🧾 Xizmatdan foydalanish tartibi qanday?
🗄Qarindosh bo‘lsangiz — pasport va tug‘ilganlik guvohnomangizni yuklang.
🗄 Uchinchi shaxs yoki vakil bo‘lsangiz — notarial ishonchnoma nusxasini yuklang.
Ma’lumotnomani qay maqsadda olayotganingizni tanlang va to‘lovni amalga oshiring
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍8💔6
🔥 "Reklama bilan bozorni egallash mumkin..." — Farrux Sharif bilan ilhomlantiruvchi suhbat!
🎙 Sizni Pulli Gap Talk #3 kutmoqda — bu safar kreativlik, jamoaviy ruh va reklama san’ati haqida chuqur suhbat!
❓ Nima haqida gaplashamiz?
• Kreativlik — bu reklama emas, bu — bozorga hujum qilish san’ati
• “Pepsi: TA’MLAR JANGI”, “Ishonch: CHARCHAMA” — yodda qolarli roliklar qanday yaratilgan?
• Ijodiy jamoa bilan ishlash: motivatsiya, sadoqat va g‘oya kuchi
🎯 Farrux Sharif:
"Kreativlik — bu faqat g‘oya emas, uni amalga oshirish va jamoa bilan natijaga erishish san’atidir. Bu — shunchaki so‘zlar emas. Bu — ishonch, strategiya va ijodning mukammal uyg‘unligi".
📺 Suhbatni bu yerda tomosha qiling:
🔗 YouTube havola

YouTube
Farrux Sharif: reklama bilan bozorni egallasa bo‘ladi... | Pulli Gap Talk #3
Pulli Gap Talk loyihasining navbatdagi sonida mehmonimiz – “Synthesis.uz” reklama agentligi hamasoschi hamda kreativ direktori Farrux Sharif bo‘ldi.
Ushbu suhbatda:
🔹 Reklama sohasida kreativlikning roli va ahamiyati
🔹 Pepsida “TA’MLAR JANGI”, Ishonch do‘konlarida…
Ushbu suhbatda:
🔹 Reklama sohasida kreativlikning roli va ahamiyati
🔹 Pepsida “TA’MLAR JANGI”, Ishonch do‘konlarida…
❤20👍1
🔐 Qanday qilib onlayn to‘lovlaringizni xavfsiz qilish mumkin?
😊 Raqamli to‘lovlar hayotimizni ancha osonlashtirdi: kommunal to‘lovlardan tortib, xaridlar, pul o‘tkazmalari, xizmatlar uchun to‘lov — barchasi bir necha daqiqada amalga oshadi. Lekin bu qulaylik ortida xavfsizlik muammosi ham bor.
📌 Shaxsiy ma’lumotlar, kartadagi mablag‘, kodlar — bularning barchasi firibgarlar nishoniga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham har bir foydalanuvchi onlayn to‘lovlar xavfsizligi haqida bilishi shart.
⬇️ Quyidagi oddiy, ammo muhim maslahatlar sizni keraksiz xatarlardan himoya qiladi:
1️⃣ Faqat ishonchli manbalardan foydalaning
To‘lovlarni faqat rasmiy ilovalar yoki saytlar orqali amalga oshiring.
Hech qachon noma’lum havolalar orqali kartangiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.
2️⃣ Parollaringizni sir saqlang
SMS orqali kelgan tasdiqlov kodlari, ilova parollari, karta ma’lumotlari — faqat sizga tegishli.
Bank yoki to‘lov tizimlari sizdan hech qachon kod yoki CVV so‘ramaydi. Agar kimdir “biz call-markazdanmiz” deb so‘rasa — bu firibgarlar!
3️⃣ Mobil qurilmangizni himoyalang
Telefoningizga PIN, Face ID yoki barmoq izi orqali kirishni yoqing.
Aks holda, telefoningiz yo‘qolganida yoki begonalarning qo‘liga tushganida — to‘lovlaringiz xavf ostida qoladi. Shuningdek, to‘lov ilovalaringizda alohida kirish parolini faollashtiring.
4️⃣ Jamoat Wi-Fi tarmoqlaridan ehtiyot bo‘ling
Restoran, kafelar, savdo markazlaridagi ochiq Wi-Fi orqali to‘lov qilmaslikka harakat qiling. Bunday tarmoqlar himoyasiz bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz osonlikcha qo‘lga tushishi mumkin. Agar zarurat bo‘lsa — VPN orqali ulanishingiz tavsiya etiladi.
5️⃣ Har bir tranzaksiyani tekshirib boring
Bank ilovalaringizdagi "Tranzaksiyalar tarixi" bo‘limini muntazam ko‘zdan kechiring. Agar siz bajarmagan to‘lovlar yoki shubhali harakatlar ko‘rsangiz — darhol bankingizga yoki to‘lov tizimiga murojaat qiling.
Onlayn to‘lovlar — bu qulaylik. Lekin bu qulaylik faqatgina xavfsizlik bilan birga bo‘lgandagina to‘liq ishlaydi.
🫰 To‘lovlar uchun ishonchli platformalardan foydalaning, ma’lumotlaringizni himoyalang va ehtiyotkor bo‘ling. Pulli Gap'ni doimo kuzatib boring.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
To‘lovlarni faqat rasmiy ilovalar yoki saytlar orqali amalga oshiring.
Hech qachon noma’lum havolalar orqali kartangiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.
SMS orqali kelgan tasdiqlov kodlari, ilova parollari, karta ma’lumotlari — faqat sizga tegishli.
Bank yoki to‘lov tizimlari sizdan hech qachon kod yoki CVV so‘ramaydi. Agar kimdir “biz call-markazdanmiz” deb so‘rasa — bu firibgarlar!
Telefoningizga PIN, Face ID yoki barmoq izi orqali kirishni yoqing.
Aks holda, telefoningiz yo‘qolganida yoki begonalarning qo‘liga tushganida — to‘lovlaringiz xavf ostida qoladi. Shuningdek, to‘lov ilovalaringizda alohida kirish parolini faollashtiring.
Restoran, kafelar, savdo markazlaridagi ochiq Wi-Fi orqali to‘lov qilmaslikka harakat qiling. Bunday tarmoqlar himoyasiz bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz osonlikcha qo‘lga tushishi mumkin. Agar zarurat bo‘lsa — VPN orqali ulanishingiz tavsiya etiladi.
Bank ilovalaringizdagi "Tranzaksiyalar tarixi" bo‘limini muntazam ko‘zdan kechiring. Agar siz bajarmagan to‘lovlar yoki shubhali harakatlar ko‘rsangiz — darhol bankingizga yoki to‘lov tizimiga murojaat qiling.
Onlayn to‘lovlar — bu qulaylik. Lekin bu qulaylik faqatgina xavfsizlik bilan birga bo‘lgandagina to‘liq ishlaydi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🤝5🔥4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20❤13👎11👍6🤝1
🔐 APK fayllar orqali tarqaladigan xavf-xatarlar
🦠 Telefoningizga virus tushsa, nima qilish kerak?
💻 Kiberjinoyatlar qanday sodir bo‘ladi va ulardan himoyalanish yo‘llari
You Tube havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Xavfli APK: Pullaringiz soniyalarda o‘g‘irlanishi mumkin! | Pulli Gap Talk #4
Pulli Gap Talk loyihasining navbatdagi sonida "Kiberxavfsizlik markazi" DUK xodimi bilan telefonlar orqali sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlar, APK fayllari orqali tarqaladigan viruslar va mobil qurilmalarda xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha suhbatlashamiz.…
❤12👍8
📲 Mikroqarzni Agrobank mobile ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirasiz.
➖Batafsil ma'lumot uchun havola ustiga bosing!
Kartalarga bepul o'tkazmalar limiti:
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤45👍19🔥15👎8
🤖 Sun’iy intellekt nafaqat yordamchi — balki raqobatchi ham!
AI hayotimizni tezlikda o‘zgartirmoqda. Ba’zi kasblar avtomatlashtirilmoqda, boshqalari esa butunlay yangidan paydo bo‘lmoqda.
🎥 "Pulli Gap AI"ning navbatdagi sonida:
🔹 Qaysi kasblar o‘rnini sun’iy intellekt egallaydi?
🔹 Qanday yangi kasblar paydo bo‘ladi?
🔹 Kelajak bizga qanday imkoniyatlar olib keladi?
YouTube'ga havola

AI davrida omon qolish: qaysi kasblar yashab qoladi? | Pulli Gap
Sun’iy intellekt hayotimizni tubdan o‘zgartirmoqda. Kunimizdagi kasblar yo‘qolib, o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda. Ba’zi kasblar avtomatlashtirilmoqda, lekin shu bilan birga butunlay yangi imkoniyatlar ham tug‘ilmoqda.
Videoda quyidagi savollarga javob…
Videoda quyidagi savollarga javob…
❤16👍11👎3🔥1💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noldan kitob biznesini boshlash, sifatni bosh qadriyat qilish va bozorda raqobatga bardosh berish sirlarini ochiqchasiga aytib berdi.
👉 Asaxiy muvaffaqiyati va kitob biznesining ichki jihatlari haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni o‘tkazib yubormang!
YouTube'ga havola
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍4🔥2🤔1
E’tibor berganmisiz — hozir ko‘pchilikda muammo bitta: pulni ushlab qolish qiyin, uni ko‘paytirish esa undan-da qiyinroq. Shuning uchun ham, ko‘pchilik topganini kunlik ehtiyojlarga sarflab yuboradi. Ammo aslida bu muammoni soddaroq hal qilish mumkin. Qanday?
Hozir turgan pulingiz nima qilmoqda? To‘g‘risi – hech narsa. U shunchaki karta yoki hisobda jim turibdi. Hech qanday foyda keltirmayapti. Siz u uchun ishlagandirsiz, lekin u siz uchun ishlamayapti.
Endi esa tasavvur qiling: shu pul omonatga qo‘yildi. Har oy oxirida u oz-ozdan o‘sib boradi. Siz esa tinchgina o‘z ishingizni davom ettirasiz. Ana shunda pul siz uchun ishlay boshlaydi.
Ko‘pchilik "omonat" deganda faqat katta pullarni tasavvur qiladi. Lekin aslida har qanday miqdor bilan boshlash mumkin — hatto 100 ming so‘mdan. Muhimi — pulingiz bekor turmasin. Harakatda bo‘lgan pulgina o‘zini oqlaydi.
Banklar bugungi kunda turli xil omonat turlarini taklif qilishmoqda — qisqa muddatli, uzoq muddatli, valyutada yoki so‘mda, foizli va hokazo. Siz faqat o‘zingizga qulayini tanlaysiz.
Hozirdan boshlab, oz bo‘lsa ham pulni omonatga joylab qo‘yishni odat qiling. Bu nafaqat pulni ko‘paytiradi, balki sizni moliyaviy jihatdan ancha barqaror insonga aylantiradi.
Zero, siz ishlagan pul — siz uchun ham ishlashi kerak. Nima deb o'ylaysiz?
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63👎33❤29🔥6💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💸 Ta’lim krediti olmoqchimisiz? Yoki ta’lim krediti olishda qiynalyapsizmi? Unda yaqinroq keling!
➡️ Videoda ta’lim kreditini hech qanday ovoragarchiliksiz, uydan chiqmasdan onlayn olish ko'rsatilgan.
Postni kontraktga kirgan talabalarga yuborib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Postni kontraktga kirgan talabalarga yuborib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍5🔥4
1-oktabrdan nimalar o'zgaradi?
😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi.
1️⃣ O'qituvchilar uchun mukofot puli oshadi
Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanadi. Ilgari o‘qituvchilar 577 500 so‘m miqdorida mukofot olishgan.
2️⃣ Skuter va moped haydash uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘ladi
Endilikda moped va skuter haydovchilari uchun yangi qoida kuchga kiradi — ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 3,7 BHM (1 525 400 so‘m) qilib belgilangan. O‘quv kurslari esa 2 mln so‘mgacha. Guvohnoma olish uchun davlat boji - 288 400 so‘mni tashkil qiladi. Raqam olish BHMning 1,5 baravari — 618 ming so‘m. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln so‘mdan oshmoqda.
3️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi
1-oktabrdan boshlab Xalq bankida pensiyalarni naqd shaklda berishda Face-ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. To‘lov oluvchilar to‘lov qaydnomalarini planshetda elektron shaklda imzolashlari mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining elektron so‘roviga ko‘ra biometrik identifikatsiyalash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi.
4️⃣ Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari uchun yagona modul yo'lga qo'yiladi
Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.
5️⃣ “Chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolari to‘xtatiladi
Vazirlar Mahkamasining 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi.
6️⃣ Aholiga naqd pul shaklida beriladigan ayrim moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 11-mart kungi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktabridan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

❤58👍4🤔4💔2