Pulli Gap
38.3K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Ko‘pchilik kunlik dollar kursini kuzatib yursa kerak-a? Dollar bir kuni ko‘tarilsa, boshqa kuni biroz pasayadi.

Xo‘sh o‘zi valyuta kursi nima? U qanday shakllanadi?

Valyuta kursi – bu bir davlatning milliy pulining boshqa davlat puliga nisbatan qiymati. Masalan, 1 AQSH dollari 13 000 so‘mga teng bo‘lsa, bu dollarning so‘mga nisbatan kursidir.

Valyuta kursi savdo, investitsiya va xalqaro munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.

👍Valyuta kursi qanday shakllanadi?

Talab va taklif asosida

Valyuta kursi bozordagi talab va taklifga qarab o‘zgaradi. Masalan, eksport ortishi bilan mamlakatning milliy puliga talab oshib, uning qiymati oshadi. Agar import ko‘payib ketsa, milliy valyutaga talab pasayadi va uning kursi tushadi.

Markaziy bank siyosati

Markaziy bank o‘zining intervensiyalari yoki qoidalari orqali valyuta kursini nazorat qilishi mumkin. U milliy valyuta barqarorligini ta’minlash uchun bozorda chet el valyutasini sotishi yoki sotib olishi mumkin.

Xalqaro iqtisodiy holat

Mamlakatning tashqi savdo balansi, chet el investitsiyalari va moliyaviy operatsiyalari ham valyuta kursiga ta’sir qiladi. Masalan, mamlakatga ko‘p investitsiya kirsa, milliy valyuta qiymati oshadi.

Iqtisodiy barqarorlik

Mamlakatdagi inflyatsiya, ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sish milliy valyutaga ishonchni oshiradi yoki pasaytiradi. Barqaror iqtisodiyot valyuta kursiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Siyosiy holat

Mamlakatda siyosiy barqarorlik bo‘lsa, chet el sarmoyadorlari milliy valyutaga ishonadi va uning kursi yuqori bo‘ladi. Siyosiy inqiroz yoki notinchlik esa milliy valyuta qiymatini tushiradi.

👍 Qisqacha aytganda, valyuta kursi – bu mamlakatning iqtisodiy va siyosiy holatini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich.

U bozordagi talab va taklif, hamda davlatning iqtisodiy siyosatiga bog‘liq holda shakllanadi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5710🔥6👎5
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlanadi.

Arizalarni shu kuni soat 9:00 dan boshlab yuborish mumkin bo‘ladi.

👍 Ariza topshirish usullari

— Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borish orqali;
— “My.gov.uz” portali orqali onlayn topshirish.

👍 Bu uchun daromadim qancha bo‘lishi kerak?

Ariza beruvchi yoki uning qarindoshlarining o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 3 mln 118 ming 500 so‘mdan 9 mln 240 ming so‘mgacha;

Toshkent shahrida — 3 mln 118 ming 500 so‘mdan 10 mln 626 ming so‘mgacha bo‘lishi zarur.

Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining nomida mamlakatning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.

👍 Yaxshi xabar

2025-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya oluvchilar soni 1,5 baravarga oshiriladi.

Yangi dastur doirasida 30 ming nafar fuqaro uy-joy xaridi uchun davlatdan moliyaviy yordam olishi mumkin.

Subsidiya haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu videomizni ko‘rib chiqing!

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ushbu postimizni do‘stlaringizga yuboring, va albatta like bosishni unutmang.

👍 Bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥116👎3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qonun imzolanganini eshitgan bo‘lsangiz kerak?

Endilikda bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, kamida 6 oyga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz.

Xo‘sh, o‘zi qaysi huquqbuzarlik uchun qanchadan ball beriladi? Bugungi videomiz shu haqda)

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍476👎6🔥5🤝2
🗓 1-martdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Mart oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni @pulligap bir joyga jamladi.

📩 SMS-xabarnoma xizmati narxi 2 baravarga oshiriladi

SMS-xabarnoma xizmatlarini taqdim etuvchi “Play Mobile” kompaniyasi “Uzcard” milliy to‘lov tizimidan (5800) kiruvchi xabarlar uchun tarif narxlarini 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshiradi. Shuningdek, “Uzcard"ga qarashli “Plum Technologies” to‘lov tashkiloti ham “CardXabar” Telegram-boti xabardor qilish xizmatlari narxini 5 ming so'mdan 500 ming so'mgacha oshiradi.

🏚 Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli boshlanadi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali jo‘natish mumkin.

💳 Pensiyalar hech qanday hujjatlarsiz avtomatik tayinlanadi

60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga yoshga doir pensiyani ularning murojaatisiz bir kunda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bunda fuqaroning ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) kabi ma’lumotlari vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.

🦽 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Davlat-xususiy sheriklik asosida 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarni kunduzgi parvarish qilish xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi.

💵 Ayrim fuqarolarga farzandlarining bog‘cha xarajatlari uchun moddiy yordam beriladi

Yolg‘iz ona yoki otaga bir nafar farzandi uchun bolalari 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishga BHMning 1,5 baravari ya’ni 562 ming so‘mgacha miqdorda moddiy yordam beriladi. Bunda mablag‘lar egizaklarning har biri uchun taqdim etiladi.

🏫 Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida yangi tajriba joriy etiladi

“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida tashkil etilgan kasbiy ko‘nikmalar markazlarida amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajriba joriy etiladi.

💼 Aholi bandligini ta’minlash jarayonlari onlayn nazoratga olinadi

Prezident qarori bilan 1-martdan boshlab aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlari raqamli nazoratga olinadi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8623👎5🤝2
Ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasiga ariza topshirish boshlandi.

Xo‘sh, arizani qanday berish mumkin?

Ipoteka subsidiyasini olish uchun 2 xil usul mavjud:

1️⃣ Davlat xizmatlari markazi orqali

O‘zingizga eng yaqin DXMga (Davlat xizmatlari markazi) shaxsan borishingiz kerak.
Pasport yoki ID kartangiz bilan murojaat qilib, operator yordamida anketa to‘ldirishingiz mumkin.
Arizangiz rasmiy ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.

2️⃣ Onlayn tarzda my.gov.uz orqali

my.gov.uz saytiga kirib, "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing.
Elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kiring.
"Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish" xizmatiga o‘tib, anketa to‘ldiring.
Arizangiz qabul qilingani haqida xabar olasiz.

👥 Eʼtibor bering:

🆔 Anketa to‘ldirishda hech qanday qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi.
💳 Barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda davlat maʼlumotlar bazalaridan olinadi.

Arizangiz 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
👍Agar arizangiz maqbul deb topilsa, sizga subsidiya ajratilgani haqida rasmiy xabar keladi.
👎Agar ariza rad etilsa, sababini bilib olishingiz va keyingi yil qayta ariza topshirishingiz mumkin.


➡️Ushbu postni subsidiya olmoqchi bo‘lgan tanishingizga jo‘natib qo‘ying.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍518👎7🔥5
2025-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori tasdiqlandi

👍 Zakot nisobi

Zakot nisobi ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 so‘m etib belgilandi.

Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri, ya'ni 2,5%ini zakot niyatida haqdorlarga beradi.

👍 Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

🔹 2 kg bug‘doy unidan – 10 000 so‘m;
🔹 4 kg arpadan – 16 000 so‘m;
🔹 2 kg mayizdan – 110 000 so‘m;
🔹 4 kg xurmodan – 180 000 so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

👍 Fitr sadaqasi

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20425🔥6🤔5👎2
Sizda ortiqcha mablag‘ bormi va uni xavfsiz saqlash bilan birga daromad ham olishni xohlaysizmi? 🏦💰

Shunda bank omonatlari siz uchun eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkin! Ammo omonat qo‘yishdan oldin, uning turlari va shartlari bilan tanishib chiqish juda muhim.

Keling, O‘zbekistonda banklar tomonidan taklif etiladigan omonat turlari
bilan tanishib chiqsak.

Talab qilib olinguncha omonatlar: Bu turdagi omonatlarda mablag'larni saqlash muddati cheklanmagan bo'lib, mijoz istalgan vaqtda pulini yechib olishi mumkin. Bunday omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari odatda past bo‘ladi yoki umuman foizsiz bo‘lishi mumkin.

Muddatli omonatlar: Bu omonatlar ma'lum bir muddatga (masalan, 3, 6, 9 oy yoki bir yil va undan ko'p) qo‘yiladi. Omonat muddati tugagach, asosiy summa va hisoblangan foizlar mijozga qaytariladi. Foizlar omonat muddati davomida yoki muddati tugagach to‘lanishi mumkin.

Jamg‘arma omonatlar: Ushbu omonatlar ma'lum bir maqsad (masalan, ta'lim, avtomobil yoki uy-joy sotib olish) uchun mablag‘ to‘plashga mo‘ljallangan. Omonat ma'lum bir muddatga qo‘yiladi va uni to‘ldirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, bu esa hamma omonat turlarida ham mavjud emas.

Shuningdek, ba'zi banklar foiz stavkalari muddat davomida o‘zgarib boradigan "pog‘onali omonatlar"ni taklif etadi. Bunday omonatlarda foiz stavkasi belgilangan davrlar (masalan, har chorak) uchun oshib boradi yoki kamayadi.

E'tiborli jihati shundaki, reklamalarda ko‘rsatilgan yuqori foiz stavkasi faqat omonat muddatining ma'lum bir qismiga tegishli bo‘lishi mumkin, shuning uchun omonatning haqiqiy yillik foiz stavkasini aniqlash muhimdir.

Bank omonati — nafaqat mablag‘laringizni xavfsiz saqlash, balki qo‘shimcha daromad olishning ham ishonchli usuli hisoblanadi. To‘g‘ri tanlov qilib, mablag‘laringizni samarali boshqaring! 💵

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48👎25🔥32
🏠Ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirildi

🏦 “Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foiz stavkasi pasaytirildi. Uning foiz stavkasi Markaziy Bank asosiy stavkasi (hozirda — 13,5%) hamda 6% miqdorida hisoblanadi. 2024-yilda bu +8% edi, natijada stavka 21,5% dan 19,5% gacha pasaytirildi.

💳 Kredit miqdori va muddati

Ipoteka kreditlari birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 20 yilga rasmiy daromadga ega bo‘lganlarga taqdim etiladi. Kredit miqdori Toshkent shahri uchun 800 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 500 mln so‘mgachani tashkil etadi.

💰Qaysi banklar?

“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari qatorida “Agrobank”, “Hamkorbank”, “InFinBank”, “Orient Finans Bank”, “Asakabank”, “Ipoteka-bank”, “Xalq banki”, “Turon bank”, “O‘zmilliybank” hamda “Biznesni rivojlantirish banki” bor.

🏚 Joriy yilning 3-mart kuni ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edik. Ariza topshirish haqida yo'riqnoma bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7910👎7🤔5🔥3
Ishga kirish osonlashdi!

Ishga kirmoqchimisiz? Bir dunyo hujjatlarni yig‘ishni bas qiling. Endi ishga kirishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi!

👍 Unda qay tartibda ishga joylashamiz?

Ishga kirishda barcha ma'lumotlar avtomatik ravishda olinadi, ya'ni pasport, mehnat va pensiya daftarchasi kabi hujjatlarni sizga ish beruvchi tashkilot axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali o‘zi oladi.
Bu uchun “Yagona milliy mehnat tizimi”da elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

👍 Bundan tashqari, 1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz'dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
Eng muhimi, endi homiladorligi yoki farzandi borligi sabab xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi.

➡️Ushbu yangilikni ishga kirmoqchi bo‘lib yurgan tanishingizga yuborib qo‘ying.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5111🤔6🔥3
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun avtokredit ololmayapsizmi?

Endi bu siz uchun muammo bo‘lmaydi.

Biz siz uchun rasmiy daromadsiz, o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun avtokreditlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

🏦 Asakabank

Foizi – 25,5–31,5 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 20–50 foizgacha;
Batafsil

🏦 Aloqabank

Birlamchi bozor uchun:

Foizi – 25–27 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov - 25–50 foizgacha;
Batafsil

KIA va Chery uchun:

Foizi - 5,99-22%
Muddati - 5-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov – 25–50 foizgacha;
Batafsil

🏦 Turonbank

Foizi – 25 foiz;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 30 foiz;
Batafsil

🏦 O‘zSQB

Foizi – 27–28 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 35–50 foizgacha;
Batafsil

Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46👎112🤔2🤝2
👍 Ayollar va moliyaviy mustaqillik

Ko‘pchilik ayollar moliya bilan ishlash murakkab deb o‘ylaydi. Lekin aslida, moliyaviy barqarorlik – bu oddiy odatlardan boshlanadi.

🪙 Moliyaviy barqarorlik – bu nafaqat katta daromadga ega bo‘lish, balki mablag‘ni to‘g‘ri boshqarish san’atidir. Ayniqsa, ayollar uchun moliyaviy mustaqillik – o‘z orzularini amalga oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatidir.

Ayollar uchun 3 muhim moliyaviy qoidalar:

1️⃣ Byudjet yuritish – har oy daromad va xarajatlarni rejalashtirish.
2️⃣ Jamg‘arma yaratish – kutilmagan vaziyatlar uchun xavfsizlik yostig‘ini shakllantirish.
3️⃣ Sarmoya qilish – kelajakni kafolatlash uchun pul mablag‘larini ishlashga yo‘naltirish.

🗣️ Siz ushbu qoidalarning qaysi birini allaqachon hayotingizga tatbiq etgansiz? Yoki yana qaysi moliyaviy maslahatlar siz uchun muhim?

👍 Kunimizning mashhur milliarder va millioner ayollari moliyaviy mustaqillik haqida nima deydi? Buni yuqoridagi suratlardan bilib olishingiz mumkin!

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍44🔥54🤔2💔1
“Open budget”ga ovoz berish boshlandi

🔹Bugun soat 23:59 dan e'tiboran “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Ovoz berish jarayonlari 20-martga qadar davom etadi. G‘oliblar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Ovoz berish usullari:

1️⃣“Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi (Sahifa)
2️⃣Portalning mobil ilovasi (Android va iOS)
3️⃣Telegram’dagi rasmiy bot yordamida

O‘tgan yil mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan edi.

❗️Eslatib o‘tamiz, ushbu jarayonda majburiy ovoz berishga jalb qilgan shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortiladi va 18 mln 750 ming so‘mdan 37 mln 500 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi.

📞 Majburiy ovoz berish holatlariga duch kelsangiz 71 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

🔹“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlanib, 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum g‘oliblari 1-sentyabr kuni e’lon qilinishi belgilangan.

Xo‘sh, siz ovoz berishga ulgurdingizmi?

Ha - ❤️
Yo‘q - 👍


TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13155👎8🔥3🤔1
👍 Avtohalokat sodir bo‘lganda qanday qilib kompensatsiya olish mumkin?

Yo‘l-transport hodisasiga uchradingiz, aybdor noma’lum yoki sug‘urtasi yo‘q. Sug‘urta kompaniyangiz to‘lovga qobiliyatsiz deb topildi.

Vahimaga o‘rin yo‘q — O‘zbekistonda Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi mavjud, u standart sug‘urta mexanizmlari ishlamagan taqdirda zararni qoplashi mumkin.

📄Kompensatsiya olish uchun qanday hujjatlar kerak?

aybdorning sug‘urta polisi (mavjud bo‘lsa);
sud qarori, agar ish sud tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa;
yetkazilgan zarar miqdori va faktini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, sud-tibbiy ekspertiza hujjatlari);
mol-mulkka yetkazilgan zarar miqdori va faktini tasdiqlovchi hujjatlar (mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va ҳ.к.);
jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
meros yoki huquqiy vorislik huquqi vujudga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

🤔Xo‘sh, jamg‘armaga ariza qanday topshiriladi?

✍️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki hujjatlarni Jamg‘armaga tashrif buyurib taqdim qilishingiz yoki hujjatlar to‘plamini info@tkj.uz elektron pochtasiga yuborish orqali topshirishingiz mumkin.

🪙Arizangiz 30 kun ichida ko'rib chiqiladi, to'lovni esa qaror qabul qilingandan keyin bir hafta ichida olishingiz mumkin.

💰 Maksimal kompensatsiya miqdori – 40 mln so‘m;
👩‍⚕️ Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash uchun – 26 mln so‘mgacha;
🚗 Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun – 14 mln so‘mgachani tashkil qiladi.

🫵Sizda ham shu kabi holatlar bo‘lganmi?

Ha — ❤️
Yo‘q — 👍


TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8325👎6🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Faktoring bilan biznesingizni rivojlantiring!

🤔 Faktoring nima?

Faktoring – bu biznes uchun tezkor pul olish yo‘li. Agar siz mahsulot sotgan yoki xizmat ko‘rsatgan bo‘lsangiz, lekin mijozingiz to‘lovni keyinroq qilishini aytgan bo‘lsa, faktoring orqali shu pulni oldindan olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

👍 Ushbu xizmatni taklif etayotgan Agrobankda qanday imkoniyatlar mavjud, ko'rib chiqamiz!

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍386👎6🔥3
Iste’mol savatchasi nima?

🛒Iste’mol savatchasi - bu ma’lum vaqt davomida, odatda bir oy yoki bir yil davomida normal hayot kechirish uchun insonga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar to‘plamidir.

U eng asosiy narsalarni: oziq-ovqat, kiyim-kechak, kommunal xizmatlar, transport, dori-darmon va boshqa asosiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.

2024-yilning 1-mayidan boshlab, O‘zbekistonda har bir fuqaro uchun minimal iste’mol xarajatlari oyiga 648 000 so‘m miqdorida belgilandi.

Bu miqdor asosiy ehtiyojlar, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport va kundalik xizmatlar uchun zarur hisoblanadi. 🛍

📌Davlat ushbu ko‘rsatkichdan foydalanib minimal ish haqi, ijtimoiy yordam va nafaqalarni belgilaydi, bu esa aholi turmush darajasini barqarorlashtirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mutaxassislar, shuningdek, minimal iste’mol xarajatlarini doimiy ravishda yangilash zarurligini ta’kidlaydilar, chunki inflyatsiya va kundalik xarajatlarning oshishi fuqarolarning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi o‘zgartirishlarni talab qilishi mumkin.


Shu bilan birga, ushbu miqdor aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida muhim qadamdir.

🧐Nima deb o‘ylaysiz, minimal iste’mol xarajatlari uchun ushbu summa yetarlimi?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎76👍17🤔42
Ijtimoiy tarmoqlar xarajatlarimizga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkinligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Keling, "FOMO" atamasi va ijtimoiy tarmoqlarda mavjud "sarf-xarajatlar tusi"ning qanday qilib moliyaviy holatimizga ta’sir qilishini ko‘rib chiqamiz.

👍 Avvalo, "FOMO" o‘zi nima?

FOMO ya’ni Fear of Missing Out - “biror narsadan chetda qolish qo‘rquvi” — bu atrofdagi odamlar qiziqarli tajribalar yoki mahsulotlarni qo‘lga kiritayotgan bir paytda ulardan ortda qolib ketishdan qo‘rqish hissi hisoblanadi.

Bu his, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatayotgan vaqtda yaqqol namoyon bo‘ladi: do‘stlarimizning yangi narsalar sotib olishi, sayohatlar va tadbirlarda ishtirok etishi bizga o‘sha narsalarni istashga majbur qiladi. Bu esa rejadan tashqari xarajatlarga olib kelishi mumkin.

👍 Ijtimoiy tarmoqlarda "sarf-xarajatlar tusi" qanday shakllanadi?

Ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab postlar yoki reklamalar orqali bizga yashirin tarzda sarf-xarajat qilish tusini beradi. Bu qanday ro‘y beradi?

Estetik va boylik illyuziyasi: Insonlar o‘zlarini eng chiroyli, boy va baxtli ko‘rinishda ko‘rsatadi. Bu esa sizni ham o‘sha narsalarni istashga undaydi.

Reklama va homiylik postlari: Mashhur insonlar va blogerlar mahsulotlarni reklama qiladi. Ularning uslubiga ergashishni xohlab, siz ham o‘sha narsalarni sotib olishni istab qolasiz.

Guruh bosimi: Do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz biror yangi narsa sotib olganida, siz ham ularga ergashishni xohlaysiz.

💡Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardan ongli foydalanish va har bir xaridni oldindan o‘ylab amalga oshirish zarur.

➡️"FOMO"ga chalingan tanishingizga yuborib qo‘ying

TelegramInstagramYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍456👎2🤔2🤝2
Temu rasman bloklandi

🇺🇿 O‘zbekistonda Xitoyning Temu sayti ochilmayapti. Sahifaga kirishda “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi qarori (VMQ-707) asosida axborot resursiga cheklov o‘rnatilgan” degan xabar paydo bo‘ladi.

🌐 Temu ilovasi ishlayotganiga qaramay, mahsulotni savatga qo‘shishda ilovaning ishlashi keskin sekinlashadi. Ekranda internetga sekin ulanish haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi, unda foydalanuvchiga ulanishni tekshirish va qayta urinib ko‘rish tavsiya etiladi.

Avvalroq Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliq hisobiga qo‘yilgan edi. Biroq 20-martdan boshlab rejalashtirilgan blokirovka o‘z kuchida qoldi, chunki platforma ro‘yxatdan o‘tguniga qadar bo‘lgan davrda soliqlarni to‘lamagan.

🔰 Soliq qo‘mitasi va ILMA hozirda Temu bilan muzokaralar olib bormoqda. Ularning natijasiga ko‘ra platformaning kelgusi faoliyati bo‘yicha yakuniy xulosa e’lon qilinadi.

Siz Temudan buyurtma berganmisiz?

Ha - 💔
Yo‘q - ❤️

TelegramInstagramYouTube
312💔179👍30👎11🤔2