Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda sizga “bola puli” berilmasligidan xabardormisiz?

Bugungi videomizda aynan shu haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍18121👎20🔥9🤝4🤔2
Kundalik hayotda ko‘pchiligimiz kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun komissiyasi yo‘q ilovalarga ehtiyoj sezamiz. Lekin qo‘limizda tayyor ro‘yxat bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bugun biz siz uchun qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘lishi, bunda limit qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladik.

Bugungi kunda pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng katta limit taqdim etayotgan bank “Agrobank” hisoblanadi:

🏦 Agrobank

— Humo kartalari o‘rtasida – 20 mln so‘mgacha foizsiz;

— Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida – 10 mln so‘mgacha foizsiz;

— Agrobank Humo kartalariga limitsiz.

👍 Keyingi o‘rinlarni esa quyidagi mobil ilovalar egallagan(oylik limit):

● Ziraat bank ilovasida kunlik limit — 10 mln so‘mgacha;

● “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;

● Humans ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;

● “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● Paynet ilovasi — 3 mln so‘mgacha.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍594🔥2621👎11🤝8🤔5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitkoin rekord darajada qimmatlaganidan keyin kriptovalyutalarga qiziqish yana oshib ketdi.

Xo‘sh ular o‘zi nima, oddiy pullardan qanday farq qiladi va qanchalik xavfsiz?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍94👎1310🔥6🤔5
Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi?

Aloqa-botimizga kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida savollar kelib tushadi.

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuga to‘xtalamiz:

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi 3 toifa jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinar ekan:

👍 pensionerlar;
👍 1-2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👍 o‘n va undan ortiq bolasi bor oilalar.

Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan, ular 60 kvadrat metr doirasidagi mol-mulki uchun soliqdan ozod qilingan.

Agar shaxsning bir-nechta mulki bo‘lsa, imtiyoz o‘zining tanloviga asosan faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulkiga tadbiq etiladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun nima qilish kerak?

● Pensionerlar ushbu huquqlaridan pensiya guvohnomasi,

● 1-2 guruh nogironlari esa nogironlik guvohnomasini,

● o‘n va undan ortiq farzandi bor oilalar esa mahalladan bolalari borligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomani o‘zi yashab kelayotgan hududdagi soliq organiga shaxsan taqdim etish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23016🔥7👎5🤔5🤝4
Xabaringiz bor, endilikda 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi.

Lekin aynan kimlar bu imkoniyatdan foydalana olinishini bilasizmi?

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Bu miqdordagi kreditni garovsiz olish uchun:
 
👍 kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari;

👍 oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi kerak.

Shuningdek, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.  

Dastur doirasida, qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish ham ko‘zda tutilgan.  

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍140🔥19👎13🤔118
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani qanday qilib onlayn olish mumkinligini bilasizmi?

Keling, bugun shu masalani ko‘rib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍68👎19🔥98🤝7🤔5
100 mln so‘mgacha mikroqarzlar

Xabaringiz bor, endilikda banklardan 100 mln so‘mgacha mikroqarzlar olish mumkin.

Biz hozirgi kunda aynan qaysi banklardan ushbu mikroqarzlarni rasmiylashtirish mumkinligi haqida gaplashamiz)

🏦 Anorbank

Foiz stavkasi — 34-52 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — rasmiy ish daromadiga ega bo‘lish;
Batafsil

🏦 Garantbank

Foiz stavkasi — 32 foiz;
Muddati — 2 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — pul mablag‘lari, avtotransport yoki ko‘chmas mulklar garovi asosida;
Batafsil

🏦 Hamkorbank

Foiz stavkasi — 27,9-32 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik yoki garov asosida;
Batafsil

🏦 Infinbank

Foiz stavkasi — 26,9-32,9 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov asosida;
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li banki

Foiz stavkasi — 29,9-31,9 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, transport vositalari, pul mablag‘lari, zargarlik buyumlari garovi asosida;
Batafsil

🏦 Kapitalbank

Foiz stavkasi — 33 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sotib olingan avtotransport garovi va pul depoziti;
Batafsil

🏦 TBC bank

Foiz stavkasi — 28-49 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik va daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi;
Batafsil

🏦 Universalbank

Foiz stavkasi — 36 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik, sug‘urta polisi yoki ko‘chmas mulk garovi asosida;
Batafsil

🏦 Xalq banki

Foiz stavkasi — 25-32 foiz;
Muddati — 4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi;
Batafsil

🏦 O’zsanoatqurilishbank

Foiz stavkasi — 29-33 foiz;
Muddati — 4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov asosida;
Batafsil

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍291👎11918🔥15🤝10🤔5
Bugungi kunda onlayn firibgarlardan qanday qilib himoyalanishni bilish eng muhim ko‘nikmalardan biridir.

Keling, bugun buni qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz.

👍 Sizga noma’lum raqamdan yaqinlaringizga yordam berishingizni so‘rab qo‘ng‘iroq qilishdi yoki xabar yuborishdi.

Avvalo, sarosimaga tushmang, noma’lum shaxsning ko‘rsatmalarini bajarishga shoshilmang. Qo‘ng‘iroq qiluvchini firibgardan ajratishga yordam beradigan shaxsiy savollarni bering.

Turli bahonalar orqali suhbatdoshingiz bilan aloqani uzishga harakat qiling. Zudlik bilan yaqin qarindoshingizga qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvolini surishtiring.

👍 Mavhum raqamdan go‘yoki “bank”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi yoki sms yuborildi.

Ko‘rsatmalarga rioya qilishga va so‘rovga javob berishga shoshilmang.

Noma’lum shaxslarga, hatto ular o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirsa ham shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmang.

Bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib holatga aniqlik kiriting. Darhol huquq- tartibot idoralariga murojaat qiling.

👍 Noma’lum raqamdan havola keldi

Biriktirilgan fayllarni ochmang, havola ustiga bosmang, shubhali xabarlarni o‘chirib tashlang.

Qo‘l telefonlari uchun ishlab chiqarilgan rasmiy antivirus dasturlaridan foydalaning. “Stop kontent” xizmatini yoqish orqali istalmagan xabar, qo‘ng‘iroqlardan himoyalaning.

👍 Onlayn sotuvchidan shubhalandingiz.

Hushyorlikni yo‘qotmang, shoshilinch qaror qabul qilmang va birinchi shubhada xaridni rad eting.

Onlayn sotuvchi bilan real hayot va jamoat joyida uchrashish kerak. Chunki bu eng xavfsiz kafolatlangan yo‘l.

Mahsulotni qo‘lga kiritgandan keyingina sotuvchiga pulni bering. Begona sotuvchilarga oldindan to‘lovni amalga oshirmang.

Yuqoridagi kabi vaziyatlardan qanday chiqib ketgansiz? @pulligap_bot — biz bilan o‘rtoqlashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🤝3010👎2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
STIR va JSHSHIR'ni onlayn olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

Bugun biz shu haqda video-qo‘llanmamizni taqdim etamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍92👎1410🔥7🤔1
Talabalar uchun soliq imtiyozlari mavjudligidan xabaringiz bor bo‘lsa kerak?

Keling, bugun ularni to‘liq o‘rganib chiqamiz)

Kimlar 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?

Ish haqi va boshqa daromadlaridan o‘zi, farzandi yoki 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining oliy o‘quv yurtida ta’lim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lgan fuqarolar.

Biroq yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning – aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, mazkur imtiyoz professional ta’lim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etilgan.

Imtiyoz professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:

👍 jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
👍 tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👍 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.

Bu imtiyoz necha pul bo‘ladi?

Bitta talaba uchun kontrakt summasi to‘langanda, qancha pul miqdoridagi imtiyozga ega bo‘lishimizni hisoblaymiz:

Masalan, 2023-2024 o‘quv yili uchun tibbiyot sohasida o‘qiyotgan talabaning kontrakt summasi – 9 129 930 so‘mni (bakalavriat kunduzgi, stipendiyasiz). Ushbu imtiyozdan foydalangan holda bir yilda 1 095 591 so‘mni tejab qolish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Biz ushbu daromad solig‘ini qanday qaytarib olish mumkinligi haqida video-qo‘llanma tayyorlaymiz.

Siz esa postimizga like bosing va uni yaqinlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43044🔥15👎8🤔5🤝1
Boshlang‘ich to‘lovsiz ham avtomobil olishingiz mumkinligini bilasizmi?

Biz siz uchun Oʻzbekiston banklarida ajratilayotgan aynan shunday avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik.

📲Bizda ma'lumotlar yangilandi.

Kelib tushayotgan xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklardan 2 tasi boshlang‘ich to‘lovsiz avtokreditlar ajratayotgan ekan.

🏦 Ipak yo‘li bank:

Boshlang‘ich to‘lov — 0;
Fozi stavkasi — 29,99 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 600 mln so‘mgacha;
Garov — avtomobil, ko‘chmas mulk yoki sug‘urta polisi
Batafsil

🏦 Saderat bank:

Boshlang‘ich to‘lov — 0;
Fozi stavkasi — 28 foiz;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 170 mln so‘mgacha;
Kredit ta’minoti — xarid qilingan avtomobil
Batafsil

Avtokreditlar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍400🔥33👎3228🤔8🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kreditingiz bo‘la turib, yana qo‘shimcha kredit olishingiz kerakmi?

Buning imkoni bor — faqat talablarga javob bersangiz bo‘lgani!)

Qanday talablar deysizmi? Bugungi videomiz aynan shu haqda.

Video foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va uni yaqinlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍24626🤝15👎9🔥3
O‘tgan gal onlayn firibgarlik va ulardan qanday himoyalanish mumkinligi haqida gaplashgan edik.

Keling, bugun hozirgi kunda firibgarlar tomonidan suhbat boshlash uchun eng ko‘p ishlatiladigan iboralarni o‘rganib chiqamiz.

Bu orqali siz firibgarlarni suhbat boshidanoq aniqlab, ehtiyot choralarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Demak, boshladik:

1. Siz kredit olish uchun ariza berdingiz.

2. Siz kartangiz ulangan telefon raqamingizni almashtirish uchun ariza topshirdingiz.

3. Siz qimmatbaho sovrinni qo‘lga kiritdingiz.

4. Firibgarlar kartangizdan pul yechib olishga harakat qildi.

5. Biz bonus ballarini so‘mga almashtirish bo‘yichа aksiya o‘tkazmoqdamiz.

6. Qarindoshingiz muammoga duch keldi. Shu sababli, Click orqali pul o‘tkazishingizni so‘ramoqda.

7. Biz ma’lumotlari internetga chiqib ketgan bank kartalarni aniqlash ishlarini o‘tkazmoqdamiz.

8. Biz pulingizni xohlaganingizchа yechib olishingiz mumkin bo‘lgan hisob raqamga o‘tkazib beramiz.

9. Biz sizning omonatingizni yanada qulayroq foiz stavkasida qayta rasmiylashtiramiz.

10. Sizni Markaziy bankdan ( Click, Payme, Uzcard, Humo, Xavfsizlik xizmati, Prokuratura, Militsiya) bezovta qilyapmiz.

Siz ham yuqoridagi kabi sms va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilganmisiz? @pulligap_bot — biz bilan o‘rtoqlashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍110🔥12👎65
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bankdan kredit olayotib uni qaysi usulda so‘ndirish haqida hech bosh qotirganmisiz?

Xo‘sh, annuitet yoki differensial — qay biri foydaliroq?

Bugungi videomizda shu mavzuni tahlil qilamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍193👎26🤝1312🔥12
Aloqa botimizga kimlarga ijara haqini to‘lash uchun yordam berilishi haqida so‘rovlar kelib tushdi va biz bu mavzuni o’rganib chiqdik)

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga shu ko‘rinishdagi imtiyoz ajratilishi mumkin.

Bunday imtiyozlar uy va tadbirkorlik bilan shug‘ullanilayotgan binoning ijara haqini to‘lashda qo‘llanadi.

Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

👍 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan yosh fuqarolar biznesini noturar binoda yuritayotgan bo‘lishi kerak.

Shunda bir yilda 12 oygacha bo‘lgan ijara xarajatlarini 30 foizi (BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi – 8 500 000 so‘mgacha) to‘lab beriladi.

👍 Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga yashayotgan xonadonining ijara to‘lovi uchun subsidiya ajratiladi.

Bu kompensatsiya 12 oygacha har oyda BHMning 3 baravaridan (1 020 000 so‘m) oshmagan miqdorda beriladi.

Bunda bir qator talablar bor:

● er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi;

● mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;

● ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;

● har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi kerak.

Imtiyozdan foydalanish uchun vasiylik kengashiga turar joy ijara shartnomasi nusxasi bilan ariza berish kerak bo’ladi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🔥76🤝6👎5🤔2
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega 200 so‘mlik, 100 so‘mlik hatto 500 so‘mlik pullardan foydalanmay qo‘ydik?

Keling, bugun shu mavzuda bosh qotiramiz)

Mamlakatda inflyatsiya oshib ketsa, pul qadrsizlanishi sodir bo‘ladi. Shunday vaqtlarda, mayda pullarning xarid qobiliyati sezilarli darajada pasayadi.

Hukumat bu past qiymatli valyutalarni ishlab chiqarish va saqlash xarajatlarini kamaytirish uchun ularni bosqichma-bosqich muomaladan chiqaradi.

Shuningdek, mayda pullar kundalik hayotda tez-tez ishlatiladi. Bunday pullardan ko‘p foydalanish ularni eskirishiga sabab bo‘ladi va doimiy muomalaga yaroqsiz holga keltiradi.

Bundan tashqari, hamma mamlakatlarda mayda pullarni muomaladan chiqarishning o‘ziga xos boshqa sabablari ham mavjud bo‘ladi, chunki markaziy banklar naqd pulni boshqarish bo‘yicha turli xil siyosatga ega.

Shunday bo‘lsa ham, mayda pullar kamayishining asosiy sababi – o‘sha pul birligi miqdoridagi qiymatga tovar yoki xizmat sotib olish imkoni keskin qisqarishi.

Bunga misol qilib, O‘zbekistonda 2022-yil davomida 1 000 so‘mlik qog‘oz pul shaklida muomalaga chiqarilmagani keltirsa bo‘ladi — hozir odamlar orasida 1 000 so‘mga avvalgidek talab yo‘q, deyarli hech narsa sotib ololmaysiz.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍209👎39🤔20🔥16🤝84
Banklardan sizga kredit berishda qarz yuki ko‘rsatkichingizni ham hisobga olishidan xabaringiz bormi?

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Qarz yuki nima?

Qarz yuki ko‘rsatkichi deganda qarz oluvchi krediti uchun to‘layotgan o‘rtacha oylik to‘lovining o‘rtacha oylik daromadiga bo‘lgan nisbati tushuniladi.

Masalan, sizning oylik daromadingiz 3,5 mln so‘m deb olaylik. Siz kreditingiz uchun oyiga 1,4 mln so‘m to‘lov qilasiz. Demak, sizning qarz yuki ko‘rsatkichingiz 40 foizni tashkil qiladi.

Uni hisoblash nega kerak?

Qarz yukini hisoblash banklarga risklarni baholashga yordam beradi.

Qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi qanchalik katta bo‘lsa, uning qarzni to‘lay olmaslik ehtimoli ham shuncha katta bo‘ladi.

Ko‘p hollarda qarz yuki ko‘rsatkichi ipoteka kreditlari bo‘yicha 70 foizdan, mikroqarzlar, avtokreditlar va boshqa kreditlar turlari bo‘yicha 50 foizdan oshmasligi zarur.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍129🔥20🤝96🤔4👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib uydan chiqmasdan, onlayn tarzda elektron raqamli imzo olish haqida o‘ylayabsizmi?

Biz sizga video-qo‘llanmamiz bilan yordam beramiz.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8812🔥10👎7🤔3🤝1
O‘zi qanday holatlarda mikroqarz olish sizning moliyaviy holatingizga zarar keltirishini bilasizmi?

Keling, bugun shunday holatlarni ko‘rib chiqamiz.

👍 Avvalgi kreditlarni yopish uchun mikroqarz

Ba’zida olingan kreditni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Bunday vaziyatdan esa yana yangi mikroqarz olish orqali chiqib ketish oson yo‘ldek ko‘rinadi.

Aslida, bu noto‘g‘ri qaror – faqatgina qarz yukining oshishiga olib keladi. Sizning holatingiz esa yaxshilanmay, bir kreditingiz ikkita bo‘ladi. Tabiiy-ki, ularning har biri, har qanday holatda ham bankka qaytarilishi kerak.

👍 Boshqalar uchun mikroqarz

Ba’zida qarindoshlar yoki do‘stlaringiz kredit olib berishingizni so‘rashadi, chunki negadir bank ularga kredit ajratishni rad etadi. Bu juda noqulay holat, lekin har kim bunday vaziyatda nima qilish kerakligini o‘zi hal qilishi kerak.

O‘z nomingizga kredit olib, uni boshqa odamga berib yuborsangiz, oxir-oqibat qarzni o‘zingiz qaytarishga majbur bo‘lishingiz mumkin.

👍 Kredit tizimi qanday ishlashi haqida bilmasdan kredit olish

Kredit pulni ma’lum vaqt davomida foizlar bilan bankka qaytarish kerakligini nazarda tutadi. Ammo foizlar qanday hisoblanishini, to‘lovlarni qachon amalga oshirishni va kredit bo‘yicha qanday ortiqcha to‘lovlar vujudga kelishini hamma ham tushunmaydi.

Mikroqarz uchun bankka murojaat qilishdan oldin, hisoblangan foizlar asosida har oy kredit uchun qancha to‘lashingiz kerakligini tushunishingiz kerak.

Kreditni o‘z vaqtida to‘liq to‘lash muhimligini hamma ham anglamaydi. Kredit bu, birinchi navbatda, mas’uliyatdir.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🔥12🤝54🤔3👎2
Ancha vaqtdan beri omonat ochish haqida o‘ylab, qaysi bankni tanlashni bilmayabsizmi? Endi bu muammo emas)

Bugungi ro‘yxatimiz yordamida uyingizdan chiqmasdan, o‘zingizga eng ma’qul bankdan omonat oching!

🏦 Agrobank

Foizi — 23 foiz;
Muddati — 13 oy;
Minimal summa — 500 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q;
Batafsil

🏦 Anorbank

Foizi — 25 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 1 mln so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — 12 oygacha mumkin;
Batafsil

🏦 Asakabank

Foizi — 24 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud;
Batafsil

🏦 Davr bank

Foizi — 27,09 foiz;
Muddati — 24 oy;
Eng kam miqdor — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — 6 oygacha mumkin;
Batafsil

🏦 Hamkorbank

Foizi — 24 foiz;
Muddati — 18 oy;
Minimal summa — 500 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud;
Batafsil

🏦 Kapitalbank

Foizi — 26 foiz;
Muddati — 25 oy;
Minimal summa — 1 mln so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q;
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank

Foizi — 25 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud;
Batafsil

🏦 TBC Bank

Foizi — 27 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 100 ming so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q;
Batafsil

🏦Ziraat Bank

Foizi — 26 foiz;
Muddati — 24 oy;
Minimal summa — 3 mln so‘m;
To‘ldirib borish imkoniyati — 6 oygacha mumkin;
Batafsil

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍234👎2421🔥13🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va’damizga ko‘ra, to‘langan kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha video-qo‘llanmamiz tayyor!

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍134🔥17👎1211🤝3🤔1