Avval ham aytganimizdek, bank omonatlari nafaqat pulni tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ham ishonchli usulidir.
Deylik, siz bankka ma’lum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi.
Boshqacha aytganda, siz pul ishlab topasiz va siz ishlab topgan pullar siz uchun ishlashni boshlaydi.
Shunday ekan, keling bugun yana omonat mavzusiga qaytib, ularni tanlashda aynan nimalarga e’tibor qaratish kerakligiga to‘xtalamiz.
👍 Foiz chegarasi
Banklarda 14 foizdan 27 foizgacha bo‘lgan omonat turlari mavjud. Ularning har birida shartlar o‘rtasidagi farqlar ham bor.
Ya’ni, bir bankdagi omonatlar turiga qarab turli foizda bo‘lishi mumkin. Mijozlarga bevosita omonat shartnomalari bilan to‘liq tanishib chiqish tavsiya etiladi.
👍 Miqdor chegarasi
Banklar omonat ochishdagi eng kam pul miqdorini belgilashda mustaqil. Masalan, siz hozir O‘zbekiston banklaridan minimal summasi 100 ming so‘m bo‘lgan omonat turlarini ham, 10 mln so‘m bo‘lgan omonat turlarini ham topishingiz mumkin.
👍 Muddat chegarasi
Banklarda omonat muddatlari ham bir-biridan farqlanishi mumkin.
Lekin aksariyat banklardagi omonat turlari 6 oydan 12 oychaga bo‘lgan muddat uchun mo‘ljallangan.
Demak, bankka omonat qo‘yib, ko‘proq pul jamg‘arish uchun ushbu jihatlarga diqqat bilan e’tibor qaratish lozim. Yo‘qsa, kutilmalar o‘zini oqlamaydi.
Ha, aytgancha, agar omonat ochsangizu, bank yopilib ketgan taqdirda ham pullaringiz davlat tomonidan qoplab beriladi)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🤔8❤7👎3🔥3
Bugungi kunda rasmiy ish joyingiz bo‘lmasa ham, daromadingizni deklaratsiya asosida ko‘rsatib, ipoteka krediti olishingiz mumkin.
Ammo xorijda ishlayotgan migrantlar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti. Sababi ularning “O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘q”.
Shu tarzda, xorijdan oilasiga muntazam pul yuborib turgan fuqarolar ham kredit yoki subsidiya olish imkoniyatidan chetda qolmoqda.
Endi bu masalani hal qilish bo‘yicha ishlar boshlanmoqda.
Mutasaddilarga xorijda ishlayotgan va so‘nggi olti oy davomida muntazam pul jo‘natgan aholining daromadini hisobga olish uchun tizim yaratish vazifasi berildi.
Agar bu tizim joriy qilinsa, xorijdagi mehnat muxojirlari ham kredit va subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, endi uylarning 50 foizi qurilganda, aholi kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi.
Bu nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham amal qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda.
Bu orqali qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish, uy bitmasdan turib ham uni boshqa odamga sotish mumkin bo‘ladi.
Ular haqda batafsil ma’lumotlarni esa yaqin kunlarda sizga ulashamiz)
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🤔8❤5🤝3🔥2
Toshkentda Qashqadaryodan 2,4 barobar ko‘p — hududlarda o‘rtacha ish haqi qanday?
O‘zbekistonda 2024-yildagi o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etibdi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan — 9,1 mln so‘m.
Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan — 3,8 mln so‘m.
👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
O‘zbekistonda 2024-yildagi o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etibdi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan — 9,1 mln so‘m.
Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan — 3,8 mln so‘m.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔127👍34🔥14❤3🤝3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥8❤7🤔3🤝2
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun bepul o‘qish mumkin.
👍 Qanday qilib deysizmi?
Bu uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz lozim. Uning yordamida sizning o‘qish xarajatlaringiz davlat tomonidan qoplab beriladi.
Aynan shu maqsadlarda qariyb 20 ming yoshlarning o‘quv kurslari uchun 21 mlrd so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishingiz zarur.
Mahallangizdagi yoshlar yetakchisi esa shu jarayonda sizga yordam beradi. Unga ariza qoldirasiz, arizangiz 5 ish kunida Vasiylik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shundan so‘ng, siz o‘qimoqchi bo‘lgan kursga BHMning 4 baravarigacha ya’ni 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ o‘tkazib beriladi.
👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Bu uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz lozim. Uning yordamida sizning o‘qish xarajatlaringiz davlat tomonidan qoplab beriladi.
Aynan shu maqsadlarda qariyb 20 ming yoshlarning o‘quv kurslari uchun 21 mlrd so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishingiz zarur.
Mahallangizdagi yoshlar yetakchisi esa shu jarayonda sizga yordam beradi. Unga ariza qoldirasiz, arizangiz 5 ish kunida Vasiylik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shundan so‘ng, siz o‘qimoqchi bo‘lgan kursga BHMning 4 baravarigacha ya’ni 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ o‘tkazib beriladi.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👎17🔥8❤6🤝3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍16🔥12🤝5
Pensionerlar O‘zbekiston hududidan chiqib ketganda, vaqtincha nafaqa ololmay qolishini bilarmidingiz?
Xo‘sh, o‘zi pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya qanday to‘lanadi?
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ko‘ra, bugungi kunda:
👍 pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.
Lekin bu pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchungina taalluqli.
Pensiya to‘lovlarini qayta tiklash pensioner yoki uning qonuniy vakili tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsiy murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, pensiya to‘lovlari Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda esa keyinroq to‘xtalamiz)
👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Xo‘sh, o‘zi pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya qanday to‘lanadi?
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ko‘ra, bugungi kunda:
Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.
Lekin bu pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchungina taalluqli.
Pensiya to‘lovlarini qayta tiklash pensioner yoki uning qonuniy vakili tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsiy murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, pensiya to‘lovlari Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda esa keyinroq to‘xtalamiz)
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍79👎12🔥11🤝6❤5
Banklarning mobil ilovalari orqali hech qanday hujjatlarsiz, skoring asosida onlayn mikroqarz ajratish yo‘lga qo‘yilganidan xabardormisiz?
Bugun biz siz uchun shunday banklar ro‘yxatini tuzdik!
🏦 Agrobank
Foizi — yillik 32 foiz;
Muddati — 24 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
Byudjet tashkiloti xodimlariga:
Foizi — 25 foiz;
Muddati — 24 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.
🏦 Aloqabank
Foiz — yillik 28-30 foizgacha;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
🏦 Anorbank
Foizi — 27–45 foizgacha;
Muddati — 36 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
🏦 Davrbank
Foizi — 27-49 foizgacha;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
🏦 Ipak Yo‘li banki
Foizi – 30,9–40,9 foizgacha;
Muddati – 36 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
🏦 Ipoteka bank
Foizi — 24–45 foizgacha;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
🏦 TBC Bank
Foizi — 28–49 foizgacha;
Muddati — 36 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
🏦 Tenge Bank
Foizi — 35,9–49 foizgacha;
Muddati — 24 oygacha;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
🏦 Xalq banki
Foizi – 25–30 foizgacha;
Muddati – 48 oygacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha.
Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida bilish uchun videomizni tomosha qiling.
Nomingizda kredit borligi uchun yana boshqa kredit ololmayman deb o‘ylayabsizmi? Adashasiz! Batafsil ushbu postimiz orqali ma’lumot oling.

👍72👎30❤9🤝4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilasiz, omonat ochish pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri hisoblanadi.
Aytaylik, bankka ma’lum miqdordagi pulni omonatga qo‘ydingiz, bank esa sizga pulingiz saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi.
Shunday qilib, siz ishlayotganingizda pullaringiz ham siz uchun ishlaydi!
🏦 Bugungi kunda Agrobank ham o‘zining yangi “Sandiq” omonatini taqdim etmoqda:
Foizi — 23 foiz;
Muddati — 18 oy;
Onlayn “Sandiq”da minimal summa — 100 ming so‘m;
Bank filiallaridagi “Sandiq”da – 1 million so‘m.
Eng muhimi unda pul to‘ldirish va yechib olish imkoniyati mavjud!
Pullaringizni uyingizdagi eski sandiqda emas, Agrobankning “Sandiq” omonatida saqlang va xavfsiz jamg‘armaga ega bo‘ling)
👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Aytaylik, bankka ma’lum miqdordagi pulni omonatga qo‘ydingiz, bank esa sizga pulingiz saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi.
Shunday qilib, siz ishlayotganingizda pullaringiz ham siz uchun ishlaydi!
Foizi — 23 foiz;
Muddati — 18 oy;
Onlayn “Sandiq”da minimal summa — 100 ming so‘m;
Bank filiallaridagi “Sandiq”da – 1 million so‘m.
Eng muhimi unda pul to‘ldirish va yechib olish imkoniyati mavjud!
Pullaringizni uyingizdagi eski sandiqda emas, Agrobankning “Sandiq” omonatida saqlang va xavfsiz jamg‘armaga ega bo‘ling)
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥15👎13❤8
Bugungi kunda avtomobilingizga gaz ballon o‘rnatish yanada osonlashganidan xabaringiz bormi?
Ha, adashmayabsiz. Endi uni onlayn tarzda, sodda amalga oshirish mumkin.
👍 Keling, shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.
Endi my.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish yanada qulaylashdi.
Bu jarayonda hech qanday ortiqcha hujjatlar talab etilmayapti.
Siz faqat onlayn tarzda ariza to‘ldirib, uni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborsangiz kifoya.
Qolganini YHXX xodimlarining o‘zi bajaradi.
Ha, arizangiz ko‘rib chiqilgach, natijasi my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.
💳 Xizmat ko‘rsatilishi uchun to‘lov – 112 500 so‘m (0,3 BHM)
Gaz ballon o‘rnatishga ruxsatnoma olishning yangi tartibi uchun videoqo‘llanma tayyorlashimizni istaysizmi?
Unda ushbu postimizni do‘stlaringizga yuboring, va albatta like bosishni unutmang.
👍 Bu bizni yanada ruhlantiradi!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Ha, adashmayabsiz. Endi uni onlayn tarzda, sodda amalga oshirish mumkin.
Endi my.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish yanada qulaylashdi.
Bu jarayonda hech qanday ortiqcha hujjatlar talab etilmayapti.
Siz faqat onlayn tarzda ariza to‘ldirib, uni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborsangiz kifoya.
Qolganini YHXX xodimlarining o‘zi bajaradi.
Ha, arizangiz ko‘rib chiqilgach, natijasi my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.
Gaz ballon o‘rnatishga ruxsatnoma olishning yangi tartibi uchun videoqo‘llanma tayyorlashimizni istaysizmi?
Unda ushbu postimizni do‘stlaringizga yuboring, va albatta like bosishni unutmang.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🔥21❤17
Ko‘pchilik kunlik dollar kursini kuzatib yursa kerak-a? Dollar bir kuni ko‘tarilsa, boshqa kuni biroz pasayadi.
Xo‘sh o‘zi valyuta kursi nima? U qanday shakllanadi?
Valyuta kursi – bu bir davlatning milliy pulining boshqa davlat puliga nisbatan qiymati. Masalan, 1 AQSH dollari 13 000 so‘mga teng bo‘lsa, bu dollarning so‘mga nisbatan kursidir.
Valyuta kursi savdo, investitsiya va xalqaro munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.
👍 Valyuta kursi qanday shakllanadi?
Talab va taklif asosida
Valyuta kursi bozordagi talab va taklifga qarab o‘zgaradi. Masalan, eksport ortishi bilan mamlakatning milliy puliga talab oshib, uning qiymati oshadi. Agar import ko‘payib ketsa, milliy valyutaga talab pasayadi va uning kursi tushadi.
Markaziy bank siyosati
Markaziy bank o‘zining intervensiyalari yoki qoidalari orqali valyuta kursini nazorat qilishi mumkin. U milliy valyuta barqarorligini ta’minlash uchun bozorda chet el valyutasini sotishi yoki sotib olishi mumkin.
Xalqaro iqtisodiy holat
Mamlakatning tashqi savdo balansi, chet el investitsiyalari va moliyaviy operatsiyalari ham valyuta kursiga ta’sir qiladi. Masalan, mamlakatga ko‘p investitsiya kirsa, milliy valyuta qiymati oshadi.
Iqtisodiy barqarorlik
Mamlakatdagi inflyatsiya, ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sish milliy valyutaga ishonchni oshiradi yoki pasaytiradi. Barqaror iqtisodiyot valyuta kursiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Siyosiy holat
Mamlakatda siyosiy barqarorlik bo‘lsa, chet el sarmoyadorlari milliy valyutaga ishonadi va uning kursi yuqori bo‘ladi. Siyosiy inqiroz yoki notinchlik esa milliy valyuta qiymatini tushiradi.
👍 Qisqacha aytganda, valyuta kursi – bu mamlakatning iqtisodiy va siyosiy holatini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich.
U bozordagi talab va taklif, hamda davlatning iqtisodiy siyosatiga bog‘liq holda shakllanadi.

👍57❤10🔥6👎5
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlanadi.
Arizalarni shu kuni soat 9:00 dan boshlab yuborish mumkin bo‘ladi.
👍 Ariza topshirish usullari
— Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borish orqali;
— “My.gov.uz” portali orqali onlayn topshirish.
👍 Bu uchun daromadim qancha bo‘lishi kerak?
Ariza beruvchi yoki uning qarindoshlarining o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:
⏺ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 3 mln 118 ming 500 so‘mdan 9 mln 240 ming so‘mgacha;
⏺ Toshkent shahrida — 3 mln 118 ming 500 so‘mdan 10 mln 626 ming so‘mgacha bo‘lishi zarur.
Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining nomida mamlakatning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.
👍 Yaxshi xabar
2025-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya oluvchilar soni 1,5 baravarga oshiriladi.
Yangi dastur doirasida 30 ming nafar fuqaro uy-joy xaridi uchun davlatdan moliyaviy yordam olishi mumkin.
Subsidiya haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu videomizni ko‘rib chiqing!
Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ushbu postimizni do‘stlaringizga yuboring, va albatta like bosishni unutmang.
👍 Bu bizni yanada ruhlantiradi!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Arizalarni shu kuni soat 9:00 dan boshlab yuborish mumkin bo‘ladi.
— Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borish orqali;
— “My.gov.uz” portali orqali onlayn topshirish.
Ariza beruvchi yoki uning qarindoshlarining o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:
Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining nomida mamlakatning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.
2025-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya oluvchilar soni 1,5 baravarga oshiriladi.
Yangi dastur doirasida 30 ming nafar fuqaro uy-joy xaridi uchun davlatdan moliyaviy yordam olishi mumkin.
Subsidiya haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu videomizni ko‘rib chiqing!
Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ushbu postimizni do‘stlaringizga yuboring, va albatta like bosishni unutmang.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥11❤6👎3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qonun imzolanganini eshitgan bo‘lsangiz kerak?
Endilikda bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, kamida 6 oyga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz.
Xo‘sh, o‘zi qaysi huquqbuzarlik uchun qanchadan ball beriladi? Bugungi videomiz shu haqda)
👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Endilikda bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, kamida 6 oyga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz.
Xo‘sh, o‘zi qaysi huquqbuzarlik uchun qanchadan ball beriladi? Bugungi videomiz shu haqda)
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47❤6👎6🔥5🤝2
🗓 1-martdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Mart oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni @pulligap bir joyga jamladi.
📩 SMS-xabarnoma xizmati narxi 2 baravarga oshiriladi
SMS-xabarnoma xizmatlarini taqdim etuvchi “Play Mobile” kompaniyasi “Uzcard” milliy to‘lov tizimidan (5800) kiruvchi xabarlar uchun tarif narxlarini 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshiradi. Shuningdek, “Uzcard"ga qarashli “Plum Technologies” to‘lov tashkiloti ham “CardXabar” Telegram-boti xabardor qilish xizmatlari narxini 5 ming so'mdan 500 ming so'mgacha oshiradi.
🏚 Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli boshlanadi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali jo‘natish mumkin.
💳 Pensiyalar hech qanday hujjatlarsiz avtomatik tayinlanadi
60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga yoshga doir pensiyani ularning murojaatisiz bir kunda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bunda fuqaroning ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) kabi ma’lumotlari vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.
🦽 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Davlat-xususiy sheriklik asosida 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarni kunduzgi parvarish qilish xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi.
💵 Ayrim fuqarolarga farzandlarining bog‘cha xarajatlari uchun moddiy yordam beriladi
Yolg‘iz ona yoki otaga bir nafar farzandi uchun bolalari 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishga BHMning 1,5 baravari ya’ni 562 ming so‘mgacha miqdorda moddiy yordam beriladi. Bunda mablag‘lar egizaklarning har biri uchun taqdim etiladi.
🏫 Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida yangi tajriba joriy etiladi
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida tashkil etilgan kasbiy ko‘nikmalar markazlarida amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajriba joriy etiladi.
💼 Aholi bandligini ta’minlash jarayonlari onlayn nazoratga olinadi
Prezident qarori bilan 1-martdan boshlab aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlari raqamli nazoratga olinadi.
Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

👍86❤23👎5🤝2
Ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasiga ariza topshirish boshlandi.
Xo‘sh, arizani qanday berish mumkin?
Ipoteka subsidiyasini olish uchun 2 xil usul mavjud:
1️⃣ Davlat xizmatlari markazi orqali
⏺ O‘zingizga eng yaqin DXMga (Davlat xizmatlari markazi) shaxsan borishingiz kerak.
⏺ Pasport yoki ID kartangiz bilan murojaat qilib, operator yordamida anketa to‘ldirishingiz mumkin.
⏺ Arizangiz rasmiy ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.
2️⃣ Onlayn tarzda my.gov.uz orqali
⏺ my.gov.uz saytiga kirib, "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing.
⏺ Elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kiring.
⏺ "Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish" xizmatiga o‘tib, anketa to‘ldiring.
⏺ Arizangiz qabul qilingani haqida xabar olasiz.
👥 Eʼtibor bering:
🆔 Anketa to‘ldirishda hech qanday qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi.
💳 Barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda davlat maʼlumotlar bazalaridan olinadi.
➡️ Ushbu postni subsidiya olmoqchi bo‘lgan tanishingizga jo‘natib qo‘ying.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Xo‘sh, arizani qanday berish mumkin?
Ipoteka subsidiyasini olish uchun 2 xil usul mavjud:
1️⃣ Davlat xizmatlari markazi orqali
2️⃣ Onlayn tarzda my.gov.uz orqali
Arizangiz 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.👍 Agar arizangiz maqbul deb topilsa, sizga subsidiya ajratilgani haqida rasmiy xabar keladi.👎 Agar ariza rad etilsa, sababini bilib olishingiz va keyingi yil qayta ariza topshirishingiz mumkin.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51❤8👎7🔥5
2025-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori tasdiqlandi ✅
👍 Zakot nisobi
Zakot nisobi ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 so‘m etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri, ya'ni 2,5%ini zakot niyatida haqdorlarga beradi.
👍 Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
🔹 2 kg bug‘doy unidan – 10 000 so‘m;
🔹 4 kg arpadan – 16 000 so‘m;
🔹 2 kg mayizdan – 110 000 so‘m;
🔹 4 kg xurmodan – 180 000 so‘m deb belgilandi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.
👍 Fitr sadaqasi
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.
Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

👍204❤25🔥6🤔5👎2
Sizda ortiqcha mablag‘ bormi va uni xavfsiz saqlash bilan birga daromad ham olishni xohlaysizmi? 🏦 💰
Shunda bank omonatlari siz uchun eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkin! Ammo omonat qo‘yishdan oldin, uning turlari va shartlari bilan tanishib chiqish juda muhim.
Keling, O‘zbekistonda banklar tomonidan taklif etiladigan omonat turlari bilan tanishib chiqsak.
⏺ Talab qilib olinguncha omonatlar: Bu turdagi omonatlarda mablag'larni saqlash muddati cheklanmagan bo'lib, mijoz istalgan vaqtda pulini yechib olishi mumkin. Bunday omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari odatda past bo‘ladi yoki umuman foizsiz bo‘lishi mumkin.
⏺ Muddatli omonatlar: Bu omonatlar ma'lum bir muddatga (masalan, 3, 6, 9 oy yoki bir yil va undan ko'p) qo‘yiladi. Omonat muddati tugagach, asosiy summa va hisoblangan foizlar mijozga qaytariladi. Foizlar omonat muddati davomida yoki muddati tugagach to‘lanishi mumkin.
⏺ Jamg‘arma omonatlar: Ushbu omonatlar ma'lum bir maqsad (masalan, ta'lim, avtomobil yoki uy-joy sotib olish) uchun mablag‘ to‘plashga mo‘ljallangan. Omonat ma'lum bir muddatga qo‘yiladi va uni to‘ldirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, bu esa hamma omonat turlarida ham mavjud emas.
⏺ Shuningdek, ba'zi banklar foiz stavkalari muddat davomida o‘zgarib boradigan "pog‘onali omonatlar"ni taklif etadi. Bunday omonatlarda foiz stavkasi belgilangan davrlar (masalan, har chorak) uchun oshib boradi yoki kamayadi.
E'tiborli jihati shundaki, reklamalarda ko‘rsatilgan yuqori foiz stavkasi faqat omonat muddatining ma'lum bir qismiga tegishli bo‘lishi mumkin, shuning uchun omonatning haqiqiy yillik foiz stavkasini aniqlash muhimdir.
Bank omonati — nafaqat mablag‘laringizni xavfsiz saqlash, balki qo‘shimcha daromad olishning ham ishonchli usuli hisoblanadi. To‘g‘ri tanlov qilib, mablag‘laringizni samarali boshqaring!💵
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Shunda bank omonatlari siz uchun eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkin! Ammo omonat qo‘yishdan oldin, uning turlari va shartlari bilan tanishib chiqish juda muhim.
Keling, O‘zbekistonda banklar tomonidan taklif etiladigan omonat turlari bilan tanishib chiqsak.
E'tiborli jihati shundaki, reklamalarda ko‘rsatilgan yuqori foiz stavkasi faqat omonat muddatining ma'lum bir qismiga tegishli bo‘lishi mumkin, shuning uchun omonatning haqiqiy yillik foiz stavkasini aniqlash muhimdir.
Bank omonati — nafaqat mablag‘laringizni xavfsiz saqlash, balki qo‘shimcha daromad olishning ham ishonchli usuli hisoblanadi. To‘g‘ri tanlov qilib, mablag‘laringizni samarali boshqaring!
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48👎25🔥3❤2
Ipoteka kreditlari birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 20 yilga rasmiy daromadga ega bo‘lganlarga taqdim etiladi. Kredit miqdori Toshkent shahri uchun 800 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 500 mln so‘mgachani tashkil etadi.
“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari qatorida “Agrobank”, “Hamkorbank”, “InFinBank”, “Orient Finans Bank”, “Asakabank”, “Ipoteka-bank”, “Xalq banki”, “Turon bank”, “O‘zmilliybank” hamda “Biznesni rivojlantirish banki” bor.
🏚 Joriy yilning 3-mart kuni ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edik. Ariza topshirish haqida yo'riqnoma bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍79❤10👎7🤔5🔥3
Ishga kirish osonlashdi!
❓ Ishga kirmoqchimisiz? Bir dunyo hujjatlarni yig‘ishni bas qiling. Endi ishga kirishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi!
👍 Unda qay tartibda ishga joylashamiz?
Ishga kirishda barcha ma'lumotlar avtomatik ravishda olinadi, ya'ni pasport, mehnat va pensiya daftarchasi kabi hujjatlarni sizga ish beruvchi tashkilot axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali o‘zi oladi.
👍 Bundan tashqari, 1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz'dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
➡️ Ushbu yangilikni ishga kirmoqchi bo‘lib yurgan tanishingizga yuborib qo‘ying.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Ishga kirishda barcha ma'lumotlar avtomatik ravishda olinadi, ya'ni pasport, mehnat va pensiya daftarchasi kabi hujjatlarni sizga ish beruvchi tashkilot axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali o‘zi oladi.
Bu uchun “Yagona milliy mehnat tizimi”da elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Eng muhimi, endi homiladorligi yoki farzandi borligi sabab xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlanadi.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51❤11🤔6🔥3
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun avtokredit ololmayapsizmi?
Endi bu siz uchun muammo bo‘lmaydi.
Biz siz uchun rasmiy daromadsiz, o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun avtokreditlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.
🏦 Asakabank
Foizi – 25,5–31,5 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 20–50 foizgacha;
Batafsil
🏦 Aloqabank
Birlamchi bozor uchun:
Foizi – 25–27 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov - 25–50 foizgacha;
Batafsil
KIA va Chery uchun:
Foizi - 5,99-22%
Muddati - 5-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov – 25–50 foizgacha;
Batafsil
🏦 Turonbank
Foizi – 25 foiz;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 30 foiz;
Batafsil
🏦 O‘zSQB
Foizi – 27–28 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 35–50 foizgacha;
Batafsil
Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Endi bu siz uchun muammo bo‘lmaydi.
Biz siz uchun rasmiy daromadsiz, o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun avtokreditlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.
Foizi – 25,5–31,5 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 20–50 foizgacha;
Batafsil
Birlamchi bozor uchun:
Foizi – 25–27 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov - 25–50 foizgacha;
Batafsil
KIA va Chery uchun:
Foizi - 5,99-22%
Muddati - 5-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov – 25–50 foizgacha;
Batafsil
Foizi – 25 foiz;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 30 foiz;
Batafsil
Foizi – 27–28 foizgacha;
Muddati – 5 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov – 35–50 foizgacha;
Batafsil
Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling.
Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46👎11❤2🤔2🤝2
Ko‘pchilik ayollar moliya bilan ishlash murakkab deb o‘ylaydi. Lekin aslida, moliyaviy barqarorlik – bu oddiy odatlardan boshlanadi.
Ayollar uchun 3 muhim moliyaviy qoidalar:
Telegram • Instagram • YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍44🔥5❤4🤔2💔1