Pulli Gap
29.3K subscribers
357 photos
125 videos
1 file
457 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
❗ Temu rasman bloklandi

🇺🇿 O‘zbekistonda Xitoyning Temu sayti ochilmayapti. Sahifaga kirishda “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi qarori (VMQ-707) asosida axborot resursiga cheklov o‘rnatilgan” degan xabar paydo bo‘ladi.

🌐 Temu ilovasi ishlayotganiga qaramay, mahsulotni savatga qo‘shishda ilovaning ishlashi keskin sekinlashadi. Ekranda internetga sekin ulanish haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi, unda foydalanuvchiga ulanishni tekshirish va qayta urinib ko‘rish tavsiya etiladi.

✅ Avvalroq Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliq hisobiga qo‘yilgan edi. Biroq 20-martdan boshlab rejalashtirilgan blokirovka o‘z kuchida qoldi, chunki platforma ro‘yxatdan o‘tguniga qadar bo‘lgan davrda soliqlarni to‘lamagan.

🔰 Soliq qo‘mitasi va ILMA hozirda Temu bilan muzokaralar olib bormoqda. Ularning natijasiga ko‘ra platformaning kelgusi faoliyati bo‘yicha yakuniy xulosa e’lon qilinadi.

Siz Temudan buyurtma berganmisiz?

Ha - 💔
Yo‘q - ❤️

Telegram • Instagram • YouTube
❤312💔179👍30👎11🤔2
🌱 Navro'z bayrami va iqtisod. Bular bir-biriga qanday bog'liq bo'lishi mumkin. Keling, ko'rib chiqamiz.

💸 Bayram va iste’mol iqtisodiyoti

Navro‘z bayrami arafasida bozorlarda xaridlar ortadi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari (sumalak, osh, holva, mevalar), kiyim-kechak va sovg‘alar sotib olish odatiy holga aylangan. Ushbu xaridlar savdo-sotiqning faollashishiga olib keladi va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin.

✈️ Turizm sektori jonlanadi

Odamlar bayram munosabati bilan sayohatlarga chiqishadi, mehmonxona va transport xizmatlariga talab oshadi.

🥳 Bayram tadbirlari va kichik biznes rivoji

Navro‘z bayramida xalq hunarmandchiligi, mahalliy tadbirkorlar va kichik biznes egalari uchun katta imkoniyatlar yaratiladi.
Milliy taomlar tayyorlash, milliy kiyimlar va sovg‘alar savdosi, turli ko‘rgazma-yarmarkalar tadbirkorlar uchun yangi mijozlar topish va daromad olish imkoniyatini beradi.

💰 Navro‘z va xayriya iqtisodiyoti

Navro‘z ko‘pincha saxovat va yordam mavsumi sifatida ham qaraladi. Ayrim tashkilotlar va tadbirkorlar bayram arafasida kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar va nogironligi bor shaxslarga xayriya tadbirlarini o‘tkazadilar.
Bu ijtimoiy iqtisodiyotga ham ijobiy ta’sir qiladi, jamiyat ichida pul aylanishini oshiradi va ijtimoiy tenglikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

Telegram • Instagram • YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤4🔥3👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda katta xaridlarni amalga oshirishda isteʼmolchilar oldida ikki asosiy moliyaviy yechim turadi: “Rassrochka” yoki kredit.

💱Ularning o‘zaro farqi nimada? Qaysi biri mosroq? Qanday holatlarda “Rassrochka” foydali, qaysi vaziyatda esa kredit maqbul?

Keling, bu savollarga javobni video orqali izlaymiz! 🔍💡

Siz qaysi birini tanlaysiz?

Rassrochka - 👍
Kredit - ❤️

Telegram • Instagram • YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65❤26👎21🔥3🤔2
👍 Endi nikohdan o'tish uchun ovora bo'lib, "zaks"ga borishingiz shartmas. Buni shunchaki onlayn qilsangiz ham bo'ladi.

🤔Qanday qilib?

🔹 Buning uchun siz my.gov.uz saytiga kirasiz, u yerdan Nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish bo'limini topasiz. Tegishli maʼlumotlar toʻldirilgach, ariza FHDY boʻlimiga yuboriladi. Bir kun ichida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma olasiz. Bir oydan soʻng esa nikohni qayd etish uchun FHDY boʻlimiga borasiz. Lekin avval siz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.

😮Bu qanday bo'ladi?

🔹Siz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtasiz va nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish xizmatidan foydalanasiz. Shundan keyin oʻzingiz haqizdagi maʼlumotlarni kiritib, arizani davom ettirish uchun invoys raqami arizaning boshqa ishtirokchisiga beriladi.

🔹Ikkinchi taraf arizani tasdiqlab, invoys raqamini kiritadi. Keyin o'zingizga qulay boʻlgan FHDY boʻlimi, nikoh marosimi qanday tartibda oʻtkazilishini tanlaysiz. Tamom.

🤑Nikoh qayd etishda qanday to'lovlar bor?

Nikohdan o'tishda:
1️⃣Davlat boji - 75 000 so'm
2️⃣ Gerbli guvohnoma uchun - 56 250 so'm
Nikohni tantanali qayd etish uchun:
1️⃣ FHDY bo'limi zalida - 187 500 so'm
2️⃣Joylarga chiqib, sayyor ravishda qayd etish uchun - 562 500 so'm miqdorida to'lov qilinadi.

Postni "boshini ikkita qilish" kerak bo'lgan tanishingizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram • Instagram • YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56❤9🔥8🤝3🤔1
Kredit olsammi yoki yo‘qmi? 🤔

O‘zbekistonda kredit olish tobora odatiy holga aylanmoqda. Lekin qarzga pul olayotganda ko‘pchilik quyidagi xatolarni qiladi:

❌ Faqat minimal to‘lovga qarash

Ko‘pchilik foizlar va umumiy qarz qancha chiqishini hisoblamaydi. Natijada, to‘lovlar ortidan quvib, ortiqcha foiz to‘lashga to‘g‘ri keladi.

❌ Kredit maqsadini aniq belgilamaslik

"Hamma olyapti, men ham olaman" tamoyili bilan olingan kredit – eng xatarlisi. Bu pulni ishlatishdan avval rejangiz bo‘lishi kerak.

❌ Daromadga mos kelmaydigan kredit olish

Ayrimlar oylik maoshi 5 mln so‘m bo‘lsa ham, 50 mln so‘mlik kredit oladi. Har oy to‘lash og‘irlashganda, yana boshqa qarz izlashga majbur bo‘ladi.

✅ Qanday qilib to‘g‘ri qaror qilish mumkin?

👍 Kredit olishdan avval uning haqiqiy narxi (umumiy foizlar) qancha chiqishini hisoblang.

👍 Faqat haqiqatan kerakli va qaytishi mumkin bo‘lgan maqsadlar uchun kredit oling.

👍 Daromadingizdan 30-40% ortig‘ini to‘lovlarga sarflamaslikka harakat qiling.

Kredit to‘g‘ri ishlatilsa – bu moliyaviy imkoniyat. Lekin noto‘g‘ri qaror uni og‘ir yukka aylantirishi mumkin. 🤷‍♂️

Siz kredit haqida qanday fikrdasiz?
Kredit olganmisiz yoki olishni rejalashtiryapsizmi?

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎93👍77🔥26💔11❤6
✅Hayit bayramining iqtisodiyotga ta'siri qanday?

🔹 Hayit bayrami, nafaqat diniy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan, balki iqtisodiy jihatdan ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Keling, Hayit bayramining iqtisodiyotga qanday ta'sir ko‘rsatishini batafsilroq ko‘rib chiqaylik!

1️⃣Chakana savdoning oshishi

Hayit bayrami nafaqat oilalar, balki chakana savdo do‘konlari uchun ham katta imkoniyat yaratadi. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va sovg‘alar sotib olish jarayonida odamlar ko‘p xaridlar qilishadi. Bu esa, chakana savdo tarmoqlarida daromadning sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

2️⃣Mehmonxona va turizm sektoridagi faollik

Bayramda ko‘plab odamlar sayohat qilishni, yaqinlarini ziyorat qilishni yoki turistik joylarga safar qilishni xohlaydi. Bu esa mehmonxona va turizm xizmatlariga bo‘lgan talabni oshiradi, bu esa turizm sohasida qo‘shimcha daromad keltiradi.

3️⃣Transport va logistika sohasidagi o‘sish

Hayit bayrami vaqtida odamlar ko‘p sayohat qiladilar, bu esa transport va logistika sohasida faollikni oshiradi.

4️⃣Kichik biznes va o‘z-o‘zini ish bilan ta'minlashni qo‘llab-quvvatlash

Hayit bayrami kichik va o‘rta biznes uchun juda foydali davr bo‘lishi mumkin. Kichik do‘konlar, kafelar, restoranlar va boshqa xizmatlar bayramga bag‘ishlangan maxsus takliflar va aksiyalarni amalga oshiradilar.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45❤3🔥2🤝2
1-apreldan nimalar oʻzgaradi?🤔

1️⃣“Yashil tariflar” joriy etiladi

Chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek, shamol va quyosh manbalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun «yashil tariflar«ni joriy etish rejalashtirilmoqda.

2️⃣Mahallalarda oilaviy turdagi ixcham bolalar uylari tashkil etiladi

Samarqand va Toshkent shaharlarida tajriba tariqasida autsorsing asosida “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzolari boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq aʼzosi nogiron boʻlgan oilalarning parvarishga muhtoj boʻlgan aʼzolarini kunduzgi qarovga olish xizmatlari koʻrsatiladi.

3️⃣Ayrim hujjatlarning qogʻoz shakllari bekor qilinadi

Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, oʻquvchi guvohnomalari, urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs guvohnomalarining qogʻoz shakllari bekor qilinib, ularning oʻrniga ijtimoiy karta joriy etiladi.

4️⃣Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yorning amal qilish muddati tugaydi

Mart oyida havo harorati sovuq bo‘lgani sababli, ijtimoiy normaning amal qilish muddati 1-aprelgacha uzaytirilgandi. Bugundan boshlab gaz uchun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yor 100 kub metrga tushiriladi.

Siz bu o'zgarishlardan qaysilarini ijobiy baholaysiz? Izohlarda yozib qoldiring✍️

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎60👍20❤6🤝3💔1
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

🪪Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

🗓Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) bitiruvchi ID-karta olmagan.

🗓Ma'lumot uchun, ID-karta olish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya taqdim etish kerak.

💵Davlat boji - 333 750 so'm.

Postni tegishli tanishlaringizga yuborib qo'ying🫠

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤝3❤2🔥2💔1
👍 Ishsizligingiz uchun nafaqa olishingiz mumkinligini bilarmidingiz?

⚖️"Aholi bandligi to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, agar odam rasman ishsiz deb tan olinsa va mahalliy mehnat organiga ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, u holda u nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.

🤔Xizmatdan qanday foydalanamiz?

➖Buning uchun my.gov.uz saytiga o'tib, "Ishsizlik nafaqasi" bo'limini tanlaymiz. Bo'sh kataklarga kerakli ma'lumotlarni kiritib, ariza yuboramiz.
➖Shunday so'ng, mahalliy mehnat organi sizni ishsiz deb e'tirof etish/etmaslik, ishsizlik nafaqasini tayinlash/tayinlamaslikni hal qiladi va xulosani YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
➖Agar siz haqiqatdan ham ishsiz deb e'tirof etilsangiz, sizga ro‘yxatga olingan birinchi kuningizdan boshlab ishsizlik nafaqasi hisoblab beriladi.

Ishsizlik nafaqasi turlari va miqdori haqida post chiqishini xohlasangiz, izohda "+" belgisini qoldiring✍️

Postni ishsiz tanishlaringizga yuborib qo'ying✅

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🤝5❤4🤔4🔥2
Endi ko'proq pul o'tkazsangiz sizni tekshirishadi😮

2025-yil 2-iyuldan boshlab O‘zbekistonda elektron pul o‘tkazmalariga kattaroq eʼtibor qaratiladi.

🤑 Agar sizning o‘tkazmangiz 11,25 million so‘mdan oshsa, siz va pul oluvchi haqingizda pasport maʼlumotlari (ID raqam, tug‘ilgan sana va joy) talab qilinadi.

📞Shuningdek, mobil ilovada akkaunt ochganda yoki katta summada pul o‘tkazganda, to‘lov kompaniyalari sizni tekshirishi kerak bo‘ladi.

📌Bu ishlar pul yuvish va noqonuniy faoliyatlarni oldini olish uchun yo'lga qo'yilmoqda.

Siz bunga qanday fikrdasiz?

❤️ - Yaxshi
👎 - Yomon


Telegram • Instagram • YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎594❤111👍48🤝3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda necha yoshdan kredit olsa bo‘ladi?

🤔Ko‘pchilik kredit olishni rejalashtirar ekan, yosh chegarasi borligini unutadi. Banklar kredit berishda mijozning yoshi, daromadi va kredit tarixiga e’tibor beradi.

📌 Yuqoridagi videoda qaysi yoshdan, qanday kredit olish haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

⁉️Kredit olish haqida yana qanday savollaringiz bor?
Bizga bot orqali yozing: @pulligap_bot

Telegram • Instagram • YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍12👎4❤2
👍 Kreditga olingan uyni sotish mumkin! Qanday qilib deysizmi, unda oxirigacha o'qing!

💳 Amaliyotda kreditga olingan uylarga o‘rtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi to‘lanmaguncha banklar tomonidan sotish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘ladi.

🏠 Lekin “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasiga ko’ra, bankning roziligi bilan sotish, hadya etish, ayirboshlash mumkin. Ya’ni, agar bank sizga mabodo o‘sha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa, shundagina uyni sota olasiz.

🙂 Sizda yana bir yo’l bor. Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan narsa bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini siz sotmoqchi bo‘lgan o‘sha odamga o‘tkazish mumkin. Bunda siz bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga o‘zgartirish kiritiladi va shartnoma bo‘yicha sizni zimmangizda bo‘lgan barcha majburiyatlar o‘sha shaxsga o‘tadi vassalom.

👍 Postni kreditga uy olib, to'lolmay yurgan tanishingizga yuborib qo'ying!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58🤝7❤5👎2💔2
👍 Soliq qo‘mitasi keshbek stavkasini 2% gacha oshirmoqchi

🔹Soliq qo'mitasi joriy keshbek stavkalarini 1%dan 2%gacha oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Soliq qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Mubin Mirzayev xabar qilgan.

➖"Agar bu chora o‘z samarasini bersa, boshqa sohalarda ham keshbekni oshirishga tayyormiz. Maqsad – umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat sohalarini qonuniylashtirish." -

deydi Mirzayev.

📌Eslatib o'tamiz, 2024-yil yakuni bo‘yicha aholiga 1 trln so‘m keshbek to‘langan, 1 mlrddan ortiq fiskal chek tizimda ro‘yxatdan o‘tgan. Toshkent shahri va viloyatlari aholisi – umumiy keshbekning 50% ini olgan.

Sayohat xarajatlari uchun keshbek olish haqida post chiqishini istasangiz, izohda "➕" belgisini qoldiring!

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98👎12❤6🔥6🤝2
👍 Elektr va gaz iste’molida ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi

🔹Joriy yilning 1-mayidan boshlab, ayrim fuqarolarga elektr va gaz to‘lovlari uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda undan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

🔹Bu “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli yomon bo‘lgan hamda oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga beriladi.

❗️Ushbu tartib 2027-yilning 1-apreligacha amal qiladi.

🤑Kompensatsiya quyidagi tartibda ajratiladi:

elektr energiyasi iste’moli uchun — oyiga ijtimoiy normadan 150 kVt soatgacha oshgan qismiga
tabiiy gaz iste’moli uchun — isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun.
Shuningdek, 2025/2026 yilgi isitish mavsumida noyabr oyida ehtiyojmand aholiga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu reyestrlarga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” xulosasi bilan reyestrlarda bo‘lmagan yordamga muhtoj oilalarga beriladi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👎6❤4🔥2
🥳Hurmatli obunachilar! Sizda
100 000 so'm pul yutib olish imkoni bor, yaqinroq keling
🤫

🫵Siz har juma kuni Pulli Gap kanalining "Pulli savol" viktorinasida ishtirok etib, pul yutug'ini qo'lga kiritishingiz mumkin. Buning uchun kanalimizga obuna bo'lasiz va 3 ta do'stingizni taklif qilasiz. Shundan so'ng, o'yin ishtirokchisiga aylanasiz.

G'oliblar:
1️⃣- o'rin 100 000 so'm
2️⃣- o'rin 50 000 so'm
3️⃣- o'rin 50 000 so'm

✅Bu postni yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying, unutmang bu bizni yanada ruhlantiradi!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍51👎11❤4🤔1💔1
💵Ishsizlik nafaqasi kimga, qancha beriladi?

👍 Avvalgi postimizda ishsizlik nafaqasiga qanday ariza yuborish haqida ma'lumot bergandik. Bugun esa ushbu nafaqa turlari va miqdori haqida gaplashamiz.

🔹Nafaqa siz ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kuningizdan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida beriladi va yordam pullariga soliq solinmaydi. Shuningdek, siz nafaqa olish davrida ish qidirishingiz shart.

🤑Ishsizlik nafaqasi miqdorlari

🔹Siz ishdan va ish haqidan so‘nggi 12 oy ichida mahrum bo‘lganlar avvalgi ish joyingizdagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida nafaqa olishingiz mumkin. Bunda nafaqa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (1 million 50 ming so‘m) kam yoki O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqidan (5 million 92 ming so‘m) ortiq bo‘lmaydi.

🔹Agar ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan bo'lsangiz, sizga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. Ya'ni - 787 500 so'm.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43❤3🔥2🤝1
Viktorinani boshlaymiz!🥳

Sanoqli daqiqalardan so'ng "Pulli savol" viktorinasiga start beramiz. Sizga moliyaviy savodxonlikka oid, shu paytgacha kanalimizda e'lon qilingan xabarlar yuzasidan 3 ta savol beriladi. Savollarga izohda birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchilar g'olib deb e'lon qilinadi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

1️⃣- o'rin 100 000 so'm
2️⃣- o'rin 50 000 so'm
3️⃣- o'rin 50 000 so'm

Boshlanish vaqti: 20:30

✅Bu postni yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥4❤2
Tayyormisiz?
🔥21👍12🤝2🤔1
Boshladik🥳

Savollar:

1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga haydovchilik guvohnomasiga o'qish xarajatlarining qancha qismi davlat tomonidan qoplanadi?

2. Bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, qancha muddatga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz?

3. Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqqach, qnacha vaqtda qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi?
👍26🤔6👎4
Hurmatli obunachilar, javoblar qabul qilindi!
G'oliblar tez orada e'lon qilinadi!


Bizdan uzoqlashmang)
👍17
Viktorinani ham yakunlab oldik! Endi to'g'ri javoblar va g'oliblarni e'lon qilamiz.

Javoblar:
1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga haydovchilik guvohnomasiga o'qish xarajatlarining 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplanadi.

2. Bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, 6 oy muddatga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz.

3. Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqqach, 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi.

G'oliblar:

1-o'rin - Sevinchxon Ravshanovna
2-o'rin - Abdulazizov Shohjahon
3-o'rin - Borisboyev Avazbek

G'oliblar, yutuqlaringizni olish uchun @pulligap_bot ga murojaat qiling!
👍23🔥2💔1