Pulni qayerga qo‘yish har doim muhim. Shuning uchun karta tanlayotganda shunchaki “karta bo‘lsa bo‘ldi” demang.
Bugun siz bilan karta tanlayotganda aynan qaysi jihatlariga e'tibor berish kerakligi haqida gaplashamiz
Ba’zi kartalar oylik yoki yillik xizmat haqi oladi. Ba’zilari esa tekin. Farqiga boring.
Kunlik qancha yechsa bo‘ladi? Mobil ilova orqali qancha o‘tkazsa bo‘ladi? Bilib oling.
Kartangizga qulay, soddaroq mobil ilova bormi? To‘lovlar, o‘tkazmalarni ilovadan qilsa bo‘ladimi? Juda muhim.
Chet el sayohati yoki onlayn shoping qilsangiz, kartangiz xalqaro bo‘lishi kerak.
Ba’zi banklar xaridlaringizga bonus yoki cashback beradi. Shuni ham inobatga oling.
Kartani bloklash, PIN-kodni o‘zgartirish, 24/7 qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, yaxshi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🔥8❤6🤝3
Agar siz kredit olgan bo‘lsangiz yoki olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — avvalo kredit tarixingiz qanday ekanligini bilib oling. Chunki banklar aynan shu ma’lumotga qarab sizga kredit beradi.
Kredit tarixni bilishning 3 ta oddiy yo‘li:
🔸 my.gov.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tasiz
🔸 “Kredit tarixini olish” xizmatini topasiz
🔸 Pasport ma’lumotlaringizni kiritasiz va natijani ko‘rasiz
"Kredit-axborot tahliliy markazi"ning infokredit.uz sayti orqali kredit tarixingizni tekshirishingiz mumkin.
Ko‘pchilik banklarning mobil ilovasida ham kredit tarixini tekshirish bo‘limi bo‘ladi. Shunchaki ilovani ochib, kerakli bo‘limga kirib tekshirib olishingiz mumkin.
Yodda tuting! Kredit tarixingiz haqidagi ma'lumotni yiliga bir marta bepul va to‘lov evaziga - cheksiz ko‘p marta hech qanday sabab ko‘rsatmagan holda olish mumkin.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152❤10👎5💔5🔥3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi o‘z pensiya miqdoringizni bilish uchun navbat kutishga yoki qog‘oz hujjatlar bilan ovora bo‘lishga hojat yo'q!
SMS-Pensiya xizmati — bu sizga har oy pensiya miqdori va to‘lov sanasi haqida tezkor va ishonchli ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
Pensiya oluvchi tanishlaringizga yuborib qo‘ying!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65❤10🔥3💔2
"Yo‘lkira"ni qanday tejash mumkin?
Avtobus va metroda har kuni yurganlar biladi — to‘lovlar oy oxiriga borib sezilarli xarajatga aylanadi. Lekin ayrim bank kartalari bor-ki, ular orqali siz har kuni ozgina, oyiga esa ancha-muncha tejashingiz mumkin.
Keling, transport uchun mos bank kartalarini ko‘rib chiqamiz:
👍 Uzum Bank kartasi
⏺ Keshbek: 1 050 so‘m
⏺ Real to‘lov: 650 so‘m (ATTO orqali)
📌 Har bir yurishda 1 050 so‘m tejasangiz, oyiga 40 marta chiqilsa, bu 42 000 so‘m foyda degani.
👍 Humans VISA kartasi
⏺ Keshbek: 25% → 425 so‘m
⏺ Real to‘lov: 1 275 so‘m
📌 Oyiga 40 safar uchun 17 000 so‘m gacha tejash.
⚠️ Keshbek faqat Humans aloqa xizmatlariga ishlatiladi.
👍 TBC Bank — Salom Card
⏺ Keshbek: 5% → 85 so‘m
⏺ Real to‘lov: 1 615 so‘m
📌 Har oyda 40 safar uchun taxminan 3 400 so‘m tejash.
🎯 Xulosa: Har kuni transportda yuradigan bo‘lsangiz, mana shu kartalardan biri sizga oyiga 40 000 so‘m va undan ko‘proq tejash imkonini beradi.
💬 Siz qaysi kartadan foydalanyapsiz? Izohda yozing va do‘stlaringizga ulashing – ular ham tejashni boshlasin! 💸
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Avtobus va metroda har kuni yurganlar biladi — to‘lovlar oy oxiriga borib sezilarli xarajatga aylanadi. Lekin ayrim bank kartalari bor-ki, ular orqali siz har kuni ozgina, oyiga esa ancha-muncha tejashingiz mumkin.
Keling, transport uchun mos bank kartalarini ko‘rib chiqamiz:
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80❤9🔥7🤝4💔3
Moliyaviy xavfsizlik — zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri. Ayniqsa, bank kartasidan foydalanayotganda PIN-kod himoyasi katta ahamiyatga ega.
Keling, avvalo PIN-kod nima ekanini bilib olamiz:
Kartangiz uchun PIN-kod xavfsizligini ta’minlashning 5 ta asosiy qoida:
Hech qachon PIN-kodingizni do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz yoki tanishlaringizga aytmang. Uni qog‘ozga yozib qo‘yish yoki telefoningizga saqlash ham xavf tug‘dirishi mumkin.
1234, 0000, 1111 yoki tug‘ilgan sana kabi taxmin qilish oson bo‘lgan raqamlardan foydalanmang. Yaxshisi, faqat o‘zingiz biladigan murakkab raqam kombinatsiyasini tanlang.
Har 3-6 oyda PIN-kodingizni yangilash odatini shakllantiring. Bu sizning hisobingizni firibgarlardan yanada ishonchli himoya qiladi.
PIN-kodni kiritayotganda klaviaturani qo‘lingiz bilan berkitib, atrofingizda begona yoki shubhali odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Hisobingizda g‘ayrioddiy yoki ruxsatsiz tranzaksiyalarni sezsangiz, darhol bank bilan bog‘laning va kartangizni bloklashni so‘ranging.
Ushbu postni PIN-kodi 4 ta bir xil raqamdan iborat tanishingizga yuborib qo‘ying
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍69❤15🔥4🤝2
Qanday deysizmi? Keling, shuni ko‘rib chiqamiz!
▫️ Chakanapay — 10 mln so‘mgacha
▫️ Xazna (Xalq banki) — 5 mln so‘mgacha
▫️ SQB Mobile (SQB) — 5 mln so‘mgacha
▫️ Hamkor — 5 mln so‘mgacha
▫️ Smart bank — 5 mln so‘mgacha
▫️ Davr Mobile 2.0 — 3,5 mln so‘mgacha
▫️ Milliy — 3 mln so‘mgacha
▫️ Mavrid (Mikrokreditbank) — 3 mln so‘mgacha
▫️ SelloPay — 3 mln so‘mgacha
▫️ Alif — 1 mln so‘mgacha
▫️ Humans — 1 mln so‘mgacha
▫️ OQ — 1 mln so‘mgacha
Shu ilovalarni birgalikda ishlatsangiz: 45,5 mln so‘m!
Ushbu postni doimo "Kartangga tashlab beraman" deydigan do‘stingizga jo‘natib qo‘ying
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80❤19🔥8💔4🤝3
"Pulli Gap Talk" — bu moliyaviy savodxonlik, qiziqarli mehmonlar va ochiq muloqotlar maydoni!
Loyihaning ilk mehmoni — ingliz tili o‘qituvchisi, Englify onlayn o‘quv markazi asoschisi, tadbirkor va bloger Teacher A'zam bo‘ldi.
https://youtu.be/NIA6azo-bNg?si=bkxPGj1OzwQP1rac
Bizga obuna bo'lishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Teacher A'zam: shaxsiy biznes, blogdan daromad va moliyaviy hayot haqida | Pulli Gap Talk #1
PulliGap Talk loyihasining birinchi sonida mehmonimiz — ingliz tili o‘qituvchisi, Englify onlayn o‘quv markazi asoschisi, tadbirkor va bloger Teacher A'zam bo‘ldi.
⠀
Biz u bilan:
🔹 Englify orqali topilayotgan asosiy daromad manbalari
🔹 Blog yuritish va reklama…
⠀
Biz u bilan:
🔹 Englify orqali topilayotgan asosiy daromad manbalari
🔹 Blog yuritish va reklama…
👍12❤11🔥10🤝4👎1💔1
Kredit rad etilishining TOP-5 sababi!
👛 Kredit olish hammaga kerak — kimdir biznes ochmoqchi, kimdir ta’lim olmoqchi, yana birov uyini yangilamoqchi. Lekin hamma ham bankdan “ha” degan javobni ololmaydi. Nega? Sabablari oddiy, lekin ko‘pchilik bilmaydi.
Mana sizga TOP-5 sabab — eslab qoling, kerak bo‘lib qoladi!😉
1️⃣ Salbiy kredit tarixi
Avval olgan qarzingizni o‘z vaqtida yopmagan bo‘lsangiz — bank sizga yana ishonadimi? Yo‘q! Tarixingiz — siz haqingizdagi eng asosiy ma’lumot.
2️⃣ Barqaror daromad yo‘qligi
Ish joyingiz rasmiy emasmi yoki daromadingiz notekismi? Demak, kredit olish ham oson bo‘lmaydi. Bank uchun siz barqaror mijoz bo‘lishingiz kerak.
3️⃣ Yuqori qarzdorlik darajasi
“Aytgancha, sizda boshqa kreditlar ham bor ekan…”
Agar qarzlaringiz daromadingizdan oshib ketsa — bank sizga yana kredit bermaydi. Hamma narsaning me’yori bo‘ladi.
4️⃣ To‘liq bo‘lmagan hujjatlar
Hujjatlaringizni to‘liq tayyorlamasangiz, bank sizni kutib o‘tirmaydi. Kredit — faqat hujjatlari joyida bo‘lganga nasib qiladi.
5️⃣ Bank talablari mos kelmasligi
Har bir bankning o‘z qoidasi bor: yosh chegarasi, ish staji, yashash manzili va boshqalar. Shularni tekshirib oling, aks holda vaqt ketadi, asab buziladi.
Kredit olish — bu ham san’at. Bilgan odam oladi, bilmagan esa rad etiladi.
💬 Siz yana qanday sabablarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring, kerak bo‘lishi mumkin!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Mana sizga TOP-5 sabab — eslab qoling, kerak bo‘lib qoladi!
Avval olgan qarzingizni o‘z vaqtida yopmagan bo‘lsangiz — bank sizga yana ishonadimi? Yo‘q! Tarixingiz — siz haqingizdagi eng asosiy ma’lumot.
Ish joyingiz rasmiy emasmi yoki daromadingiz notekismi? Demak, kredit olish ham oson bo‘lmaydi. Bank uchun siz barqaror mijoz bo‘lishingiz kerak.
“Aytgancha, sizda boshqa kreditlar ham bor ekan…”
Agar qarzlaringiz daromadingizdan oshib ketsa — bank sizga yana kredit bermaydi. Hamma narsaning me’yori bo‘ladi.
Hujjatlaringizni to‘liq tayyorlamasangiz, bank sizni kutib o‘tirmaydi. Kredit — faqat hujjatlari joyida bo‘lganga nasib qiladi.
Har bir bankning o‘z qoidasi bor: yosh chegarasi, ish staji, yashash manzili va boshqalar. Shularni tekshirib oling, aks holda vaqt ketadi, asab buziladi.
Kredit olish — bu ham san’at. Bilgan odam oladi, bilmagan esa rad etiladi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57❤21🔥8👎5
25-may yaqinlashishi bilan o‘quvchilar darsdan ko‘ra “nima kiyaman, sochimni qayerda qanday turmaklayman, qaysi restoranga boramiz va nima buyurtma beramiz” degan savollarga ko‘proq bosh qotira boshlaydi. Lekin... asosiy tayyorgarlik ota-onaning kartasida bo‘ladi.
👗 Libos: 400 000 — 700 000 so‘m
“Boshqalardan kam bo‘lmasin, iloji bo‘lsa, boshqalardan zo‘r bo‘lsin” prinsipi bu yerda har doim ishlaydi.
“Oddiy makiyaj qilsam ham bo‘ladi?” deyiladigan joyi yo‘q. Chunki hammada telefon kamerasi tayyor — bitta noto‘g‘ri burchakdan tushirilgan rasm bir umr sinf chatida qolishi mumkin.
Ko‘ylak chiroyli, lekin oyoq kiyim oddiy bo‘lsa, hammasi bekor. Aytishadiku: “Dushmaning oyoqqa qaraydi” deb.
“Vinetka - bu bir umrlik xotira”. Shuning uchun proffesional fotograf chaqiriladi, kamerasi kichkina bo‘lsa ham, narxi kattagina.
“Oxirgi marta butun sinf bilan yig‘ilib o'tiramiz” degan bahona bilan menyu to‘yga yarasha. Qancha odam — shuncha turli ovqat. Oxiri raqs, selfi va ota-onaning ikki-uchta asabi sochilib ketadi.
Jami: kamida 1,5 million so‘m + ota-onaning asab tizimi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62❤19🔥12👎5🤔2💔1
"Pulli Gap AI"
Obuna bo‘ling va Pulli Gap AI’ning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang!
Birinchi sonni tomosha qiling
https://youtu.be/Hi8QvO8Ky04?si=3OgWAMEkI3FsMeM1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
SOYADAGI IQTISODIYOT: Yashirin tizim haqida ochiq haqiqat | Pulli Gap
Ular halollik haqida gapiradi, lekin tizimni yashirincha boshqaradi. Ushbu video orqali siz global miqyosdagi moliyaviy o‘yinning ortidagi haqiqiy manzarani ko‘rasiz.
Ushbu videoda siz:
🔹 qanday qilib yirik tizimlar soliqlardan “qonuniy” qochadi;
🔹 ishchilar…
Ushbu videoda siz:
🔹 qanday qilib yirik tizimlar soliqlardan “qonuniy” qochadi;
🔹 ishchilar…
👍34❤7🤔2🔥1💔1
Oferta shartnomasi nima?
Bu — bir tomon (masalan, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya yoki do‘kon) taklif qiladigan va ikkinchi tomon (mijoz, foydalanuvchi) rozilik bildirishi mumkin bo‘lgan rasmiy bitim turi.
Yani bu — tayyor shartnoma matni bo‘lib, unga rozilik bildirishingiz bilan avtomatik ravishda shartnoma kuchga kiradi.
👉 Odatda, onlayn xarid qilish, mobil ilova o‘rnatish, bank kartasi ochish yoki xizmatlarga obuna bo‘lish jarayonida siz «Oferta shartnomasiga roziman» degan belgi qo‘ygan bo‘lasiz — va bu sizning roziligingiz hisoblanadi.
📌 Imzolashdan (rozilik berishdan) oldin nimalarga e’tibor berish kerak?
👍 Xizmat va to‘lov shartlari
Xizmat qanday ko‘rsatiladi?
Necha pul turadi?
Qo‘shimcha yashirin to‘lovlar bormi?
👍 Muddat va bekor qilish tartibi
Shartnoma qancha muddatga tuziladi?
Uni qanday qilib bekor qilish mumkin?
Jarima yoki cheklovlar bormi?
👍 Ma’lumotlaringiz himoyasi
Siz haqingizdagi ma’lumotlar qanday saqlanadi?
Uchinchi shaxslarga uzatiladimi?
👍 Javobgarlik va da’vo tartibi
Xatolik yoki muammo chiqqanda kim javob beradi?
Da’vo bildirish va hal qilish usullari qanday?
👍 Avtomatik to‘lov va obunalar
Ba’zi ofertalarda avtomatik to'lovlar bo‘lishi mumkin.
Har oy kartangizdan pul yechiladimi?
Obunani qanday to‘xtatish mumkinligi kabilarni bilib oling.
❗️ Hech qachon "shunchaki roziman" deb bosmang.
Oferta — bu to‘liq yuridik hujjat. Uni o‘qib chiqing, tushunmagan joyingizni aniqlang va kerak bo‘lsa maslahat so‘rang.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Bu — bir tomon (masalan, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya yoki do‘kon) taklif qiladigan va ikkinchi tomon (mijoz, foydalanuvchi) rozilik bildirishi mumkin bo‘lgan rasmiy bitim turi.
Yani bu — tayyor shartnoma matni bo‘lib, unga rozilik bildirishingiz bilan avtomatik ravishda shartnoma kuchga kiradi.
Xizmat qanday ko‘rsatiladi?
Necha pul turadi?
Qo‘shimcha yashirin to‘lovlar bormi?
Shartnoma qancha muddatga tuziladi?
Uni qanday qilib bekor qilish mumkin?
Jarima yoki cheklovlar bormi?
Siz haqingizdagi ma’lumotlar qanday saqlanadi?
Uchinchi shaxslarga uzatiladimi?
Xatolik yoki muammo chiqqanda kim javob beradi?
Da’vo bildirish va hal qilish usullari qanday?
Ba’zi ofertalarda avtomatik to'lovlar bo‘lishi mumkin.
Har oy kartangizdan pul yechiladimi?
Obunani qanday to‘xtatish mumkinligi kabilarni bilib oling.
Oferta — bu to‘liq yuridik hujjat. Uni o‘qib chiqing, tushunmagan joyingizni aniqlang va kerak bo‘lsa maslahat so‘rang.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤16🔥6
Jarima ballari avtomobil boshqargan haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi. Agar haydovchi 12 oy ichida qoidalarni buzmasa, unga keyingi birinchi huquqbuzarlik uchun jarima bali hisoblanmaydi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50%, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75% miqdorida chegirmalar qo‘llaniladi.
2025-yilning 1-iyunidan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
1-iyundan yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini fotoradar yoki videokamera orqali qayd etishga va ularga avtomatik ravishda jarima yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq, bundan to‘xtash chizig‘i — “stop-liniya” (5.33 yo‘l belgisi) mustasno.
8-iyundan boshlab chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda elektr energiyasiga to‘lovlarni qabul qilishni cheklash tartibi kuchga kiradi. Qarzdorlik haqida oldindan SMS yuborilib, cheklov kuchga kirgungacha qarzni to‘lash uchun 5 kun beriladi.
Ipoteka kreditlarini ajratish ko‘rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, 10 yildan ortiq xizmat o‘tagan harbiylarga uy sotib olish yoki qurish uchun ipoteka kreditiga ajratiladigan boshlang‘ich to‘lov uy-joy qiymatining 35%i miqdorida ajratiladi.
Post foydali bo'lgan bo'lsa,
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71❤41👎4🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir yil davomida 12 ball yig'dingiz va haydovchilik guvohnomangiz 6 oydan 3 yilgacha olib qo'yiladi. Bunday holatda haydovchilik guvohnomasi qanday tiklanadi?
Bu haqda batafsil videoda
Videoni ko'p qoida buzadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying, ogoh bo'lishsin!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31🔥3👍2
Kredit karta — bu bank tomonidan beriladigan maxsus karta bo‘lib, uning yordamida siz bank pulidan foydalanib, keyinroq to‘lab berishingiz mumkin. Ya’ni, o‘z hisobingizda pul bo‘lmasa ham xarid qilish yoki xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
– Foiz stavkasi:
27% (Ish haqi loyihasidagi byudjet tashkilotlari xodimlari uchun)
30% (Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganlar uchun)
– Muddati: 4 yil
– Limit: 100 mln so‘mgacha
– Afzalliklari: Xorijda ham foydalanish imkoniyati
🔗 Batafsil
– Foiz stavkasi: 25,55% dan 54,75% gacha
– Muddati: 5 yil
– Limit: 50 mln so‘mgacha
– Afzalliklari: 50 kungacha foizlarsiz
🔗 Batafsil
– Foiz stavkasi: 50%
– Muddati: Muddati mavjud emas – Limit: 50 mln so‘mgacha
– Afzalliklari: 55 kungacha foizlarsiz
🔗 Batafsil
Har bir kredit kartaning o‘ziga yarasha afzallik va shartlari bor. Yodingizda bo‘lsin, to‘g‘ri tanlangan karta — bu qulaylik va imkoniyat!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤51👍19👎7🔥3
Shuningdek:
Bu xushxabarni tanishlaringizga ham yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤51👎38👍17💔5🔥3
Bu xizmat orqali:
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤45🔥10👍5
Sederat Bank
💸Maksimal summa: 400 mln. so'mgacha
Hamkorbank
💸Maksimal summa: 600 mln. so'mgacha
Biznesni rivojlantirish banki
💸Maksimal summa: 800 mln. so'mgacha
Agrobank
💸Maksimal summa: Avtomobilning 75% summasi
Garantbank
💸Maksimal summa: Avtomobilning 75% summasi
Ma'lumotlarimiz foydali bo'lgan bo'lsa, postimizga layk bosib, yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤74👍47👎15🔥6💔6🤔2
Hali ham oddiy biometrik pasport bilan yuribsizmi? Unday bo‘lsa, hozir ayni vaqti!
my.gov.uz orqali pasportni ID kartaga almashtirish xizmatidan foydalanganda, sizga 10% chegirma taqdim etiladi!
Bugun ariza topshiring — vaqtni tejang, qulaylikka ega bo‘ling!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍20🔥8
Endi pensiya olish uchun yugur-yugurga hojat yo‘q!
📣 2025-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistonda pensiya tayinlash jarayoni butunlay avtomatlashtirildi!
👵 Ayollar 55 yoshga,
🧓 Erkaklar 60 yoshga to‘lsa — pensiya avtomatik tarzda tayinlanadi.
❌ Endi ariza yozish, navbat kutish, hujjat yig‘ish yo‘q!
📲 Qanday ishlaydi?
Pensiya yoshiga yetganingizda telefoningizga SMS xabar keladi. Agar raqamingiz rasmiy bo‘lmasa, pochta orqali xat yuboriladi.
⁉️ Nega bu muhim?
🔘 Ortiqcha qog‘ozbozlik yo‘q
🔘 Nafaqa tayinlash — avtomatik
🔘 Xizmat – mutlaqo bepul!
✍️ Pensiyani o‘zingiz ham onlayn so‘rashingiz mumkin:
Agar siz:
✅ 55-60 yoshdan katta bo‘lsangiz
✅ 54 yoshda bo‘lsangiz va imtiyozli pensiya olmoqchi bo‘lsangiz
✅ Boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironlik pensiyasi olishni xohlasangiz
💻 Bunda my.gov.uz orqali ariza topshirish kifoya:
🔘 my.gov.uz saytiga kirasiz
🔘 “Pensiya tayinlash” xizmatini tanlaysiz
🔘 Ma’lumotlarni to‘ldirib, arizani yuborasiz
🔘 Javob — atigi 10 ish kunida taqdim etiladi
Postni pensiyaga chiqayotganlarga yuborib qo‘ying!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
🧓 Erkaklar 60 yoshga to‘lsa — pensiya avtomatik tarzda tayinlanadi.
Pensiya yoshiga yetganingizda telefoningizga SMS xabar keladi. Agar raqamingiz rasmiy bo‘lmasa, pochta orqali xat yuboriladi.
Agar siz:
Postni pensiyaga chiqayotganlarga yuborib qo‘ying!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49❤43🤝4🔥3👎1
Postni ishidan siqilgan tanishingizga yuborib qo'ying😉
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤13🤔5🔥3