Pulli Gap
29.3K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
💳ID kartani 10% chegirma bilan oling — vaqt va pulni tejang!

Hali ham oddiy biometrik pasport bilan yuribsizmi? Unday bo‘lsa, hozir ayni vaqti!
my.gov.uz orqali pasportni ID kartaga almashtirish xizmatidan foydalanganda, sizga 10% chegirma taqdim etiladi!

🤔Buning uchun nima qilasiz?

➖ my.gov.uz saytiga kiring
➖ “Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang (havola)
➖ Arizani to‘ldiring va shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritasiz
➖ To‘lovni onlayn tarzda amalga oshiring — chegirma avtomatik qo‘llaniladi
➖ So‘ngra fuqarolik holati idorasiga borib, hujjatingizni topshirasiz va yangi ID kartani olasiz

📌 Chegirma faqat onlayn ariza topshirganlarga beriladi!

✅ ID karta — nafaqat zamonaviy, balki:
➖ Bank va davlat xizmatlarida to‘liq integratsiyalashgan
➖ Elektron imzo bilan jihozlangan
➖ Xavfsiz va tez o‘qiladigan hujjatdir

Bugun ariza topshiring — vaqtni tejang, qulaylikka ega bo‘ling!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍20🔥8
Endi pensiya olish uchun yugur-yugurga hojat yo‘q!

📣 2025-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistonda pensiya tayinlash jarayoni butunlay avtomatlashtirildi!

👵 Ayollar 55 yoshga,
🧓 Erkaklar 60 yoshga to‘lsa — pensiya avtomatik tarzda tayinlanadi.

❌ Endi ariza yozish, navbat kutish, hujjat yig‘ish yo‘q!

📲Qanday ishlaydi?

Pensiya yoshiga yetganingizda telefoningizga SMS xabar keladi. Agar raqamingiz rasmiy bo‘lmasa, pochta orqali xat yuboriladi.

⁉️ Nega bu muhim?

🔘Ortiqcha qog‘ozbozlik yo‘q
🔘Nafaqa tayinlash — avtomatik
🔘Xizmat – mutlaqo bepul!

✍️ Pensiyani o‘zingiz ham onlayn so‘rashingiz mumkin:
Agar siz:
✅ 55-60 yoshdan katta bo‘lsangiz
✅ 54 yoshda bo‘lsangiz va imtiyozli pensiya olmoqchi bo‘lsangiz
✅ Boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironlik pensiyasi olishni xohlasangiz

💻 Bunda my.gov.uz orqali ariza topshirish kifoya:

🔘my.gov.uz saytiga kirasiz
🔘“Pensiya tayinlash” xizmatini tanlaysiz
🔘Ma’lumotlarni to‘ldirib, arizani yuborasiz
🔘 Javob — atigi 10 ish kunida taqdim etiladi

Postni pensiyaga chiqayotganlarga yuborib qo‘ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49❤43🤝4🔥3👎1
🙁Ishda depressiyaga tushsangiz, ma'naviy zarar undirib olishingiz mumkin!

➖Mehnat Qonunchiligiga ko'ra, agar xodim ish sharoiti tufayli depressiyaga tushsa, tibbiy jihatdan sog'liqqa zarar yetgan bo'lsa, bu haqda ish joyiga murojaat qilgan va ish beruvchi bu holatlarga befarq bo‘lsa, uni sudga berishi mumkin.

➡️Buning uchun, ish joyingizdagi vaziyatni yozma ravishda rasmiylashtiring, tibbiy muolajalar yozuvini saqlang. Shundan so'ng Mehnat inspeksiyasi yoki sudga murojaat qiling.

❗️Biroq, bu isbotlanishi juda qiyin bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Agar sudda yutib chiqsangiz, eng kamida ish haqingizdan kam bo'lmagan miqdorda ma'naviy zarar undirib olishingiz mumkin!

Postni ishidan siqilgan tanishingizga yuborib qo'ying
😉

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤13🤔5🔥3
📊 “50/30/20” qoidasi – pulingnizni boshqarishning eng oddiy formulasi

“Pulim qayoqqa ketganini bilmay qoldim” degan gapni ko‘p eshitganmiz va o‘zimiz aytamiz ham. Aslida esa pulimiz qayerga ketishini bilamiz… bilmaslikka olamiz xolos 😅

Keling, shunday bo‘lmasligi uchun haqiqiy moliyaviy odatni o‘rganamiz. Juda oddiy va hammaga tushunarli:

📌50/30/20 - Bu nima degani?

Siz har oyning boshida daromadingizni quyidagicha bo‘lasiz:

🔹 50% — Asosiy ehtiyojlar
Oziq-ovqat, ijara, transport, kommunal to‘lovlar.
Ya’ni yashash uchun kerak bo‘ladigan narsa.

🔹 30% — Ixtiyoriy xarajatlar
Do‘stlar bilan kafe, kino, seriallar, sayohat, kiyim-kechak.
Lekin faqat 30% bo‘lsin, ko‘proq emas!

🔹 20% — Omonat va qarz
Favqulodda holatlar uchun jamg‘arma, kredit to‘lovlari.
Bu eng muhim foiz, chunki bu sizni kelajakdagi stressdan saqlaydi.

Masalan: Agar oylik daromadingiz 5 000 000 so‘m bo‘lsa:

🔘 2 500 000 so‘m – Zaruriy
🔘 1 500 000 so‘m – Ixtiyoriy
🔘 1 000 000 so‘m – Omonat yoki qarzga

50/30/20 – bu byudjet tuzishning universal formulasi, moliyaviy savodxonlikka intiluvchi odamlar uchun boshlang‘ich kalit.

Shunday ekan, moliyaviy savodxon bo‘lishga odatlaning.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93❤45🔥4🤔4👎3
☀️ Yoz keldi! Dam olish kerak, lekin pulni qayerdan olamiz?

Odatda hamma yoz bo‘lishini kutadi: muzqaymoq, kechki sayrlar, toqqa chiqib ketish… Lekin eng ko‘p beriladigan savol — "Pul yetadimi?"

Keling, oddiy qilib hisoblab ko‘ramiz:

💵 O‘rtacha maosh: 5 million so‘m
12 oyda: 60 million

Endi tasavvur qiling: Agar har oy maoshingizning atigi 15% qismini chetga olib qo‘ysangiz:
5 000 000 × 0.15 = 750 000 so‘m

Yiliga:
750 000 × 12 = 9 million so‘m

🎉 Natija: 1 yilda 9 million so‘m — bu yozgi dam olish, qisqa sayohat yoki oilaviy ta'til uchun zo‘r zaxira! Yetmaganiga mehnat ta'tili puli ham bor 😉

Dam olish — hashamat emas, odat bo‘lishi kerak. Har oy birozdan tejang, yozda esa o‘zingizga haqiqiy mukofot bering.

👍 "Pulli gap" sizga pulni to‘g‘ri rejalashtirish va tejash sirlarini o‘rgatadi.

Obuna bo‘ling va dam olishni endi orzu emas, odatga aylantiring!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76❤34🔥17👎11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kredit tarixini bilishning 3 yo'li!

Istalgan turdagi kredit olish uchun, albatta, kredit tarixi haqida ma'lumot kerak bo'ladi. Buni bilishning bir necha usullari bor.

☝️Yuqoridagi videoda kredit tarixini bilishning 3 yo‘li batafsil keltirilgan.

Video foydali bo‘lgan bo‘lsa,
👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61❤23🤝3
💸 Naqd pulmi yoki karta? Qaysi biri pulni tejaydi?

Har kuni xarajat qilamiz: oziq-ovqat, transport, kofe ... Lekin bu xarajatlarni qanday nazorat qilamiz?
Ko‘pchilik shunday savol beradi: naqd pul ishlatgan yaxshimi, yoki karta bilan to‘lashmi?

Keling, bugun shu mavzuni ko‘rib chiqamiz!

👍 Plastik karta qulay – telefoningiz bilan bir zumda to‘lov, keshbek, chegirmalar va to‘liq xarajatlar tarixi. Ammo aynan shu qulaylik ortidan odamlar ko‘proq sarflashni boshlaydi – chunki pul “ko‘rinmaydi”.

👍 Naqd pulda esa boshqa effekt bor – siz qo‘lingizdagi pulni ko‘rasiz, har bir so‘mni sarflayotganingizni his qilasiz. Ko‘p tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar naqd bilan to‘laganda kamroq pul sarflaydi, chunki bu og‘riqliroq jarayon.

Har bir usulning o‘z afzalligi bor. Moliyaviy savodli odam esa har ikkisidan oqilona foydalanadi:

⏺Kundalik xarajatlar uchun – naqd pul (masalan, 100 000 so‘m olib chiqib, kun davomida faqat shunga mos sarflash)
⏺Yirik xaridlar va onlayn to‘lovlar uchun – karta
⏺Oy oxirida esa – xarajatlaringizni tahlil qiling.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Naqd pul tarafdorimisiz yoki kartani afzal ko‘rasizmi ? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🔥18👍15🤔3
Siz qaysi to‘lov usulidan ko‘proq foydalanasiz?
Anonymous Poll
28%
Naqd pul
72%
Plastik karta
👍30❤14🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😮Ishdan bo'shasangiz, sizga pul berilishi kerakligini bilarmidingiz?

Ko‘pchilik ishchilar ishdan bo‘shagan paytda o‘zlarining moddiy huquqlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Aslida, mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ishdan bo‘shagan xodim bir qancha to‘lovlarni olish huquqiga ega.

➡️Bu haqida batafsil videoda bilib olishingiz mumkin☝️

📌Mehnat qonunchiligi sizning huquqlaringizni himoya qiladi. Eng asosiysi – o‘z huquqlaringizni biling va ularni talab qilishdan cho‘chimang!

Postni ishdan bo'shamoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47❤23🔥3🤝3👎1
🗓 O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

1️⃣ Elektron hujjatlarni rasmiy qabul qilish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2025‑yil 1‑iyuldan davlat organlari elektron shakldagi hujjatlarni (haydovchilik guvohnomasi, biometrik pasport, talabalik guvohnomalar, texnik pasport va boshqalar) majburiy ravishda qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Bu raqamli hukumat yo‘nalishidagi muhim qadam hisoblanadi.

2️⃣ Poliklinikalarda navbatda turish soddalashadi

1-iyuldan boshlab davlat poliklinikalarida elektron navbat tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Endi ko‘pchilik xizmatlarga my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali navbat olib kirish mumkin bo‘ladi.

3️⃣ Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xarid qilish jarayonida eskrou hisobvaraqlari orqali to‘lov tizimi joriy etiladi. Mijoz to‘lovi bevosita quruvchiga emas, balki bankdagi maxsus hisobvaraqqa tushadi. Qurilish ishlari 30% bajarilgach, pul ko‘chiriladi.

4️⃣ Tovar eksportiga cheklovlar bekor qilinadi

1-iyuldan boshlab mamlakatdan chiqarilayotgan tovarlarga nisbatan barcha eksport cheklovlari olib tashlanadi. Bojxona qiymatini aniqlash tartibi xalqaro normalarga moslashtiriladi.

5️⃣Pensiya, nafaqa va moddiy yordamlar 10% ga oshadi

Prezident farmoni asosida 2025-yil 1-iyuldan boshlab: haydovchilar, pensiyalar, nafaqa, talabalar uchun stipendiyalar, hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalariga to‘lovlar 10% ga oshiriladi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤68👍32🤝6🔥1
🤑Naqd pulsiz jamiyat: Kelajakda biz qanday to‘laymiz?

↗️ Texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va biz asta-sekin naqd pulsiz iqtisodiyot sari harakat qilyapmiz. Endi pul – bu nafaqat qog‘oz yoki tanga, balki mobil ilovalar, kartalar va hatto biometrik ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan to‘lov vositasidir.

👍 Pulli Gap AI loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi videoda aynan naqd pulsiz jamiyat va zamonaviy to'lov tizimlari haqida so'z boradi.

Videoga 👍 bosing, do‘stlaringiz bilan ulashing va kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

Videoni ko'rish uchun ➡️ havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10🔥10🤔1
💳Nomingizdagi kartani o'chirish uchun nima qilish kerak?

1️⃣Nomingizdagi bank kartasini yopish uchun avvalo kartani bergan bankka shaxsan murojaat qilishingiz kerak.

Sizga kerak bo'ladi:
🪪Pasport (yoki ID-karta)
💳Plastik karta (agar mavjud bo‘lsa)

2️⃣Bankda karta yopish bo‘yicha ariza yozasiz. Kartani yopishdan oldin hisobda mablag‘ qolmasligi va hech qanday qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.

3️⃣Ariza asosida bank kartani rasmiy ravishda yopadi. Siz faqatgina kartani emas, unga bog‘langan hisob raqam ham yopilishini so‘rashingiz kerak.

📌Ayrim banklarda bu jarayonni mobil ilova orqali ham bajarish mumkin.

➡️Postni tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40❤15🔥2💔1
❄️Ventilyator yoki konditsioner? 🔥Issiq kunlar uchun qaysi biri foydaliroq?

Yozning jazirama kunlarida salqinlik har bir uy uchun zarur. Ammo savol tug‘iladi: Qaysi biri foydaliroq va hamyonbop? Quyidagi taqqoslash bunga aniq javob beradi!

1️⃣Ventilyator (Vitek VT‑1926)

⚡️Oylik energiya sarfi: 14–15 kVt
🤑Kuniga 8 soat ishlaganda bir oyda - 7  000–10  000 so'm atrofida

✔️Afzalliklari:
🔘Arzon
🔘Harakatlanadigan, ixcham
🔘Elektr sarfi kam

❌Kamchiliklari:
🔘Havoni sovutmaydi, faqat aylantiradi
🔘Juda issiq xonada yetarli ta’sir bermaydi

💸Narxi: 400–800 ming so‘m atrofida

2️⃣ Konditsioner – (Artel Marvarid 12)

⚡️Oylik energiya sarfi: ~ 300 kVt
🤑Kuniga 8 soat ishlaganda bir oyda - 135 000 so‘m

✔️Afzalliklari:
🔘Haqiqiy sovutish ta’siri
🔘Haroratni nazorat qilish imkoniyati
🔘Sovutish va isitish uchun mos

❌Kamchiliklari:
🔘Narxi yuqoriroq
🔘Tejamkorlik past

💸Narxi: 4-6 mln so‘m atrofida

Siz qaysi birini afzalroq deb bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤42👍17🤔8👎4
➡️Mehnat ta'tili va mehnat ta'tili puli haqida bilasizmi? Keling, shu haqida gaplashamiz!

➖Mehnat ta'tili - bu bir yilda bir marta xodimning dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun oladigan ta'tilidir.

📌 Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Mehnat ta'tilining davomiyligi eng kami 21 kun, davlat organlari xodimlariga – 27 kalendar kun. Yangi ishga kirgan xodim 6 oydan keyin mehnat ta'tiliga chiqishi mumkin.

🤑Mehnat ta'tili uchun pul miqdori oxirgi 12 oy ichidagi o‘rtacha ish haqi asosida hisoblanadi.

Postni dam olmasdan ishlaydigan tanishingizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤26
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😮 Kredit olishni ta'qiqlash haqida eshitganmisiz?

Endi siz kredit olishni o'ziga o'zi taqiqlash xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Shunda boshqalar nomingizga kredit ololmaydi.

➡️Bu haqda batafsil videoda tanishishingiz mumkin!

Videoni tanishlaringizga yuborib qo'ying, bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤14🔥3🤔1
🚗O‘zbekiston sharoitida mashina olish uchun qancha vaqtda pul yig‘sa bo‘ladi?

👍 Bugungi kunda mashina sotib olishdagi asosiy omillar mashina narxi (yangi yoki eski, model, holat), sizning oylik daromadingiz, har oy qancha tejab qola olishingiz va moliyaviy majburiyatlaringiz (ijara, kredit, oila) hisoblanadi.

🔜Keling, buni 3 xil mashina toifasida hisoblab ko'ramiz!

1️⃣Past byudjetli

🚗 Eski Spark / Matiz (2-qo‘l): 40–60 mln so‘m
🪙 Aytaylik, siz har oy 2 mln so‘m tejaysiz.
➡️60 mln / 2 mln = 30 oy = 2,5 yil

Natija: 2,5 yil

2️⃣O‘rtacha byudjetli

🚗 Yangi Cobalt / Nexia 3 / Onix: 110–140 mln so‘m
🪙 Har oy 3 mln so‘m tejasa:
➡️130 mln / 3 mln = 43 oy ≈ 3,5 yil

Natija: 3,5 yil


3️⃣Yuqori byudjetli

🚗 Tracker, Malibu, Captiva: 200–300 mln so‘m
🪙Tejash sur’ati: 5 mln so‘m oyiga
➡️250 mln / 5 mln = 50 oy = 4,2 yil

Yoki daromadingiz yuqori bo‘lib, oyiga 8 mln tejasa:
➡️250 mln / 8 mln = 31 oy ≈ 2,5 yil

Natija: 2,5 - 4,2 yil

🤔Qanday qilib tezroq yig‘ish mumkin?

➖Maqsadli jamg‘arma oching (Bank depoziti, omonat)
➖Mashina jamg‘armasini avtomatik ajrating, har oyning boshida
➖Qo‘shimcha daromad manbasi toping (frilans, avtoreklama, kichik xizmatlar)
➖Zarur bo‘lmagan xarajatlarni qisqartiring (kafe, kiyim, servislar)

Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍100❤41👎13🔥8🤔2💔2🤝2
Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin?

Kundalik hayotda u yoki bu tanishingizning kiberhujumga uchragani haqida eshitib qolamiz. Quyida sizga kiberhujumlarga uchramaslik uchun kiberfiribgarlik turlari va ulardan qanday saqlanish mumkinligini aytib o’tamiz!

1. Fishing – Aldovli xatlar, SMS yoki linklar orqali ma'lumot o‘g‘irlash

Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bankdan”, “pochta xizmatidan” yoki “aksiyalar o‘yinidan” xat yoki SMS keladi.
➖U yerda link bo‘ladi: “Hisobingiz bloklandi”, “Yutib oldingiz!”, “Shoshiling, kartangiz bloklanadi!”.
➖Linkga kirganingizda — u rasmiy saytga o‘xshaydi, lekin aslida soxta. Siz kiritgan login/parol, karta ma'lumotlari — firibgarlar qo‘liga tushadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon noma’lum linklarga kirmang.
✅ Shaxsiy ma'lumotlaringizni faqat rasmiy saytlarga kiriting.
✅ 2 bosqichli avtorizatsiyani yoqing (2FA)


2. Vishing – Telefonda aldash (soxta qo‘ng‘iroqlar)

Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilishadi.
➖“Kartaniz bloklandi, to‘lov bo‘lmadi, kodni ayting, parolingizni tekshiramiz” deyishadi.
➖Siz SMS kodni aytsangiz yoki karta ma'lumotini bersangiz — pulingiz yechib olinadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon hech kimga SMS-kod, karta raqami, CVV, parol aytmang.
✅ Bank xodimi sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilmaydi.
✅ Shubhali qo‘ng‘iroqlarda aloqani uzing va o‘zingiz bankka qo‘ng‘iroq qiling.


3. Soxta ilovalar va botlar

Firibgarlik sxemasi:
➖Telegram yoki Google Play’da bank nomi bilan soxta ilova paydo bo‘ladi.
➖Yoki Telegram’da “nafaqa olish”, “kredit tekshirish”, “yordam olish” botlari tarqatiladi.
➖Siz u yerda shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritasiz – ular firibgarlarga tushadi.

Qanday saqlanish kerak?
✅Ilovani faqat ruxsat berilgan manba — Play Market yoki App Store’dagi ishlab chiquvchi nomiga qarab yuklab oling.
✅Telegram botdan foydalanayotganda — tasdiqlangan, rasmiy manbani tekshiring.
✅ Antivirus va ilovalarni skanerlovchi dasturlarni yoqib qo‘ying.

Postimiz foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37👍36🔥2💔1
Siz quyidagi kiberhujumlardan qaysi biriga duch kelgansiz va qanday yo’l tutgansiz?
Anonymous Poll
22%
Fishing
11%
Vishing
67%
Soxta ilova va botlar
❤18👍8🤝4🔥2
Pulli Gap pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📃 Elekton hujjatlarni olish endi oson!

❗️Unutmang, hujjatning elektron varianti degani uning rasmi degani emas!

Batafsil videoda☝️

📌 Hujjatlarning raqamli versiyalaridan foydalanilganda, ularning qog‘ozdagi ko‘rinishi talab etilmaydi va davlat muassasalarida qabul qilinadi (bank, notarial idoralar, O‘zbekiston hududi bo‘ylab parvoz va poezdlarga ro‘yxatdan o‘tish uchun va hokazo).

Videoni yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤16
Radarlar - Uzb.pdf
959.2 KB
📌 Oʻzbekistondagi barcha radarlar ro'yxati!

➡️ YHXX yoʻllardagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari oʻrnatilgan aniq manzillar, ular qaysi qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida maʼlumot berdi.

☝️ Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda oʻrnatilgan 1 800 dan ortiq radarlar haqida maʼlumot keltirilgan.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤10🔥4💔1