Pulli Gap
38.6K subscribers
281 photos
109 videos
1 file
372 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻpchilik “birgalikda qarz oluvchi” va “kafil” tushunchalarini adashtirib yuboradi. Aslida bu ikkalasi mohiyatan oʻxshash boʻlsada, boshqa-boshqa narsa.

Xoʻsh, siz ular oʻrtasidagi farqni bilasizmi?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍10117🔥10👎9🤝4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bank bugun asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Bu haqida barcha telegram kanallarida o‘qiyotgan bo‘lsangiz kerak?

Xo‘sh, asosiy stavka o‘zi nima, nega bunchalik muhim?

Markaziy bankning asosiy stavkasi — pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri hisoblanadi.

Kundalik hayotimiz o‘ylaganimizdan ko‘ra ko‘proq asosiy stavkaga bog‘langan. Asosiy stavka oshirilsa, biz yuqoriroq foizda kredit olamiz. Agar tushirilsa pastroq foizda.

Bundan kelib chiqadiki, asosiy stavka — bu odamlar bankdan olayotgan qarzning narxi.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo‘lgan iqtisodiy o‘sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi.

Asosiy stavka mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? Kreditlargachi?

Bu haqda yuqoridagi videomiz orqali to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍142🔥1613👎13🤝4
Bugun sizlarga aloqa bot’imiz bo‘yicha ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Bilasizmi, botimizga kuniga turli xil mavzulardagi yuzlab murojaatlar kelib tushadi. Qiziqarli jihati ulardan aksariyatining javobi kanalimizda yoritilgan.

Shu tufayli, sizlardan avval kanaldagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni, “qidiruv oyna”si — 🔍 orqali o‘zingizni qiziqtirgan mavzularni topib, o‘rganishingizni iltimos qilgan bo‘lar edik.

Shuningdek, biz kelib tushgan savollarni yig‘ib, ularga hafta davomida javob berib borishga harakat qilamiz. Ulardan eng muhimlarini kanalimizda ham yoritib boramiz.

Savollar ko‘lami kengligi sababli biz ularning har biriga birdan javob berishga jismonan ulgurmaymiz. Shu jihatlarni hisobga olib, bizni tushunishingizga umid bildiramiz.

Unutmang, biz har bir savolni diqqat bilan o‘rganib chiqib, albatta, ularga javob beramiz. Aloqa bot’imiz — @pulligap_bot

Bizni kuzatayotganingiz uchun rahmat!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍12812🤝9👎6🤔6
Banklarning mobil ilovalari orqali hech qanday hujjatlarsiz, skoring asosida onlayn mikroqarz ajratish yo‘lga qo‘yilganidan xabardormisiz?

Bugun biz siz uchun shunday banklar ro‘yxatini tuzdik)

🏦 Agrobank:

Foizi — 27,99 foiz;
Muddati — 2 yil;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

Byudjet tashkiloti xodimlariga:

Foizi — 25 foiz;
Muddati — 2 yil;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 Anorbank:

Foizi — 34 – 52 foizgacha;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 Davrbank:

Foizi — 23,99 – 48 foizgacha;
Muddati — 4 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 Hamkorbank:

Foizi va muddati:
12 oygacha — 32 foiz;
24 oygacha – 36 foiz;
36 oygacha – 40 foiz;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minotsiz

🏦 Ipoteka bank:

Foizi — 33 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minotsiz

🏦 Ipak yo‘li bank:

Foizi va muddati:
12 oygacha — 30,90 foiz;
24 oygacha — 35,90 foiz;
36 oygacha — 40,90 foiz;
Miqdori — 33 mln so‘mgacha;
Garovsiz.

🏦 MKBank:

Foizi — 26 – 29 foiz;
Muddati — 2 yilgacha;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 O‘zSQB:

Foizi va muddati:
12 oygacha — 31 foiz;
24 oygacha — 32 foiz;
36 oygacha — 33 foiz;
48 oygacha — 34 foiz;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 TBC Bank:

Foizi — 28 – 49 foizgacha;
Muddati — 36 oygacha;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.

Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida bilish uchun videomizni tomosha qiling.

Nomingizda kredit borligi uchun yana boshqa kredit ololmayman deb o‘ylayabsizmi? Adashasiz! Batafsil ushbu postimiz orqali ma’lumot oling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍335👎7117🤔10🤝10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammamizga ma’lumki, siz kimningdir krediti uchun kafil bo‘lsangiz va u qarzini to‘lamasa yoki kechiktirsa bank sizga yuzlanadi, pulni sizdan talab qiladi.

Shuningdek, ayrimlar hech qachon kredit olmagan bo‘lsa-da, kredit tarixi salbiyga tushib qoladi. Sababi esa ular kafillik qilgan odam qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndirmagani bo‘lib chiqadi.

Xo‘sh, siz qarindoshingiz, tanishingiz yoki yetti yot begonaga kafil bo‘lishdan oldin yana nimalarga tayyor turishingiz kerakligini bilasizmi?

Bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍11411🔥11🤝4
Noyabr—dekabr oylari davomida “Pulli gap” loyihamiz doirasida taqdim etilgan foydali videolarimizni bir joyga jamladik:

👍 Qanday qilib kamroq foizli ipoteka krediti olish mumkin?;

👍 Islom moliyasi o‘zi nima?;

👍 Lizing aslida nima, uni olishning qanday shartlari mavjud?;

👍 Omonat tanlayotganda nimalarga e’tibor qaratish lozim?;

👍 Bank faoliyati tugatilsa, omonatingizni qanday qaytarib olishingiz mumkin?;

👍 Birgalikda qarz oluvchi kim?;

👍 Markaziy bankni asosiy stavkasi nega bunchalik muhim?;

👍 Kafil bo‘lishdan avval bularni bilib oling!

Qiziqarli videolarimizni tomosha qiling. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13411🔥11🤝9👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodchi hamda “Bakiroo” kanali muallifi Otabek Bakirovdan loyihamizga kelib tushgan savollar bo‘yicha intervyu oldik.

● Kredit tarixi o‘zi nima?

● Qarzdor kreditini vaqtida to‘lamasa, kafilning ham kredit tarixi salbiyga tushadimi?

● Nega pandemiyada kredit tarixim salbiy bo‘lib qolgan?

● Qanday qilib salbiy kredit tarixini yaxshilashim mumkin?

Shu va shunga o‘xshash savollaringizga mutaxassis javobini intervyumiz orqali bilib oling!

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/IjSv4lx6Y0s
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10914🔥8👎7🤔4🤝1
Obunachilarimizning so‘roviga binoan noyabr—dekabr oylarida yozilgan eng foydali postlarimizni bir joyda to‘pladik.

👍 Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun ipoteka kreditlari;

👍 “Bola puli” haqida umumiy ma’lumotlar;

👍 “Bola puli” miqdori o‘zi qancha?;

👍 Yomon kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?;

👍 Nomimda kredit bor, yana qo‘shimcha kredit olsam bo‘ladimi?;

👍 Eng manfaatli onlayn mikroqarzlar ro‘yxati.

Ma’lumotlarimizni o‘qing. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14113🤝10🔥8🤔6👎5
Aloqa bot’imizga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan biri: “Qanday qilib o‘zimni band qilsam bo‘ladi, buni manga nima foydasi bor?”

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad topadigan jismoniy shaxslardir. Masalan, repetitorlar, enagalar, oshpazlar, tozalovchilar, santexniklar.

Hozirgi vaqtda 101 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash imkoniyati ham bor.

O‘zini o‘zi band qilishning qanday ijobiy tomonlari bor?

— Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati;

— Tasdiqlangan ish staji va nafaqa;

— Rasmiy daromad — bankdan kreditlar olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin bo’ladi;

— Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya;

— O’z ishiga o’zi rahbarlik qilish va qulay vaqtda ishlash va shu kabilar.

Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

👍 Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

👍 Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQ’ning “Soliq” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Jarayon 30 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilish uchun to‘lov yo‘q. Bunda cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin. Buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍155🤔98👎8🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham yomon kredit tarixi sabab banklardan boshqa kredit ololmayabsizmi?

Xo‘sh, bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Kredit tarixini yaxshilashning imkoni bormi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov aynan shu savolimizga javob berdi.

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/IjSv4lx6Y0s

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍103👎169🔥6🤔2
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun banklardan kredit ololmayapsizmi? Endi buning yechimi mavjud)

Biz siz uchun o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun mikroqarzlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

🏦 Turonbank:

Foizi — 29 foiz;
Muddati — 4 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha
Batafsil

O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun:

Foizi — 27,99 foiz;
Muddati — 3 yil;
Miqdori — 300 mln so‘mgacha
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li bank:

Foizi — 33,9 foiz;
Muddati — 5 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, avtomobil
Batafsil

🏦 Trastbank:

Foizi — 27-30 foiz;
Muddati — 1-3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — transport vositasi
Batafsil

🏦 Tengebank:

Foizi — 31,9 foiz;
Muddati — 3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, avtomobil
Batafsil

Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍192👎4413🔥11🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz banklar saqlaydigan muhim sirlar haqida bilasizmi?

Keling, bugun ularni birgalikda o‘rganib chiqamiz)

Telegram
InstagramYouTubeTikTok
👍104👎21🔥1817🤔4
Bugun ham aloqa botimizga kelib tushayotgan eng ko‘p savollardan biriga javob beramiz.

Xo‘sh, nomingizda katta-kichik miqdorda kreditlar bo‘lsa, xorijga chiqa olasizmi yoki bunda qandaydir muammo kelib chiqadimi?

Keling, birgalikda qonunchilikdan bu savolga javob topamiz)

Bank bilan o‘rtangizdagi munosabatlarning barchasi kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz unda sizning xorijiy davlatga chiqishingizga cheklov o‘rnatadigan hech bir qoidalar mavjud emas. Mavjud bo‘lgan taqdirda ham bu noqonuniy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga asosan har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega.

Bu degani kredit shartnomasida sizni xorijga chiqishingizni cheklanishi konstitutsiya qoidalariga zid. Lekin qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

Unda qachon chetga chiqishimga ta’qiq tushishi mumkin?

Haqiqatdan ham qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkin, qachon-ki u qarzlarini vaqtida to‘lamagan va ishi majburiy ijroga oshirilgan taqdirda.

Ya’ni:

● Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki;
● Ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda;

● davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki;
● o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Bundan kelib chiqadi-ki, siz kredit oluvchi sifatida kreditor oldidagi majburiyatlaringizni o‘z vaqtida amalga oshirib borsangiz sizga hech qanday cheklovlar joriy qilinmaydi.

Faqatgina, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatida, tegishli qaror orqali chet elga chiqishingiz ta’qiqlanishi mumkin.

Keyingi postlarimizda sizga xorijga chiqish uchun cheklov qo‘yilganini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍13115🔥9🤝5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilinganidek, bugun sizlar bilan xorijga chiqishingizda cheklov bor yoki yo‘qligini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

Videomizni tomosha qiling va uni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni yanada ruhlantiradi!

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha taklif yuborish uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍8814🔥7🤔2
Bugun biz sizlarga banklarda taklif etilayotgan dollardagi eng yuqori foizli omonatlarni bir joyga to‘pladik)

🏦 Agrobank:

Foiz stavkasi — yillik 6–7 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 13—24 oy;
Batafsil

🏦 Anorbank:

Foiz stavkasi — yillik 7 foiz;
Minimal miqdor — 1 000 dollar;
Muddati — 24 oy;
Batafsil

🏦 Asakabank:

Foizi — 7,5 foizgacha;
Minimal miqdor — 50 dollar;
Muddati — 24 oygacha;
Batafsil

🏦 Garantbank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 13 oy;
Batafsil

🏦 Infinbank:

Foiz stavkasi — yillik 6,5 foiz;
Minimal miqdor — 1000 dollar;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

🏦 Kapitalbank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 25 oy;
Batafsil

🏦 MKBank:

Foiz stavkasi — yillik 7,5 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 36 oygacha;
Batafsil

🏦 Trastbank:

Foiz stavkasi — yillik 7,5 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

🏦 Turonbank:

Foiz stavkasi — yillik 7,2 foiz;
Minimal miqdor — cheklanmagan;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

🏦 Ziraat Bank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 24 oy;
Batafsil

Omonatlar aslida nima ekanligi, ularning talab va shartlarini bilish uchun videomizni tomosha qiling!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍145👎1613🤝9🔥7🤔5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik pul juda ham zarur bo‘lib qolganda lombard va "rassrochka" xizmatlaridan foydalanadi.

Nega bu turdagi xizmatlardan iloji boricha kamroq foydalanish kerak? Iqtisodchi Otabek Bakirov shu savolimizga javob berdi.

To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram
InstagramYouTubeTikTok
👍82🔥12🤝8👎74
Asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ko‘plab telegram kanallarda bu haqidagi e’lonlarga ko‘zingiz tushayotgan bo‘lsa kerak?

Xo‘sh, asosiy stavka o‘zi nima, nega bunchalik muhimligi haqida bilasizmi?

Bu haqida batafsil ushbu videomizdan ma’lumot olishingiz mumkin)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍119👎2015🤔12🔥7🤝1
O‘zbekistonda aholiga “ishsizlik nafaqasi” ham to‘lanishidan xabardormisiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 17 yoshdan pensiya yoshigachа bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun quyidagi uch shaklda ishsizlik nafaqasi to‘lanadi:

👍 ishidan so‘nggi o‘n ikki oy ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtachа oylik ish haqining ellik foizi miqdorida;

❗️lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekistondagi o‘rtachа ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

👍 ishidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida;

👍 ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.

Hozirgi kunda mamlakatimizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 050 000 so‘m.

Ishsizlik nafaqasi bir yilda 26 hafta to‘lanadi — bu 6,5 oy degani.

Bu nafaqani olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga) olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.

Eng qiziq tarafi ushbu nafaqani olish uchun hech qaysi hokimiyat organiga borishingiz shart emas, uyingizdan turib ham buni amalga oshirisingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Biz siz uchun qo‘llanma tayyorlaymiz!

Buning uchun ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1K93🔥29🤔23👎13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi sonimizda iqtisodchi Otabek Bakirovdan loyihamizga kelib tushayotgan omonatlar bo'yicha savollarga javob oldik.

● Bankka omonat qo‘yishdagi risklar

● Qaysi biri foydaliroq: dollardagi omonatlarmi yoki so‘mdagi?

● Omonat qo‘yish uchun bank tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Shu va shu kabi savollaringizga mutaxassis bilan intervyumiz orqali javob oling!

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/UL7jQGDPZq0

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8915👎6🔥5🤔4
Avvalgi postlarimizda “ishsizlik nafaqasi” haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan edik.

Bugun esa va’damizga binoan uni qanday qilib online olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Birinchi navbatda “my.gov.uz” saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tib olish zarur.

Shundan so‘ng, undan “sohalar” bo‘limining eng pastida joylashgan “sinov tartibidagi xizmatlar” qismiga kiring.

Keyin esa birinchi chiqqan “Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” bo‘limiga kiring va barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Tanishib chiqqach, oxiriga tushing va “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing, talab e’tilgan barcha ma’lumotlarni to‘ldiring va yuboring.

Shunda alohida arizangiz qabul qilinganligi haqida oyna ochiladi. Bu yerda ham yuborish tugmachasini bosasiz.

Va nihoyat, arizangiz 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va sizga javobi keladi.

Bu ma’lumotlarimiz siz uchun foydali bo‘ldimi?

Agar “ha” bo‘lsa, ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍70163👎17🔥15🤔10🤝8
“Ishsizlik nafaqasi”ni olish bo‘yicha video-qo‘llanma tayyorlaylikmi?
Anonymous Poll
85%
Ha, albatta
6%
Yo‘q, shart emas
8%
Menga farqi yo‘q
🤝181👍114🔥128🤔8👎6