishi mumkin:
— kredit olish
— karta ochish
— hisob raqam ochish
— omonat
— valyuta ayirboshlash va boshqa xizmatlar
🛡 Yechimi oddiy — OneID’da ruxsatni ochish kerak.
Qanday qilib deysizmi? Hozir o'rgatamiz:
📱 Tezkor usul (QR orqali):
— OneID ilovasini yuklab oling
— Mobile-ID yoki MyID bilan kiring
— Kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang
✅ Ruxsat ochildi — bank xizmatlari to‘liq ishlaydi.
Bu yangilik xavfsizlik uchun joriy etilgan. Lekin bank xizmatlaridan foydalanish uchun ruxsat ochiq bo‘lishi shart
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥8
Oy oxiri. Telefoningizga xabar keladi. “Elektr energiyasi uchun to‘lov…”
Summani ko‘rib, ichingizdan albatta shu o'ylar o‘tadi: “Axir zavod ishlatmayapmiz-ku, shuncha pul qayerdan chiqdi?”
Aslida esa javob juda oddiy. Uyda tinimsiz ishlayotgan texnikalar — televizor, muzlatgich, suv isitgich, konditsioner — har soatda sekin-asta pulingizni “yeydi”. Siz sezmayotgan bo'lsangiz ham.
Keling, oddiy va tushunarli hisob-kitobni ko‘rib chiqamiz:
1 soat: 60 so‘m
Kuniga 5 soat ishlasa: 300 so‘m
Oyiga: 9 000 so‘m
Kuniga o‘rtacha: 144 so‘m
Oyiga: 4 000–4 500 so‘m
Oyiga taxminan: 8 000 so‘m
Kuniga: 1 500–2 000 so‘m
Oyiga: 45 000–60 000 so‘m
Kuniga 8 soat ishlasa: 5 000–7 000 so‘m
Oyiga: 150 000–200 000 so‘m
Kuniga 2–3 soat ishlasa: 2 000–3 500 so‘m
Oyiga: 60 000–100 000 so‘m
O‘rtacha oila uchun agar uyda: muzlatgich, suv isitgich, konditsioner, TV, lampalar va zaryadkalar bo‘lsa,
Elektr eng sekin ketayotgandek ko‘rinadi, lekin eng sezilmay pul yeyaydigan xarajat ham shu bo'lib chiqadi.
Konditsionerni keragidan ortiq yoqish, suv isitgichni o‘chirmay qo‘yish, keraksiz chiroqlar — oy oxirida baribir cho‘ntakdan chiqadi.
Sizda-chi? Bir oyda "svet" uchun qancha xarajat qilasiz?
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍15👎3🔥3
Bugun havo yomg‘irli… ☔️
Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bormi?🍿
Aynan shuning uchun sizga pul va biznes haqidagi motivatsion filmlar ro'yxatini tayyorladik. Yomg‘ir tomchilari fon bo‘lsin, siz esa yaxshi film bilan vaqtingizni chog' o‘tkazing🎬 ✨
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bormi?
Aynan shuning uchun sizga pul va biznes haqidagi motivatsion filmlar ro'yxatini tayyorladik. Yomg‘ir tomchilari fon bo‘lsin, siz esa yaxshi film bilan vaqtingizni chog' o‘tkazing
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31🔥14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ shu kunning o‘zida hisobingizga o‘tkaziladi.
Agrobank — ishonchli hamkor, tezkor yechim.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19❤17🔥7👎6
🏘️ O‘zbekistonda davlat byudjeti asosan soliq tushumlari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘lar yo‘llar qurilishi, shifoxonalar va maktablar faoliyati, ijtimoiy obyektlar, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👎15👍5🤝4
☕️ Oramizda qahva sevuvchilar bormi?
Har kuni bir finjon qahva — oddiy odatdek tuyuladi.
Lekin shu finjon ortida nima borligini bilasizmi?
🎥 Yangi videoda qahva qanday qilib tog‘ etaklaridan dunyo bozoriga chiqishini, nega siz to‘layotgan pulning atigi 10% i fermerga yetib borishini ochib beramiz.
👉 To‘liq videoni YouTubeda ko‘ring: https://youtu.be/fa2tXDJbHFw?si=sIvVUjafwfxC__Pm

YouTube
Kofe nega qimmat?
Bir litr cola — 11 ming.
Bir litr sut — 12 ming.
Bitta kofe — 25 ming so‘m.
Bu shunchaki inflyatsiyami? Yoki bu narx ortida biz bilmaydigan tizim bormi?
Bu videoda siz Kolumbiyadagi oddiy fermer — Pedro orqali butun global kofe tizimini ko‘rasiz.
300 ta…

👍10❤9
Sizda ortiqcha 1000$ bor. Qaysi yo'lni tanlaysiz? 🤔
Anonymous Poll
5%
32%
16%
4%
43%
🤔24❤15🤝13👎7
1️⃣ Sandiq
3️⃣ Stimul
4️⃣ Komfort
Qaysi omonat turi haqida batafsil ma'lumot olishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍14👎8
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍20👎18❤13🤔4🔥3
Yangi uy sotib olish — bu nafaqat katta moliyaviy qaror, balki kelajakdagi qulay va xavfsiz hayotingizni belgilovchi muhim qadamdir. Har bir xaridor uchun eng muhim savol shuki, uy qulay, xavfsiz va sizning oilangizga mos bo‘lishi kerak.
Uy tanlashda birinchi e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan biri — albatta uning joylashuvi. Uyingiz qaysi hududda joylashganini, atrof-muhitini bilish muhim. Shu bilan birga, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, supermarket, transport va boshqa qulayliklar mavjudligi hayotingizni yanada osonlashtiradi
Bundan tashqari, hududning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olish lozim — shunda siz nafaqat qulay yashash joyiga ega bo‘lasiz, balki uyning qiymati ham vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin.
Yangi uy sotib olayotganda uning sifatini diqqat bilan tekshirish juda muhim. Qurilish materiali sifatli ekanligini nazorat qiling, devor, pol va shiftning holatini baholang. Shuningdek, suv, elektr va isitish tizimlarining ishlashini sinab ko‘ring, shunda kelajakda muammolar paydo bo‘lishining oldini olasiz
Uy sotib olayotganda uning rejalashtirilishi va maydoniga e’tibor qaratish kerak. Xonalar qulay joylashganligi, oila a’zolari uchun yetarli joy borligi muhim. Shuningdek, balkoni, garaji yoki saqlash joylarining mavjudligini tekshirish lozim, shunda har bir oila a’zosi uchun qulaylik yaratiladi va kundalik hayot osonlashadi.
Yangi uy sotib olayotganda hujjatlar va rasmiy tasdiqlar eng muhim jihatlardan biridir. Uy mulki va huquqi rasmiy tasdiqlanganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, shartnoma va garov hujjatlarini diqqat bilan o‘qish lozim, shunda kelajakda muammolar va tushunmovchiliklarning oldi olinadi
Uy sotib olayotganda uning narxi va moliyaviy shartlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish zarur. Avvalo, bozor narxlari bilan solishtiring, shunda adolatli qiymatni aniqlashingiz mumkin. Shuningdek, kredit yoki to‘lov shartlarini oldindan rejalashtiring, shunda xarid sizga moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz bo‘ladi
Uy sotib olayotganda uning kelajakdagi qiymatini ham hisobga olish muhim. Uy qiymati oshishi mumkinligini baholang va hududning infratuzilmasi hamda rivojlanishi sizning sarmoyangizga qanday ta’sir qilishini o‘rganing. Shunday qilib, xarid nafaqat qulay yashash, balki kelajakda foydali investitsiya ham bo‘ladi
Siz yangi uy tanlashda yana qaysi jihatlarga e’tibor berasiz?
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍10🔥6🤝3👎1