Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20❤13👎11👍6🤝1
🔐 APK fayllar orqali tarqaladigan xavf-xatarlar
🦠 Telefoningizga virus tushsa, nima qilish kerak?
💻 Kiberjinoyatlar qanday sodir bo‘ladi va ulardan himoyalanish yo‘llari
You Tube havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Xavfli APK: Pullaringiz soniyalarda o‘g‘irlanishi mumkin! | Pulli Gap Talk #4
Pulli Gap Talk loyihasining navbatdagi sonida "Kiberxavfsizlik markazi" DUK xodimi bilan telefonlar orqali sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlar, APK fayllari orqali tarqaladigan viruslar va mobil qurilmalarda xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha suhbatlashamiz.…
❤12👍8
📲 Mikroqarzni Agrobank mobile ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirasiz.
➖Batafsil ma'lumot uchun havola ustiga bosing!
Kartalarga bepul o'tkazmalar limiti:
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤45👍19🔥15👎8
🤖 Sun’iy intellekt nafaqat yordamchi — balki raqobatchi ham!
AI hayotimizni tezlikda o‘zgartirmoqda. Ba’zi kasblar avtomatlashtirilmoqda, boshqalari esa butunlay yangidan paydo bo‘lmoqda.
🎥 "Pulli Gap AI"ning navbatdagi sonida:
🔹 Qaysi kasblar o‘rnini sun’iy intellekt egallaydi?
🔹 Qanday yangi kasblar paydo bo‘ladi?
🔹 Kelajak bizga qanday imkoniyatlar olib keladi?
YouTube'ga havola

AI davrida omon qolish: qaysi kasblar yashab qoladi? | Pulli Gap
Sun’iy intellekt hayotimizni tubdan o‘zgartirmoqda. Kunimizdagi kasblar yo‘qolib, o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda. Ba’zi kasblar avtomatlashtirilmoqda, lekin shu bilan birga butunlay yangi imkoniyatlar ham tug‘ilmoqda.
Videoda quyidagi savollarga javob…
Videoda quyidagi savollarga javob…
❤16👍11👎3🔥1💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noldan kitob biznesini boshlash, sifatni bosh qadriyat qilish va bozorda raqobatga bardosh berish sirlarini ochiqchasiga aytib berdi.
👉 Asaxiy muvaffaqiyati va kitob biznesining ichki jihatlari haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni o‘tkazib yubormang!
YouTube'ga havola
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍4🔥2🤔1
E’tibor berganmisiz — hozir ko‘pchilikda muammo bitta: pulni ushlab qolish qiyin, uni ko‘paytirish esa undan-da qiyinroq. Shuning uchun ham, ko‘pchilik topganini kunlik ehtiyojlarga sarflab yuboradi. Ammo aslida bu muammoni soddaroq hal qilish mumkin. Qanday?
Hozir turgan pulingiz nima qilmoqda? To‘g‘risi – hech narsa. U shunchaki karta yoki hisobda jim turibdi. Hech qanday foyda keltirmayapti. Siz u uchun ishlagandirsiz, lekin u siz uchun ishlamayapti.
Endi esa tasavvur qiling: shu pul omonatga qo‘yildi. Har oy oxirida u oz-ozdan o‘sib boradi. Siz esa tinchgina o‘z ishingizni davom ettirasiz. Ana shunda pul siz uchun ishlay boshlaydi.
Ko‘pchilik "omonat" deganda faqat katta pullarni tasavvur qiladi. Lekin aslida har qanday miqdor bilan boshlash mumkin — hatto 100 ming so‘mdan. Muhimi — pulingiz bekor turmasin. Harakatda bo‘lgan pulgina o‘zini oqlaydi.
Banklar bugungi kunda turli xil omonat turlarini taklif qilishmoqda — qisqa muddatli, uzoq muddatli, valyutada yoki so‘mda, foizli va hokazo. Siz faqat o‘zingizga qulayini tanlaysiz.
Hozirdan boshlab, oz bo‘lsa ham pulni omonatga joylab qo‘yishni odat qiling. Bu nafaqat pulni ko‘paytiradi, balki sizni moliyaviy jihatdan ancha barqaror insonga aylantiradi.
Zero, siz ishlagan pul — siz uchun ham ishlashi kerak. Nima deb o'ylaysiz?
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63👎33❤29🔥6💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💸 Ta’lim krediti olmoqchimisiz? Yoki ta’lim krediti olishda qiynalyapsizmi? Unda yaqinroq keling!
➡️ Videoda ta’lim kreditini hech qanday ovoragarchiliksiz, uydan chiqmasdan onlayn olish ko'rsatilgan.
Postni kontraktga kirgan talabalarga yuborib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Postni kontraktga kirgan talabalarga yuborib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍5🔥4
1-oktabrdan nimalar o'zgaradi?
😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi.
1️⃣ O'qituvchilar uchun mukofot puli oshadi
Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanadi. Ilgari o‘qituvchilar 577 500 so‘m miqdorida mukofot olishgan.
2️⃣ Skuter va moped haydash uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘ladi
Endilikda moped va skuter haydovchilari uchun yangi qoida kuchga kiradi — ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 3,7 BHM (1 525 400 so‘m) qilib belgilangan. O‘quv kurslari esa 2 mln so‘mgacha. Guvohnoma olish uchun davlat boji - 288 400 so‘mni tashkil qiladi. Raqam olish BHMning 1,5 baravari — 618 ming so‘m. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln so‘mdan oshmoqda.
3️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi
1-oktabrdan boshlab Xalq bankida pensiyalarni naqd shaklda berishda Face-ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. To‘lov oluvchilar to‘lov qaydnomalarini planshetda elektron shaklda imzolashlari mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining elektron so‘roviga ko‘ra biometrik identifikatsiyalash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi.
4️⃣ Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari uchun yagona modul yo'lga qo'yiladi
Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.
5️⃣ “Chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolari to‘xtatiladi
Vazirlar Mahkamasining 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi.
6️⃣ Aholiga naqd pul shaklida beriladigan ayrim moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 11-mart kungi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktabridan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanadi. Ilgari o‘qituvchilar 577 500 so‘m miqdorida mukofot olishgan.
Endilikda moped va skuter haydovchilari uchun yangi qoida kuchga kiradi — ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 3,7 BHM (1 525 400 so‘m) qilib belgilangan. O‘quv kurslari esa 2 mln so‘mgacha. Guvohnoma olish uchun davlat boji - 288 400 so‘mni tashkil qiladi. Raqam olish BHMning 1,5 baravari — 618 ming so‘m. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln so‘mdan oshmoqda.
1-oktabrdan boshlab Xalq bankida pensiyalarni naqd shaklda berishda Face-ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. To‘lov oluvchilar to‘lov qaydnomalarini planshetda elektron shaklda imzolashlari mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining elektron so‘roviga ko‘ra biometrik identifikatsiyalash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi.
Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi.
Vazirlar Mahkamasining 11-mart kungi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktabridan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤58👍4🤔4💔2
Forwarded from Agrobank
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlarni — 1-oktabr, Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Agrobank tomonidan jamiyatdagi fidoyi insonlarning hayoti hamda faoliyat yo‘lini yoritishga qaratilgan yangi loyiha — "Qahramonlar"!
Loyihaning ilk qahramoni - namanganlik Nigora Qo‘chqorova 22 yildan beri ona tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. 2016-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning metodik tavsiyalari bugun butun respublikada keng qo‘llanmoqda.📱 To‘liq videoni Agrobank YouTube kanalida tomosha qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍1
Muddati – 10 yilgacha
Foiz stavkasi – 25%
Miqdori – 170 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun – 1216
Muddati – 10 yilgacha
Foiz stavkasi – 24,5%
Miqdori – 170 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun – 1152
Muddati – 10 yilgacha
Foiz stavkasi – 24%
Miqdori – 300 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun – 1106
Muddati – 10 yilgacha
Foiz stavkasi – 25%
Miqdori – 170 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun – 1220
Muddati – 6 yilgacha
Foiz stavkasi – 26%
Miqdori – 600 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchuni – 1256
Muddati – 10 yilgacha
Foiz stavkasi – 26%
Miqdori – 412 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun – 1254
Muddati – 6 yilgacha
Foiz stavkasi – 29,99%
Miqdori – 206 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun – 1214
Muddati – 10 yilgacha
Foiz stavkasi – 32%
Miqdori – 200 mln so‘mgacha
Bog'lanish uchun– 1180
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤50👍10🔥7💔3
Kredit karta — do‘stmi yo dushman?
Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lum miqdorda pul beradi va sizning ishonchingizga tayangan holda harakat qiladi. Bu imkoniyatdan aqlli foydalansangiz, sizga foyda keltiradi.
Ammo, kredit kartasidan to‘g‘ri foydalanish shart va zarur. Sizga quyida 6 ta muhim qoida keltirib o'tamiz:
1️⃣ Karta – bu sizning pulingiz emas
Kredit kartadan foydalanganingizda, pul sizniki emas, bankniki ekanligini yodda tuting. Bu – qarz va uni albatta qaytarishingiz kerak. Uni o‘z pulingiz deb hisoblab sarflash — eng katta moliyaviy xatolik.
2️⃣ Har oy imkon qadar to‘liq to‘lang
Bank sizga har oyda minimal to‘lov miqdorini yuboradi. Lekin faqat shu miqdorni to‘lasangiz, asosiy qarz qoladi va foizlar yig‘ilaveradi. Agar imkoningiz bo‘lsa, har oy qarzni to‘liq yoping.
3️⃣ Kechtirmang!
To‘lovni o‘z vaqtida qilmaslik — bu nafaqat qo‘shimcha foizlar, balki kredit tarixingizga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa keyinchalik boshqa kredit olishda muammo tug‘diradi.
4️⃣ Kredit kartani har kuni ishlatmang
Kredit kartani har kungi xarajatlar uchun emas, balki zarurat uchun saqlang. Masalan: tibbiy xarajatlar, vaqtinchalik pul yetishmasligi, ish haqi kechikayotgan bo‘lsa.
5️⃣ Keshbek va aksiyalarga aldanmang
Karta orqali bonuslar, keshbeklar bo‘ladi. Lekin bu uchun ortiqcha, kerak bo‘lmagan narsalarni xarid qilish — foyda emas, zarar. Har doim savdoni reja bilan qiling.
6️⃣ Limit bu imkon emas, mas’uliyat
Karta limitini “mening pulim” deb emas, “qarz olishim mumkin bo‘lgan maksimal miqdor” deb qarang. Bu sizga moliyaviy intizom beradi.
Kredit kartadan to‘g‘ri foydalansangiz, sizga qulaylik beradi. Lekin nazoratni yo‘qotsangiz — moliyaviy muammolarga olib keladi. Shuning uchun har doim:
✔️ Reja bilan harakat qiling
✔️ Keraksiz sarf-xarajatlardan saqlaning
✔️ Har oyda qarzni vaqtida to‘lang
Ushbu postni kredit kartasi bor tanishingizga yuborib qo'ying.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lum miqdorda pul beradi va sizning ishonchingizga tayangan holda harakat qiladi. Bu imkoniyatdan aqlli foydalansangiz, sizga foyda keltiradi.
Ammo, kredit kartasidan to‘g‘ri foydalanish shart va zarur. Sizga quyida 6 ta muhim qoida keltirib o'tamiz:
Kredit kartadan foydalanganingizda, pul sizniki emas, bankniki ekanligini yodda tuting. Bu – qarz va uni albatta qaytarishingiz kerak. Uni o‘z pulingiz deb hisoblab sarflash — eng katta moliyaviy xatolik.
Bank sizga har oyda minimal to‘lov miqdorini yuboradi. Lekin faqat shu miqdorni to‘lasangiz, asosiy qarz qoladi va foizlar yig‘ilaveradi. Agar imkoningiz bo‘lsa, har oy qarzni to‘liq yoping.
To‘lovni o‘z vaqtida qilmaslik — bu nafaqat qo‘shimcha foizlar, balki kredit tarixingizga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa keyinchalik boshqa kredit olishda muammo tug‘diradi.
Kredit kartani har kungi xarajatlar uchun emas, balki zarurat uchun saqlang. Masalan: tibbiy xarajatlar, vaqtinchalik pul yetishmasligi, ish haqi kechikayotgan bo‘lsa.
Karta orqali bonuslar, keshbeklar bo‘ladi. Lekin bu uchun ortiqcha, kerak bo‘lmagan narsalarni xarid qilish — foyda emas, zarar. Har doim savdoni reja bilan qiling.
Karta limitini “mening pulim” deb emas, “qarz olishim mumkin bo‘lgan maksimal miqdor” deb qarang. Bu sizga moliyaviy intizom beradi.
Kredit kartadan to‘g‘ri foydalansangiz, sizga qulaylik beradi. Lekin nazoratni yo‘qotsangiz — moliyaviy muammolarga olib keladi. Shuning uchun har doim:
Ushbu postni kredit kartasi bor tanishingizga yuborib qo'ying.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍46❤39👎1
Bir mahsulot — ikki xil narx: nega shunday?
❓ Nega bozor va supermarketda bir xil mahsulot turlicha narxda sotiladi?
Shu savolga javob — “Pulli Gap”ning yangi sonida!
• Nima uchun bozordagi narx past, supermarketda esa biroz qimmatroq?
• Sifat va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik aslida qanday ishlaydi?
• Va eng muhimi — tanlov sizniki: vaqt, qulaylik yoki arzonlik?
👉 Batafsil: https://youtu.be/H8YpbClfz7Y?si=LuJSGL6kONSq1_ah
Shu savolga javob — “Pulli Gap”ning yangi sonida!
• Nima uchun bozordagi narx past, supermarketda esa biroz qimmatroq?
• Sifat va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik aslida qanday ishlaydi?
• Va eng muhimi — tanlov sizniki: vaqt, qulaylik yoki arzonlik?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Bir xil mahsulot – ikki xil narx: nega shunday? | Pulli Gap
Bozor va supermarketdagi mahsulotlar haqidagi stereotiplar qanchalik haqiqat? Bu videoda narx nima uchun turlicha bo‘lishini, farqi nimada ekanini batafsil tahlil qilamiz.
Videoda quyidagilarni bilib olasiz:
• Bozordagi arzonlik sababi nimada?
• Supermarket…
Videoda quyidagilarni bilib olasiz:
• Bozordagi arzonlik sababi nimada?
• Supermarket…
❤10🔥4
Moliyaviy yostiqcha kerakmi? 💸
Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlar uchun tayyorlab qo‘yilgan pul zaxirasi. Ya’ni, hayotingizda birdaniga yuzaga keladigan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘.
❓ Xo'sh, nima uchun moliyaviy yostiqcha kerak?
Hayotda har doim kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin: tibbiy xarajatlar, mashinani ta’mirlash, ish yo‘qotish yoki boshqa favqulodda holatlar.
✅ Agar moliyaviy yostiqchangiz bo‘lsa, siz bu holatlarda qarzga botmaysiz va tinchroq bo‘lasiz.
✅ Moliyaviy stress kamayadi, hayotingizda barqarorlik bo‘ladi.
Moliyaviy yostiqcha kerak ekan, lekin uni qanday yaratish mumkin?
🧾 Har oy daromadingizning bir qismini alohida hisobga ajrating. Bu 5–10% bo‘lishi ham mumkin.
↗️ Pulni uyda naqd holda saqlash o‘rniga, bankda alohida hisob yoki omonat oching.
👌 Bu mablag‘ni kundalik xarajatlar uchun emas, faqat favqulodda holatlarda ishlating.
Qancha mablag‘ bo‘lishi kerak?
Odatda, kamida 3-6 oylik daromadingiz miqdorida pul zaxirasi bo‘lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar oyiga 2 million so‘m daromadingiz bo‘lsa, 6 milliondan 12 million so‘mgacha pul jamg‘arish yaxshi.
Buni boshlash uchun hech qachon kech emas! Kichik summalardan boshlab, asta-sekin moliyaviy yostiqchangiz miqdorini oshiring. Bu sizni qiyin kunlarda himoya qiladi va ruhiy osoyishtalik beradi.
⚡️ Agar moliyaviy savollaringiz bo‘lsa yoki yordam kerak bo‘lsa, “Pulli gap” kanaliga obuna bo‘ling — moliyaviy maslahatlar va foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Moliyaviy yostiqcha — bu kutilmagan holatlar uchun tayyorlab qo‘yilgan pul zaxirasi. Ya’ni, hayotingizda birdaniga yuzaga keladigan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘.
Hayotda har doim kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin: tibbiy xarajatlar, mashinani ta’mirlash, ish yo‘qotish yoki boshqa favqulodda holatlar.
Moliyaviy yostiqcha kerak ekan, lekin uni qanday yaratish mumkin?
Qancha mablag‘ bo‘lishi kerak?
Odatda, kamida 3-6 oylik daromadingiz miqdorida pul zaxirasi bo‘lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar oyiga 2 million so‘m daromadingiz bo‘lsa, 6 milliondan 12 million so‘mgacha pul jamg‘arish yaxshi.
Buni boshlash uchun hech qachon kech emas! Kichik summalardan boshlab, asta-sekin moliyaviy yostiqchangiz miqdorini oshiring. Bu sizni qiyin kunlarda himoya qiladi va ruhiy osoyishtalik beradi.
⚡️ Agar moliyaviy savollaringiz bo‘lsa yoki yordam kerak bo‘lsa, “Pulli gap” kanaliga obuna bo‘ling — moliyaviy maslahatlar va foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤26🔥6
Kredit olish — orzu bilan qo‘rquv o‘rtasidagi nozik chiziq.
Kimdir uni yangi imkoniyat deb ko‘radi, kimdir esa “qarz tuzog‘i” deb qo‘rqadi.
Bu safar biz shu mavzuni chuqurroq ko‘rib chiqdik.
🎙 Suhbatdoshimiz — Xalqaro Nordik instituti dotsenti, professor Mirzaqul To‘rayev.
Suhbat davomida:
💵 Pulni dollarda saqlash yaxshimi yoki so‘mda?
📈 Passiv daromadga erishishning haqiqiy yo‘llari qanaqa?
🔥 Inflyatsiya aslida bizning pulimizni qanday “yeydi”?
📱 Onlayn kredit — qulaylikmi yoki tuzoqmi?
💡 Professor To‘rayev moliyaviy qarorlarni to‘g‘ri qabul qilish, riskni boshqarish va daromadni barqaror ushlab turish bo‘yicha hayotiy, sodda va foydali maslahatlar berdi.
Suhbatni o‘tkazib yubormang: https://youtu.be/65g4Hc-bD3c?si=xe-nLJlcVznuzezf
Kimdir uni yangi imkoniyat deb ko‘radi, kimdir esa “qarz tuzog‘i” deb qo‘rqadi.
Bu safar biz shu mavzuni chuqurroq ko‘rib chiqdik.
Suhbat davomida:
Suhbatni o‘tkazib yubormang: https://youtu.be/65g4Hc-bD3c?si=xe-nLJlcVznuzezf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Kredit olish: Xavfmi yoki Imkoniyatmi? | Pulli Gap Talk #6
Pulli Gap Talk loyihasining navbatdagi sonida suhbatdoshimiz — Xalqaro Nordik instituti dotsenti va professor Mirzaqul To‘rayev.
Ushbu suhbatda:
🔹 Jamg‘armaning dollarda yoki so‘mda saqlashning afzalliklari va kamchiliklari.
🔹 Passiv daromad nima va unga…
Ushbu suhbatda:
🔹 Jamg‘armaning dollarda yoki so‘mda saqlashning afzalliklari va kamchiliklari.
🔹 Passiv daromad nima va unga…
❤15👍6🤔1
Yillik foizi - 21%
Muddati - 18 oy
Minimal miqdor - 100 000 so'm
Yillik foizi - 25% gacha
Muddati - 6 oy
Minimal miqdor - 1000 so'm
Yillik foizi - 23%
Muddati - 24 oy
Minimal miqdor - 500 000 so'm
Yillik foizi - 23%
Muddati - 25 oy
Minimal miqdor - 50 mln. so'm
Yillik foizi - 22%
Muddati - 24 oy
Minimal miqdor - 500 000 so'm
Yillik foizi - 22%
Muddati - 13 oy
Minimal miqdor - 1 mln. so'm
Yana qaysi bank xizmatlari haqida ma'lumot berishimizni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤32👍15👎7🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pul masalasida tenglik bormi? 💸
Kim ko'proq topishi muhim emas, lekin baribir qiziq savol.
🤔 Xo'sh, ayol kishi erkakdan ko'proq topsa - bu muammomi yoki motivatsiya?
🎙 Videoda bu haqda odamlar fikrini eshiting. Siz-chi, nima deb o'ylaysiz?
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Kim ko'proq topishi muhim emas, lekin baribir qiziq savol.
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
Ayol kishi erkak kishidan (turmush o'rtog'idan) ko'p pul topishiga qanday qaraysiz?
Anonymous Poll
25%
Ijobiy
45%
Salbiy
30%
Neytralman
9%
Aniq firkim yo'q
❤19👍11👎11
Bu savolni har bir shifokor ham, har bir tadbirkor ham bir marta bo‘lsa-da o‘ziga bergan.
Biz esa bu mavzuda — Pulli Gap Talk'da ochiqchasiga gaplashamiz!
U bilan suhbatda:
⚖️ Tibbiyot va biznes o‘rtasidagi nozik muvozanat
To'liq suhbat: https://youtu.be/ja-1084tI70?si=nkjiM4KhtgDyA98T
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Shokh Dentist: STOMATOLOGIYA — tibbiyotmi yoki biznes? | Pulli Gap Talk #7
Pulli Gap Talk loyihasining navbatdagi sonida mehmonimiz — tish shifokori, “Shokh Dentist” klinikasi asoschisi Shaxbozbek Hamid.
Ushbu suhbatda:
🔹 Klinikani ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya
🔹 Tibbiyot va biznes o‘rtasidagi nozik muvozanat…
Ushbu suhbatda:
🔹 Klinikani ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya
🔹 Tibbiyot va biznes o‘rtasidagi nozik muvozanat…
❤19👍16🤔4👎3
Banklar odatda kredit berishdan oldin garov ta’minotini ham talab qiladi. Bu garov sifatida ko‘pincha mol-mulklar — masalan, uy, noturar joy binosi, qimmatbaho taqinchoqlar yoki avtomobil qo‘yiladi ✅
❓ Ammo savol tug‘iladi:
Garovga qo‘yilgan mulkni keyinchalik o‘zgartirish mumkinmi?
🤝 Ha, mumkin. Agar qarz oluvchi kreditning bir qismini to‘lab bo‘lgan bo‘lsa, garovdagi mulkni kreditning qolgan summasini qoplay oladigan boshqa mulkka almashtirishga ruxsat beriladi.
☝️ Bunda bank yangi garov turi holatini o‘rganib chiqadi va uni garov sifatida qabul qilishga rozilik bildirishi kerak bo‘ladi.
Masalan:
💰 Siz 150 million so‘m kredit olgansiz va garovga 187,5 million so‘mlik do‘kon binosi qo‘yilgandi.
Agar siz kreditning 70 million so‘mini to‘lab bo‘lsangiz, qolgan 80 million so‘mlik qarz uchun garov sifatida 107,5 million so‘mlik avtomobilni qo‘yishingiz mumkin.
💼 Ya’ni, garov mulkini bank roziligi bilan boshqa mos qiymatdagi mulkka almashtirish mumkin.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Garovga qo‘yilgan mulkni keyinchalik o‘zgartirish mumkinmi?
Masalan:
Agar siz kreditning 70 million so‘mini to‘lab bo‘lsangiz, qolgan 80 million so‘mlik qarz uchun garov sifatida 107,5 million so‘mlik avtomobilni qo‘yishingiz mumkin.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍13
Endilikda Haj safari uchun uydan chiqmasdan turib, barcha jarayonni onlayn amalga oshirish mumkin. Buning uchun “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi.
🕋 Ariza berish tartibi shunday:
Foydalanuvchi telefon raqamini kiritadi.
Ushbu tizim inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va jarayonni shaffof qiladi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍22❤14🔥3