1-yanvardan nimalar o'zgaradi?
😊 Pulli Gap O'zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi.
1️⃣ Eskrou tizimi joriy etiladi
Prezidentning tegishli farmoni bilan qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi maqsadida eskrou tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, endi barcha quruvchilar ulush kiritish asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oshirishi majburiy bo‘ladi.
Eskrou tizimi qanday ishlaydi?
Mijozlar hali bitmagan uy uchun pulni quruvchiga to‘lamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qo‘yadi va bu pullar toki uy bitmaguncha quruvchining qo‘liga berilmaydi.
2️⃣ Ekologik transport stikerlari
Toshkent shahrida "Ekologik transport" tizimi birinchi bosqichda joriy etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarorida keltirib o‘tilgan.
3️⃣ Moped va skuter haydovchilaridan “prava” so‘raladi
O‘zbekistonda moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi va ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Hujjatga ko‘ra, moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3.gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun «A1» haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Individual harakatlanish vositalari bundan mustasno.
4️⃣ Maktab direktorlariga ustama
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
5️⃣ Ehsonlar naqd pulda yigʻilmaydi
2026-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Uchtepa va Mirobod tumanlarida qabriston hududidagi plombalangan turg‘un metall qutilarda xayr-ehsonlarni yig‘ishni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish tartibi bekor qilinadi. Turg‘un metall qutilarga o‘rnatilgan QR-kod tasviri vositasida bank plastik kartalari orqali naqd pulsiz onlayn shaklda ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish joriy etiladi.
6️⃣ Bepul tibbiy yordam
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.
7️⃣ "President AI Award" tanlovi
Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap» (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤40👍13💔1
Bugun — yilning birinchi kuni. Shu munosabat bilan siz uchun pul va uni to‘g‘ri boshqarish haqida ilhom beruvchi kinolarni jamladik 🎬 💰
Dam olish kunlari “qaysi kinoni ko‘rsam ekan?” deb o‘ylayotganlar uchun ayni muddao.
Foydali, qiziqarli va motivatsiyaga boy tanlov — siz uchun maxsus✨
Izohlarda qaysi birini ko'rganingiz haqida yozib qoldiring
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Dam olish kunlari “qaysi kinoni ko‘rsam ekan?” deb o‘ylayotganlar uchun ayni muddao.
Foydali, qiziqarli va motivatsiyaga boy tanlov — siz uchun maxsus
Izohlarda qaysi birini ko'rganingiz haqida yozib qoldiring
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤20🤝4🔥2
🍞 Non har kuni dasturxonimizda bor, ammo uning ortida qancha mehnat borligini ko‘pchilik bilmaydi.
🎥 Bu safargi videoda nonvoyxonadagi haqiqiy jarayon, qancha sarmoya kerak, kunlik xarajatlar qancha, nechta non sotiladi-yu, bitta nondan qancha foyda qoladi shu mavzularda suhbatlashdik.
👉 Tomosha qiling,fikringizni izohlarda qoldiring: https://youtu.be/C0qWtPatjoU?si=ymD401dW-FHMRQGf

YouTube
"Oylab uyga bormasdan ishlaganman". Nonvoylikdan kuniga 800.000 so'm
Bugun biz oddiy, lekin juda muhim kasb egasi — nonvoy bilan bir kunni o‘tkazdik 🍞
Non har kuni dasturxonimizda bor, lekin uning ortida qancha mehnat, mas’uliyat va xarajatlar borligini ko‘pchilik bilmaydi. Shu sababli biz nonvoyga ochiq va oddiy savollar…

👍15❤5🔥4
Kredit va qarzlarni to'g'ri boshqarish 🛍
🖥 Yil boshi — bu yangi rejalar, yangi maqsadlar va hayotni tartibga solish uchun eng yaxshi vaqt. Ko‘pchilik aynan shu davrda moliyaviy holatini qayta ko‘rib chiqadi: daromadlari, xarajatlari va albatta kredit hamda qarzlarini ham.
Bugungi kunda kredit va qarzlar ko‘pchilik hayotining bir qismiga aylangan. Uy olish, biznes boshlash yoki zarur ehtiyojlar uchun kredit olamiz. Ammo uni noto‘g‘ri boshqarsak, moliyaviy bosim va stress paydo bo‘ladi.
📌 Bugungi postimizda kredit va qarzlarni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha sodda va tushunarli tavsiyalarni bir yerga jamladik.
1️⃣ Kreditni faqat zarur bo‘lsa oling
Har bir xohish uchun kredit olish to‘g‘ri emas. Kredit — bu majburiyat. Uni faqat haqiqatan kerak bo‘lsa va daromadingizdan qoplay olsangiz oling.
2️⃣ Daromad va xarajatingizni aniq hisoblang
Oylik daromadingizni va majburiy xarajatlaringizni yozib chiqing. Kredit to‘lovingiz daromadingizning 30–40 foizidan oshmasligi shart. Shunda kundalik hayotingizga zarur xarajatlar uchun pulingiz yetadi.
3️⃣ Foiz va shartlarni tushunib oling
Kredit olayotganingizda faqat oylik to‘lovga emas, umumiy qaytariladigan summasiga e'tibor qarating. Foiz stavkasi, jarimalar, kechiktirish shartlarini albatta o‘qib chiqing. Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, so‘rashdan tortinmang.
4️⃣ Kreditingizni ko‘paytirmang
Bir kreditni yopmasdan turib, boshqasini olish xavfli. Bu “qarz ichida qarz” holatini keltirib chiqaradi. Avval mavjud qarzlarni tartibga soling. So'ngra esa boshqasini olishingiz mumkin.
5️⃣ Zaxira jamg‘arma yarating
Kutilmagan fors-major holatlari bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmasa 2–3 oylik xarajatlarga yetadigan jamg‘armangiz bo‘lsa, kredit to‘lovlarini kechiktirmaysiz.
6️⃣ Qarzni vaqtida yoping
To‘lovni kechiktirsangiz peniya yozilishi mumkin, bundan tashqari kredit tarixingiz yomonlashishiga olib keladi. Iloji bo‘lsa, to‘lovni muddatidan oldin yoping — bu foizlarni kamaytiradi.
Kredit qachonki to‘g‘ri boshqarilsa, foydali vositaga aylanadi. O‘ylab qaror qabul qiling, hisob-kitobni aniq qiling va moliyaviy intizomga amal qiling. Shunda kredit sizga yuk bo‘lmaydi, aksincha, maqsadlaringizga yetishda yordam beradi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Bugungi kunda kredit va qarzlar ko‘pchilik hayotining bir qismiga aylangan. Uy olish, biznes boshlash yoki zarur ehtiyojlar uchun kredit olamiz. Ammo uni noto‘g‘ri boshqarsak, moliyaviy bosim va stress paydo bo‘ladi.
Har bir xohish uchun kredit olish to‘g‘ri emas. Kredit — bu majburiyat. Uni faqat haqiqatan kerak bo‘lsa va daromadingizdan qoplay olsangiz oling.
Oylik daromadingizni va majburiy xarajatlaringizni yozib chiqing. Kredit to‘lovingiz daromadingizning 30–40 foizidan oshmasligi shart. Shunda kundalik hayotingizga zarur xarajatlar uchun pulingiz yetadi.
Kredit olayotganingizda faqat oylik to‘lovga emas, umumiy qaytariladigan summasiga e'tibor qarating. Foiz stavkasi, jarimalar, kechiktirish shartlarini albatta o‘qib chiqing. Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, so‘rashdan tortinmang.
Bir kreditni yopmasdan turib, boshqasini olish xavfli. Bu “qarz ichida qarz” holatini keltirib chiqaradi. Avval mavjud qarzlarni tartibga soling. So'ngra esa boshqasini olishingiz mumkin.
Kutilmagan fors-major holatlari bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmasa 2–3 oylik xarajatlarga yetadigan jamg‘armangiz bo‘lsa, kredit to‘lovlarini kechiktirmaysiz.
To‘lovni kechiktirsangiz peniya yozilishi mumkin, bundan tashqari kredit tarixingiz yomonlashishiga olib keladi. Iloji bo‘lsa, to‘lovni muddatidan oldin yoping — bu foizlarni kamaytiradi.
Kredit qachonki to‘g‘ri boshqarilsa, foydali vositaga aylanadi. O‘ylab qaror qabul qiling, hisob-kitobni aniq qiling va moliyaviy intizomga amal qiling. Shunda kredit sizga yuk bo‘lmaydi, aksincha, maqsadlaringizga yetishda yordam beradi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤23👍23🔥15
Barcha kreditlaringizni bittasiga birlashtirish mumkinmi?
Ha, albatta. Buning qulay yechimi bor:
“Arzon” mikroqarzi — doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganlar uchun ayni muddao!
📌 Shartlari qisqacha:
100 mln so‘mgacha, 4 yilgacha, yillik foiz stavkasi — 28% dan boshlab
🏦 Bank filiallari orqali rasmiylashtiriladi
Atigi 3 qadamda barcha kreditlarni bittasiga birlashtiring👇
1️⃣ “Arzon” mikroqarzini rasmiylashtiring
Qayta moliyalashtirish uchun ariza topshiring. Tasdiqlangach, mablag‘ Agrobank kartangizga tushadi.
2️⃣ Eski kreditingiz bo‘lgan bank ilovasiga kiring
Agrobank kartangizni ilovaga qo‘shing. Agar ilova bo‘lmasa — yuklab olib, ro‘yxatdan o‘ting.
3️⃣ Kreditni muddatidan oldin yoping
“Kreditlar” bo‘limidan kreditingizni tanlang va “Muddatidan oldin to‘liq yopish” tugmasini bosing.
To‘lov uchun Agrobank kartangizni belgilang.
✅ Ana bo‘ldi! Eski kreditlar yopildi.
Endi sizda faqat bitta — “Arzon” kredit qoldi.
Ha, aytgancha Agrobankning “Arzon” mikroqarzini rasmiylashtirgan mijozlar orasida 5 ta Chevrolet Onix avtomobili ham o‘ynalmoqda. Aksiya haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin.
💡 Bu postni bir necha kreditlari bor tanishingizga jo'natib qo'ying
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Ha, albatta. Buning qulay yechimi bor:
“Arzon” mikroqarzi — doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganlar uchun ayni muddao!
📌 Shartlari qisqacha:
100 mln so‘mgacha, 4 yilgacha, yillik foiz stavkasi — 28% dan boshlab
🏦 Bank filiallari orqali rasmiylashtiriladi
Atigi 3 qadamda barcha kreditlarni bittasiga birlashtiring
Qayta moliyalashtirish uchun ariza topshiring. Tasdiqlangach, mablag‘ Agrobank kartangizga tushadi.
Agrobank kartangizni ilovaga qo‘shing. Agar ilova bo‘lmasa — yuklab olib, ro‘yxatdan o‘ting.
“Kreditlar” bo‘limidan kreditingizni tanlang va “Muddatidan oldin to‘liq yopish” tugmasini bosing.
To‘lov uchun Agrobank kartangizni belgilang.
✅ Ana bo‘ldi! Eski kreditlar yopildi.
Endi sizda faqat bitta — “Arzon” kredit qoldi.
Ha, aytgancha Agrobankning “Arzon” mikroqarzini rasmiylashtirgan mijozlar orasida 5 ta Chevrolet Onix avtomobili ham o‘ynalmoqda. Aksiya haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤64👎40🔥14👍13🤔3💔1
Biz bugundan “PulliGap tavsiya qiladi” ruknini yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Bu ruknda sizga turli yo‘nalishlarda o‘z tavsiyalarimizni berib boramiz.
Xo‘sh, keling ilk tavsiyamiz kitob bo‘lsin.
📚 Pul psixologiyasi
✍️ Muallif: Morgan Housel
Qisqacha u haqida: Bu kitob pul bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha bilim yetishmasligidan emas, balki insonning fikrlashi va xulq-atvoridan kelib chiqishini tushuntiradi. Boylik faqat ko‘p pul topish emas, balki uni to‘g‘ri boshqarish, sabr qilish va hissiyotlarni nazorat qilish bilan bog‘liq.
"Pul bilan muvaffaqiyat — bu aql bilan emas, xulq bilan bog‘liq” degan asosiy g‘oya real hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tarzda ochib beriladi.
😊 Kitob kimlar uchun?
*️⃣ Ko'p pul topib, lekin uni baribir yetkazomayotganlar
*️⃣ Jamg‘arma yoki investitsiya qilishni boshlamoqchi bo‘lganlar
*️⃣ Pul borasidagi xatolarini tushunmoqchi bo‘lganlar
*️⃣ “Nega ba’zilar pulni yaxshi jamg'ara oladi, boshqalar esa yo‘q?” deb o‘ylaydiganlar
Pul haqida ko‘p bilish emas, to‘g‘ri fikrlash muhimligini anglashni xohlasangiz — bu kitob aynan siz uchun!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Bu ruknda sizga turli yo‘nalishlarda o‘z tavsiyalarimizni berib boramiz.
Xo‘sh, keling ilk tavsiyamiz kitob bo‘lsin.
Qisqacha u haqida: Bu kitob pul bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha bilim yetishmasligidan emas, balki insonning fikrlashi va xulq-atvoridan kelib chiqishini tushuntiradi. Boylik faqat ko‘p pul topish emas, balki uni to‘g‘ri boshqarish, sabr qilish va hissiyotlarni nazorat qilish bilan bog‘liq.
"Pul bilan muvaffaqiyat — bu aql bilan emas, xulq bilan bog‘liq” degan asosiy g‘oya real hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tarzda ochib beriladi.
Pul haqida ko‘p bilish emas, to‘g‘ri fikrlash muhimligini anglashni xohlasangiz — bu kitob aynan siz uchun!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤34👍24
Armiya rivoji — kelajak ishonchi 🇺🇿
Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida armiya va harbiylar uchun muhim qarorlar belgilandi.
Harbiylar va yoshlar uchun belgilangan yangi vazifa va imkoniyatlar haqida videoni tayyorladik.
Tomosha qiling 👇
https://www.instagram.com/reel/DTe0vR7DWEh/?igsh=MTkzNGw1a2x0MGNwYg==

❤15👍3🤔3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QR o‘zi nima va u qanday ishlaydi?
QR — bu shunchaki rasm emas. U ma’lumot saqlaydigan kvadrat kod. Xo'sh, u nega kvadrat va nuqtali?
Avvalo, bu dizayn bezak uchun emas.
🔳 Burchaklardagi katta kvadratlar — kameraga kodni to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi
🟢 Mayda nuqtalar — ichidagi ma’lumotlar
Shu sababdan QR buklansa ham, biroz yirtilsa ham
ko‘pincha o‘qiladi.
🗣️ QR so‘zi Quick Response degani — ya’ni tezkor javob.
U 1994-yilda Yaponiyada paydo bo‘lgan. Avval avtomobil zavodlarida ehtiyot qismlar haqidagi ma’lumotni tez o‘qish uchun ishlatilgan.
Keyinchalik telefon kamerasi rivojlandi va QRni turli to‘lovlarda: transportda, menyuda, do'konlarda, hujjatlarda ishlatish keng tarqaldi.
😊 QR ichida aslida nima bor?
❓ Ko‘pchilik QR ichida pul bor deb o‘ylaydi.
❌ Yo‘q, QR ichida pul yo‘q.
QR ichida shunchaki matn (ma’lumot) bor, xolos.
Masalan: bank hisob raqami, karta raqami yoki tokeni, to‘lov qabul qiluvchining ID raqami, ba’zan summa bo'ladi.
➡️ Oddiy qilib aytganda QR — bu yo‘l ko‘rsatkich kabi. Pul esa siz tasdiqlaganingizdan keyin o‘tadi. Agar tasdiqlamasangiz — hech narsa bo‘lmaydi.
😊 QR to‘lov qanday ishlaydi?
1️⃣ Sotuvchi QR qo‘yadi
2️⃣ Siz telefoningiz bilan skaner qilasiz
3️⃣ Telefon QR ichidagi ma’lumotni o‘qiydi
4️⃣ “Mana shu joyga shuncha pul o‘tkazilsinmi?” deb so‘raydi
5️⃣ Siz tasdiqlaysiz
6️⃣ Pul o‘tadi
💬 Shuning uchun QR’dan qo‘rqish kerak emas,
lekin nima tasdiqlayotganingizni bilish kerak.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
QR — bu shunchaki rasm emas. U ma’lumot saqlaydigan kvadrat kod. Xo'sh, u nega kvadrat va nuqtali?
Avvalo, bu dizayn bezak uchun emas.
Shu sababdan QR buklansa ham, biroz yirtilsa ham
ko‘pincha o‘qiladi.
U 1994-yilda Yaponiyada paydo bo‘lgan. Avval avtomobil zavodlarida ehtiyot qismlar haqidagi ma’lumotni tez o‘qish uchun ishlatilgan.
Keyinchalik telefon kamerasi rivojlandi va QRni turli to‘lovlarda: transportda, menyuda, do'konlarda, hujjatlarda ishlatish keng tarqaldi.
QR ichida shunchaki matn (ma’lumot) bor, xolos.
Masalan: bank hisob raqami, karta raqami yoki tokeni, to‘lov qabul qiluvchining ID raqami, ba’zan summa bo'ladi.
lekin nima tasdiqlayotganingizni bilish kerak.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍21🔥3
👍21❤7🤔5👎1
📑 Kredit shartnomasidagi muhim bandlar
Kredit shartnomasi, sizning moliyaviy ahvolingizga ta'sir qiladigan boshqa hujjatlar kabi, boshidan oxirigacha diqqat bilan o'qilishi kerak📃
Shu bilan birga, kelajakda kredit to'lovlari boshlanganda kutilmagan yoqimsiz vaziyatlar bo’lmasligi uchun alohida e'tibor berish kerak bo'lgan muhim bandlari mavjud.
☝️Keling, bugun shu bandlarni ko'rib chiqamiz
1️⃣ Kreditning umumiy qiymati
Kredit haqida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim narsa – bu uning to’liq qiymatidir, ya'ni yakuniy ortiqcha to'lov miqdori. Umumiy xarajat har doim ham reklamada ko'rsatilgan va bank kreditni ma'qullagan stavka bilan bir xil bo’lmaydi va odatda balandroq bo’ladi.
2️⃣ To'lov muddatlari
Ko'pgina banklar, kredit olish uchun ariza topshirayotganda, ariza shaklida qulay to'lov sanasini ko'rsatadilar. Uni to'g'ri tanlash juda muhim, chunki uni keyinchalik o'zgartirish har doim ham mumkin emas.
📆 To'lov sanasini zaxira bilan tanlash yaxshidir. Misol uchun, agar oyning birinchi haftasida ish haqi oladigan bo’lsangiz, unda to'lov sanasini oyning 10-kunidan keyin belgilash to’griroq bo'ladi.
3️⃣ Kreditni muddatidan avval to'lash shartlari
Qarz oluvchi kreditni muddatidan oldin to'lashni istashi mumkin - qonun unga bu huquqni beradi va u har qanday bankdan olingan har qanday kreditga teng darajada qo'llaniladi. Bunday holda, kreditorni muddatidan oldin to'lash to'g'risida oldindan xabardor qilishingiz kerak - turli banklarda buning uchun turli tartiblar mavjud.
⏱ Muddatidan oldin to’lashda to'lov vaqti ham muhim bo'lishi mumkin. Ba'zi banklar pulni 24:00 dan oldin yechib oladi, boshqalari buni 12:00 yoki 16:00 da amalga oshiradi.
❗️ Yodingizga bo'lsin: shartnomani to'liq o'qing
Kredit shartnomalarida nafaqat yuqorida ko’rsatilgan bandlar muhim ahamiyatga ega – siz hamma bandlarni to'liq o'qib chiqishingiz va o'qiganingizni tushunishingiz kerak. Shubhangiz bo'lsa esa, imzolashni kechiktirish va hujjat bilan tinch muhitda tanishish uchun uyga olib borish yaxshiroqdir.
⏳ Qonun qarz oluvchiga shartnomani besh kun davomida o'rganish imkoniyatini beradi va bank bu vaqt ichida taklif qilingan shartlarni o'zgartirishga haqli emas.
😎 Bu postni ko'p kredit oladigan tanishingizga jo'natib qo'ying 😉
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Kredit shartnomasi, sizning moliyaviy ahvolingizga ta'sir qiladigan boshqa hujjatlar kabi, boshidan oxirigacha diqqat bilan o'qilishi kerak
Shu bilan birga, kelajakda kredit to'lovlari boshlanganda kutilmagan yoqimsiz vaziyatlar bo’lmasligi uchun alohida e'tibor berish kerak bo'lgan muhim bandlari mavjud.
☝️Keling, bugun shu bandlarni ko'rib chiqamiz
Kredit haqida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim narsa – bu uning to’liq qiymatidir, ya'ni yakuniy ortiqcha to'lov miqdori. Umumiy xarajat har doim ham reklamada ko'rsatilgan va bank kreditni ma'qullagan stavka bilan bir xil bo’lmaydi va odatda balandroq bo’ladi.
Ko'pgina banklar, kredit olish uchun ariza topshirayotganda, ariza shaklida qulay to'lov sanasini ko'rsatadilar. Uni to'g'ri tanlash juda muhim, chunki uni keyinchalik o'zgartirish har doim ham mumkin emas.
Qarz oluvchi kreditni muddatidan oldin to'lashni istashi mumkin - qonun unga bu huquqni beradi va u har qanday bankdan olingan har qanday kreditga teng darajada qo'llaniladi. Bunday holda, kreditorni muddatidan oldin to'lash to'g'risida oldindan xabardor qilishingiz kerak - turli banklarda buning uchun turli tartiblar mavjud.
Kredit shartnomalarida nafaqat yuqorida ko’rsatilgan bandlar muhim ahamiyatga ega – siz hamma bandlarni to'liq o'qib chiqishingiz va o'qiganingizni tushunishingiz kerak. Shubhangiz bo'lsa esa, imzolashni kechiktirish va hujjat bilan tinch muhitda tanishish uchun uyga olib borish yaxshiroqdir.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤48👍13🔥9🤔4👎2
Dunyo sizni kutyapti. Sayohat esa bitta muhim hujjatdan boshlanadi.
Bu albatta xorijga chiqish pasporti!
my.gov.uz orqali esa hatto 10% arzonga ham tushasiz.
Mana qarang, to‘lov miqdori:
✈️ Xo'sh, qayerga sayohat qilmoqchisiz?
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤34🔥12👍5
Endi talaba farzandli bo‘lsa — 893 513 so‘m “suyunchi puli” oladi!
Yo‘q, bu hazil emas — haqiqatan ham shunday
🎥 Batafsil ma’lumotni quyidagi link orqali videoda ko'rishingiz mumkin
👉 Videoni yaqinlaringizga ham ulashing!
https://www.instagram.com/reel/DUAkuvlDVQ2/?igsh=cHhyNnQ3MWk0amhh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤9🤔9🔥2🤝2
Passiv daromad nima?
💰 Passiv daromad — bu har kuni ishlamasangiz ham kelib turadigan daromad. Ya’ni, siz bir marta mehnat qilasiz, vaqt yoki pul tikasiz, keyin esa u o‘zi ishlay boshlaydi.
Oddiy misol:
Do‘kon ochish — aktiv daromad (har kuni turib ishlaysiz)
Ijaraga uy berish — passiv daromad (oy oxirida pul keladi)
Passiv daromad sizni vaqtga bog‘lab qo‘ymaydi. Siz dam olayotganingizda ham, uxlayotganingizda ham u ishlashi mumkin.
Xo'sh, keling uning asosiy turlarini ko'rib chiqamiz:
1️⃣ Ko‘chmas mulk (ijara)
Kvartira, hovli yoki noturar joyni ijaraga berish. Eng ishonchli va tushunarli yo‘l. Kam risk, barqaror daromad
2️⃣ Bank va moliyaviy instrumentlar
Omonat, obligatsiyalar, dividend beradigan aksiyalar. Pul sizniki, bank yoki kompaniya ishlatadi — foizi sizga.
3️⃣ Onlayn passiv daromad
YouTube kanali, kurs yoki elektron kitob, Telegram kanal orqali reklama. Avval mehnat qilasiz, keyin daromad avtomatik ravishda keladi.
4️⃣ Biznesdagi ulush
Kimningdir biznesiga sarmoya kiritasiz. Siz ishlamaysiz, faqatgina foydadan ulush olasiz. Bu yerda eng muhimi — ishonch va shartnoma.
😊 Nimadan boshlash mumkin?
1️⃣ Darhol katta pul shart emas
Passiv daromad millionlardan boshlanmaydi. Muhimi — boshlash. Bugun 1 mln bilan, ertaga 10 mln bilan.
2️⃣ O‘zingiz tushunadigan yo‘lni tanlang
Agar ko‘chmas mulkni tushunsangiz — ijara. Agar internetni bilsangiz — onlayn yo‘nalish.
3️⃣ Daromadni yana sarmoyaga aylantiring
Olingan foydani sarflab yubormang. Uni yana daromad keltiradigan joyga qo‘ying.
4️⃣ Shoshilmang, lekin kechiktirmang
Passiv daromad — bu marafon. Qancha erta boshlasangiz, shuncha tez natija ko‘rasiz.
❗️ Passiv daromad — bu boylarning siri emas. Bu — aqlli reja va sabr mevasi. Bugun kichik qadam qo‘ysangiz, ertaga pul siz uchun ishlaydi.

👍46❤27🔥8🤝3