Pulli Gap
38.5K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Aloqa bot’imizga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan biri: “Qanday qilib o‘zimni band qilsam bo‘ladi, buni manga nima foydasi bor?”

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad topadigan jismoniy shaxslardir. Masalan, repetitorlar, enagalar, oshpazlar, tozalovchilar, santexniklar.

Hozirgi vaqtda 101 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash imkoniyati ham bor.

O‘zini o‘zi band qilishning qanday ijobiy tomonlari bor?

— Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati;

— Tasdiqlangan ish staji va nafaqa;

— Rasmiy daromad — bankdan kreditlar olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin bo’ladi;

— Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya;

— O’z ishiga o’zi rahbarlik qilish va qulay vaqtda ishlash va shu kabilar.

Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

👍 Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

👍 Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQ’ning “Soliq” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Jarayon 30 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilish uchun to‘lov yo‘q. Bunda cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin. Buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍155🤔98👎8🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham yomon kredit tarixi sabab banklardan boshqa kredit ololmayabsizmi?

Xo‘sh, bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Kredit tarixini yaxshilashning imkoni bormi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov aynan shu savolimizga javob berdi.

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/IjSv4lx6Y0s

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍103👎169🔥6🤔2
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun banklardan kredit ololmayapsizmi? Endi buning yechimi mavjud)

Biz siz uchun o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun mikroqarzlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

🏦 Turonbank:

Foizi — 29 foiz;
Muddati — 4 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha
Batafsil

O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun:

Foizi — 27,99 foiz;
Muddati — 3 yil;
Miqdori — 300 mln so‘mgacha
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li bank:

Foizi — 33,9 foiz;
Muddati — 5 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, avtomobil
Batafsil

🏦 Trastbank:

Foizi — 27-30 foiz;
Muddati — 1-3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — transport vositasi
Batafsil

🏦 Tengebank:

Foizi — 31,9 foiz;
Muddati — 3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, avtomobil
Batafsil

Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍192👎4413🔥11🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz banklar saqlaydigan muhim sirlar haqida bilasizmi?

Keling, bugun ularni birgalikda o‘rganib chiqamiz)

Telegram
InstagramYouTubeTikTok
👍104👎21🔥1817🤔4
Bugun ham aloqa botimizga kelib tushayotgan eng ko‘p savollardan biriga javob beramiz.

Xo‘sh, nomingizda katta-kichik miqdorda kreditlar bo‘lsa, xorijga chiqa olasizmi yoki bunda qandaydir muammo kelib chiqadimi?

Keling, birgalikda qonunchilikdan bu savolga javob topamiz)

Bank bilan o‘rtangizdagi munosabatlarning barchasi kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz unda sizning xorijiy davlatga chiqishingizga cheklov o‘rnatadigan hech bir qoidalar mavjud emas. Mavjud bo‘lgan taqdirda ham bu noqonuniy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga asosan har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega.

Bu degani kredit shartnomasida sizni xorijga chiqishingizni cheklanishi konstitutsiya qoidalariga zid. Lekin qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

Unda qachon chetga chiqishimga ta’qiq tushishi mumkin?

Haqiqatdan ham qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkin, qachon-ki u qarzlarini vaqtida to‘lamagan va ishi majburiy ijroga oshirilgan taqdirda.

Ya’ni:

● Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki;
● Ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda;

● davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki;
● o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Bundan kelib chiqadi-ki, siz kredit oluvchi sifatida kreditor oldidagi majburiyatlaringizni o‘z vaqtida amalga oshirib borsangiz sizga hech qanday cheklovlar joriy qilinmaydi.

Faqatgina, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatida, tegishli qaror orqali chet elga chiqishingiz ta’qiqlanishi mumkin.

Keyingi postlarimizda sizga xorijga chiqish uchun cheklov qo‘yilganini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍13115🔥9🤝5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilinganidek, bugun sizlar bilan xorijga chiqishingizda cheklov bor yoki yo‘qligini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

Videomizni tomosha qiling va uni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni yanada ruhlantiradi!

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha taklif yuborish uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8814🔥7🤔2
Bugun biz sizlarga banklarda taklif etilayotgan dollardagi eng yuqori foizli omonatlarni bir joyga to‘pladik)

🏦 Agrobank:

Foiz stavkasi — yillik 6–7 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 13—24 oy;
Batafsil

🏦 Anorbank:

Foiz stavkasi — yillik 7 foiz;
Minimal miqdor — 1 000 dollar;
Muddati — 24 oy;
Batafsil

🏦 Asakabank:

Foizi — 7,5 foizgacha;
Minimal miqdor — 50 dollar;
Muddati — 24 oygacha;
Batafsil

🏦 Garantbank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 13 oy;
Batafsil

🏦 Infinbank:

Foiz stavkasi — yillik 6,5 foiz;
Minimal miqdor — 1000 dollar;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

🏦 Kapitalbank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 25 oy;
Batafsil

🏦 MKBank:

Foiz stavkasi — yillik 7,5 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 36 oygacha;
Batafsil

🏦 Trastbank:

Foiz stavkasi — yillik 7,5 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

🏦 Turonbank:

Foiz stavkasi — yillik 7,2 foiz;
Minimal miqdor — cheklanmagan;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

🏦 Ziraat Bank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 24 oy;
Batafsil

Omonatlar aslida nima ekanligi, ularning talab va shartlarini bilish uchun videomizni tomosha qiling!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍145👎1613🤝9🔥7🤔5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik pul juda ham zarur bo‘lib qolganda lombard va "rassrochka" xizmatlaridan foydalanadi.

Nega bu turdagi xizmatlardan iloji boricha kamroq foydalanish kerak? Iqtisodchi Otabek Bakirov shu savolimizga javob berdi.

To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram
InstagramYouTubeTikTok
👍82🔥12🤝8👎74
Asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ko‘plab telegram kanallarda bu haqidagi e’lonlarga ko‘zingiz tushayotgan bo‘lsa kerak?

Xo‘sh, asosiy stavka o‘zi nima, nega bunchalik muhimligi haqida bilasizmi?

Bu haqida batafsil ushbu videomizdan ma’lumot olishingiz mumkin)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍119👎2015🤔12🔥7🤝1
O‘zbekistonda aholiga “ishsizlik nafaqasi” ham to‘lanishidan xabardormisiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 17 yoshdan pensiya yoshigachа bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun quyidagi uch shaklda ishsizlik nafaqasi to‘lanadi:

👍 ishidan so‘nggi o‘n ikki oy ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtachа oylik ish haqining ellik foizi miqdorida;

❗️lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekistondagi o‘rtachа ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

👍 ishidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida;

👍 ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.

Hozirgi kunda mamlakatimizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 050 000 so‘m.

Ishsizlik nafaqasi bir yilda 26 hafta to‘lanadi — bu 6,5 oy degani.

Bu nafaqani olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga) olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.

Eng qiziq tarafi ushbu nafaqani olish uchun hech qaysi hokimiyat organiga borishingiz shart emas, uyingizdan turib ham buni amalga oshirisingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Biz siz uchun qo‘llanma tayyorlaymiz!

Buning uchun ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1K93🔥29🤔23👎13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi sonimizda iqtisodchi Otabek Bakirovdan loyihamizga kelib tushayotgan omonatlar bo'yicha savollarga javob oldik.

● Bankka omonat qo‘yishdagi risklar

● Qaysi biri foydaliroq: dollardagi omonatlarmi yoki so‘mdagi?

● Omonat qo‘yish uchun bank tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Shu va shu kabi savollaringizga mutaxassis bilan intervyumiz orqali javob oling!

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/UL7jQGDPZq0

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8915👎6🔥5🤔4
Avvalgi postlarimizda “ishsizlik nafaqasi” haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan edik.

Bugun esa va’damizga binoan uni qanday qilib online olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Birinchi navbatda “my.gov.uz” saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tib olish zarur.

Shundan so‘ng, undan “sohalar” bo‘limining eng pastida joylashgan “sinov tartibidagi xizmatlar” qismiga kiring.

Keyin esa birinchi chiqqan “Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” bo‘limiga kiring va barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Tanishib chiqqach, oxiriga tushing va “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing, talab e’tilgan barcha ma’lumotlarni to‘ldiring va yuboring.

Shunda alohida arizangiz qabul qilinganligi haqida oyna ochiladi. Bu yerda ham yuborish tugmachasini bosasiz.

Va nihoyat, arizangiz 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va sizga javobi keladi.

Bu ma’lumotlarimiz siz uchun foydali bo‘ldimi?

Agar “ha” bo‘lsa, ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍70163👎17🔥15🤔10🤝8
“Ishsizlik nafaqasi”ni olish bo‘yicha video-qo‘llanma tayyorlaylikmi?
Anonymous Poll
85%
Ha, albatta
6%
Yo‘q, shart emas
8%
Menga farqi yo‘q
🤝181👍114🔥128🤔8👎6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z-o‘zini band qilganlar: qanday qilib ularning safiga qo‘shilish mumkin?

Bugungi video-qo‘llanmamiz aynan shu haqida!

*BHM 2023-yil 1-dekabrdan boshlab 340 ming so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ushbu postimizni ko‘rib chiqing.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8516🔥10👎4🤔3
Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinligidan xabardormidingiz?

Keling, bugun sizlar bilan aynan shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Ha, albatta, ushbu mablag‘lardan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin. Daromad solig‘i imtiyozi faqat yosh oila uchun va subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)dan imtiyozlar:

👍 Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

👍 Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.

*Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 050 000 x 80 = 84 mln soʻm.

Uni masofadan olish ham mumkinmi?

Albatta, soliq organlariga tashrif buyurmasdan, “my3.soliq.uz” orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17911🔥10👎7🤔4🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uydan chiqmasdan turib barcha kommunal to‘lovlarni amalga oshirish mumkinligidan xabardormisiz?

Bu uchun sizdan mobil telefon va internet talab qilinadi, xolos)

Demak, bugungi videomiz shu haqida. Bizni kuzatishda davom eting^

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍80👎1810🤝5🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilganimizdek, ishsizlik nafaqasini qanday olish bo‘yicha video-qo‘llanmamiz tayyor bo‘ldi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍189🔥22👎1410🤔9🤝1
Xuddi uy-joy sotib olish uchun ajratilganidek, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ham ipoteka kreditlari ajratilishidan xabardormisiz?

Biz bugun sizlar uchun shu turdagi ipoteka kreditlarini ajratayotgan banklar ro’yxatini tuzdik!

🏦 Aloqabank

Muddati – 20 yilgacha;
Foiz stavkasi – 17,5 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov – 15 foizdan;
Miqdori – 416,5 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦Hamkorbank

Muddati — 10 yilgacha;
Foiz stavkasi — 16,5 foiz;
Miqdori — 80 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Infinbank

Muddati – 6 yilgacha;
Foiz stavkasi – 29,99 foiz;
Miqdori – 170 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Milliy bank

Muddati – 10 yilgacha;
Foiz stavkasi – 16,5 foiz;
Miqdori — 80 mln so‘mgacha;
Batafsil

🏦 Xalq Banki

Muddati – 20 yilgacha;
Foiz stavkasi – 17 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov – 15 foizdan;
Miqdori – 416,5 mln so‘mgacha;
Batafsil

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va uni do'stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍619🔥25🤔2216👎16🤝8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda sizga “bola puli” berilmasligidan xabardormisiz?

Bugungi videomizda aynan shu haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍18121👎20🔥9🤝4🤔2
Kundalik hayotda ko‘pchiligimiz kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun komissiyasi yo‘q ilovalarga ehtiyoj sezamiz. Lekin qo‘limizda tayyor ro‘yxat bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bugun biz siz uchun qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘lishi, bunda limit qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladik.

Bugungi kunda pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng katta limit taqdim etayotgan bank “Agrobank” hisoblanadi:

🏦 Agrobank

— Humo kartalari o‘rtasida – 20 mln so‘mgacha foizsiz;

— Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida – 10 mln so‘mgacha foizsiz;

— Agrobank Humo kartalariga limitsiz.

👍 Keyingi o‘rinlarni esa quyidagi mobil ilovalar egallagan(oylik limit):

● Ziraat bank ilovasida kunlik limit — 10 mln so‘mgacha;

● “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;

● Humans ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;

● “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● Paynet ilovasi — 3 mln so‘mgacha.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍594🔥2621👎11🤝8🤔5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitkoin rekord darajada qimmatlaganidan keyin kriptovalyutalarga qiziqish yana oshib ketdi.

Xo‘sh ular o‘zi nima, oddiy pullardan qanday farq qiladi va qanchalik xavfsiz?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍94👎1310🔥6🤔5