Pulli Gap
29.3K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
➡️Mehnat ta'tili va mehnat ta'tili puli haqida bilasizmi? Keling, shu haqida gaplashamiz!

➖Mehnat ta'tili - bu bir yilda bir marta xodimning dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun oladigan ta'tilidir.

📌 Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Mehnat ta'tilining davomiyligi eng kami 21 kun, davlat organlari xodimlariga – 27 kalendar kun. Yangi ishga kirgan xodim 6 oydan keyin mehnat ta'tiliga chiqishi mumkin.

🤑Mehnat ta'tili uchun pul miqdori oxirgi 12 oy ichidagi o‘rtacha ish haqi asosida hisoblanadi.

Postni dam olmasdan ishlaydigan tanishingizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤26
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😮 Kredit olishni ta'qiqlash haqida eshitganmisiz?

Endi siz kredit olishni o'ziga o'zi taqiqlash xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Shunda boshqalar nomingizga kredit ololmaydi.

➡️Bu haqda batafsil videoda tanishishingiz mumkin!

Videoni tanishlaringizga yuborib qo'ying, bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤14🔥3🤔1
🚗O‘zbekiston sharoitida mashina olish uchun qancha vaqtda pul yig‘sa bo‘ladi?

👍 Bugungi kunda mashina sotib olishdagi asosiy omillar mashina narxi (yangi yoki eski, model, holat), sizning oylik daromadingiz, har oy qancha tejab qola olishingiz va moliyaviy majburiyatlaringiz (ijara, kredit, oila) hisoblanadi.

🔜Keling, buni 3 xil mashina toifasida hisoblab ko'ramiz!

1️⃣Past byudjetli

🚗 Eski Spark / Matiz (2-qo‘l): 40–60 mln so‘m
🪙 Aytaylik, siz har oy 2 mln so‘m tejaysiz.
➡️60 mln / 2 mln = 30 oy = 2,5 yil

Natija: 2,5 yil

2️⃣O‘rtacha byudjetli

🚗 Yangi Cobalt / Nexia 3 / Onix: 110–140 mln so‘m
🪙 Har oy 3 mln so‘m tejasa:
➡️130 mln / 3 mln = 43 oy ≈ 3,5 yil

Natija: 3,5 yil


3️⃣Yuqori byudjetli

🚗 Tracker, Malibu, Captiva: 200–300 mln so‘m
🪙Tejash sur’ati: 5 mln so‘m oyiga
➡️250 mln / 5 mln = 50 oy = 4,2 yil

Yoki daromadingiz yuqori bo‘lib, oyiga 8 mln tejasa:
➡️250 mln / 8 mln = 31 oy ≈ 2,5 yil

Natija: 2,5 - 4,2 yil

🤔Qanday qilib tezroq yig‘ish mumkin?

➖Maqsadli jamg‘arma oching (Bank depoziti, omonat)
➖Mashina jamg‘armasini avtomatik ajrating, har oyning boshida
➖Qo‘shimcha daromad manbasi toping (frilans, avtoreklama, kichik xizmatlar)
➖Zarur bo‘lmagan xarajatlarni qisqartiring (kafe, kiyim, servislar)

Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍100❤41👎13🔥8🤔2💔2🤝2
Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin?

Kundalik hayotda u yoki bu tanishingizning kiberhujumga uchragani haqida eshitib qolamiz. Quyida sizga kiberhujumlarga uchramaslik uchun kiberfiribgarlik turlari va ulardan qanday saqlanish mumkinligini aytib o’tamiz!

1. Fishing – Aldovli xatlar, SMS yoki linklar orqali ma'lumot o‘g‘irlash

Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bankdan”, “pochta xizmatidan” yoki “aksiyalar o‘yinidan” xat yoki SMS keladi.
➖U yerda link bo‘ladi: “Hisobingiz bloklandi”, “Yutib oldingiz!”, “Shoshiling, kartangiz bloklanadi!”.
➖Linkga kirganingizda — u rasmiy saytga o‘xshaydi, lekin aslida soxta. Siz kiritgan login/parol, karta ma'lumotlari — firibgarlar qo‘liga tushadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon noma’lum linklarga kirmang.
✅ Shaxsiy ma'lumotlaringizni faqat rasmiy saytlarga kiriting.
✅ 2 bosqichli avtorizatsiyani yoqing (2FA)


2. Vishing – Telefonda aldash (soxta qo‘ng‘iroqlar)

Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilishadi.
➖“Kartaniz bloklandi, to‘lov bo‘lmadi, kodni ayting, parolingizni tekshiramiz” deyishadi.
➖Siz SMS kodni aytsangiz yoki karta ma'lumotini bersangiz — pulingiz yechib olinadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon hech kimga SMS-kod, karta raqami, CVV, parol aytmang.
✅ Bank xodimi sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilmaydi.
✅ Shubhali qo‘ng‘iroqlarda aloqani uzing va o‘zingiz bankka qo‘ng‘iroq qiling.


3. Soxta ilovalar va botlar

Firibgarlik sxemasi:
➖Telegram yoki Google Play’da bank nomi bilan soxta ilova paydo bo‘ladi.
➖Yoki Telegram’da “nafaqa olish”, “kredit tekshirish”, “yordam olish” botlari tarqatiladi.
➖Siz u yerda shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritasiz – ular firibgarlarga tushadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Ilovani faqat ruxsat berilgan manba — Play Market yoki App Store’dagi ishlab chiquvchi nomiga qarab yuklab oling.
✅Telegram botdan foydalanayotganda — tasdiqlangan, rasmiy manbani tekshiring.
✅ Antivirus va ilovalarni skanerlovchi dasturlarni yoqib qo‘ying.

Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37👍36🔥2💔1
Siz quyidagi kiberhujumlardan qaysi biriga duch kelgansiz va qanday yo’l tutgansiz?
Anonymous Poll
22%
Fishing
11%
Vishing
67%
Soxta ilova va botlar
❤18👍8🤝4🔥2
Pulli Gap pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📃 Elekton hujjatlarni olish endi oson!

❗️Unutmang, hujjatning elektron varianti degani uning rasmi degani emas!

Batafsil videoda☝️

📌 Hujjatlarning raqamli versiyalaridan foydalanilganda, ularning qog‘ozdagi ko‘rinishi talab etilmaydi va davlat muassasalarida qabul qilinadi (bank, notarial idoralar, O‘zbekiston hududi bo‘ylab parvoz va poezdlarga ro‘yxatdan o‘tish uchun va hokazo).

Videoni yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤16
Radarlar - Uzb.pdf
959.2 KB
📌 Oʻzbekistondagi barcha radarlar ro'yxati!

➡️ YHXX yoʻllardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari oʻrnatilgan aniq manzillar, ular qaysi qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida maʼlumot berdi.

☝️ Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda oʻrnatilgan 1 800 dan ortiq radarlar haqida maʼlumot keltirilgan.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤10🔥4💔1
Yandex Go yoki Uklon — qaysi birida taksi qilish yaxshiroq?

😊Yandex Go va Uklon ilovalari O‘zbekistonda faol ishlayotgan mashhur taksi agregatorlaridan hisoblanadi. Quyida ularni qulaylik, narx, ishlash vaqti, bonuslar va umumiy foydalanuvchi tajribasi bo‘yicha solishtirib ko'ramiz!

1️⃣ Narxlar

🚗 Yandex Go:
➖Buyurtmalar ko‘p.
➖Komissiya: 2,6% (+soliq 12%) dan boshlanadi (mashina rusumiga qarab)
➖Bonus va garantiyalar mavjud (ko‘p ishlasangiz, qo‘shimcha to‘lanadi).

🚗 Uklon:
➖Buyurtmalar kamroq, lekin narxlari barqaror.
➖Komissiya: 19%
➖Haydovchi o‘zi narxni tanlashi mumkin — bu katta plus.

2️⃣ Ish vaqti va moslashuvchanlik

🚗 Yandex Go:
Buyurtmalar 24/7.
Jadval yo‘q, xohlagan vaqtda ishlash mumkin.

🚗 Uklon:
Buyurtmalar 24/7.
Buyurtmalar kamroq va ko‘proq shaharning markazida.

3️⃣Talablar va tizim

🚗 Yandex Go:
➖Ro‘yxatdan o‘tish oson.
➖Avtomatik baholash: mijozlar yomon baho bersa, tez bloklanishingiz mumkin.

🚗 Uklon:
➖Baholash tizimi oddiy.
➖Haydovchi ko‘proq mustaqil: buyurtmani qabul qilish yoki rad etishda erkin.

4️⃣ Ilova va interfeys

🚗 Yandex Go:
➖Ilova mukammal, buyurtmalar tez chiqadi.
➖Ba’zida algoritmlar haydovchidan foyda ko‘radi.

🚗 Uklon:
➖Ilova oddiy, tushunarli.
➖Narxni haydovchi qo‘yishi — katta ustunlik.

🤑Bonuslar

🚗 Yandex Go:
➖Har doim ham bo'lavermaydi. O'rtacha 250-300 000 so'm atrofida

🚗 Uklon:
➖Bonuslar ko'p, ayniqsa yangi taksistlar uchun.
➖Qancha ko'p buyurtma olsangiz, shuncha ko'p bonus olasiz. Bundan tashqari, "pik" vaqtlarda ham qo'chimcha bonus beriladi.

📌 Xulosa
➖Ko‘p ishlayman, kam komissiya, ko‘proq buyurtma bo‘lsa bo‘ldi — Yandex Go.
➖Erkinlik, o‘zim narx qo‘ymoqchiman, bonuslar — Uklon.

Siz qaysi birini tanlaysiz? Izohlarda yosib qoldiring!✍️

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24❤23👍9🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Firibgarlar lug‘ati

😊Noma'lum raqamdan qo'ng'iroq qilib, o'zini bank xodimi sifatida tanishtiradigan va sizga yordam berishni taklif qiladigan firibgarlarga duch kelgan bo'lsangiz ajab emas. Ba'zida esa ularning firibgar ekanligini ham bilmay, chuv tushamiz! Kiberhujumga uchramaslik uchun esa, firibgarlar lug'atidan boxabar bo'lishimiz kerak.

➡️ Batafsil videoda

Siz qaysi firibgarlik usuliga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring
✍️

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤10🔥4🤔1
😊Dekret puli — bu ayolga homiladorlik va tug‘ruq ta’tili (ya’ni, mehnat ta’tili) davrida to‘lanadigan yillik mehnatga haq to‘lash kompensatsiyasi yoki nafaqa hisoblanadi.

🇺🇿O‘zbekistonda bu nafaqa turini to‘lash tartibi Mehnat kodeksi, Fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida tartibga solinadi.

📌 Kimlarga beriladi?

1. Rasmiy ishlovchi ayollarga (ya’ni, ish joyi bor, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar).

2. Ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lagan fuqarolarga.

3. Ishsiz yoki norasmiy ishlovchi ayollarga esa FHDYO (ZAGS) guvohnomasi orqali byudjetdan bir martalik nafaqa to‘lanadi.

📊 Qanday hisoblanadi?

👍 Ishlovchi ayollar uchun:

Homiladorlik va tug‘ruq ta’tili muddati odatda 126 kun (70 kun tug‘ruqqacha va 56 kun tug‘ruqdan so‘ng) yoki 140 kun (agar tug‘ruq og‘ir kechsa yoki ko‘p homilalik bo‘lsa).

💰 Hisoblash tartibi:

1️⃣ Oxirgi 12 oy davomida olgan o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblanadi.

2️⃣ Har bir ta’til kuni uchun o‘rtacha kunlik ish haqi aniqlanadi:
O'rtacha oylik ish haqi / 30
(30 — o'rtacha oyning kunlari)

3️⃣ So‘ng, bu kunlik summa 126 yoki 140 kunga ko‘paytiriladi.

Masalan:

Agar ayolning o‘rtacha oylik ish haqi 3 000 000 so‘m bo‘lsa:

Kunlik ish haqi: 3 000 000 / 30 ≈ 100 000 so‘m

Dekret muddati 126 kun bo‘lsa: 100 000 × 126 = 12 600 000 so‘m

Ushbu summa ish beruvchi tomonidan yoki budjetdan, ijtimoiy sug‘urta fondi orqali to‘lanadi.

👍 Ishsiz (rasmiy ish joyi yo‘q) bo‘lgan ayollar:

FHDYO tomonidan berilgan tug‘ilish haqidagi guvohnoma asosida bir martalik nafaqa olishadi.

🗣️Muhim eslatmalar:

➖ Nafaqa olish uchun tibbiy muassasadan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida ariza beriladi.

➖ Ish beruvchi tomonidan o‘z vaqtida topshirilgan hujjatlar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.

➖ Agar ayol o‘z hisobidan yoki bolani parvarish qilish ta’tilida bo‘lsa, boshqa tartibda hisoblanadi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤38👍15🔥8👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 Ko'pchilik kredit olayotganda salbiy kredit tarixi sabab kredit ololmaydi. Bugungi videomizda aynan salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkinligi haqida gaplashamiz!

➡️Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin!

Videoni kredit tarixini yaxshilashi kerak bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤16👎14
🚗 Avtoreklama nima? Uning afzalliklari va kamchiliklari. Daromad qanday bo'ladi?

😊 Avtoreklama — bu avtomobil sirtiga reklama joylashtirish orqali mahsulot, xizmat yoki kompaniyani targ‘ib qilish shaklidir. Bu reklama banner, stiker (yopishtirma) yoki magnit doska ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

✅Afzalliklari:

➖ Avtomobil ko‘chada harakatda bo‘lgani uchun reklama ko‘p odamga yetib boradi
➖ TV yoki tashqi bilbord reklamalariga qaraganda ancha arzon va uzoq muddatli
➖ Avtomobil doim harakatda bo‘lgani uchun logotip, telefon raqami, xizmat ko‘rsatiladigan soha odamlarga tez yodda qoladi.

❗️ Kamchiliklari:

➖ Reklama yomg‘ir, quyosh va changdan eskiradi yoki yuvilib ketadi.
➖ Mashina faqat ma’lum bir hududda yuradi. Demak, auditoriya faqat shu joydagi odamlar bo‘ladi.
➖Agar avtomobil egasi qoidabuzar bo‘lsa yoki avariya qilsa — reklama beruvchining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🤑 Daromad qanday bo‘ladi?

➖ Daromad miqdori — mashina turi, yuradigan masofasi va joylashtirilgan reklama turi bo‘yicha o‘zgaradi.

➖ O‘zbekistonda bu narxlar oyiga 200 000 so‘mdan boshlanib, 2-3 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍12
💸 Soliq – faqat pul emas, bu Ishonch! O‘zbekiston byudjeti va har bir fuqaroning hissasi

📌Pulli Gap AI da yangi video!

☕️ Siz choy olganingizda ham soliq to‘layotganingizni bilasizmi?

😊 Ushbu videoda soliq tizimining oddiy odam hayotidagi o‘rni haqida sodda va tushunarli qilib tushuntiramiz. 2024-yilda O‘zbekiston byudjeti qanday shakllantirilgan? QQS nima? Oyligingizdan ushlab qolingan 12% soliq qayerga sarflanadi? Yoki nega benzin narxining yarmi soliqdan iborat?

➡️ Bu savollarga javob olish uchun videoni tomosha qiling!

Videoni ko'rish uchun link: https://youtu.be/y7BB4GKzEE8?si=D54xoazSTIQqrSqJ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10🤔3
1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

😊 O‘zbekistonda joriy yil 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi, qonunchilikda qanday o'zgarishlar bor? Pulli Gap mamlakatimiz hayotidagi eng muhim o'zgarishlar haqida post tayyorladi!

🗑 Chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasi uchun to‘lov qilolmaydi

Endi har oyning 3-sanasigacha qarzdor abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hududiy elektr tarmoqlari kompaniyasining billing tizimiga uzatilib, chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha HET’ning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi. Undan keyin qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun vaqt beriladi. Bu muddat ichida mavjud qarzdorlik to‘lanishi lozim.

💸 Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi

2025-yilning 1-avgustidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10% ga oshiriladi. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar budjet hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

🤑 Bazaviy hisoblash miqdori oshiriladi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming so‘mdan 1 mln 271 ming so‘mga oshirildi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 412 ming so‘mga yetkaziladi. Amalda bu 375 ming so‘mni tashkil etgandi.

💰 Viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

16-iyun kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari “ishchan va jozibador muhit yaratish” uchun 1-avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshirilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

📮 UzPost bo‘limlarida e-commerce servis markazlari ochiladi

Mamlakatning 14ta hududidagi tuman pochta aloqasi bo‘limlarida elektron tijoratga xizmat ko‘rsatish markazlari ishga tushiriladi. Ularda yirik marketpleys hamda tadbirkorlar bilan tovarlarning onlayn savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Postni yaqinlaringizga ulashib, ularni ham xabardor qilib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤62👍17👎3🔥3
🚗 Haydovchilik guvohnomangizni yo‘qotdingizmi? Sarosimaga o‘rin yo‘q!

Hayotda turli holatlar bo‘ladi: hujjat yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi yoki shikastlanishi mumkin. Bunday paytda nima qilish kerak?

Haydovchilik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish jarayoni qanday? Va eng muhimi — qancha xarajat bo‘ladi?

👍 Qanday tiklash mumkin?

my.gov.uz portalida "Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotgandan keyin tiklash" xizmati mavjud. Bu xizmat orqali yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangani tufayli yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini elektron tarzda ariza berish orqali tiklash mumkin.

👍 Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

2️⃣ 083 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

3️⃣ Oxirgi bir yil davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma (ishonchnoma, haydovchilik bilan shug‘ullansa - ishxonadan maʼlumotnoma, texpasport va boshqalar).

4️⃣Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi (nusxasi mavjud bo‘lsa).

😀 Xizmat narxi va muddat

Narxi: 0.09 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)

Xizmat 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

👍 Onlayn tartib

Arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali berish mumkin. Ariza elektron shaklda to‘ldiriladi, hujjatlar biriktiriladi, to‘lov onlayn amalga oshiriladi. Tayyor guvohnomani yaqin Davlat xizmat markazidan olish yoki pochta orqali yetkazib berish mumkin.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤24🔥6
🤔Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

😊 Majburiy mehnat – biror bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash hisoblanadi.

Ish beruvchi yoki biror mansabdor shaxsning majburiy mehnatga jalb qilishi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq:

➖ Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 000 so‘mgacha) miqdorida jarima;
➖ Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda, ya'ni 41 mln so'mdan 61mln 800 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Unutmang, hech kim shaxsni ishdan bo‘shatib yuboraman, oyligingni kamaytiraman, lavozimingni tushiraman va hokazo tahdidlar bilan majburiy mehnatga jalb qilishga haqli emas.

Postni tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤26🤔4🔥3🤝1
😮 Ta'lim krediti haqida nimalarni bilasiz?

Bugun sizlar bilan ta’lim krediti olish va uni qaytarish (undirish) bilan bog‘liq asosiy tartiblar, talablar haqida gaplashamiz!

Ta’lim kreditining asosiy tartiblari:
➖Talaba O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak;
➖Kredit, odatda, bakalavr va magistratura bosqichidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun ajratiladi;
➖Kredit yiliga bir marta, asosan o‘quv yilining boshida rasmiylashtiriladi;
➖Kredit miqdori – kontrakt summasi miqdorida bo‘ladi.

💵 Qaytarish muddati: O‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga
↗️ Foizi: Yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2025-yil 24-mart holatiga), qizlar uchun - foizsiz (0%)

⚡️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shart emas).

📃Kerakli hujjatlar:
➖ariza;
➖talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
➖bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

📌 Ta’lim krediti olish uchun arizani onlayn topshirish mumkin. Bunda https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborasiz!

❗️ Eslatmalar:

1️⃣Agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

2️⃣Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

3️⃣Super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍1
🚗 Bugungi kunda haydovchilik guvohnomasini olish, mashina boshqarishdan ko'ra, jarima ballari va narxlari aktualroq. Ayniqsa, jarima miqdorlari oshgani fonida haydovchi bo'lish ham murakkablashib bormoqda.

😊 Pulli Gap jamoasi haydovchilar eng ko'p uchraydigan TOP-5 yo'l harakati jarimalari, miqdorlari va ulardan qanday saqlanish haqida post tayyorlagan!

➡️ Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤28🔥4🤝4🤔2