Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Channel created
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pulli Gap — tez kunda…
👍22🔥10🤝6
Barchaga salom! Biz Pulli Gap — moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasini ishga tushirmoqdamiz.

Loyihamiz yordamida pul haqidagi eng muhim tushunchalarni oson va tushunarli tilda yetkazishga harakat qilamiz.

Bundan tashqari, sahifamizda bank sohasidagi mutaxassislarning qonunchilikdagi iqtisodiy o‘zgarishlarga izohlari ham o‘rin olgan.

Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing. Bu bizni yanada ruhlantiradi!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍41🔥2011👎3🤔3🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega omonat foizlari kreditnikidan pastroq?

Bugun sizlar bilan shu savolga javob topamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍63🔥1411👎4🤔3
Inflyatsiya — bu narx oshib ketishimi?

Inflyatsiya — o‘rtacha narx navoning doimiy oshib borish jarayoni. Bu, o‘z navbatida, pulning qadrsizlanishiga olib keladi.

Pulning qadrsizlanishi — avval unga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorining kamayishidir.

Xo‘sh, u qanday kelib chiqadi? Buning 2 xil sababi mavjud:

1. Muomalada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatidan ko‘proq miqdordagi pulning mavjudligi oqibatida.

2. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar (ishchi kuchi va xomashyo) narxlarining oshishi natijasida.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍32🔥13🤝3
Bilamiz-ki, banklar kredit berishdan avval ko‘pincha garov ta’minoti ham talab qiladi. Odatda, garov sifatida qimmatbaho mulk qo‘yiladi.

Xo‘sh, sizningcha bu garovga qo‘yilgan ta’minot turini o‘zgartirish mumkinmi?

Qarz oluvchi kreditni qisman so‘ndirganida garovga qo‘yilgan mulk kreditning joriy qoldig‘ini qoplay oladigan boshqa garov turiga almashtirilishi mumkin.

Bu jarayonda esa bank yangi ta’minot turi holatini o‘rgangan holda uni garovga olishga rozi bo‘lishi talab etiladi.

Deylik, garov ta’minotiga qo‘yilgan biror mulkingizni sotish maqsadida yoki boshqa sababga ko‘ra garovdan chiqarmoqchisiz. Bunda qarz beruvchining (bankining) roziligi bilan, uni ushbu ta’minot summasiga teng keluvchi boshqa garov ta’minotiga almashtirishingiz mumkin bo‘ladi.

Masalan, 150 mln so‘m miqdoridagi kredit uchun 175 mln so‘mlik ko‘chmas mulk (do‘kon) garovga olingan. Kreditning 70 mln so‘m qismi to‘langan taqdirda, kredit qoldig‘iga mos ravishda ko‘chmas mulk garovini 105 mln so‘mlik avtotransport vositasiga almashtirish mumkin.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍30🔥113👎3
Kobeyjing bank kartalari haqida eshitganmisiz?

2018-yildan boshlab O‘zbekistonda kobeyjing kartalari joriy etilgan.

Ular ikkita to‘lov tizimida ishlab, so‘mda yoki boshqa valyutalarda to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍24🔥14🤝31
Bankdagi omonatlaringizni dollarda saqlaysizmi yoki so‘mda?
Anonymous Poll
14%
Dollarda
44%
So‘mda
42%
Omonatim yo‘q
👍215🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Omonat pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri.

Bugun shu haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍29🔥8🤝2
Do‘stlar, biz aloqa botimizni ishga tushirdik!

Endilikda sohaga doir savollaringizni mutaxassislar yordamida o'rganib chiqamiz hamda ularga birgalikda javob topamiz.

Savol va takliflar uchun: @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍15🔥103
So‘m va AQSh dollardagi omonatdan keladigan daromadlarning farqini bilasizmi? Bugun ularni o‘rganib chiqamiz)

Ma’lumki, valyuta turiga qarab yillik foiz stavkalar farqlanadi. Amaliyotda, so‘mdagi omonat foiz stavkalari AQSh dollariga nisbatan bir muncha yuqoriroq.

Masalan, sizda 10 mln so‘m bor va “X-bank”ka oddiy foizlarda hisoblanadigan omonat qo‘yishga qaror qildingiz, ammo qaysi valyutada omonat ochishni bilmayapsiz.

Dollardagi omonat

Tasavvur qilaylik, 2022-yilning 15-avgustida so‘mdagi mablag‘ingizni AQSh dollariga ayirboshladingiz. O‘sha kuni rasmiy dollar kursi 10 911,01 so‘mni tashkil etgan. Shunda 10 mln so‘mingiz qariyb 916,50 AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Hozirda, xorijiy valyutadagi omonatlarning o‘rtacha foizi — yillik 5 foiz. Agar siz ushbu mablag‘ingizni 1 yil muddatga AQSh dollarida omonatga qo‘ysangiz, bir yildan so‘ng taxminan 962,33 dollar olasiz.

Shunday qilib, siz 45,83 dollar foyda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

So‘mdagi omonat

Bugungi kunda, milliy valyutadagi omonatlarning o‘rtacha foizi yillik 22 foiz deb olsak, siz 10 mln so‘mingizni omonatga qo‘yib, bir yildan so‘ng taxminan 2,2 mln so‘m foyda olishingiz mumkin.

Bu shuni anglatadiki, omonat muddati so‘ngida siz 12,2 mln so‘m miqdorda pulni qabul qilib olasiz.

Xo‘sh qaysi biri foydaliroq?

Qaysi biri ko‘proq — 962,33 AQSh dollarimi yoki 12,2 mln so‘m? Buning uchun AQSh dollarini so‘mga aylantiramiz. Bugun 15-avgust uchun rasmiy dollar kursi 12 062,04 so‘m. Demak, 962,33 AQSh dollari taxminan 11,6 mln so‘mga aylanadi.

Bu esa milliy valyutadagi omonatdan keladigan daromaddan qariyb 600 ming so‘mga kamroq.

*ushbu hisob-kitoblar axborot beruvchi xarakterga ega va sizni qiziqtirgan bankning hisob-kitoblaridan farq qilishi mumkin

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍82🔥11👎74🤔3
Loyihamizda ko'proq qaysi mavzular yoritilishini istaysiz?
Anonymous Poll
28%
Omonatlar
41%
Kreditlar
9%
Birjalar
16%
Moliya bozori
6%
Boshqa
👍9
MasterCard kartalari — xalqaro to‘lov tizimlarida qo‘llaniladigan karta hisoblanadi.

Bugun O‘zbekistonda ushbu kartalarni ochish jarayoni haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍12🔥9🤝43
Subsidiya — bu pulmi?

Subsidiya — aholiga davlat tomonidan beriladigan yordam.

U ipoteka krediti orqali uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘.

Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas.

Qonunchilikka koʻra, subsidiyalar uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga asosan 30 va undan yuqori ball toʻplaganlarga ajratiladi.

Misol uchun, kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy faol yoshlar, chekka hududlarda ishlash uchun boshqa hududdan kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlarining arizalari yuqoriroq baholanadi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
🔥21👍16🤝43