Pulli Gap
29.3K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Viktorinani ham yakunlab oldik! Endi to'g'ri javoblar va g'oliblarni e'lon qilamiz.

Javoblar:
1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga haydovchilik guvohnomasiga o'qish xarajatlarining 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplanadi.

2. Bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, 6 oy muddatga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz.

3. Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqqach, 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi.

G'oliblar:

1-o'rin - Sevinchxon Ravshanovna
2-o'rin - Abdulazizov Shohjahon
3-o'rin - Borisboyev Avazbek

G'oliblar, yutuqlaringizni olish uchun @pulligap_bot ga murojaat qiling!
👍23🔥2💔1
"Ijarada yashash yoki sotib olish?" – O‘zbekiston sharoitida moliyaviy rejalashtirish

🔝Ko‘pchilik uchun "ijarada yashash yoki uy sotib olish" degan savol dolzarb bo‘lib qolgan. Har birining o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor, lekin bu tanlovni amalga oshirishda moliyaviy jihatlar muhim o‘rin tutadi.

Bugun biz O‘zbekiston sharoitida har ikki variantning afzallik va kamchiliklarini hamda qaysi holatda qanday tanlov qilish tavsiya etilishini ko‘rib chiqamiz.

➡️ Ijarada yashash

➕ Afzalliklari:

▫️Kam xarajatli boshlang‘ich investitsiya: Ijara uyga joylashish uchun katta miqdorda pul sarflashni talab qilmaydi. Bu yirik dastlabki to‘lovsiz yashash imkonini beradi.
▫️Moslashuvchanlik: Uy-joy joylashuvi yoki holati o‘zgartirilsa, ijarani tugatish va boshqa joyga ko‘chish oson. Bu ayniqsa, ish yoki shaxsiy hayotdagi o‘zgarishlarga moslashishda qulaydir.
▫️Texnik xizmat ko‘rsatish: Ko‘pgina hollarda uy-joydagi texnik xizmat xarajatlarini uy egasi qoplaydi, bu esa qo‘shimcha mablag‘ tejashga yordam beradi.

➖ Kamchiliklari:

▫️Boshqa joyga ko‘chish xavfi: Uy egasi ijara muddatini uzaytirmasligi yoki ijara shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega.
▫️O‘z uyidek bo‘lmasligi: Ijaradagi uy-joyda katta o‘zgartirish yoki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin.
▫️Ijara narxining oshishi: Yil davomida uy-joy ijarasi narxlari o‘sib borishi mumkin, bu esa uzoq muddatda xarajatlarni oshiradi.

➡️ Uy sotib olish

➕ Afzalliklari:

▫️Investitsiya: Uy sotib olish orqali siz uzoq muddatda o‘z aktivingizga ega bo‘lasiz. Uy-joy narxlari O‘zbekistonda ko‘pchilik hollarda oshib boradi, bu esa kapitalingiz o‘sishiga yordam beradi.
▫️Barqarorlik: O‘z uyingizda yashash ko‘chish xavfi va ijara narxlarining o‘zgarishidan himoyalangan holda barqaror yashash imkonini beradi.
▫️Mulkni o‘zgartirish erkinligi: O‘z uyida yashovchi kishi ta’mirlash, o‘zgartirish va bezash ishlari bilan bemalol shug‘ullanish imkoniga ega.

➖Kamchiliklari:

▫️Katta boshlang‘ich to‘lov: Uy sotib olish uchun dastlab katta miqdorda mablag‘ talab etiladi, bu ko‘pchilik uchun muammo tug‘dirishi mumkin.
▫️Ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlari: Uy egasi uyda sodir bo‘ladigan ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlariga javobgar bo‘ladi, bu esa qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
▫️Ipoteka foizlari: O‘z uyini sotib olishni ipoteka orqali amalga oshirishda oylik to'lov xarajatlarini oshiradi.

❓Qaysi birini tanlash kerak?

"Ijarada yashash yoki sotib olish?" degan savolga to‘g‘ri javob tanlovingizga bog‘liq. Agar moliyaviy jihatdan tayyor bo‘lsangiz va uzoq muddatda barqaror yashashni rejalashtirsangiz, uy sotib olish uzoq muddatda foydali bo‘lishi mumkin.

Agar barqaror daromadga ega bo‘lmasangiz yoki uzoq muddat bir joyda yashashni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, ijarada yashash qulayroq bo‘ladi.

Qaysi variantni tanlashdan qat’i nazar, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olish muhimdir.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤18🔥1
Kredit muddatidan oldin to‘langanda sug‘urta pulining bir qismini qaytarib olish mumkin!

🤔Qanday qilib?

Odatda kredit olganingizda bank sizni hayot sug‘urtasiga yoki kreditni qaytarmaslikka qarshi sug‘urtalab qo‘yadi. Bu pul kredit muddati asosida hisoblanadi. Ammo siz kreditni oldindan yopganingizda sug‘urta muddati ham avtomatik tugaydi. Demak, ishlatilmagan davr uchun to‘langan pulni qaytarib olishga haqlisiz!

🤔Nima qilish kerak?

1️⃣Sug‘urta kompaniyasiga yoki bankka murojaat qiling.
2️⃣Kredit yopilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim eting.
3️⃣Ariza yozing.

Postni kredit olgan tanishlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥5🤝3❤2
😮Haydovchilar uchun muhim yangilik!

➖Endi taksistlik bilan shug‘ullanuvchi, o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar yil davomida 100 mln so‘mgacha daromad topsa, hech qanday soliq to‘lamaydi.100 mln so‘mdan oshganda esa soliq avtomatik ushlab qolinadi.

➡️Buning uchun siz o'zini o'zi band qilgan aholi sifatida ro'yxatdan o'tib, litsenziya olishingiz kerak. Litsenziya varaqasini olish 1 yilga o'z-o'zini band qilgan shaxslar uchun - 375 ming so‘m, agar my.gov.uz orqali rasmiylashtirsangiz – 337 500 so‘m!

🤔Bundan nima foyda?

💬 Siz qonuniy ishlash orqali barqaror daromad olasiz.
💬Hujjatbozlik bilan ovora bo‘lmaysiz.
💬Mijozlar ishonchini oshirasiz!

Postni tez taksist tanishingizga yuborib qo‘ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40👎4
Rasmiy daromadingiz yo‘qmi va shu sababli kredit ololmayapsizmi?

Endi bu muammo emas ✨

Biz aynan siz kabi o‘z-o‘zini band qilganlar uchun mikroqarz ajratuvchi banklar ro‘yxatini tuzdik.

🏦 InfinBank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 26,99%dan
Muddati — 36 oygacha
Qisqa raqam: 1214
Batafsil

🏦 TBC Bank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 28-49%
Muddati — 36 oygacha
Qisqa raqam: 1150
Batafsil

🏦 Asia alliance bank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 27,99%dan
Muddati — 60 oygacha
Qisqa raqam: 1270
Batafsil

🏦Ipak Yo‘li Banki

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 24,9%dan
Muddati — 5 yilgacha
Qisqa raqam: 1296
Batafsil

🏦 Biznesni rivojlantirish banki

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 26%dan
Muddati — 36 oygacha
Qisqa raqam: 1254
Batafsil

🏦 Anorbank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 44%dan
Muddati — 36 oygacha
Qisqa raqam: 1290
Batafsil

🏦 Aloqabank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 28%
Muddati — 60 oygacha
Ishonch telefoni: +998 71 230-44-44
Batafsil

🏦Ziraat bank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 28-29%
Muddati — 36 oygacha
Qisqa raqam: 1293
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank

Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi — 26-30%
Muddati — 60 oygacha
Qisqa raqam: 1285
Batafsil

🚀Postni rasmiy daromadga ega bo‘lmagan yaqiningizga yuboring

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70👎22❤6🔥3💔3
Mikroqarz olishdan avval bularni bilib olishingiz shart!

Mikroqarz — shoshilinch pul kerak bo‘lganda tezkor yechim. Ammo har doim ham u to‘g‘ri qaror emas. Quyidagi holatlarda qarz olmaslik tavsiya etiladi:

👍 Eski qarzni yopish uchun
Avvalgi kreditni to‘lash uchun yangi mikroqarz olish — noto‘g‘ri yo‘l. Bu bilan faqat qarzingiz oshadi. Bir kredit o‘rniga ikki, baʼzida uchta qarzga tushib qolish mumkin. Bu — qarz botqog‘iga tushishning boshlanishi.

👍 Boshqa odam uchun
Yaqinlar sizning nomingizga kredit olib berishingizni so‘rashi mumkin. Ammo bunga rozi bo‘lsangiz, qarz uchun to‘liq masʼuliyat sizning zimmangizda bo‘ladi. Agar ular to‘lamasa, sizning mol-mulkingizga daʼvo qilinishi mumkin.

👍 Daromadingizga nomutanosib miqdorda
Kreditning oylik to‘lovi daromadingizning 50%idan oshsa, bu siz uchun og‘ir yuk bo‘lishi mumkin. Shunda o‘zingizni hamma narsada cheklashingizga to‘g‘ri keladi. Qarz — vaqtinchalik yengillik, lekin to‘lov davri — uzoq muddatli majburiyat.

👍 Kredit shartlarini tushunmasdan
Foizlar, qaytarish muddatlari, penyalar va boshqa shartlar siz uchun tushunarsiz bo‘lsa — qarz olmang. Barcha miqdorlar va shartlarni oldindan aniqlab, oylik to‘lovni hisoblab ko‘rish zarur. Kredit — javobgarlik, uning har bir so‘mi uchun hisob yuritish kerak.

📌 Xulosa:
Mikroqarz faqat haqiqiy ehtiyoj bo‘lganda, to‘liq o‘ylab chiqib va o‘z imkoniyatingizga yarasha olinishi kerak. Aql bilan olinmagan kredit — muammoga aylanishi mumkin.

Kreditini yopish uchun yana kredit olmoqchi bo‘lib yurgan do‘stingizga yuborib qo‘ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🤝6❤5🤔3
🏡"Makler"larga yengillik berilmoqda

➖Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga “koʻchmas mulk boʻyicha agent” sifatida rieltorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Bu norasmiy vositachilarning (maklerlarning) “soyadan” chiqarishda rag‘batlantiruvchi chora sifatida ko'rilmoqda.

🔹Shuningdek, bankdan tashqari aylanma, yashirin iqtisodiyotni qisqarishi va rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish maqsadida savdo hamda hisob-kitoblarni elektron shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi elektron savdo tizimlarini tashkil etish belgilanmoqda.

➡️Bundan tashqari, aholi uchun ochiq bo‘lgan rieltorlik subyektlarining “Yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish ham belgilanmoqda.

Bu postni "makler" tanishingizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤5🔥4🤔3👎1
❗️Mikroqarz olish tartibi o‘zgaradi!

2025-yil 24-iyuldan O‘zbekistonda mikroqarz (avtokredit va ipoteka) olishda yangi qoidalar kuchga kiradi. Banklar endi har bir mijozning qarz yuki, oylik daromadi va garovini aniq hisoblab chiqadi. Qisqa va ravshan tushuntiramiz:

👍 Qarz yuki nima?
👉 Bu — siz oyma-oy to‘laydigan barcha kreditlar yig‘indisi.
Qoida: Oylik to‘lovlaringiz daromadingizning 50% dan oshmasligi kerak.
Agar oxirgi 6 oydan beri ishlab kelayotganingizni hujjat bilan isbotlasangiz — 100% gacha bo‘lishi mumkin.

👍Nimalar hisobga olinadi?

🟤Boshqa kreditlaringiz;
🟤Siz kafil bo‘lgan qarzlar;
🟤Kredit kartasi va overdraftlar — 8% limit;
🟤Qarz kechikkan bo‘lsa — penya va jarimalar ham.

👍Daromadni qanday hisoblashadi?

🟤Oxirgi 12 oylik daromadingizdan o‘rtachasi;
🟤Agar ish vaqti kamroq bo‘lsa — 6 oylik, mavsumiy ish bo‘lsa — 3 oylik daromad hisobga olinadi.

👍 Daromadni tasdiqlash:

🟤Ish haqi maʼlumotnomasi;
🟤Pensiya, ijara va soliq tushumlari;
🟤Bank hisobvaraqlariga tushumlar.

Agar hujjat bo‘lmasa — avvalgi kredit to‘lovlaringizning 50% qismi daromad deb hisoblanadi.

👍 Kredit foizi va penyalar

🟤Kunlik foiz stavkasi qarz qoldig‘iga nisbatan 0.25% dan oshmasligi kerak.
🟤Komissiya, penya va boshqa to‘lovlar — yillik kredit miqdorining 50% dan ortiq bo‘lmaydi.

👍 Garovga qo‘yiladigan mulk

🟤Avtokredit — mashina bahosi bo‘yicha, 75% gacha.
🟤Ipoteka — uy qiymati bo‘yicha, 80% gacha. Agar daromad tasdiqlanmasa — 85% gacha.

❌ Qaysi kreditlar qarz yuki hisobidan chiqariladi?

🟤Oilaviy tadbirkorlik kreditlari
🟤Taʼlim kreditlari
🟤Qayta moliyalashtirish kreditlari

✅ Endi kredit olishdan avval o‘z daromadingiz, to‘lovlaringiz va garovingizni tekshirib oling. Yangi tartib siz va bank uchun xavfsizlik kafolati.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75❤8🤝6🔥1
Toshkentda talaba bo‘lish qanchaga tushadi?

1️⃣Birinchi xarajat bu turar joy, oyiga o‘rtacha 600 ming so'm–1 mln so'm atrofida. Agar siz davlat yotoqxonasida yashasangiz, xarajat kamroq bo‘ladi.

2️⃣Ikkinchisi, oziq-ovqat, bir oyga taxminan 1 mlndan – 2 mln so‘mgacha. Agar talaba kuniga o'rtacha 70 000 so'mni ovqatlanishga sarflasa, bu oyiga 2 mln 100 ming so'm degani. Bozordan xarid qilib, uyda ovqat qilish esa arzonroq tushadi. Lekin haftasiga 2–3 marta fast-food, kafe-restoranlarga kirish xarajatni ko‘paytiradi. Yaxshisi birga ovqat qilib, xarajatni "arra qilish".

3️⃣Transport. Oyiga 100–300 ming so‘m.
Bu kundalik metro yoki avtobus yo‘l haqi. Agar talaba imtiyozli transport kartalaridan foydalansa, bu summa ancha kamayadi. Qancha ko‘p taksida yursangiz, summa shuncha ko‘payaveradi. Ba’zi talabalar esa piyoda yurib, ancha muncha pul tejab qoladi.

4️⃣Aloqa va internet – 50–100 ming so‘m
Minimal paketlar talabalar uchun yetarli bo‘ladi. Wi-Fi bor joyda esa mobil trafikni tejasa bo‘ladi.

5️⃣Mayda-chuyda – 200–500 ming so‘m
Gigiyena vositalari, salqin ichimlik, ruchka, daftar – bu narsalarning barchasi oz-ozdan pul talab qiladi.

📌 Jami: 2 mln - 4 mln atrofida

Siz-chi, bir oyda qancha xarajat qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!


Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍108👎15🤔9❤6🤝2
Bojxonada ortiqcha to'lov qilmaslik uchun nima qilish kerak?

🔹2025-yil 1-maydan boshlab O'zbekistonda bojxona bo'yicha yangi qoidalar kuchga kiradi. Bojxona to'lovini ortiqcha to'lamaslik uchun xarid qilingan tovarlarning cheklarini saqlab qolish juda muhim.

🔜Chunki bojxona tovarlarining qiymati cheklar, kvitansiyalar va boshqa tijorat hujjatlari asosida aniqlanadi. Agar tovar chegirmada sotib olingan bo'lsa, chek yo'qligida bojxona uning narxini o'rtacha bozor narxiga ko'ra belgilashi mumkin.

➖Masalan, agar siz tovarni aksiyada sotib olgan bo'lsangiz-u, ammo uning odatiy narxi yuqori bo'lsa, chegirma asosida sotib olinganini isbotlash talab etiladi.

Ma'lumotlarimiz foydali bo'lgan bo'lsa, tanishlaringizga ulashib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58🔥9❤4
🗓Oʻzbekistonda 1-maydan nimalar oʻzgaradi?

🔋Elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi

1-apreldan boshlab mamlakatda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini oshirish belgilangandi. Prezident topshirig‘i bilan bu bir oyga — maygacha kechiktirildi.
Bundan tashqari, 201 kVt/soatdan 500 kVt/soatgacha bo‘lgan oraliqda elektr energiyasi iste’moli uchun yangi tarif amal qila boshlaydi. Ushbu oraliqda iste’mol qilingan har bir kVt/soat uchun narx 800 so‘mni tashkil etadi.

🚘Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshiriladi

Yil boshida qabul qilingan hukumat qarori bilan O‘zbekistonda 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshiriladi. Bunda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga faqat elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari kiradi. Gibrid avtomobillar esa bundan mustasno.

💵Ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar beriladi

Endi yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan davlat boji undirilmaydi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 50 mln so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida esa 150 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

🏗Qurilish ruxsatnomalari onlayn beriladi

Qurilishi tugallangan ko‘p qavatli uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi.

🪙Xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Tadbirkor xotin-qizlar Hamroh dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlanadi. Xususan, ularga yashil va IT-sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi.

💸Qamoqdan ozod etilganlarga 2,25 mln so‘mgacha pul beriladi

1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdorida (2,25 mln so‘m) bir martalik nafaqa puli Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanadi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57👎19❤12🔥5🤔5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KRЕDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BO‘LADIMI?

Kreditga olingan uyni sotish mumkin. Qanday qilib deysizmi, unda videoni oxirigacha ko’ring!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
👍46🔥7❤3
📌Plastik karta tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Pulni qayerga qo‘yish har doim muhim. Shuning uchun karta tanlayotganda shunchaki “karta bo‘lsa bo‘ldi” demang.

Bugun siz bilan karta tanlayotganda aynan qaysi jihatlariga e'tibor berish kerakligi haqida gaplashamiz

💳 Xizmat haqi
Ba’zi kartalar oylik yoki yillik xizmat haqi oladi. Ba’zilari esa tekin. Farqiga boring.

💸 Pul o‘tkazmalari limiti
Kunlik qancha yechsa bo‘ladi? Mobil ilova orqali qancha o‘tkazsa bo‘ladi? Bilib oling.

📲 Mobil ilova
Kartangizga qulay, soddaroq mobil ilova bormi? To‘lovlar, o‘tkazmalarni ilovadan qilsa bo‘ladimi? Juda muhim.

🌍 Valyuta va xalqaro to‘lovlar
Chet el sayohati yoki onlayn shoping qilsangiz, kartangiz xalqaro bo‘lishi kerak.

🎁 Bonus va keshbek tizimi
Ba’zi banklar xaridlaringizga bonus yoki cashback beradi. Shuni ham inobatga oling.

🛡 Xavfsizlik
Kartani bloklash, PIN-kodni o‘zgartirish, 24/7 qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, yaxshi.

👍 Plastik karta — shunchaki plastik emas. Pulingizga qaraydigan, asabingizni tejaydigan vosita. Shuning uchun tanlashdan oldin mana shu 6 ta narsaga e’tibor bering.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🔥8❤6🤝3
🤔Kredit tarixini qanday bilsa bo‘ladi?

Agar siz kredit olgan bo‘lsangiz yoki olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — avvalo kredit tarixingiz qanday ekanligini bilib oling. Chunki banklar aynan shu ma’lumotga qarab sizga kredit beradi.

Kredit tarixni bilishning 3 ta oddiy yo‘li:

👍 My.gov.uz portali orqali

🔸 my.gov.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tasiz
🔸 “Kredit tarixini olish” xizmatini topasiz
🔸 Pasport ma’lumotlaringizni kiritasiz va natijani ko‘rasiz

👍 Kredit byurosi sayti orqali

"Kredit-axborot tahliliy markazi"ning infokredit.uz sayti orqali kredit tarixingizni tekshirishingiz mumkin.

👍 Mobil ilova orqali

Ko‘pchilik banklarning mobil ilovasida ham kredit tarixini tekshirish bo‘limi bo‘ladi. Shunchaki ilovani ochib, kerakli bo‘limga kirib tekshirib olishingiz mumkin.

❓ Nima uchun bu muhim?

✅ Kredit olish imkoniyatlaringizni bilib olasiz
✅ Nima uchun kredit berilmaganini tushunasiz
✅ Kreditlarni vaqtida to‘lab, tarixingizni yaxshi saqlashga harakat qilasiz

Yodda tuting! Kredit tarixingiz haqidagi ma'lumotni yiliga bir marta bepul va to‘lov evaziga - cheksiz ko‘p marta hech qanday sabab ko‘rsatmagan holda olish mumkin.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152❤10👎5💔5🔥3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📲 SMS-Pensiya: Pensiya miqdorini bilish endi oson!

Endi o‘z pensiya miqdoringizni bilish uchun navbat kutishga yoki qog‘oz hujjatlar bilan ovora bo‘lishga hojat yo'q!

SMS-Pensiya xizmati — bu sizga har oy pensiya miqdori va to‘lov sanasi haqida tezkor va ishonchli ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

👍 Xizmatdan foydalanish uchun:

1️⃣ Ro‘yxatdan o‘ting: MyGov portalida o‘z profilingizga kirib, "SMS-Pensiya" xizmatini yoqing.
2️⃣ Telefon raqamingizni tasdiqlang: SMS-xabar orqali tasdiqlash kodini kiriting.
3️⃣Ma'lumotlarni avtomatik ravishda oling: Har oy pensiya miqdori va to‘lov sanasi haqida SMS-xabar olasiz.

👍 SMS-Pensiya xizmati afzalliklari:

⏺Tez va qulay: Ma'lumotni bevosita telefoningizga olasiz.
⏺Xavfsiz: Faqat tasdiqlangan raqamingizga SMS yuboriladi.
⏺Bepul: Xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi.

❗️SMS-Pensiya xizmati haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun MyGov rasmiy sahifasiga tashrif buyuring yoki @pensiyauzbot bilan bog‘laning.

Pensiya oluvchi tanishlaringizga yuborib qo‘ying! 😉

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65❤10🔥3💔2
"Yo‘lkira"ni qanday tejash mumkin?

Avtobus va metroda har kuni yurganlar biladi — to‘lovlar oy oxiriga borib sezilarli xarajatga aylanadi. Lekin ayrim bank kartalari bor-ki, ular orqali siz har kuni ozgina, oyiga esa ancha-muncha tejashingiz mumkin.

Keling, transport uchun mos bank kartalarini ko‘rib chiqamiz:
👍 Uzum Bank kartasi

⏺Keshbek: 1 050 so‘m
⏺Real to‘lov: 650 so‘m (ATTO orqali)

📌 Har bir yurishda 1 050 so‘m tejasangiz, oyiga 40 marta chiqilsa, bu 42 000 so‘m foyda degani.
👍 Humans VISA kartasi

⏺Keshbek: 25% → 425 so‘m
⏺Real to‘lov: 1 275 so‘m

📌 Oyiga 40 safar uchun 17 000 so‘m gacha tejash.
⚠️ Keshbek faqat Humans aloqa xizmatlariga ishlatiladi.

👍 TBC Bank — Salom Card

⏺Keshbek: 5% → 85 so‘m
⏺Real to‘lov: 1 615 so‘m

📌 Har oyda 40 safar uchun taxminan 3 400 so‘m tejash.

🎯 Xulosa: Har kuni transportda yuradigan bo‘lsangiz, mana shu kartalardan biri sizga oyiga 40 000 so‘m va undan ko‘proq tejash imkonini beradi.

💬 Siz qaysi kartadan foydalanyapsiz? Izohda yozing va do‘stlaringizga ulashing – ular ham tejashni boshlasin! 💸

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80❤9🔥7🤝4💔3
💳PIN-kod: Kartani qanday himoya qilish kerak?

Moliyaviy xavfsizlik — zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri. Ayniqsa, bank kartasidan foydalanayotganda PIN-kod himoyasi katta ahamiyatga ega.

Keling, avvalo PIN-kod nima ekanini bilib olamiz:

🛡PIN-kod (Personal Identification Number) — bu sizning bank kartangiz yoki moliyaviy hisobingizni himoya qiluvchi shaxsiy identifikatsiya raqami. Odatda 4 yoki 6 ta raqamdan iborat bo‘lib, ushbu kod sizning hisobingizni tasdiqlash va mablag‘laringizni begonalardan himoya qilish uchun ishlatiladi.

Kartangiz uchun PIN-kod xavfsizligini ta’minlashning 5 ta asosiy qoida:

👍 PIN-kodingizni hech kimga oshkor qilmang
Hech qachon PIN-kodingizni do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz yoki tanishlaringizga aytmang. Uni qog‘ozga yozib qo‘yish yoki telefoningizga saqlash ham xavf tug‘dirishi mumkin.

👍 Oddiy kombinatsiyalardan voz keching
1234, 0000, 1111 yoki tug‘ilgan sana kabi taxmin qilish oson bo‘lgan raqamlardan foydalanmang. Yaxshisi, faqat o‘zingiz biladigan murakkab raqam kombinatsiyasini tanlang.

👍 PIN-kodingizni vaqti-vaqti bilan almashtiring
Har 3-6 oyda PIN-kodingizni yangilash odatini shakllantiring. Bu sizning hisobingizni firibgarlardan yanada ishonchli himoya qiladi.

👍 Bankomat va to‘lov terminallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalaning
PIN-kodni kiritayotganda klaviaturani qo‘lingiz bilan berkitib, atrofingizda begona yoki shubhali odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

👍 Karta tranzaksiyalarini doimiy kuzatib boring
Hisobingizda g‘ayrioddiy yoki ruxsatsiz tranzaksiyalarni sezsangiz, darhol bank bilan bog‘laning va kartangizni bloklashni so‘ranging.

🔐Unutmang: PIN-kod — bu sizning moliyaviy xavfsizligingizning birinchi qalqoni. Uni to‘g‘ri va ehtiyotkor saqlash orqali siz nafaqat mablag‘laringizni, balki tinchligingizni ham himoya qilasiz.

Ushbu postni PIN-kodi 4 ta bir xil raqamdan iborat tanishingizga yuborib qo‘ying 😉

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍69❤15🔥4🤝2
📲Mobil ilovalar limitlarini to‘g‘ri ishlatib, oyiga 145,5 mln so‘mni komissiyasiz o‘tkazish mumkin!

Qanday deysizmi? Keling, shuni ko‘rib chiqamiz!

▫️ Chakanapay — 10 mln so‘mgacha
▫️ Xazna (Xalq banki) — 5 mln so‘mgacha
▫️ SQB Mobile (SQB) — 5 mln so‘mgacha
▫️ Hamkor — 5 mln so‘mgacha
▫️ Smart bank — 5 mln so‘mgacha
▫️ Davr Mobile 2.0 — 3,5 mln so‘mgacha
▫️ Milliy — 3 mln so‘mgacha
▫️ Mavrid (Mikrokreditbank) — 3 mln so‘mgacha
▫️ SelloPay — 3 mln so‘mgacha
▫️ Alif — 1 mln so‘mgacha
▫️ Humans — 1 mln so‘mgacha
▫️ OQ — 1 mln so‘mgacha

Shu ilovalarni birgalikda ishlatsangiz: 45,5 mln so‘m!

💳 Qo‘shimchasiga Uzum Bank — Uzum kartasi orqali 100 mln so‘mgacha bepul o‘tkazish mumkin.

🏦 Bundan tashqari, TBC Bank‘ning Salom kartasi orqali ham TBC ilovasida bepul o‘tkazmalar qilish mumkin.

🔄 Click‘da — “Mening oilam” bo‘limida oila aʼzolaringiz bilan pulni istalgancha bepul o‘tkazsangiz bo‘ladi.

🏦 Smartbank kartalari o‘rtasida — 150 mln. so‘mgacha bepul o‘tkazish mumkin.

👛 Qolaversa, barcha banklarda Humo'dan Humo'ga o‘tkazmalar bepul.

Ushbu postni doimo "Kartangga tashlab beraman" deydigan do‘stingizga jo‘natib qo‘ying ✅

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80❤19🔥8💔4🤝3
🎙 Yangi loyiha: "Pulli Gap Talk"

"Pulli Gap Talk" — bu moliyaviy savodxonlik, qiziqarli mehmonlar va ochiq muloqotlar maydoni!

💸 Biz pul, biznes, hayot, pul topish va uni to'g'ri ishlatish haqida gaplashamiz!

Loyihaning ilk mehmoni — ingliz tili o‘qituvchisi, Englify onlayn o‘quv markazi asoschisi, tadbirkor va bloger Teacher A'zam bo‘ldi.

👍 Birinchi sonni tomosha qiling👇
https://youtu.be/NIA6azo-bNg?si=bkxPGj1OzwQP1rac

Bizga obuna bo'lishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤11🔥10🤝4👎1💔1
Kredit rad etilishining TOP-5 sababi!

👛Kredit olish hammaga kerak — kimdir biznes ochmoqchi, kimdir ta’lim olmoqchi, yana birov uyini yangilamoqchi. Lekin hamma ham bankdan “ha” degan javobni ololmaydi. Nega? Sabablari oddiy, lekin ko‘pchilik bilmaydi.

Mana sizga TOP-5 sabab — eslab qoling, kerak bo‘lib qoladi!😉

1️⃣ Salbiy kredit tarixi
Avval olgan qarzingizni o‘z vaqtida yopmagan bo‘lsangiz — bank sizga yana ishonadimi? Yo‘q! Tarixingiz — siz haqingizdagi eng asosiy ma’lumot.

2️⃣ Barqaror daromad yo‘qligi
Ish joyingiz rasmiy emasmi yoki daromadingiz notekismi? Demak, kredit olish ham oson bo‘lmaydi. Bank uchun siz barqaror mijoz bo‘lishingiz kerak.

3️⃣ Yuqori qarzdorlik darajasi
“Aytgancha, sizda boshqa kreditlar ham bor ekan…”
Agar qarzlaringiz daromadingizdan oshib ketsa — bank sizga yana kredit bermaydi. Hamma narsaning me’yori bo‘ladi.

4️⃣ To‘liq bo‘lmagan hujjatlar
Hujjatlaringizni to‘liq tayyorlamasangiz, bank sizni kutib o‘tirmaydi. Kredit — faqat hujjatlari joyida bo‘lganga nasib qiladi.

5️⃣ Bank talablari mos kelmasligi
Har bir bankning o‘z qoidasi bor: yosh chegarasi, ish staji, yashash manzili va boshqalar. Shularni tekshirib oling, aks holda vaqt ketadi, asab buziladi.

Kredit olish — bu ham san’at. Bilgan odam oladi, bilmagan esa rad etiladi.

💬 Siz yana qanday sabablarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring, kerak bo‘lishi mumkin!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57❤21🔥8👎5
🎓 So‘nggi qo‘ng‘iroq — katta xarajat(mi)?

25-may yaqinlashishi bilan o‘quvchilar darsdan ko‘ra “nima kiyaman, sochimni qayerda qanday turmaklayman, qaysi restoranga boramiz va nima buyurtma beramiz” degan savollarga ko‘proq bosh qotira boshlaydi. Lekin... asosiy tayyorgarlik ota-onaning kartasida bo‘ladi. 😅

🧾 Keling, o‘rtacha xarajatni hisoblab chiqamiz:

👗 Libos: 400 000 — 700 000 so‘m
“Boshqalardan kam bo‘lmasin, iloji bo‘lsa, boshqalardan zo‘r bo‘lsin” prinsipi bu yerda har doim ishlaydi. 😊

💄 Soch turmagi va make-up: 300 000 — 500 000 so‘m
“Oddiy makiyaj qilsam ham bo‘ladi?” deyiladigan joyi yo‘q. Chunki hammada telefon kamerasi tayyor — bitta noto‘g‘ri burchakdan tushirilgan rasm bir umr sinf chatida qolishi mumkin. 😁

👠 Oyoq kiyim: 250 000 — 500 000 so‘m
Ko‘ylak chiroyli, lekin oyoq kiyim oddiy bo‘lsa, hammasi bekor. Aytishadiku: “Dushmaning oyoqqa qaraydi” deb.😉

📸 Vinetka: 250 000 — 400 000 so‘m
“Vinetka - bu bir umrlik xotira”. Shuning uchun proffesional fotograf chaqiriladi, kamerasi kichkina bo‘lsa ham, narxi kattagina.🤫

🍽 Restoran/kafe: 200 000 — 300 000 so‘m
“Oxirgi marta butun sinf bilan yig‘ilib o'tiramiz” degan bahona bilan menyu to‘yga yarasha. Qancha odam — shuncha turli ovqat. Oxiri raqs, selfi va ota-onaning ikki-uchta asabi sochilib ketadi.

Jami: kamida 1,5 million so‘m + ota-onaning asab tizimi.

💬 Siz-chi? So‘nggi qo‘ng‘iroqqa necha pul sarflagansiz yoki bu yil qanchaga tushyapti? Izohlarda yozib qoldiring, qiziq statistikani yig‘amiz!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62❤19🔥12👎5🤔2💔1