Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi sonimizda iqtisodchi Otabek Bakirovdan loyihamizga kelib tushayotgan omonatlar bo'yicha savollarga javob oldik.

● Bankka omonat qo‘yishdagi risklar

● Qaysi biri foydaliroq: dollardagi omonatlarmi yoki so‘mdagi?

● Omonat qo‘yish uchun bank tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Shu va shu kabi savollaringizga mutaxassis bilan intervyumiz orqali javob oling!

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/UL7jQGDPZq0

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8915👎6🔥5🤔4
Avvalgi postlarimizda “ishsizlik nafaqasi” haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan edik.

Bugun esa va’damizga binoan uni qanday qilib online olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Birinchi navbatda “my.gov.uz” saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tib olish zarur.

Shundan so‘ng, undan “sohalar” bo‘limining eng pastida joylashgan “sinov tartibidagi xizmatlar” qismiga kiring.

Keyin esa birinchi chiqqan “Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” bo‘limiga kiring va barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Tanishib chiqqach, oxiriga tushing va “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing, talab e’tilgan barcha ma’lumotlarni to‘ldiring va yuboring.

Shunda alohida arizangiz qabul qilinganligi haqida oyna ochiladi. Bu yerda ham yuborish tugmachasini bosasiz.

Va nihoyat, arizangiz 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va sizga javobi keladi.

Bu ma’lumotlarimiz siz uchun foydali bo‘ldimi?

Agar “ha” bo‘lsa, ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍70163👎17🔥15🤔10🤝8
“Ishsizlik nafaqasi”ni olish bo‘yicha video-qo‘llanma tayyorlaylikmi?
Anonymous Poll
85%
Ha, albatta
6%
Yo‘q, shart emas
8%
Menga farqi yo‘q
🤝181👍114🔥128🤔8👎6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z-o‘zini band qilganlar: qanday qilib ularning safiga qo‘shilish mumkin?

Bugungi video-qo‘llanmamiz aynan shu haqida!

*BHM 2023-yil 1-dekabrdan boshlab 340 ming so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ushbu postimizni ko‘rib chiqing.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8516🔥10👎4🤔3
Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinligidan xabardormidingiz?

Keling, bugun sizlar bilan aynan shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Ha, albatta, ushbu mablag‘lardan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin. Daromad solig‘i imtiyozi faqat yosh oila uchun va subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)dan imtiyozlar:

👍 Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

👍 Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.

*Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 050 000 x 80 = 84 mln soʻm.

Uni masofadan olish ham mumkinmi?

Albatta, soliq organlariga tashrif buyurmasdan, “my3.soliq.uz” orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17911🔥10👎7🤔4🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uydan chiqmasdan turib barcha kommunal to‘lovlarni amalga oshirish mumkinligidan xabardormisiz?

Bu uchun sizdan mobil telefon va internet talab qilinadi, xolos)

Demak, bugungi videomiz shu haqida. Bizni kuzatishda davom eting^

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍80👎1810🤝5🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilganimizdek, ishsizlik nafaqasini qanday olish bo‘yicha video-qo‘llanmamiz tayyor bo‘ldi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍189🔥22👎1410🤔9🤝1
Xuddi uy-joy sotib olish uchun ajratilganidek, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ham ipoteka kreditlari ajratilishidan xabardormisiz?

Biz bugun sizlar uchun shu turdagi ipoteka kreditlarini ajratayotgan banklar ro’yxatini tuzdik!

🏦 Aloqabank

Muddati – 20 yilgacha;
Foiz stavkasi – 17,5 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov – 15 foizdan;
Miqdori – 416,5 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦Hamkorbank

Muddati — 10 yilgacha;
Foiz stavkasi — 16,5 foiz;
Miqdori — 80 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Infinbank

Muddati – 6 yilgacha;
Foiz stavkasi – 29,99 foiz;
Miqdori – 170 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Milliy bank

Muddati – 10 yilgacha;
Foiz stavkasi – 16,5 foiz;
Miqdori — 80 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Xalq Banki

Muddati – 20 yilgacha;
Foiz stavkasi – 17 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov – 15 foizdan;
Miqdori – 416,5 mln so‘mgacha;
Batafsil

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va uni do'stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍619🔥25🤔2216👎16🤝8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda sizga “bola puli” berilmasligidan xabardormisiz?

Bugungi videomizda aynan shu haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍18121👎20🔥9🤝4🤔2
Kundalik hayotda ko‘pchiligimiz kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun komissiyasi yo‘q ilovalarga ehtiyoj sezamiz. Lekin qo‘limizda tayyor ro‘yxat bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bugun biz siz uchun qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘lishi, bunda limit qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladik.

Bugungi kunda pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng katta limit taqdim etayotgan bank “Agrobank” hisoblanadi:

🏦 Agrobank

— Humo kartalari o‘rtasida – 20 mln so‘mgacha foizsiz;

— Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida – 10 mln so‘mgacha foizsiz;

— Agrobank Humo kartalariga limitsiz.

👍 Keyingi o‘rinlarni esa quyidagi mobil ilovalar egallagan(oylik limit):

● Ziraat bank ilovasida kunlik limit — 10 mln so‘mgacha;

● “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;

● Humans ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;

● “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● Paynet ilovasi — 3 mln so‘mgacha.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍594🔥2621👎11🤝8🤔5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitkoin rekord darajada qimmatlaganidan keyin kriptovalyutalarga qiziqish yana oshib ketdi.

Xo‘sh ular o‘zi nima, oddiy pullardan qanday farq qiladi va qanchalik xavfsiz?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍94👎1310🔥6🤔5
Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi?

Aloqa-botimizga kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida savollar kelib tushadi.

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuga to‘xtalamiz:

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi 3 toifa jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinar ekan:

👍 pensionerlar;
👍 1-2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👍 o‘n va undan ortiq bolasi bor oilalar.

Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan, ular 60 kvadrat metr doirasidagi mol-mulki uchun soliqdan ozod qilingan.

Agar shaxsning bir-nechta mulki bo‘lsa, imtiyoz o‘zining tanloviga asosan faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulkiga tadbiq etiladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun nima qilish kerak?

● Pensionerlar ushbu huquqlaridan pensiya guvohnomasi,

● 1-2 guruh nogironlari esa nogironlik guvohnomasini,

● o‘n va undan ortiq farzandi bor oilalar esa mahalladan bolalari borligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomani o‘zi yashab kelayotgan hududdagi soliq organiga shaxsan taqdim etish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23016🔥7👎5🤔5🤝4
Xabaringiz bor, endilikda 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi.

Lekin aynan kimlar bu imkoniyatdan foydalana olinishini bilasizmi?

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Bu miqdordagi kreditni garovsiz olish uchun:
 
👍 kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari;

👍 oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi kerak.

Shuningdek, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.  

Dastur doirasida, qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish ham ko‘zda tutilgan.  

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍140🔥19👎13🤔118
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani qanday qilib onlayn olish mumkinligini bilasizmi?

Keling, bugun shu masalani ko‘rib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍68👎19🔥98🤝7🤔5
100 mln so‘mgacha mikroqarzlar

Xabaringiz bor, endilikda banklardan 100 mln so‘mgacha mikroqarzlar olish mumkin.

Biz hozirgi kunda aynan qaysi banklardan ushbu mikroqarzlarni rasmiylashtirish mumkinligi haqida gaplashamiz)

🏦 Anorbank

Foiz stavkasi — 34-52 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — rasmiy ish daromadiga ega bo‘lish;
Batafsil

🏦 Garantbank

Foiz stavkasi — 32 foiz;
Muddati — 2 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — pul mablag‘lari, avtotransport yoki ko‘chmas mulklar garovi asosida;
Batafsil

🏦 Hamkorbank

Foiz stavkasi — 27,9-32 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik yoki garov asosida;
Batafsil

🏦 Infinbank

Foiz stavkasi — 26,9-32,9 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov asosida;
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li banki

Foiz stavkasi — 29,9-31,9 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, transport vositalari, pul mablag‘lari, zargarlik buyumlari garovi asosida;
Batafsil

🏦 Kapitalbank

Foiz stavkasi — 33 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sotib olingan avtotransport garovi va pul depoziti;
Batafsil

🏦 TBC bank

Foiz stavkasi — 28-49 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik va daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi;
Batafsil

🏦 Universalbank

Foiz stavkasi — 36 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik, sug‘urta polisi yoki ko‘chmas mulk garovi asosida;
Batafsil

🏦 Xalq banki

Foiz stavkasi — 25-32 foiz;
Muddati — 4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi;
Batafsil

🏦 O’zsanoatqurilishbank

Foiz stavkasi — 29-33 foiz;
Muddati — 4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov asosida;
Batafsil

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍291👎11918🔥15🤝10🤔5
Bugungi kunda onlayn firibgarlardan qanday qilib himoyalanishni bilish eng muhim ko‘nikmalardan biridir.

Keling, bugun buni qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz.

👍 Sizga noma’lum raqamdan yaqinlaringizga yordam berishingizni so‘rab qo‘ng‘iroq qilishdi yoki xabar yuborishdi.

Avvalo, sarosimaga tushmang, noma’lum shaxsning ko‘rsatmalarini bajarishga shoshilmang. Qo‘ng‘iroq qiluvchini firibgardan ajratishga yordam beradigan shaxsiy savollarni bering.

Turli bahonalar orqali suhbatdoshingiz bilan aloqani uzishga harakat qiling. Zudlik bilan yaqin qarindoshingizga qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvolini surishtiring.

👍 Mavhum raqamdan go‘yoki “bank”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi yoki sms yuborildi.

Ko‘rsatmalarga rioya qilishga va so‘rovga javob berishga shoshilmang.

Noma’lum shaxslarga, hatto ular o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirsa ham shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmang.

Bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib holatga aniqlik kiriting. Darhol huquq- tartibot idoralariga murojaat qiling.

👍 Noma’lum raqamdan havola keldi

Biriktirilgan fayllarni ochmang, havola ustiga bosmang, shubhali xabarlarni o‘chirib tashlang.

Qo‘l telefonlari uchun ishlab chiqarilgan rasmiy antivirus dasturlaridan foydalaning. “Stop kontent” xizmatini yoqish orqali istalmagan xabar, qo‘ng‘iroqlardan himoyalaning.

👍 Onlayn sotuvchidan shubhalandingiz.

Hushyorlikni yo‘qotmang, shoshilinch qaror qabul qilmang va birinchi shubhada xaridni rad eting.

Onlayn sotuvchi bilan real hayot va jamoat joyida uchrashish kerak. Chunki bu eng xavfsiz kafolatlangan yo‘l.

Mahsulotni qo‘lga kiritgandan keyingina sotuvchiga pulni bering. Begona sotuvchilarga oldindan to‘lovni amalga oshirmang.

Yuqoridagi kabi vaziyatlardan qanday chiqib ketgansiz? @pulligap_bot — biz bilan o‘rtoqlashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🤝3010👎2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
STIR va JSHSHIR'ni onlayn olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

Bugun biz shu haqda video-qo‘llanmamizni taqdim etamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍92👎1410🔥7🤔1
Talabalar uchun soliq imtiyozlari mavjudligidan xabaringiz bor bo‘lsa kerak?

Keling, bugun ularni to‘liq o‘rganib chiqamiz)

Kimlar 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?

Ish haqi va boshqa daromadlaridan o‘zi, farzandi yoki 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining oliy o‘quv yurtida ta’lim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lgan fuqarolar.

Biroq yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning – aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, mazkur imtiyoz professional ta’lim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etilgan.

Imtiyoz professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:

👍 jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
👍 tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👍 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.

Bu imtiyoz necha pul bo‘ladi?

Bitta talaba uchun kontrakt summasi to‘langanda, qancha pul miqdoridagi imtiyozga ega bo‘lishimizni hisoblaymiz:

Masalan, 2023-2024 o‘quv yili uchun tibbiyot sohasida o‘qiyotgan talabaning kontrakt summasi – 9 129 930 so‘mni (bakalavriat kunduzgi, stipendiyasiz). Ushbu imtiyozdan foydalangan holda bir yilda 1 095 591 so‘mni tejab qolish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Biz ushbu daromad solig‘ini qanday qaytarib olish mumkinligi haqida video-qo‘llanma tayyorlaymiz.

Siz esa postimizga like bosing va uni yaqinlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43044🔥15👎8🤔5🤝1
Boshlang‘ich to‘lovsiz ham avtomobil olishingiz mumkinligini bilasizmi?

Biz siz uchun Oʻzbekiston banklarida ajratilayotgan aynan shunday avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik.

📲Bizda ma'lumotlar yangilandi.

Kelib tushayotgan xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklardan 2 tasi boshlang‘ich to‘lovsiz avtokreditlar ajratayotgan ekan.

🏦 Ipak yo‘li bank:

Boshlang‘ich to‘lov — 0;
Fozi stavkasi — 29,99 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 600 mln so‘mgacha;
Garov — avtomobil, ko‘chmas mulk yoki sug‘urta polisi
Batafsil

🏦 Saderat bank:

Boshlang‘ich to‘lov — 0;
Fozi stavkasi — 28 foiz;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 170 mln so‘mgacha;
Kredit ta’minoti — xarid qilingan avtomobil
Batafsil

Avtokreditlar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍400🔥33👎3228🤔8🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kreditingiz bo‘la turib, yana qo‘shimcha kredit olishingiz kerakmi?

Buning imkoni bor — faqat talablarga javob bersangiz bo‘lgani!)

Qanday talablar deysizmi? Bugungi videomiz aynan shu haqda.

Video foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va uni yaqinlaringizga ham ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍24626🤝15👎9🔥3
O‘tgan gal onlayn firibgarlik va ulardan qanday himoyalanish mumkinligi haqida gaplashgan edik.

Keling, bugun hozirgi kunda firibgarlar tomonidan suhbat boshlash uchun eng ko‘p ishlatiladigan iboralarni o‘rganib chiqamiz.

Bu orqali siz firibgarlarni suhbat boshidanoq aniqlab, ehtiyot choralarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Demak, boshladik:

1. Siz kredit olish uchun ariza berdingiz.

2. Siz kartangiz ulangan telefon raqamingizni almashtirish uchun ariza topshirdingiz.

3. Siz qimmatbaho sovrinni qo‘lga kiritdingiz.

4. Firibgarlar kartangizdan pul yechib olishga harakat qildi.

5. Biz bonus ballarini so‘mga almashtirish bo‘yichа aksiya o‘tkazmoqdamiz.

6. Qarindoshingiz muammoga duch keldi. Shu sababli, Click orqali pul o‘tkazishingizni so‘ramoqda.

7. Biz ma’lumotlari internetga chiqib ketgan bank kartalarni aniqlash ishlarini o‘tkazmoqdamiz.

8. Biz pulingizni xohlaganingizchа yechib olishingiz mumkin bo‘lgan hisob raqamga o‘tkazib beramiz.

9. Biz sizning omonatingizni yanada qulayroq foiz stavkasida qayta rasmiylashtiramiz.

10. Sizni Markaziy bankdan ( Click, Payme, Uzcard, Humo, Xavfsizlik xizmati, Prokuratura, Militsiya) bezovta qilyapmiz.

Siz ham yuqoridagi kabi sms va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilganmisiz? @pulligap_bot — biz bilan o‘rtoqlashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍110🔥12👎65