Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib uydan chiqmasdan, onlayn tarzda elektron raqamli imzo olish haqida o‘ylayabsizmi?

Biz sizga video-qo‘llanmamiz bilan yordam beramiz.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8812🔥10👎7🤔3🤝1
O‘zi qanday holatlarda mikroqarz olish sizning moliyaviy holatingizga zarar keltirishini bilasizmi?

Keling, bugun shunday holatlarni ko‘rib chiqamiz.

👍 Avvalgi kreditlarni yopish uchun mikroqarz

Ba’zida olingan kreditni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Bunday vaziyatdan esa yana yangi mikroqarz olish orqali chiqib ketish oson yo‘ldek ko‘rinadi.

Aslida, bu noto‘g‘ri qaror – faqatgina qarz yukining oshishiga olib keladi. Sizning holatingiz esa yaxshilanmay, bir kreditingiz ikkita bo‘ladi. Tabiiy-ki, ularning har biri, har qanday holatda ham bankka qaytarilishi kerak.

👍 Boshqalar uchun mikroqarz

Ba’zida qarindoshlar yoki do‘stlaringiz kredit olib berishingizni so‘rashadi, chunki negadir bank ularga kredit ajratishni rad etadi. Bu juda noqulay holat, lekin har kim bunday vaziyatda nima qilish kerakligini o‘zi hal qilishi kerak.

O‘z nomingizga kredit olib, uni boshqa odamga berib yuborsangiz, oxir-oqibat qarzni o‘zingiz qaytarishga majbur bo‘lishingiz mumkin.

👍 Kredit tizimi qanday ishlashi haqida bilmasdan kredit olish

Kredit pulni ma’lum vaqt davomida foizlar bilan bankka qaytarish kerakligini nazarda tutadi. Ammo foizlar qanday hisoblanishini, to‘lovlarni qachon amalga oshirishni va kredit bo‘yicha qanday ortiqcha to‘lovlar vujudga kelishini hamma ham tushunmaydi.

Mikroqarz uchun bankka murojaat qilishdan oldin, hisoblangan foizlar asosida har oy kredit uchun qancha to‘lashingiz kerakligini tushunishingiz kerak.

Kreditni o‘z vaqtida to‘liq to‘lash muhimligini hamma ham anglamaydi. Kredit bu, birinchi navbatda, mas’uliyatdir.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🔥12🤝54🤔3👎2
Ancha vaqtdan beri omonat ochish haqida o‘ylab, qaysi bankni tanlashni bilmayabsizmi? Endi bu muammo emas)

Bugungi ro‘yxatimiz yordamida uyingizdan chiqmasdan, o‘zingizga eng ma’qul bankdan omonat oching!

🏦 Agrobank

Foizi — 23 foiz;
Muddati — 13 oy;
Minimal summa — 500 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q;
Batafsil

🏦 Anorbank

Foizi — 25 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 1 mln so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — 12 oygacha mumkin;
Batafsil

🏦 Asakabank

Foizi — 24 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud;
Batafsil

🏦 Davr bank

Foizi — 27,09 foiz;
Muddati — 24 oy;
Eng kam miqdor — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — 6 oygacha mumkin;
Batafsil

🏦 Hamkorbank

Foizi — 24 foiz;
Muddati — 18 oy;
Minimal summa — 500 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud;
Batafsil

🏦 Kapitalbank

Foizi — 26 foiz;
Muddati — 25 oy;
Minimal summa — 1 mln so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q;
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank

Foizi — 25 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud;
Batafsil

🏦 TBC Bank

Foizi — 27 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q;
Batafsil

🏦Ziraat Bank

Foizi — 26 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 3 mln so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — 6 oygacha mumkin;
Batafsil

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍234👎2421🔥13🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va’damizga ko‘ra, to‘langan kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha video-qo‘llanmamiz tayyor!

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍134🔥17👎1211🤝3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bankers.uz” nashri asoschisi Ismoil Turopovdan loyihamizga kelib tushayotgan savollar yuzasidan intervyu oldik.

● Xo‘sh, kim aslida moliyaviy savodxon bo‘ladi?

● Buni qanday o‘rganish mumkin?

● Bu uy va mashinaga tezroq ega bo‘lishning asosiy vositasimi?

● Firibgarlarga aldanib qolishning sababi nima? Bundan qanday qochish mumkin?

Shu va shu kabi savollaringizga mutaxassis orqali javob oling!

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/lSJsTJXyWI8

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥96👎1
Kechiktirilgan oylik ish haqi uchun foiz to‘lanishini bilarmidingiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Agar ish beruvchi xodimlarining maoshi, ta’til pullari va shunga o‘xshash to‘lovlarini vaqtida bermasa, qo‘shimcha foiz – pulli kompensatsiya ham to‘lashi shart.

U qanday hisoblanadi?

Foizlar oylik kechiktirilgan kundan boshlab hisoblab boriladi.

Masalan, maosh har oyning 5-sanasida tushishi kerak bo‘lib, u 15-sanada tushsa, ish beruvchi 6-sanadan 15-sanagacha har bir kunga foiz to‘lashi shart.

Miqdori qancha?

Xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi. 

U esa 2023-yil 17-martdan beri 14 foiz. Demak, ish haqi kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi.

Deylik, sizning ish haqingiz 3 mln so‘m. Ushbu summani 1,4 foizi 42 ming so‘m bo‘ladi. 

Agar sizning oyligingiz umumiy 10 kunga kechiktirilsa, shu kunlar uchun sizga 420 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lanishi kerak.

Muhim!

Bandlik vazirligiga ko‘ra, ish beruvchining oylikni kechiktirilishida aybi bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham u sizga pulli kompensatsiya to‘lashga majbur.

Bularning barchasi, Mehnat kodeksining 333-moddasida belgilab qo‘yilgan.

Ma’lumotlarimiz foydali bo’lgan bo’lsa, uni do’stlaringizga ham ulashing!

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍225🤔18🔥1210👎5🤝2
“Pulli Gap”da mavzular yanada qiziqarliroq yoritilishini istaysizmi?

Unday bo‘lsa, kanalimizga ovoz berib, bunga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bu orqali qo‘shimcha yangi imkoniyatlar ham ochiladi.

Masalan, pul haqida foydali mavzularni doimiy stories'lar orqali o‘rganib borishingiz mumkin bo‘ladi)

👍 Shunday ekan, bizni qo‘llab-quvvatlang:

https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21812🔥9👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS’dan 7 yoki undan balandroq ball olib, imtixon pulingizni qaytarib ololmayabsizmi?

Endi bu oson. Biz siz uchun batafsil video-qo‘llanma tayyorladik)

Ma’lumotlarimiz foydali bo’lgan bo’lsa, uni do’stlaringizga ham ulashing!

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🔥72🤝2
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi.

Daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muhtoj aholi uchun ipoteka kreditlari asosida subsidiya ajratiladi.

Subsidiya — ipoteka bilan uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foizlarining bir qismini qoplab berish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘.

Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas.

Masalan, siz yillik 18 foizga ipoteka krediti olgan boʻlsangiz, dastlabki besh yil mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foiz qismini oʻz hisobingizdan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida toʻlashingiz mumkin boʻladi.

Uy joy sotib olishda davlatdan subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki oilaning oylik daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:

👍 Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha);

👍 Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha).

2023-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 mingni tashkil etmoqda.

Subsidiya uchun ariza

Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin:

👍 ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi;
👍 taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi;
👍 joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida;
👍 oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi;

Subsidiya berish tartibi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍88👎86🔥5🤝2
Bilasiz, “bola puli” olish uchun arizani faqat mahallaga topshirish talab etilardi.

Endi esa buni uyingizdan chiqmasdan onlayn amalga oshirishingiz ham mumkin bo‘ldi!

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam ta’minlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lganlar foydalanishi mumkin.

👍 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgunga qadar), moddiy yordam esa 6 oy muddatga to‘lanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Xizmatdan foydalanish uchun:

👍 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tish;
👍 tegishli xizmatni tanlash;
👍 undagi so‘rovnomani to‘ldirish va yuborish kerak.

Ushbu xizmatdan onlayn foydalanish mutlaqo bepul.

Ariza bir oy davomida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

Bu borada to‘liq video-qo‘llanma tayyorlashimizni istaysizmi?

Unday bo‘lsa ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni ham unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33018🤝8🔥7👎6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizning ruxsatingizsiz ham nomingizga kredit rasmiylashtirish mumkinligini bilarmidingiz?

Firibgarlarning bunday tuzog'iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak? Bugungi videomiz aynan shu haqda)

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍88🔥1411👎5🤔5
Biz birlamchi bozor uchun ajratilayotgan eng manfaatli ipoteka kreditlari ro‘yxatini tayyorladik)

🏦 Aloqabank:

Foiz stavkasi — 18 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 420 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Asakabank:

Foiz stavkasi — 0 foizdan boshlanadi;
Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz;
Muddati — 10 yilgacha;
Miqdori — qiymatning 75 foizigacha;
Batafsil

🏦 Biznesni rivojlantirish banki:

Foiz stavkasi — 18 foizgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416 mln 500 ming so‘mgacha
Batafsil

🏦 Hamkorbank:

Foiz stavkasi — 28 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 26 foiz;
Muddati — 10 yilgacha;
Miqdori — 600 mln so‘mgacha
Batafsil

🏦Ipak yo‘li bank:

Foiz stavkasi — 27 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz;
Muddati — 7 yilgacha;
Miqdori — 800 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Orient Finans Bank:

Foiz stavkasi — 25,9 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 600 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦Ziraat Bank

Foiz stavkasi — 28 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz;
Muddati — 10 yilgacha;
Miqdori — 1 mlrd 853 mln so‘mgacha;
Batafsil

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍180👎16🔥109🤝3🤔2
Aloqa botimizga bolalar bog‘chalari mavzusida ham ketma-ket savollar kelib tushmoqda. Bugun sizlar bilan shulardan birini muhokama qilamiz.

Demak, “Bolam bog‘chaga bormagan kunlari uchun ham to‘lov qilishga majburmanmi?” degan savolga to‘xtalamiz.

📌 Bolangizning bog‘chaga ketma-ket 3 kundan ortiq bormagan davri uchun to‘lov undirilmaydi.

Shuningdek, siz bog‘cha to‘lovlarini oldindan amalga oshirgan bo‘lishingiz mumkin.

Bunda quyidagi sabablardan biriga ko‘ra, to‘langan pullar keyingi to‘lovlaringizni amalga oshirishda hisobga olinadi:

👍 Bola yoki oila a’zolari kasal bo‘lsa;

👍 Oila karantin holatida bo‘lsa;

👍 Ota-onalaridan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘shagan davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytiriladi.

So‘ng, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

📌 Bolangizning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirmagan bo‘lishingiz ham mumkin.

Bunda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

📌 Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan bolaning bog‘chaga qatnashi butunlay to‘xtatilishi ham mumkin.

Bunda to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun ya’ni bola amalda bog‘chaga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7910🔥8🤝1
Qanday qilib kamroq foizli ipoteka kreditlari olish mumkinligini bilasizmi?

Keling, bugun shu mavzuni o’rganib chiqamiz)

Ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar ularning resurs manbaasidan kelib chiqib, bir-biridan farq qiladi.

👍 Masalan?

Banklar o‘z mablag‘lari hisobidan turli xil shartlarda ipoteka kreditlarini taklif qiladi. Bundan ipoteka krediti 21 foizdan 28 foizgacha ajratilishi mumkin.

Yangi tartib doirasidagi ipoteka kreditlari esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Shu sababdan ularning foiz stavkalari 17-18 foiz bo‘ladi.

Lekin bunda bir qancha cheklovlar mavjud. Ushbu turdagi ipoteka kreditlari Toshkent shahrida faqat 416,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda esa 327 mln 250 ming so‘mgacha ajratiladi.

👍 Qimmatroq uy sotib olayotgan bo‘lsamchi?

Toshkentda siz sotib olmoqchi bo‘lgan uyning narxi dastlabki badal chegirilgandan keyin ham 416,5 mln so‘mda qimmatroq bo‘lsa, foizi yuqoriroq bo‘lsa ham boshqa tijoriy ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍88🔥35👎15🤔74
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz uchun aliment ololmayotgan bo‘lsangiz uni davlat jamg‘armasi to‘lab berishi mumkin.

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👎1211🔥8🤝7
Esingizda bo‘lsa, avvalroq inflyatsiya nima ekaniga to‘xtalgan edik.

👍 Keling, bugun shaxsiy inflyatsiyani ko‘rib chiqamiz. Bu ikkisi boshqa-boshqami?

O‘zbekistonda Statistika agentligi tomonidan hisoblangan inflyatsiya ko‘rsatkichi har bir aholining shaxsiy (o‘zi sezadigan) inflyatsiya darajasidan farq qilishi mumkin.

Shaxsiy inflyatsiya har bir odamning turmush tarziga, nimalarga ko‘proq pul sarflashiga qarab har xil bo‘ladi.

Masalan, Nuriddin aka daromadining asosiy qismini uy-joy ijarasiga sarflaydi va u yashayotgan hududda ijara narxlari oshsa, bunday holda uning shaxsiy inflyatsiyasi umumiy inflyatsiyadan yuqoriroq bo‘ladi.

Nazira xola esa nafaqaga chiqqan va daromadining katta qismini sog‘liqni saqlash uchun sarflaydi. Agar sog‘liqni saqlash xarajatlari qimmatlashsa, uning shaxsiy inflyatsiyasi yoshroq va sog‘lomroq bo‘lgan odamnikiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi.

Shaxsiy inflyatsiya oilalarda ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun, yosh oila bolalar oziq-ovqati va o‘yinchoqlar uchun ko‘proq pul sarflaydi. Farzandlari voyaga yetgan oilaning asosiy xarajatlari esa ta’limga qaratilgan.

Agar mamlakatda bolalar oziq-ovqati narxlari keskin oshib ketsa, bu yosh oilaning shaxsiy inflyatsiyasi yuqoriroq bo‘lishini anglatadi. Ta’lim xarajatlari oshsa, ikkinchi oilaning shaxsiy inflyatsiyasi balandroq bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatdagi tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi har bir kishiga yoki oilaga ular tomonidan doimiy ravishda iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlardan kelib chiqqan holda alohida ta’sir ko‘rsatadi.

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍918🔥8🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi biri foydaliroq: so‘mdagi omonatlar yoki dollardagi?

Keling, bugun shu mavzuni misollar orqali o‘rganib chiqamiz)

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥118👎6🤝3
Markaziy bank va tijorat bankining o’rtasida ham farq borligini bilarmidingiz?

Keling, bugun shu mavzuni o’rganib chiqamiz)

👍 Markaziy bank — mamlakatdagi narx darajasi, banki hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan muassasadir.

👍 Tijorat banklari esa oddiy odamlar va kompaniyalarga bir qator moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan muassasadir.

Ular asosan bir inson yoki kompaniyadan omonat qabul qilib, boshqasiga kredit berish bilan shug‘ullanadi. O‘rtada bank o‘z foydasini ham chiqarib oladi.

Markaziy bank esa hech qanday omonat qabul qilish yoki kredit ajratish bilan shug‘ullanmaydi. Ya’ni siz Markaziy bankka borib menga kredit berolasizmi deb murojaat qilsangiz, ana tijorat banklariga bor deb sizni jo‘natib yuboradi.

👍 Bundan tashqari, Markaziy bankni bosh Bankir deb atash ham mumkin. Chunki u hukumat va tijorat banklari orasida bankir vazifasini ham bajaradi.

Qanday?

Tushunish uchun bitta misolni ko‘rib chiqamiz. Yaqinda hukumat kartadan kartaga pul o‘tkazamalarini soliq organlari orqali kuzatib turmoqchi bo‘lgandi. Markaziy bank esa bunga qat’iy qarshilik qilgan va bu bekor bo‘ldi.

Hukumat banklar uchun noqulay bo‘lgan, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi qaror chiqarmoqchi bo‘lganda, hamma banklar birdaniga hukumatga e’tiroz bildirib tashlamaydi. Bunda tartibsizlik yuzaga kelishi mumkin.

Uning o‘rniga Markaziy bankka murojaat qiladi yoki yig‘ilish o‘tkazadi va Markaziy bank tijorat banklarini eshitib, hukumatga ularning pozitsiyasini bildiradi. Tizim shu tariqa ishlaydi.

Ya’ni…

Sodda qilib tushuntirilsa, Markaziy bank — tijorat banklarining onasi. Lekin bu ona bolalarining ishiga faqat qoidalar yaratish va ularni ijrosini kuzatish bilangina aralashadi.

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12111🔥7👎1
100 mln so‘mgacha mikroqarzlar

Sizga katta miqdordagi, maqsadsiz olish mumkin bo‘lgan kredit kerakmi? Unda bu ro‘yxat siz uchun!

O‘zbekiston banklarida 100 mln so’mgacha ajratilayotgan mikroqarzlar:

🏦 Agrobank

Foiz stavkasi — 32–34 foizgacha;
Muddati — 2–4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug’urta/kafil/garov;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 Aloqa bank

Foiz stavkasi — 28 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — mol-mulk garovi;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 Anorbank

Foiz stavkasi — 34-52 foizgacha;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov;
Rasmiylashtirish usuli – onlayn;
Batafsil

🏦 Asia Alliance bank

Foiz stavkasi — 27,99-33 foizgacha;
Muddati — 1-5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi yoki garov;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 Biznesni rivojlantirish banki

Foiz stavkasi — 26-29 foizgacha;
Muddati — 1-4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — mol-mulk garovi;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 Hamkorbank

Foiz stavkasi — 27,99–32 foizgacha;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 InfinBank

Foiz stavkasi — 26,99–32,99 foizgacha;
Muddati — 9 oydan 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — mulk garovi;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦Ipak yo‘li bank

Foiz stavkasi — 29,9 foiz;
Muddati — 5 yil;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 Trastbank

Foiz stavkasi — 28–30 foizgacha;
Muddati — 1–5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — mulk garovi;
Rasmiylashtirish usuli – bankda;
Batafsil

🏦 O’zsanoatqurilishbank

Foiz stavkasi — 29–32 foizgacha;
Muddati — 1–4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafil/mulk garovi;
Rasmiylashtirish usuli – onlayn;
Batafsil

🏦Xalq banki

Foiz stavkasi — 25–30 foizgacha;
Muddati — 1–4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Rasmiylashtirish usuli – onlayn;
Batafsil

Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida videomizdan ma’lumot oling!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129👎3617🤝8🔥5
Har doim kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun komissiyasi yo‘q ilova qidirasiz-u, lekin shoshilinchda qidirishga vaqt topolmaysizmi?

Unday bo’lsa, bugun biz qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘lishi, bunda limit qancha ekanligi haqida ma’lumotlar beramiz.

Hozirda pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng katta limit taqdim etayotgan Top 3 ilovalar quyidagicha:

🏦 Agrobank

— Humo kartalari o‘rtasida – 20 mln so‘mgacha foizsiz;

— Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida – 10 mln so‘mgacha foizsiz;

— Agrobank Humo kartalariga limitsiz.

🏦 Smartbank

Bu bank ilovasi 100 mln so‘mgacha pulni foizsiz o‘tkazishga imkon beradi.

💰 Humans

Ushbu ilovada 50 mln so‘mgacha pul o‘tkazmalari foizsiz.

👍 Keyingi o‘rinlarni esa quyidagi mobil ilovalar egallagan(oylik limit):

● “AVO Bank”ning Avo ilovasi orqali — 3 mln so‘mgacha;

● Alif ilovasi — 1 mln so‘mgacha;

● “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;

● “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● Paynet ilovasi — 3 mln so‘mgacha.

● SelloPay ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;

● “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni ham unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32223🤝11👎7🤔4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi paytlarda treyding haqida gap so‘zlar tez-tez quloqqa chalinyapti.

Bu o‘zi nima ekanligi haqida bugungi videomizda qisqacha ma’lumot beramiz)

👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni ham unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8212🔥11👎5