Pulli Gap
29.3K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Parolingizni himoya qiling!

Oddiy kombinatsiyalar — xakerlar uchun eng oson nishon. Kuchli, takrorlanmas va murakkab parol tanlab, hisoblaringizni xavfsiz saqlang.

Kuchli parol qanday bo'lishi haqida batafsil videoda👆

📌 Xavfsizlik — o'z qo‘lingizda!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25🔥10👍9🤝3
🤔 Talabalar turar joyi uchun qanday ariza yuboramiz?

😊 Joriy o'quv yili uchun talabalar turar joylariga (TTJ) joylashish istagida bo‘lgan talabalar 1-avgustdan boshlab ariza topshirishni boshlashlari mumkin.

➡️Ariza yuborish:

1. my.gov.uz portaliga OneID orqali kirasiz yoki Ro'yxatdan o'tasiz.
2. Xizmatni tanlaysiz.
3. Ariza to'ldirib, yuborasiz.

🔜Ariza natijasi uch xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:

1️⃣Yo'llanma berish: Arizangizga ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, dastlabki taqsimot o‘tkazilgandan so‘ng, sizga uch ish kuni ichida yotoqxonaga yo‘llanma yuboriladi.

2️⃣Arizani qabul qilish to'g'risida xabarnoma: Imtiyozlar bo‘lmasa, dastlab imtiyozga ega talabalarga yotoqxona taqsimoti yakunlangach, talabalar turar joyi to‘liq taqsimlanguniga qadar arizangizga javob beriladi.

3️⃣Arizangiz rad etiladi: Yo’llangan arizangiz turli sabablarga ko’ra rad etilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari ko'rsatilgan xabarnoma olasiz.

☝️ Imtiyozli talabalarning arizalarini ko'rib chiqilgandan so'ng, imtiyozsiz talabalarga maxsus navbat raqami beriladi va yotoqxonada bo'sh o'rinlar bo'lsa, shu navbat bilan turar joy uchun yo'llanma olishadi.

📌 Imtiyozli toifaga kiruvchi talabalar uchun ustuvorlik:

🔹 "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari, yetimlar va ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar;
🔹 "Ijtimoiy himoya yagona reestri", "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan talabalar;
🔹 I va II guruh nogironligi bor talabalar;
🔹 Bitta oiladan 2 yoki undan ortiq farzandi to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi bo‘limda o‘qiyotgan talabalar;
🔹 Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹 "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 "Zakovat" intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 TTJda qavat sardori yoki talabalar kengashi raisi bo‘lganlar.


Umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun kvota taqsimoti
🟢 1-kurs talabalariga — 55% dan 65% gacha;
🟡 2-kurs talabalariga — 15% dan 20% gacha;
🔴 3-kurs va undan yuqori kurs talabalariga — 20% dan 25% gacha.

Bu postni talaba tanishlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍6🔥3👎1🤔1💔1
❓Kredit ta’minoti nima uchun kerak?

😊 Bankdan kredit olishni istagan har bir mijoz bir narsaga duch keladi — bu “kredit ta’minoti” talabi. Ko‘pchilik uchun bu so‘z tushunarsiz: Bu nima? Nega kerak? Qanday bo‘ladi? Keling, buni oddiy tilda tushuntirib beramiz.

📌 Kredit ta’minoti — bu bankka sizning qarzingizni qaytarishingizga kafolat beruvchi vosita. Ya’ni, agar siz kreditni vaqtida to‘lay olmasangiz, bank o‘z pulini shu ta’minot orqali qaytarib oladi.

👍 Nima uchun kerak?

Bank har bir mijozga ishonadi, lekin xavfni ham hisobga oladi. Agar mijoz to‘lamay qo‘ysa, zarar ko‘rishni istamaydi. Shuning uchun kredit ta’minoti bank uchun himoya vositasi hisoblanadi.

👍 Kredit ta’minoti nimalar bo‘lishi mumkin?

Banklar quyidagi narsalarni kredit ta’minoti sifatida qabul qiladi:

🔹 Ko‘chmas mulk – uy, yer, bino, ofis
🔹 Avtomobil
🔹 Omonat (depozit) — o‘z bankdagi pullaringizni garovga qo‘yish
🔹 Tovarlar yoki uskunalar
🔹 Uchinchi shaxs kafilligi — ya’ni kimdir siz uchun kafolat beradi
🔹 Sug‘urta polisi — ba’zi hollarda qarz hayot sug‘urtasi bilan ta’minlanadi.

Misol:

Agar siz bankdan 50 mln so‘m kredit olmoqchi bo‘lsangiz, bank sizdan ushbu miqdorga yaqin qiymatdagi ta’minot talab qiladi. Masalan, 60 mln so‘mlik kvartira yoki avtomobil bo‘lishi mumkin.

To‘lovlarni o‘z vaqtida bajarsangiz, ta’minot sizga qaytariladi.


📌 Agar kredit olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo qanday ta’minot ko‘rsata olishingizni aniqlab oling. Shunda bank bilan muloqot ham oson, qaror ham tez bo‘ladi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍2
❗️Diqqat! .apk fayllarni hech qachon ochmang!

😊 So’nggi paytlarda Telegram orqali kiberxujumlar ko’paysa ko’paydiki, lekin kamaygani yo’q. Kunda-kunora kimningdir firibgarlar tuzog’iga tushganini eshitamiz. Afsuski, ko’pchilik holatlarda kiberxujum natijasida yo’qotilgan mablag’ni qaytarishning iloji bo’lmaydi.

Kiberxujum qanaqa bo'ladi❓

➖ Sizga noma’lum kontaktdan “To’yga taklifnoma”, “Rasmdagi sizmi?” kabi nomdagi .apk fayllar yuborishadi. Qiziqib faylni ochishingiz bilan esa Telegram akkauntingiz qo’ldan ketadi. Birozdan keyin hisobingizdan pul yechib olingani haqida SMS keladi. Endi sizga na bankingiz, na mas’ullar yordam bera oladi.

🤔 Xo’sh, o’zi firibgarlar sxemasi qanday ishlaydi?

➖Faylni ochishingiz bilan firibgarlar SMS va qo'ng'iroqlarga ruxsat oladi.
➖Bu bank ilovalaridan keladigan SMS, tasdiqlash kodlarning to'g'ridan to'g'ri firibgarlarga uzatish imkonini beradi.
➖SMS xabarlariga ruxsat olish ketidan fuqarolar shaxsiy ma’lumotlarining sizdirilishiga yoki moliyaviy zararga uchrashigacha olib keladi.

⚡️ Nima qilish kerak?

📌 Oxiri “.apk” bilan tugaydigan hech qanday dasturni yuklab olmang va tushunmasdan hech bir ilovaga ruxsat bermang. Yaxshisi, siz virusli faylni “@Cyberqalqonbot” telegram botiga jo'nating.

➡️Bu bot ham faylni tahlil qilib beradi, ham o'sha zararli ilovalar yuklab olib, undan jabrlanayotgan yuzlab foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini asrab qoladi. Chunki botga kelib tushgan zararli fayllar mutaxassislar tomonidan o'rganilib, zararsiz holatga keltiriladi.

☝️Umumiy tavsiyalar

1️⃣ 2 bosqichli tekshiruvni yoqing.
2️⃣ Kuchli parollardan foydalaning.
3️⃣ Bir parolni boshqa joyda qayta ishlatmang.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48❤30🤔4
Faktoring va kreditning farqi nimada?

Bugun ko‘plab tadbirkorlar va hatto oddiy fuqarolar ham “faktoring” degan tushunchaga ko‘p duch kelishyapti. Lekin uni ko‘pchilik oddiy kredit bilan adashtiradi. Aslida bu ikkalasi butunlay boshqa-boshqa moliyaviy vositalar. Bugun aynan faktoring nima, kredit nima va ularning o‘zaro farqi nimada – shuni sodda qilib tushuntirib beramiz.

💳 Kredit nima?

Kredit – bu bank yoki boshqa moliyaviy tashkilot sizga ma’lum miqdorda pul berib, uni foizi bilan qaytarib oladigan xizmat.

Oddiy misol: Siz bankdan 50 million so‘m kredit oldingiz. Bank sizga shart qo‘yadi: “Bu pulni 1 yil ichida 60 million qilib qaytarasiz.”

✅ Siz pulni oldindan olasiz
❌ Pul sizniki emas, bu - qarz
↗️ Qaytarishda foizini ham to‘laysiz

🧾 Faktoring nima?

Faktoring – bu siz qilgan ish yoki sotgan mahsulotingiz uchun hali olinmagan pullarni oldindan olish usuli.

Oddiy misol: Siz bir kompaniyaga 100 million so‘mlik mahsulot yetkazib berdingiz. Kompaniya sizga 3 oy ichida pul beramiz, dedi. Lekin sizga pul hozir kerak.

Shunda siz faktoring kompaniyasiga murojaat qilasiz, ular sizga hozircha masalan, 95 million so‘m berishadi. Qolganini esa o‘sha kompaniya 3 oydan keyin faktoring kompaniyasiga to‘laydi.

✅ Siz hoziroq pul olasiz
❌ Bu qarz emas, sizning haqingiz
↘️ Lekin pulning bir qismini (foiz) faktoring kompaniyasi olib qoladi

📊Faktoring va kreditning asosiy farqlari:

Kimga beriladi?
Kredit: Har kimga
Faktoring: Asosan biznes egalariga

Pul nima asosida beriladi?
Kredit: Kredit tarixi va to‘lov qobiliyati asosida
Faktoring: Sizda mavjud shartnoma (debetor qarz) asosida

Bu qarzmi?
Kredit: Ha, qarz
Faktoring: Yo‘q, bu sizning haqqingizni oldindan olish

Foiz to‘lanadimi?
Kredit: Ha
Faktoring: Ha, lekin ozroq ulushda

Kim bilan ishlanadi?
Kredit: Bank
Faktoring: Faktoring kompaniyasi

❓ Xo'sh, qachon kredit, qachon faktoringdan foydalanish kerak?

🔘Agar sizga biznesni boshlash yoki kengaytirish uchun katta mablag‘ kerak bo‘lsa – kredit kerak.
🔘Agar siz ish qilgansiz, lekin pulni hali olmagansiz, ammo hozir pul kerak bo‘lsa – faktoring foydaliroq.

Agar siz ham tadbirkor bo‘lsangiz va pullaringiz aylanmasidan qiynalayotgan bo‘lsangiz, faktoring siz uchun yaxshi yechim bo‘lishi mumkin.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28🔥4👎3💔2🤔1
🤔 Shikastlangan valyutani almashtirsa bo'ladimi?

😊 Biroz yirtilgan, shikastlangan valyutangizni bankda almashtirish jarayonida qo‘shimcha to‘lov qilishingizga to‘g‘ri kelganmi? Nega bunday bo‘lganiga qiziqib ko‘rganmisiz?

➡️Bugun shu savolga javob topishga urinib ko‘ramiz.

Shikastlangan valyutani qabul qilish jarayonida banklar tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Bu odatiy holat, chunki banklarning ma’lum xarajatlari mavjud.

💵Banklarda ko‘p miqdorda eskirgan, shikastlangan valyutalar yig‘ilganda, bank ushbu valyutalarni yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Bunda, quyidagi xarajatlar mavjud:

1️⃣ yangi valyutani yetkazib beruvchi bankning xizmat haqi;
2️⃣ bojxona xarajatlari uchun to‘lovlar;
3️⃣ transport xarajatlari;
4️⃣ vakil chet el bankining xizmat haqi.

📌 Shu tufayli ham shikastlangan valyutangizni qabul qilish jarayonida sizdan komission to‘lovlar undiriladi. Ushbu to‘lovlarning miqdori valyutaning shikastlanganlik darajasiga qarab, uning 3 foizidan 5 foizigacha bo‘lishi mumkin.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤19👎8🔥5
📌 1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-sentabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi.

↗️ Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari lavozim maoshlari oshiriladi

Tegishli prezident farmoniga muvofiq, maktab direktorlarining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, o‘rinbosarlarining bazaviy tarif stavkasi esa 15 foizga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining bazaviy tarif stavkasi ularni III va IV toifali maktab direktorlari o‘rinbosarlari tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.

❌ Ish beruvchilar uchun ayrim javobgarlik choralari bekor qilinadi

4-avgustda imzolangan “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan ayrim talablar soddalashtiriladi. Shuningdek, norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar 30 BHM (12,36 mln so‘m), huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda esa 100 BHM (41,2 mln so‘m) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

✅ Nogironlikni belgilashning yangi tizimi joriy etiladi

2024-yil 16-iyulda qabul qilingan “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

💸Yolg‘iz ota-onalarga moddiy yordam “Inson” va YAIDXP orqali beriladi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)larning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzand (lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha (618 ming so‘m) miqdorda moddiy yordam to‘lanadi. Moddiy yordam olish uchun “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YAMIH” AT), shuningdek, YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar:
➖qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti ma’lumotlari;
➖3 yoshgacha bo‘lgan farzand (lar)ining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (lari) ma’lumotlari;
➖mobil telefoni raqami;
➖AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi ma’lumotlari.


🚨PPX bo‘linmalari pulli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi

Yuridik shaxslar PPX bo‘linmalariga shartnoma-huquqiy asosda xizmatlardan foydalanish uchun YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. PPX bo‘linmalari IIVning “Elektron patrul” tizimi orqali jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra quyidagilar tartibga solinadi:
➖aholi gavjum joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo‘linmalariga yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilish tartibi;
➖arizalarni ko‘rib chiqish va ularni rad etish asoslari;
➖jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish tartibi.
➖ma’muriy reglament ommaviy tadbirlarni, yig‘ilishlar, mitinglar va ko‘cha namoyishlarini tashkil etish va o‘tkazishga taalluqli emas.


📸 “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi

15-mayda e’lon qilingan “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤51👍7🔥6👎3
📌 Kam foizli ta'lim krediti berayotgan banklar ro'yxati

😊 Biz talabalar uchun kam foizli ta'lim krediti taqdim etayotgan banklar ro'yxatini tuzib chiqdik!

1. Agrobank
Foiz: 14%
Muddati: 7 yil

2. Asakabank
Foiz: 14%
Muddati: 11.5 yil

3. Xalq Banki
Foiz: 13,5%
Muddati: 7 yil

4. Turon bank
Foiz: 14%
Muddati: 7.5 yil

5. O‘zbekiston Milliy banki
Foiz: 22% dan 24% gacha
Muddati: 5 yilgacha

6. Orient Finans Bank
Foiz: 25% dan 28% gacha
Muddati: 4 yil

7. O‘zsanoatqurilishbank
Foiz: 14%
Muddati: 11 yil

8. Biznesni Rivojlantirish banki
Foiz: 14%
Muddati: 11,5 yil

9. Mikrokreditbank
Foiz: 14%
Muddati: 15 yil

*Eslatma: Xotin-qizlar uchun — 0% stavkali kredit (Foizlar budjet jamg‘armasi hisobidan qoplanadi)

➡️ Postni talabalarga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤33🔥20👎7👍5🤝1
😏 O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

✅ Endi bu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali olish mumkin — hech qayerga borish shart emas.

🧾 Xizmatdan foydalanish tartibi qanday?

1️⃣my.gov.uz saytiga kiring
2️⃣"Ma'lumotnomalar" bo‘limiga o‘ting
3️⃣"O‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma" xizmatini tanlang
4️⃣Xizmatdan ishonchli shaxs sifatida foydalanayotganingizni tasdiqlang. Keyin vafot etgan shaxsning ismi, familiyasi, tug‘ilgan sanasi hamda hududini kiriting. Agar sanani bilsangiz, aniq ko‘rsating, bilmasangiz — davr oralig‘ini kiriting.
5️⃣O‘zingiz haqingizda ma’lumotlarni to‘ldiring va aloqadorligingizni ko‘rsating:
        🗄Qarindosh bo‘lsangiz — pasport va tug‘ilganlik guvohnomangizni yuklang.
        🗄 Uchinchi shaxs yoki vakil bo‘lsangiz — notarial ishonchnoma nusxasini yuklang.

Ma’lumotnomani qay maqsadda olayotganingizni tanlang va to‘lovni amalga oshiring

📆 To‘lovdan so‘ng ma’lumotnomani 3 ish kuni ichida "Arizalar" bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin.

➡️ Hammasi onlayn, tez va qulay!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍8💔6
🔥 "Reklama bilan bozorni egallash mumkin..." — Farrux Sharif bilan ilhomlantiruvchi suhbat!

🎙 Sizni Pulli Gap Talk #3 kutmoqda — bu safar kreativlik, jamoaviy ruh va reklama san’ati haqida chuqur suhbat!

❓ Nima haqida gaplashamiz?

• Kreativlik — bu reklama emas, bu — bozorga hujum qilish san’ati
• “Pepsi: TA’MLAR JANGI”, “Ishonch: CHARCHAMA” — yodda qolarli roliklar qanday yaratilgan?
• Ijodiy jamoa bilan ishlash: motivatsiya, sadoqat va g‘oya kuchi

🎯 Farrux Sharif:
"Kreativlik — bu faqat g‘oya emas, uni amalga oshirish va jamoa bilan natijaga erishish san’atidir. Bu — shunchaki so‘zlar emas. Bu — ishonch, strategiya va ijodning mukammal uyg‘unligi".

📺 Suhbatni bu yerda tomosha qiling:
🔗 YouTube havola
❤20👍1
🔐 Qanday qilib onlayn to‘lovlaringizni xavfsiz qilish mumkin?

😊Raqamli to‘lovlar hayotimizni ancha osonlashtirdi: kommunal to‘lovlardan tortib, xaridlar, pul o‘tkazmalari, xizmatlar uchun to‘lov — barchasi bir necha daqiqada amalga oshadi. Lekin bu qulaylik ortida xavfsizlik muammosi ham bor.

📌 Shaxsiy ma’lumotlar, kartadagi mablag‘, kodlar — bularning barchasi firibgarlar nishoniga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham har bir foydalanuvchi onlayn to‘lovlar xavfsizligi haqida bilishi shart.

⬇️Quyidagi oddiy, ammo muhim maslahatlar sizni keraksiz xatarlardan himoya qiladi:

1️⃣ Faqat ishonchli manbalardan foydalaning

To‘lovlarni faqat rasmiy ilovalar yoki saytlar orqali amalga oshiring.

Hech qachon noma’lum havolalar orqali kartangiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.

2️⃣ Parollaringizni sir saqlang

SMS orqali kelgan tasdiqlov kodlari, ilova parollari, karta ma’lumotlari — faqat sizga tegishli.

Bank yoki to‘lov tizimlari sizdan hech qachon kod yoki CVV so‘ramaydi. Agar kimdir “biz call-markazdanmiz” deb so‘rasa — bu firibgarlar!

3️⃣ Mobil qurilmangizni himoyalang

Telefoningizga PIN, Face ID yoki barmoq izi orqali kirishni yoqing.
Aks holda, telefoningiz yo‘qolganida yoki begonalarning qo‘liga tushganida — to‘lovlaringiz xavf ostida qoladi. Shuningdek, to‘lov ilovalaringizda alohida kirish parolini faollashtiring.

4️⃣ Jamoat Wi-Fi tarmoqlaridan ehtiyot bo‘ling

Restoran, kafelar, savdo markazlaridagi ochiq Wi-Fi orqali to‘lov qilmaslikka harakat qiling. Bunday tarmoqlar himoyasiz bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz osonlikcha qo‘lga tushishi mumkin. Agar zarurat bo‘lsa — VPN orqali ulanishingiz tavsiya etiladi.

5️⃣ Har bir tranzaksiyani tekshirib boring

Bank ilovalaringizdagi "Tranzaksiyalar tarixi" bo‘limini muntazam ko‘zdan kechiring. Agar siz bajarmagan to‘lovlar yoki shubhali harakatlar ko‘rsangiz — darhol bankingizga yoki to‘lov tizimiga murojaat qiling.

Onlayn to‘lovlar — bu qulaylik. Lekin bu qulaylik faqatgina xavfsizlik bilan birga bo‘lgandagina to‘liq ishlaydi.

🫰 To‘lovlar uchun ishonchli platformalardan foydalaning, ma’lumotlaringizni himoyalang va ehtiyotkor bo‘ling. Pulli Gap'ni doimo kuzatib boring.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🤝5🔥4
📌 Tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokreditlar

😊 Pulli Gap tadbirkorlar uchun kam foizli mikrokredit berayotgan banklar ro'yxatini tuzib chiqdi.

➡️ Postni tadbirkor tanishlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20❤13👎11👍6🤝1