Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Agar rasmiy daromadga ega bo‘lsangiz, hayotingizda bir marta bo‘lsa ham sizdan kafil bo‘lishni so‘rashgan bo’lsa kerak.

Odatda kredit olinayotganda garov, sug‘urta yoki kafillik talab qilinadi. Kafil topish ko‘pincha garov va sug‘urtadan ko‘ra qulayroq tuyuladi.

👍 Kafil kim?

Kafil – bu boshqa shaxsning majburiyatlarini bajarishi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan odam.

Qarz oluvchi to‘lovni amalga oshirmasa yoki kechiktirsa, bank qarzni kafildan talab qiladi.

Banklar ko‘pincha kafillik shartnomasi tuzilgach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kafilning bank kartasidan kreditni undirib olishadi.

👍 O‘ylab ko‘rganmisiz?

Kafillik nafaqat yaqinlar bilan bog‘liq ishonch masalasi, balki moliyaviy xavf hamdir.

Ba'zida tanishlaringizning va’dalariga ishonib kafil bo‘lasiz, ammo vaziyat o‘zgarib qolishi mumkin.

Kafil bo‘lishdan oldin har doim yaxshilab o‘ylang – qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarishga qodirmi?

👍 Kafillikni bekor qilish mumkinmi?

Ayrimlar, kafil sifatida shartnoma tuzganidan keyin keyinroq undan voz kechaman deb o‘ylaydi.

Ammo bunday qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan ham kafil bo‘lishdan avval yaxshilab o‘ylang, siz kafil bo‘layotgan odam qanchalik ishonchli?

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍144🔥138🤝8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilganimizdek, Freeze xizmatini qanday qilib onlayn yoqish va o‘zingizni firibgarlardan himoya qilish bo‘yicha videomiz tayyor bo‘ldi.

Video-qo‘llanmamizni tomosha qiling va uni do‘stlaringizga ham ulashing.

Bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍69🔥7🤝64🤔2
Toshkentda Qashqadaryodan 2,4 barobar ko‘p — hududlarda o‘rtacha ish haqi qanday?

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar—sentabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5,2 mln so‘mni tashkil etibdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan — 8,7 mln so‘m.

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan — 3,6 mln so‘m.

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍97👎85🤔51🔥135
Moliyaviy mustaqillikka erishish odatda juda qiyin va uzoq yo‘ldek ko‘rinadi.

Lekin pullaringizni to‘g‘ri boshqarish orqali bu tasavvur qilganingizdan osonroq.

Aytaylik, kutilmaganda muammoli vaziyatga tushib qoldingiz. Ammo qo‘lingizda qancha pul borligi, uni qayerga va qanday sarflaganingizni bilmaysiz, hisob-kitob qilmagansiz. 

Ana shunda pulni rejalashtirib ishlatish, ya’ni shaxsiy byudjetni boshqarishning ahamiyatini tushunasiz.

Keling, bunda biz ham sizga yordam beramiz – shaxsiy byudjetingizni boshqarishdagi uchta foydali odatni ko‘rib chiqamiz.

👍 Xarajatlarni yozib borish

Har doim barcha xarajatlaringizni yozib boring. Bu sizga pulingiz qayerga ketayotganini tushunishga yordam beradi va kerak bo‘lmagan xarajatlaringizni aniqlaydi.

Maslahat: Xarajatlarni hisoblash uchun ilovalar yoki oddiy Excel jadvalidan foydalanishingiz mumkin.

👍 Byudjet tuzish

Oylik byudjet ishlab chiqing. Unda barcha daromadlaringiz va xarajatlaringizni kiritishingiz kerak. Bu ham pulni nazorat qilish va ortiqcha xarajatlardan qochishga yordam beradi.

Maslahat: Byudjetni qat’iy (masalan, ijaralar, kommunal to‘lovlar) va o‘zgaruvchan (ovqat, kiyim-kechak) xarajatlarga ajratish, moliyani yaxshiroq boshqarishga yordam beradi.

👍 Zaxira yaratish

Har oy ma’lum miqdorda pulni zaxira uchun ajrating, bu sizga kutilmagan xarajatlar uchun moliyaviy tayanch bo‘ladi.

Maslahat: O‘z daromadingizning kamida 10 foizini zaxira fondiga ajratishga harakat qiling. Bu sizni favqulodda vaziyatlarda qarzlardan qochishga yordam beradi.

💵 Bu odatlar sizga shaxsiy byudjetingizni samarali boshqarishga va moliyaviy barqarorlikka erishishga yordam beradi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍157🔥2416🤝1
Moliyaviy xavfsizlik: Pullarni firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin?

Firibgarlikning turlari ko‘payayotgan bir paytda moliyaviy xavfsizlikka ko‘proq e’tibor berishingiz kerak.

O‘z mablag‘laringiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlardan himoya qilish nafaqat mahorat, balki rivojlantirish kerak bo‘lgan odatga ham aylanishi zarur.

Bugun aynan shu maqsadda bir nechta oddiy, ammo samarali tavsiyalarni berib o‘tmoqchimiz:

👍 Qiyin va takrorlanmaydigan parollarni ishlating

Oddiy kombinatsiyalardan qoching va har bir akkaunt uchun turli parollar ishlating.

👍 Ikki bosqichli tasdiqlash

Akkountlaringizni 2 bosqichli tasdiqlashdan o‘tkazing, bu qo‘shimcha xavfsizlikni taqdim etadi.

👍 Karta maʼlumotlarini oshkor etmang

Hech qachon kartangizning raqami, CVV va amal qilish muddatini boshqalarga aytmang.

👍 Tranzaksiyalarni tekshiring va ogohlantirishlarni yoqing

Operatsiyalarni muntazam ko‘rib chiqing va SMS-ogohlantirishlarni yoqing.

👍 Shubhali havolalardan ehtiyot bo‘ling

Nomaʼlum havolalarga kirmang va notanish yuboruvchilardan kelgan fayllarni ochmang.

👍 Ommaviy Wi-Fidan foydalanmang

Moliyaviy operatsiyalar uchun mobil internet yoki VPNdan foydalaning.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86🔥8🤔65🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh oilalarga uyining ijarasi uchun davlatdan moddiy yordam ajratilishini bilarmidingiz?

Bu uchun nima qilish kerakliginichi?

Keling, bugun shu masalani ko‘rib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍38🔥54👎2
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kredit foizlari yuqorilashmoqda. Bunga esa bir qancha sabablar bor.

Keling, bugun mana shu sabablardan ba'zilarini ko‘rib chiqamiz:

👍 Yuqori inflyatsiya darajasi

O'zbekistonda inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo'lib, bu kredit foizlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi.

Banklar kredit berishda inflyatsiyani hisobga olishga majbur, chunki inflyatsiya oshishi bilan pulning qadri tushib ketadi. Bu xavfni qoplash uchun banklar foizlarni oshirishadi.

👍 Xatar va moliyaviy barqarorlik omillari

Banklar kredit berishda qaytarilmaslik xavfini hisobga oladi. Kreditlar qanchalik xavfli bo'lsa, bank foizlarni shunchalik yuqori belgilaydi.

O‘zbekistonda ko'plab kichik va o'rta bizneslar yangi bo'lib, barqaror daromadga ega emas, bu esa kreditlarning qaytarilishiga bo'lgan xavfni oshiradi.

👍 Resurslar yetishmasligi

Ko‘pgina banklarda yetarli pul mablag‘lari yo‘qligi sababli, ular bor resurslarini asosan kreditlarga yo‘naltirishadi.

O‘zbekistonda katta miqdordagi pul mablag‘lari bilan ishlaydigan moliyaviy bozorlar cheklangan, shuning uchun kreditlar qimmatroq bo‘ladi.

👍 Markaziy bankning stavkalari

Markaziy bankning asosiy stavkalari ham tijorat banklarining kredit stavkalariga ta'sir qiladi.

Ushbu postni kredit foizlari yuqoriligidan doim noliydigan do'stingizga yuborib qo'ying)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64👎24🤔7🔥65
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘zingizga ko‘rinmaydigan kunlik mayda xarajatlarni jamlasa qancha katta summaga aylanishini bilasizmi?

Sizda ham shunday zararli xarajatlar bormi? Ular qanchalik zararli?

Keling, bugun shu haqda gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍7010👎6🤔4
🛒 Bilasiz, chegirmalar kuni boshlangan. Bu esa kutilmagan sarf-xarajatlar va hatto qarzlarning paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.

Shu sababli, biz ortiqcha qarzga botmasligingizga yordam beruvchi bir nechta maslahatlarni topdik!

👍 Byudjet belgilab oling

Sarflaydigan summangizni oldindan aniqlab, bu chegaradan chiqmaslikka harakat qiling. Har bir xaridni rejalashtirishda byudjetingizdan ortiq summa sarflamaslik muhim.

👍 Zaruriy ehtiyojlar ro‘yxatini tuzing

Chegirmadagi har bir tovar sizga haqiqatdan ham kerak bo‘lmasligi mumkin. Xarid qilishdan oldin, yaxshilab o‘ylab qaror chiqaring.

👍 Har qanday qarzdan qoching

Chegirmalarga berilib qarzga kirib qolishingiz mumkin.Unutmang, o‘z pulingizga emas, balki qarzga xarid qilayotgan tovarlaringiz uchun to‘lovlarni qaytarish qiyin bo‘lishi mumkin.

👍 Impulsiv xaridlarga “Yo‘q” deng

Chegirma kunlari har bir reklamadagi mahsulot sizga “juda kerakli”dek ko‘rsatiladi. Lekin hissiyotlarga berilish o‘rniga, o’zingizga “bu haqiqatan menga kerakmi?” degan savolni bering.

👍 Har bir chegirmani tekshirib ko‘ring

Chegirma yoki narx tushirilganlik to‘g‘risidagi maʼlumotga ishonmasdan, avval shu mahsulotning bozordagi real narxini qiyoslang. Baʼzan “katta chegirmalar” shunchaki marketing usuli bo‘lishi mumkin.

👍 Moliyaviy maqsadlaringizni unutmang

Pulingizni jamg‘arib, kattaroq bir xaridni amalga oshirmoqchimisiz? 11.11 chegirmalariga berilmaslik orqali uzoq muddatli maqsadlarga erishishingiz mumkinligini unutmang.

Yodda tuting: har bir sarflangan so‘m — bu tanlov.

Moliyaviy erkinlik va orzu-maqsadlarga erishish yo‘lida faqat zarur narsalarni olib foydali xaridlarni amalga oshiring.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87🔥20🤝5
Pullar bir joyda turganda o‘z qadrini yo‘qotishini ko‘pchilik yaxshi biladi.

Pulni ushlab turmasdan ko‘paytirishning bir qancha usullari bo‘lib, ulardan biri oltinga sarmoyadir.

Azaldan oltin odamlar uchun eng samarali investitsion vositalardan biri hisoblanadi.

So‘nggi paytlarda oltin narxining o‘sishi esa ko‘pchilik o‘zbekistonliklarni unga ancha qiziqtirib qo‘ydi.

👍 Oltinga qiziqish yuqori

Dunyo bo‘yicha oltin narxi 1 unsiyaga nisbatan hisoblanadi. Bu taxminan 28,3 gramm bo‘ladi. Yil boshida 1 unsiya oltin 1 700 dollar edi, hozir esa 2 600 dollar atrofida baholanmoqda.

Mana nimaga oltinga qiziqish yuqori. Ushbu qimmatbaho metallga O‘zbekistonda ham sarmoya kiritish mumkin.

Ko‘pchilik oltinga sarmoya kiritishda taqinchoqlarni sotib olishni tanlaydi. Biroq ular 100 foiz oltindan tayyorlanmaydi va qayta sotguncha bozordagi narxga sotish amrimahol.

👍 Bunday holatda banklardan oltin quymalarini sotib olish ancha foydali

Markaziy bank har ish kunida oltin quymalarining narxini e’lon qilib boradi. Ular yuqori sifatga (999,9 proba) ega bo’lib, 5 gr, 10 gr, 20 gr yoki 50 gr ko‘rinishida bo‘ladi.

Yil boshida bir gramm oltin 840 ming so‘mga baholanar edi. Hozir esa uning narxi 1,1 mln so‘mgacha oshgan. O‘sish ko‘rsatkichi — 31,5 foiz.

👍 Avvalroq qayerda edim?

Agarda siz yanvar oyida 50 grammlik oltin quymasini 42 mln so‘mga sotib olganingizda, hozir uni 55,3 mln so‘mga sotgan bo‘lar edingiz.

Bu esa oltinni ushbu davrdagi har qanday bank omonatlariyu, ko‘chmas mulkdan ham foydaliroq sarmoya vositasiga aylantiradi.

Eng muhimi siz oltinni qayta sotmoqchi bo‘lsangiz, banklar xuddi o‘sha kuni Markaziy bank tomonidan belgilangan narx bo‘yicha sizdan ularni sotib oladi.

Qaysi bankda qancha quyma borligini esa mana bu yerdan bilib olsangiz bo‘ladi. Shu orqali o‘zingizga qulay bankni topib, u yerdan quymalarni sotib olishingiz mumkin.

👍 Unutmang!

Oltin narxi o‘zgaruvchan bo‘lib, pasayishi ham, oshishi ham mumkin. Investitsion qarorlaringizga faqatgina o‘zingiz javobgar bo‘lasiz.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, layk bosing va do‘stlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
213👍33123🔥20👎10🤝5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Bitkoin narxi oshib borayotganini bilsangiz kerak?

Shu sababli, unga qiziquvchilar soni ham ko‘paymoqda.

Biz esa shu mavzuda video tayyorlashimiz kerak deb o‘yladik)

Marhamat, O‘zbekistonda qonuniy usulda bitkoin sotib olish imkoniyati!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9321🤔17🔥8👎6
Moliyaviy yostiqcha nima va u nega kerak?

Hamma ham kutilmagan xarajatlardan himoyalangan emas. Ba’zida daromad manbai vaqtinchalik yo‘qolishi yoki to‘satdan katta xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.

Shu kabi vaziyatlarda moliyaviy yostiqcha — jamg‘arilgan zaxira puli — yordamga keladi. Bu mablag‘ hayotning noqulay davrlari stresssiz o‘tishi va qarzlarga botmaslik uchun zarurdir.

📌Xo‘sh, moliyaviy yostiqchani “xavfsizlik buferi” deb ham atashadi, chunki bu mablag‘ kutilmagan xarajatlardan yoki daromadning vaqtinchalik kamayishidan himoya qiladi.

Masalan, ishsiz qolganingizda yoki sog‘liq bilan bog‘liq to‘satdan chiqimlar paydo bo‘lganda, moliyaviy yostiqcha yordamga keladi.

Moliyaviy yostiqchani qanday baholash mumkin?

Moliyaviy yostiqchaning miqdori har bir kishining hayot tarzi va xarajatlariga bog‘liq, ammo umumiy qoidalar bor:

👍 Oylik xarajatlar hisobini chiqarish: Yashash uchun zarur bo‘lgan barcha xarajatlarni hisoblang — uy-joy, oziq-ovqat, transport, kredit to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar.

👍 3-6 oylik xarajatlarni qoplash – xavfsiz variant: Odatda, moliyaviy yostiqcha 3 oylik asosiy xarajatlar miqdoridan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi, lekin 6 oylik miqdor yanada ishonchli himoya beradi.

👍 Har oy zaxira uchun ma’lum summa ajratish: Har oy daromadingizning kamida 10-15% ni zaxira jamg‘armaga qo‘yib borish yostiqcha yaratishga yordam beradi.

Shunday qilib, moliyaviy yostiqcha orqali siz moliyaviy barqarorlikka erishib, to‘satdan kelib chiqadigan xarajatlarga tayyor bo‘lasiz.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, layk bosing va do‘stlaringizga ulashishni unutmang.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍196🔥328👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, har yili davlat kelgusi yilga mo‘ljallangan budjetnomani e’lon qiladi.

Bu xuddi oilaviy budjetni reja qilgandek gap – faqat miqyosi anchagina kattaroq.

O‘zi aslida bu nima uchun kerak? Uning ahamiyati qanday?

Keling, bugun shu mavzuni birgalikda o‘rganamiz.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍478🔥7🤔2
Har oy yaxshi maosh olasiz, lekin baribir pulingizning barakasi yo’qdekmi? “Pulim qayerga ketayapti?” degan savolga ham aniq javobingiz yo’q.

Bunday holatda qanday qilib, pullaringizni ko’paytira olasiz? Axir, cho‘ntagingizdagi mablag‘lar to‘g‘ri boshqarilmasa, qanday qilib o‘sishi mumkin?

Hammasi shundan boshlanadi: xarajatlaringizni to‘g‘ri tahlil qilish va nazorat qilish. Bularsiz moliyaviy barqarorlikka erishish juda qiyin.

Shu sababli biz xarajatlaringizni nazorat qilishga yordam beruvchi usullar bilan o’rtoqlashmoqchimiz!

👍 Oylik budjet tuzing

Daromadingiz va rejalashtirilgan xarajatlaringiz asosida budjet belgilang. Bu, pulni qayerga va qanchalik tez sarflayotganingizni ko‘rib turishga yordam beradi.

👍 Xarid qilishda ro‘yxat tuzing

Do‘konga borayotganda oldindan ro‘yxat tayyorlab boring. Bu, ortiqcha va kerak bo‘lmagan narsalarni sotib olishdan saqlaydi.

👍 Ijtimoiy tarmoqlar ta’siridan saqlaning

Tarmoqlardagi reklama va xaridlarga chaqiruvlar sarf-xarajatlarni oshirishi mumkin. Ularni ko‘rishni cheklash yoki unga tanqidiy qarash foyda beradi.

👍 Xaridlarni kechiktiring

O‘zingizga savol bering: bu narsa hozir kerakmi? Agar javob yo‘q bo‘lsa, xaridni biroz kechiktiring. Ko‘pincha vaqt o‘tishi bilan ortiqcha narsalarni sotib olish xohishi kamayadi.

👍 Xarajatlarni kuzatish uchun ilovalardan foydalaning

Pul xarajatlaringizni yozib borish uchun moliyaviy ilovalar yordamida xarajatlaringizni aniqroq ko‘rishingiz mumkin.

Pulni oqilona boshqarish katta maqsadlarga yetishishga yordam beradi. Xarajatlarni nazorat qilish orqali siz moliyaviy xavfsizlikni qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ulashishni unutmang.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍148🔥1811🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tushunganingizdek, xarajatlaringizni nazorat qilmasangiz, nimagadir investitsiya qilishning imkoni bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bugun biz sizga aynan shu yo‘lda foydasi tegadigan – “10 foiz qoidasi” haqida gapirib beramiz.

Bu qoidani qo‘llab, nafaqat kelajagingiz uchun barqaror jamg‘arma yaratishingiz, balki hayotingizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlardan o‘zingizni himoya ham qilishingiz mumkin.

Demak, videoni tomosha qiling va jamg‘arishni bugundan boshlang!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍63🔥13🤝7
Nihoyat biz “Pulli Gap” tanlovini e’lon qilmoqchimiz!

Tanlovimizda ishtirok etish uchun shartlar juda oson:

Atigi 3 ta do‘stingizni kanallarimizga taklif eting va pul yutuqlariga ega bo‘ling.

👍 Qanday yutuqlar deysizmi?

🎁 1-o‘rin – 3 million so‘m;

🎁 2-o‘rin – 2 million so‘m;

🎁 3-o‘rin – 1 million so‘m;


Va yana qolgan 7 ta o‘rin uchun 500 ming so‘mdan yutuqlarimiz mavjud.

👍 Qanday ishtirok etishim mumkin?

Do‘stlarimni qanday taklif etaman, deysizmi? Bu uchun ushbu botni – @pulligapbot ishlab chiqdik.

Undan ro‘yxatdan o‘tib va shartlarini bajarsangiz kifoya)

👍 Tanlov qachon o‘tkaziladi?

20-dekabr kuni 19:00 da Instagram sahifamizda jonli efir orqali random tarzda g‘oliblarni aniqlaymiz.

Shunday ekan, do‘stlaringizni taklif qiling va pulli yutuqlarga ega bo‘ling!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11217🔥17🤔11👎1
Odatda kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun komissiyasi yo‘q ilovalarga ehtiyoj sezamiz. Lekin qo‘limizda tayyor ro‘yxat bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bugun biz siz uchun qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘lishi, bunda limit qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladik.

👍 Ularning ketma-ketligi mana bunday:

● Hambi ilovasi (Beeline Uzbekistan) — 50 mln so‘mgacha;

● Tenge24 ilovasi (Tenge bank) — 10 mln so‘mgacha;

● Chakanapay ilovasi — 10 mln so‘mgacha;

● Smart bank ilovasi orqali — 5 mln so‘mgacha;

● Xazna ilovasi (Xalq banki) — 5 mln so‘mgacha; 

● SQB mobile ilovasi — 5 mln so‘mgacha; 

● Oson ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● Davr Mobile ilovasi (Davrbank) — 3,5 mln so‘mgacha;

● Milliy ilovasi (Milliy bank) — 3 mln so‘mgacha;

● Mavrid ilovasi (Mikrokreditbank) — 3 mln so‘mgacha;

● SelloPay ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● Alif ilovasi — 1 mln so‘mgacha.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34229🔥28🤝12🤔6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kimgadir qarz berishdan avval, uni qaytib ololmasligingiz mumkinligi haqida ham o‘ylab ko‘rganmisiz?

Afsuski, hayotimizda bunday noxush holatlar ham uchrab turadi.

Shunday ekan, ulardan himoyalanish zarur. Bunda sizga qarz shartnomasi yordam beradi.

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍9712🔥9👎4
👍 Bizning yutuqli tanlovimiz davom etmoqda!

Bugungi kunga qadar 4289 ta obunachi unda qatnashishga qiziqish bildirib, faqatgina 248 nafari shartlarimizni oxirigacha bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu esa sizda hali ham g‘olib bo‘lish imkoniyati yetarli ekanini bildiradi.

Shunday ekan, @pulligapbot’dan ro‘yxatdan o‘ting va shartlarimizni bajarishga ulgurib qoling.

G‘oliblarni 20-dekabr soat 19:00 da Instagram sahifamizda birgalikda aniqlaymiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍349🔥5🤝3
Shu vaqtgacha biror tanishingiz kredit olayotgan paytda unga kafil bo‘lib berib, pushaymon bo‘ldingizmi?

Ular kreditini o‘z vaqtida yopmagani uchun, qarzlar majburan sizning hisobingizdan yechib olindimi?

Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, demak siz yolg‘iz emassiz.

Chunki juda ko‘pchilik oradan qanchadir vaqt o'tibgina kafillikning asl mohiyatini tushunib va uni bekor qilishga urinadi.

👍 Xo‘sh, buning imkoni bormi?

Javob oddiy – faqat bank va qarz oluvchining roziligi bilan buni uddalasa bo‘ladi.

Agar siz kafillikni bekor qilishni istasangiz, bank va qarzdor (kredit olgan tanishingiz) bilan kelishib olishingiz kerak.

Biroq, ko‘pincha bank yoki qarzdor bunga rozi bo‘lmaydi, chunki kafillik xavfsizlik chorasi deb hisoblanadida.

Tushunganingizdek, kafillikdan bir tomonlama faqat o‘z xoxishingizga ko‘ragina voz kechishingizga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masalan, shartnoma tuzilganidan keyin ishingizdan ayrilsangiz, kasal bo‘lib qolsangiz, qarzdor bilan janjallashib qolsangiz ham kafillik o‘z kuchida qolaveradi.

👍 Kafillik qachon bekor qilinishi mumkin:

qarzdor oldidagi majburiyat to‘liq bajarilganligida;

majburiyat kafilning roziligisiz o‘zgartirilganda (foiz stavkasi yoki kredit miqdori oshirilsa);

kafillik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;

bank kafilning roziligisiz qarzni boshqa shaxsga o‘tkazganda.

Yana bir yo‘li kafilni almashtirishni so‘rab bankka murojaat qilish, agar tomonlar kelishsa kafilni boshqa shunday shaxsga almashtirish mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍245🔥21🤝1918👎7🤔2
Asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bugun ko‘plab telegram kanallarda bu haqidagi e’lonlarga ko‘zingiz tushadi)

Xo‘sh, asosiy stavka o‘zi nima, nega bunchalik muhimligi haqida bilasizmi?

👍 Bu haqida batafsil ushbu videomizdan ma’lumot olishingiz mumkin)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥117🤝6👎1