Pulli Gap
29.3K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
💸 Naqd pulmi yoki karta? Qaysi biri pulni tejaydi?

Har kuni xarajat qilamiz: oziq-ovqat, transport, kofe ... Lekin bu xarajatlarni qanday nazorat qilamiz?
Ko‘pchilik shunday savol beradi: naqd pul ishlatgan yaxshimi, yoki karta bilan to‘lashmi?

Keling, bugun shu mavzuni ko‘rib chiqamiz!

👍 Plastik karta qulay – telefoningiz bilan bir zumda to‘lov, keshbek, chegirmalar va to‘liq xarajatlar tarixi. Ammo aynan shu qulaylik ortidan odamlar ko‘proq sarflashni boshlaydi – chunki pul “ko‘rinmaydi”.

👍 Naqd pulda esa boshqa effekt bor – siz qo‘lingizdagi pulni ko‘rasiz, har bir so‘mni sarflayotganingizni his qilasiz. Ko‘p tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar naqd bilan to‘laganda kamroq pul sarflaydi, chunki bu og‘riqliroq jarayon.

Har bir usulning o‘z afzalligi bor. Moliyaviy savodli odam esa har ikkisidan oqilona foydalanadi:

⏺Kundalik xarajatlar uchun – naqd pul (masalan, 100 000 so‘m olib chiqib, kun davomida faqat shunga mos sarflash)
⏺Yirik xaridlar va onlayn to‘lovlar uchun – karta
⏺Oy oxirida esa – xarajatlaringizni tahlil qiling.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Naqd pul tarafdorimisiz yoki kartani afzal ko‘rasizmi ? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🔥18👍15🤔3
Siz qaysi to‘lov usulidan ko‘proq foydalanasiz?
Anonymous Poll
28%
Naqd pul
72%
Plastik karta
👍30❤14🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😮Ishdan bo'shasangiz, sizga pul berilishi kerakligini bilarmidingiz?

Ko‘pchilik ishchilar ishdan bo‘shagan paytda o‘zlarining moddiy huquqlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Aslida, mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ishdan bo‘shagan xodim bir qancha to‘lovlarni olish huquqiga ega.

➡️Bu haqida batafsil videoda bilib olishingiz mumkin☝️

📌Mehnat qonunchiligi sizning huquqlaringizni himoya qiladi. Eng asosiysi – o‘z huquqlaringizni biling va ularni talab qilishdan cho‘chimang!

Postni ishdan bo'shamoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47❤23🔥3🤝3👎1
🗓 O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

1️⃣ Elektron hujjatlarni rasmiy qabul qilish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2025‑yil 1‑iyuldan davlat organlari elektron shakldagi hujjatlarni (haydovchilik guvohnomasi, biometrik pasport, talabalik guvohnomalar, texnik pasport va boshqalar) majburiy ravishda qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Bu raqamli hukumat yo‘nalishidagi muhim qadam hisoblanadi.

2️⃣ Poliklinikalarda navbatda turish soddalashadi

1-iyuldan boshlab davlat poliklinikalarida elektron navbat tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Endi ko‘pchilik xizmatlarga my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali navbat olib kirish mumkin bo‘ladi.

3️⃣ Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xarid qilish jarayonida eskrou hisobvaraqlari orqali to‘lov tizimi joriy etiladi. Mijoz to‘lovi bevosita quruvchiga emas, balki bankdagi maxsus hisobvaraqqa tushadi. Qurilish ishlari 30% bajarilgach, pul ko‘chiriladi.

4️⃣ Tovar eksportiga cheklovlar bekor qilinadi

1-iyuldan boshlab mamlakatdan chiqarilayotgan tovarlarga nisbatan barcha eksport cheklovlari olib tashlanadi. Bojxona qiymatini aniqlash tartibi xalqaro normalarga moslashtiriladi.

5️⃣Pensiya, nafaqa va moddiy yordamlar 10% ga oshadi

Prezident farmoni asosida 2025-yil 1-iyuldan boshlab: haydovchilar, pensiyalar, nafaqa, talabalar uchun stipendiyalar, hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalariga to‘lovlar 10% ga oshiriladi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤68👍32🤝6🔥1
🤑Naqd pulsiz jamiyat: Kelajakda biz qanday to‘laymiz?

↗️ Texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va biz asta-sekin naqd pulsiz iqtisodiyot sari harakat qilyapmiz. Endi pul – bu nafaqat qog‘oz yoki tanga, balki mobil ilovalar, kartalar va hatto biometrik ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan to‘lov vositasidir.

👍 Pulli Gap AI loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi videoda aynan naqd pulsiz jamiyat va zamonaviy to'lov tizimlari haqida so'z boradi.

Videoga 👍 bosing, do‘stlaringiz bilan ulashing va kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

Videoni ko'rish uchun ➡️ havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10🔥10🤔1
💳Nomingizdagi kartani o'chirish uchun nima qilish kerak?

1️⃣Nomingizdagi bank kartasini yopish uchun avvalo kartani bergan bankka shaxsan murojaat qilishingiz kerak.

Sizga kerak bo'ladi:
🪪Pasport (yoki ID-karta)
💳Plastik karta (agar mavjud bo‘lsa)

2️⃣Bankda karta yopish bo‘yicha ariza yozasiz. Kartani yopishdan oldin hisobda mablag‘ qolmasligi va hech qanday qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.

3️⃣Ariza asosida bank kartani rasmiy ravishda yopadi. Siz faqatgina kartani emas, unga bog‘langan hisob raqam ham yopilishini so‘rashingiz kerak.

📌Ayrim banklarda bu jarayonni mobil ilova orqali ham bajarish mumkin.

➡️Postni tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40❤15🔥2💔1
❄️Ventilyator yoki konditsioner? 🔥Issiq kunlar uchun qaysi biri foydaliroq?

Yozning jazirama kunlarida salqinlik har bir uy uchun zarur. Ammo savol tug‘iladi: Qaysi biri foydaliroq va hamyonbop? Quyidagi taqqoslash bunga aniq javob beradi!

1️⃣Ventilyator (Vitek VT‑1926)

⚡️Oylik energiya sarfi: 14–15 kVt
🤑Kuniga 8 soat ishlaganda bir oyda - 7  000–10  000 so'm atrofida

✔️Afzalliklari:
🔘Arzon
🔘Harakatlanadigan, ixcham
🔘Elektr sarfi kam

❌Kamchiliklari:
🔘Havoni sovutmaydi, faqat aylantiradi
🔘Juda issiq xonada yetarli ta’sir bermaydi

💸Narxi: 400–800 ming so‘m atrofida

2️⃣ Konditsioner – (Artel Marvarid 12)

⚡️Oylik energiya sarfi: ~ 300 kVt
🤑Kuniga 8 soat ishlaganda bir oyda - 135 000 so‘m

✔️Afzalliklari:
🔘Haqiqiy sovutish ta’siri
🔘Haroratni nazorat qilish imkoniyati
🔘Sovutish va isitish uchun mos

❌Kamchiliklari:
🔘Narxi yuqoriroq
🔘Tejamkorlik past

💸Narxi: 4-6 mln so‘m atrofida

Siz qaysi birini afzalroq deb bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤42👍17🤔8👎4
➡️Mehnat ta'tili va mehnat ta'tili puli haqida bilasizmi? Keling, shu haqida gaplashamiz!

➖Mehnat ta'tili - bu bir yilda bir marta xodimning dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun oladigan ta'tilidir.

📌 Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Mehnat ta'tilining davomiyligi eng kami 21 kun, davlat organlari xodimlariga – 27 kalendar kun. Yangi ishga kirgan xodim 6 oydan keyin mehnat ta'tiliga chiqishi mumkin.

🤑Mehnat ta'tili uchun pul miqdori oxirgi 12 oy ichidagi o‘rtacha ish haqi asosida hisoblanadi.

Postni dam olmasdan ishlaydigan tanishingizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤26
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😮 Kredit olishni ta'qiqlash haqida eshitganmisiz?

Endi siz kredit olishni o'ziga o'zi taqiqlash xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Shunda boshqalar nomingizga kredit ololmaydi.

➡️Bu haqda batafsil videoda tanishishingiz mumkin!

Videoni tanishlaringizga yuborib qo'ying, bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤14🔥3🤔1
🚗O‘zbekiston sharoitida mashina olish uchun qancha vaqtda pul yig‘sa bo‘ladi?

👍 Bugungi kunda mashina sotib olishdagi asosiy omillar mashina narxi (yangi yoki eski, model, holat), sizning oylik daromadingiz, har oy qancha tejab qola olishingiz va moliyaviy majburiyatlaringiz (ijara, kredit, oila) hisoblanadi.

🔜Keling, buni 3 xil mashina toifasida hisoblab ko'ramiz!

1️⃣Past byudjetli

🚗 Eski Spark / Matiz (2-qo‘l): 40–60 mln so‘m
🪙 Aytaylik, siz har oy 2 mln so‘m tejaysiz.
➡️60 mln / 2 mln = 30 oy = 2,5 yil

Natija: 2,5 yil

2️⃣O‘rtacha byudjetli

🚗 Yangi Cobalt / Nexia 3 / Onix: 110–140 mln so‘m
🪙 Har oy 3 mln so‘m tejasa:
➡️130 mln / 3 mln = 43 oy ≈ 3,5 yil

Natija: 3,5 yil


3️⃣Yuqori byudjetli

🚗 Tracker, Malibu, Captiva: 200–300 mln so‘m
🪙Tejash sur’ati: 5 mln so‘m oyiga
➡️250 mln / 5 mln = 50 oy = 4,2 yil

Yoki daromadingiz yuqori bo‘lib, oyiga 8 mln tejasa:
➡️250 mln / 8 mln = 31 oy ≈ 2,5 yil

Natija: 2,5 - 4,2 yil

🤔Qanday qilib tezroq yig‘ish mumkin?

➖Maqsadli jamg‘arma oching (Bank depoziti, omonat)
➖Mashina jamg‘armasini avtomatik ajrating, har oyning boshida
➖Qo‘shimcha daromad manbasi toping (frilans, avtoreklama, kichik xizmatlar)
➖Zarur bo‘lmagan xarajatlarni qisqartiring (kafe, kiyim, servislar)

Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍100❤41👎13🔥8🤔2💔2🤝2
Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin?

Kundalik hayotda u yoki bu tanishingizning kiberhujumga uchragani haqida eshitib qolamiz. Quyida sizga kiberhujumlarga uchramaslik uchun kiberfiribgarlik turlari va ulardan qanday saqlanish mumkinligini aytib o’tamiz!

1. Fishing – Aldovli xatlar, SMS yoki linklar orqali ma'lumot o‘g‘irlash

Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bankdan”, “pochta xizmatidan” yoki “aksiyalar o‘yinidan” xat yoki SMS keladi.
➖U yerda link bo‘ladi: “Hisobingiz bloklandi”, “Yutib oldingiz!”, “Shoshiling, kartangiz bloklanadi!”.
➖Linkga kirganingizda — u rasmiy saytga o‘xshaydi, lekin aslida soxta. Siz kiritgan login/parol, karta ma'lumotlari — firibgarlar qo‘liga tushadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon noma’lum linklarga kirmang.
✅ Shaxsiy ma'lumotlaringizni faqat rasmiy saytlarga kiriting.
✅ 2 bosqichli avtorizatsiyani yoqing (2FA)


2. Vishing – Telefonda aldash (soxta qo‘ng‘iroqlar)

Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilishadi.
➖“Kartaniz bloklandi, to‘lov bo‘lmadi, kodni ayting, parolingizni tekshiramiz” deyishadi.
➖Siz SMS kodni aytsangiz yoki karta ma'lumotini bersangiz — pulingiz yechib olinadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon hech kimga SMS-kod, karta raqami, CVV, parol aytmang.
✅ Bank xodimi sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilmaydi.
✅ Shubhali qo‘ng‘iroqlarda aloqani uzing va o‘zingiz bankka qo‘ng‘iroq qiling.


3. Soxta ilovalar va botlar

Firibgarlik sxemasi:
➖Telegram yoki Google Play’da bank nomi bilan soxta ilova paydo bo‘ladi.
➖Yoki Telegram’da “nafaqa olish”, “kredit tekshirish”, “yordam olish” botlari tarqatiladi.
➖Siz u yerda shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritasiz – ular firibgarlarga tushadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Ilovani faqat ruxsat berilgan manba — Play Market yoki App Store’dagi ishlab chiquvchi nomiga qarab yuklab oling.
✅Telegram botdan foydalanayotganda — tasdiqlangan, rasmiy manbani tekshiring.
✅ Antivirus va ilovalarni skanerlovchi dasturlarni yoqib qo‘ying.

Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37👍36🔥2💔1
Siz quyidagi kiberhujumlardan qaysi biriga duch kelgansiz va qanday yo’l tutgansiz?
Anonymous Poll
22%
Fishing
11%
Vishing
67%
Soxta ilova va botlar
❤18👍8🤝4🔥2
Pulli Gap pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📃 Elekton hujjatlarni olish endi oson!

❗️Unutmang, hujjatning elektron varianti degani uning rasmi degani emas!

Batafsil videoda☝️

📌 Hujjatlarning raqamli versiyalaridan foydalanilganda, ularning qog‘ozdagi ko‘rinishi talab etilmaydi va davlat muassasalarida qabul qilinadi (bank, notarial idoralar, O‘zbekiston hududi bo‘ylab parvoz va poezdlarga ro‘yxatdan o‘tish uchun va hokazo).

Videoni yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤16
Radarlar - Uzb.pdf
959.2 KB
📌 Oʻzbekistondagi barcha radarlar ro'yxati!

➡️ YHXX yoʻllardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari oʻrnatilgan aniq manzillar, ular qaysi qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida maʼlumot berdi.

☝️ Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda oʻrnatilgan 1 800 dan ortiq radarlar haqida maʼlumot keltirilgan.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤10🔥4💔1
Yandex Go yoki Uklon — qaysi birida taksi qilish yaxshiroq?

😊Yandex Go va Uklon ilovalari O‘zbekistonda faol ishlayotgan mashhur taksi agregatorlaridan hisoblanadi. Quyida ularni qulaylik, narx, ishlash vaqti, bonuslar va umumiy foydalanuvchi tajribasi bo‘yicha solishtirib ko'ramiz!

1️⃣ Narxlar

🚗 Yandex Go:
➖Buyurtmalar ko‘p.
➖Komissiya: 2,6% (+soliq 12%) dan boshlanadi (mashina rusumiga qarab)
➖Bonus va garantiyalar mavjud (ko‘p ishlasangiz, qo‘shimcha to‘lanadi).

🚗 Uklon:
➖Buyurtmalar kamroq, lekin narxlari barqaror.
➖Komissiya: 19%
➖Haydovchi o‘zi narxni tanlashi mumkin — bu katta plus.

2️⃣ Ish vaqti va moslashuvchanlik

🚗 Yandex Go:
Buyurtmalar 24/7.
Jadval yo‘q, xohlagan vaqtda ishlash mumkin.

🚗 Uklon:
Buyurtmalar 24/7.
Buyurtmalar kamroq va ko‘proq shaharning markazida.

3️⃣Talablar va tizim

🚗 Yandex Go:
➖Ro‘yxatdan o‘tish oson.
➖Avtomatik baholash: mijozlar yomon baho bersa, tez bloklanishingiz mumkin.

🚗 Uklon:
➖Baholash tizimi oddiy.
➖Haydovchi ko‘proq mustaqil: buyurtmani qabul qilish yoki rad etishda erkin.

4️⃣ Ilova va interfeys

🚗 Yandex Go:
➖Ilova mukammal, buyurtmalar tez chiqadi.
➖Ba’zida algoritmlar haydovchidan foyda ko‘radi.

🚗 Uklon:
➖Ilova oddiy, tushunarli.
➖Narxni haydovchi qo‘yishi — katta ustunlik.

🤑Bonuslar

🚗 Yandex Go:
➖Har doim ham bo'lavermaydi. O'rtacha 250-300 000 so'm atrofida

🚗 Uklon:
➖Bonuslar ko'p, ayniqsa yangi taksistlar uchun.
➖Qancha ko'p buyurtma olsangiz, shuncha ko'p bonus olasiz. Bundan tashqari, "pik" vaqtlarda ham qo'chimcha bonus beriladi.

📌 Xulosa
➖Ko‘p ishlayman, kam komissiya, ko‘proq buyurtma bo‘lsa bo‘ldi — Yandex Go.
➖Erkinlik, o‘zim narx qo‘ymoqchiman, bonuslar — Uklon.

Siz qaysi birini tanlaysiz? Izohlarda yosib qoldiring!✍️

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24❤23👍9🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Firibgarlar lug‘ati

😊Noma'lum raqamdan qo'ng'iroq qilib, o'zini bank xodimi sifatida tanishtiradigan va sizga yordam berishni taklif qiladigan firibgarlarga duch kelgan bo'lsangiz ajab emas. Ba'zida esa ularning firibgar ekanligini ham bilmay, chuv tushamiz! Kiberhujumga uchramaslik uchun esa, firibgarlar lug'atidan boxabar bo'lishimiz kerak.

➡️ Batafsil videoda

Siz qaysi firibgarlik usuliga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring
✍️

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤10🔥4🤔1
😊Dekret puli — bu ayolga homiladorlik va tug‘ruq ta’tili (ya’ni, mehnat ta’tili) davrida to‘lanadigan yillik mehnatga haq to‘lash kompensatsiyasi yoki nafaqa hisoblanadi.

🇺🇿O‘zbekistonda bu nafaqa turini to‘lash tartibi Mehnat kodeksi, Fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida tartibga solinadi.

📌 Kimlarga beriladi?

1. Rasmiy ishlovchi ayollarga (ya’ni, ish joyi bor, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar).

2. Ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lagan fuqarolarga.

3. Ishsiz yoki norasmiy ishlovchi ayollarga esa FHDYO (ZAGS) guvohnomasi orqali byudjetdan bir martalik nafaqa to‘lanadi.

📊 Qanday hisoblanadi?

👍 Ishlovchi ayollar uchun:

Homiladorlik va tug‘ruq ta’tili muddati odatda 126 kun (70 kun tug‘ruqqacha va 56 kun tug‘ruqdan so‘ng) yoki 140 kun (agar tug‘ruq og‘ir kechsa yoki ko‘p homilalik bo‘lsa).

💰 Hisoblash tartibi:

1️⃣ Oxirgi 12 oy davomida olgan o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblanadi.

2️⃣ Har bir ta’til kuni uchun o‘rtacha kunlik ish haqi aniqlanadi:
O'rtacha oylik ish haqi / 30
(30 — o'rtacha oyning kunlari)

3️⃣ So‘ng, bu kunlik summa 126 yoki 140 kunga ko‘paytiriladi.

Masalan:

Agar ayolning o‘rtacha oylik ish haqi 3 000 000 so‘m bo‘lsa:

Kunlik ish haqi: 3 000 000 / 30 ≈ 100 000 so‘m

Dekret muddati 126 kun bo‘lsa: 100 000 × 126 = 12 600 000 so‘m

Ushbu summa ish beruvchi tomonidan yoki budjetdan, ijtimoiy sug‘urta fondi orqali to‘lanadi.

👍 Ishsiz (rasmiy ish joyi yo‘q) bo‘lgan ayollar:

FHDYO tomonidan berilgan tug‘ilish haqidagi guvohnoma asosida bir martalik nafaqa olishadi.

🗣️Muhim eslatmalar:

➖ Nafaqa olish uchun tibbiy muassasadan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida ariza beriladi.

➖ Ish beruvchi tomonidan o‘z vaqtida topshirilgan hujjatlar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.

➖ Agar ayol o‘z hisobidan yoki bolani parvarish qilish ta’tilida bo‘lsa, boshqa tartibda hisoblanadi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤38👍15🔥8👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 Ko'pchilik kredit olayotganda salbiy kredit tarixi sabab kredit ololmaydi. Bugungi videomizda aynan salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkinligi haqida gaplashamiz!

➡️Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin!

Videoni kredit tarixini yaxshilashi kerak bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤16👎14
🚗 Avtoreklama nima? Uning afzalliklari va kamchiliklari. Daromad qanday bo'ladi?

😊 Avtoreklama — bu avtomobil sirtiga reklama joylashtirish orqali mahsulot, xizmat yoki kompaniyani targ‘ib qilish shaklidir. Bu reklama banner, stiker (yopishtirma) yoki magnit doska ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

✅Afzalliklari:

➖ Avtomobil ko‘chada harakatda bo‘lgani uchun reklama ko‘p odamga yetib boradi
➖ TV yoki tashqi bilbord reklamalariga qaraganda ancha arzon va uzoq muddatli
➖ Avtomobil doim harakatda bo‘lgani uchun logotip, telefon raqami, xizmat ko‘rsatiladigan soha odamlarga tez yodda qoladi.

❗️ Kamchiliklari:

➖ Reklama yomg‘ir, quyosh va changdan eskiradi yoki yuvilib ketadi.
➖ Mashina faqat ma’lum bir hududda yuradi. Demak, auditoriya faqat shu joydagi odamlar bo‘ladi.
➖Agar avtomobil egasi qoidabuzar bo‘lsa yoki avariya qilsa — reklama beruvchining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🤑 Daromad qanday bo‘ladi?

➖ Daromad miqdori — mashina turi, yuradigan masofasi va joylashtirilgan reklama turi bo‘yicha o‘zgaradi.

➖ O‘zbekistonda bu narxlar oyiga 200 000 so‘mdan boshlanib, 2-3 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍12
💸 Soliq – faqat pul emas, bu Ishonch! O‘zbekiston byudjeti va har bir fuqaroning hissasi

📌Pulli Gap AI da yangi video!

☕️ Siz choy olganingizda ham soliq to‘layotganingizni bilasizmi?

😊 Ushbu videoda soliq tizimining oddiy odam hayotidagi o‘rni haqida sodda va tushunarli qilib tushuntiramiz. 2024-yilda O‘zbekiston byudjeti qanday shakllantirilgan? QQS nima? Oyligingizdan ushlab qolingan 12% soliq qayerga sarflanadi? Yoki nega benzin narxining yarmi soliqdan iborat?

➡️ Bu savollarga javob olish uchun videoni tomosha qiling!

Videoni ko'rish uchun link: https://youtu.be/y7BB4GKzEE8?si=D54xoazSTIQqrSqJ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10🤔3