Pulli Gap
38.5K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ipoteka krediti olmoqchisiz, lekin ayrim banklardagi kreditlar qimmatlik qilyaptimi?

Biz sizga kamroq foizli ipoteka kreditlari haqida ma'lumot beramiz va qanday qilib ularni olish mumkinligini tushuntiramiz.

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni botimizga ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍61👎15🔥1411🤔4
Hozirgi kunda uy xarid qilish uchun uzoq vaqt pul jamg‘arishga to‘g‘ri keladi. Bu uchun sizda vaqt bo‘lmasa-chi? Unda sizlarga ipoteka kreditlari yordamga keladi.

Bugun biz sizlarga rasmiy daromadingiz bo‘lmasa ham ajratilayotgan ipoteka kreditlari ro‘yxatini tayyyorladik.

🏦 Hamkorbank

Foizi — 18-19,5 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz;
Batafsil

🏦 Ipoteka bank

Foizi — 17-18 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz;
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank

Foizi — 17,5-18 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 15-30 foiz;
Batafsil

🏦 Turon bank

Foizi — 16-17,5 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 50-70 foiz;
Batafsil

🏦 Xalq banki

Foizi — 17-17,5 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-40 foiz;
Batafsil

Ipoteka krediti olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi, shartlari va talablari qanday? Bu haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun videomizni tomosha qiling.

Qanday qilib pastroq foizli ipoteka kreditlarini olish haqida esa ushbu videomizda ma’lumot beriladi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍126👎1713🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizning ham qulog‘ingizga tez-tez Islom moliyasi atamasi chalinib turadimi?

Xo‘sh, Islom moliyasi o‘zi nima va uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?

Bugun sizlar bilan shu mavzuni o‘rganib chiqamiz! Videomizni tomosha qiling va uni yaqinlaringizga ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍116🔥10🤝6👎5
Botimizga “Bola puli” haqida ham ma’lumot berishimizni so‘rab ko‘plab kuzatuvchilarimiz murojaat qildi. Bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Bizda bolalar nafaqasi olishni istovchi yosh oilalar ko‘p. Ammo, nafaqa puli tayinlanishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning hammasiga bu pul berilavermaydi.

Ularning ham turlari mavjud:

— kichik yoshdagi bolalar uchun 3 yoshgacha nafaqa;

— 18 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam puli.

Qanday holatlarda nafaqa berilmaydi?

Nafaqa tayinlashda oila a’zolarining o‘rtacha daromadi hisobga olinadi. Masalan, oilada faqat ota ishlasa, uning oylik maoshi oila a’zolariga teng taqsimlanadi, o‘rtacha daromad 568 ming so‘mdan ortiq bo‘lsa, nafaqa berish rad qilinadi. Aksincha, oila a’zolarining o‘rtacha daromadi 568 ming so‘mdan kam bo‘lsa, nafaqa tayinlanadi.

Agar oilada yolg‘iz o‘zi farzandini tarbiyalayotgan onalar bo‘lsa, bunday oilaga nafaqa tayinlashda yengilliklar berilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarilganiga yetti yildan oshmagan avtomashina egalariga, traktor yoki og‘ir avtomashinalari bor kishilarga ham nafaqa tayinlanmaydi.

Bundan tashqari, oila a’zolaridan birining eng kam ish haqining 5 barobari yoki undan ortiq miqdorda banklarda qo‘yilgan omonatlari bo‘lsa, ularning nomida ikki va undan ortiq miqdorda ko‘chmas mulk bo‘lsa, nafaqa tayinlanmaydi.

Nafaqa olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar MFYlariga topshiriladi. MFY ariza berilgan oyning 19-sanasigacha barcha arizalarni jamlab Pensiya jamg‘armasiga topshiradi.

Pensiya jamg‘armasi tomonidan ularning ma’lumoti yagona reyestr dasturiga kiritiladi. Bu yerda inson omili qatnashishi cheklangan. Mahalla ham, pensiya jamg‘armasi ham birovga yordam berib yoki uning nafaqasini rad qila olmaydi. Bunda yagona reyestr dasturi vazirliklar, idoralar ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan.

Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍10212🤝6🔥5🤔4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oramizdagi aksariyat odamlar kredit va lizingni bir xil deb o‘ylashadi. Ammo ular orasida yetarlicha farq bor.

Keling bugun sizlar bilan lizing nima ekani, uning shartlari haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍55🔥3217🤝7
🏠 Sizning rasmiy daromadingiz yo'q, lekin ipoteka krediti olmoqchimisiz?

Biz sizlar uchun shunday kredit ajratayotgan banklarni topdik. Ro'yxat bilan tanishing👇
👍176👎75🤔1917🤝17🔥1
Botimizga kelib tushgan savollar tufayli, “bola puli” mavzusini davom ettiramiz)

Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib, 12 oy muddatga tayinlanadi. Biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri 3 yoshdan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

O‘zi “bola puli” qancha?

👍 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun;
👍 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun;
👍 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha;
👍 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha.

Bola puli naqd shaklda to‘lanadimi yoki plastik kartalar orqalimi?

Bolalar nafaqasi, shuningdek, moddiy yordam “Xalq banki”ning filiallari orqali naqd pul shaklida yoki mablag‘ni naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan aholining bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi.

“Bola puli” tayinlash qay hollarda rad etiladi?

Oila a’zolari orasida:
👍 rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan,
👍 oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan,
👍 mehnat organlarida hisobda turmagan,
👍 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan,
👍 haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud bo‘lgan hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad qilinadi.

Ushbu talab bola 3 yoshga to‘lgunicha parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Bola puli” aslida nima ekani, uni olish uchun qayerga murojaat qilish kerakli va talablari haqida ushbu postimizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍897🔥5👎3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avvalgi videolarimizda omonat nimaligi haqida to‘xtalgan edik.

Bugun esa omonat ochishdagi eng muhim jihatlar, o‘zi nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rganib chiqamiz.

Video yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringizga ham ulashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍7110👎5🔥5🤝1
Hammamizga ma’lumki, kredit tarixi — bu sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan qancha kredit olganingiz, uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotdir.

Agar kredit olib, uni o‘z vaqtida to‘lab bormagan bo‘lsangiz, kredit tarixingiz yomonlashadi. Yomon kredit tarixi esa banklar tomonidan sizga qayta kredit berilmasligiga sabab bo‘ladi.

Kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Demak, qarzingizni har bir kechiktirib to‘lagan paytlarning hammasi 5 yilgacha saqlanib qoladi. Bu esa, 5 yilgacha kredit ololmasligingizga sabab bo‘lishi mumkin degani.

Xo‘sh, qanday qilib yomon kredit tarixini yaxshilash mumkin?

Yomon kredit tarixidan chiqish uzoq vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi. Buning uchun siz, eski qarzdorliklaringizni yopib, kichikroq kredit muassasidan, mikrokredit tashkilotlaridan kredit olishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin. Masalan, muddatli to‘lovga texnika olsangiz bo‘ladi.

Agarda kredit ololsangiz, uni o‘z vaqtida, qat’iy ravishda kredit jadvaliga rioya qilib to‘lab borishingiz kerak bo‘ladi. Imkoningiz bo‘lsa, ularni muddatidan oldin to‘lang. Bu orqali siz o‘zingizni intizomli mijoz sifatida namoyon etasiz. Shunday qilib, sizning kredit tarixingiz asta-sekinlik bilan yaxshilanadi.

Kredit tarixi, u qanday hisoblanishi va uni qayerdan olish mumkinligi haqida videomizdan batafsil ma’lumot oling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍193👎2814🔥11🤔6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Omonatlar pul jamgʻarishning eng yaxshi usullaridan biriligi haqida gaplashgan edik.

Lekin ular qanchalik ishonchli? Bankka omonat qoʻysangizu, u yopilib ketsa, pullaringizni qaytib ololasizmi?

Keling, bugun shu mavzuni oʻrganib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍1068🤝8👎5🔥5
Biz aloqa botimizga kelib tushayotgan savollarga javob berib bormoqdamiz. Ulardan eng qiziqlarini sizga ham taqdim etamiz.

Mening nomimda kredit bor, yana qo‘shimcha kredit olsam bo‘ladimi?

— Ha, agar sizning kredit tarixingiz yaxshi bo‘lsa, shuningdek, qarz yuki ko‘rsatkichingiz belgilangan me’yor doirasida bo‘lsa yana qo‘shimcha kredit olishingiz mumkin.

Salbiy kredit tarixi

Ma’lumot uchun, odatda kredit tarixi quyidagi 3ta holatda salbiy hisoblanadi:

👍 Kredit to‘lovlari ketma-ket 3 oy kechiktirilib to’lansa;
👍 Muddati o‘tgan qarzdorlikni so‘ndirish masalasi bank tomonidan sudga oshirilsa;
👍 Muddati o‘tgan qarzdorlik bank zarari hisobidan qoplansa.

Qarz yuki ko‘rsatkichi nima?

Qarz yuki ko‘rsatkichi deganda qarz oluvchining kredit yoki mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining uning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati tushuniladi.

Qarz yuki ko‘rsatkichi ipoteka kreditlari bo‘yicha 70 foizdan, mikroqarzlar, avtokreditlar va boshqa kreditlar turlari bo‘yicha 50 foizdan oshmasligi zarur.

Masalan, sizning oylik daromadingiz 2,8 mln so‘m deb olaylik. Siz kreditingiz uchun oyiga 700 ming so‘m to‘lov qilasiz. Demak, sizning qarz yuki ko‘rsatkichingiz 25 foizni tashkil qiladi.

Bu degani sizning kredit tarixi ijobiy bo‘lsa, belgilangan qarz yuki ko‘rsatkichi me’yorlari doirasida qo‘shimcha kredit olishingiz mumkin.

Kredit tarixi, u qanday hisoblanishi va uni qayerdan olish mumkinligi haqida videomizdan batafsil ma’lumot oling.

Salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin? Bu savolga javobni ushbu postimizdan toping.

Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍180🔥10🤝10🤔8👎76
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻpchilik “birgalikda qarz oluvchi” va “kafil” tushunchalarini adashtirib yuboradi. Aslida bu ikkalasi mohiyatan oʻxshash boʻlsada, boshqa-boshqa narsa.

Xoʻsh, siz ular oʻrtasidagi farqni bilasizmi?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍10117🔥10👎9🤝4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bank bugun asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Bu haqida barcha telegram kanallarida o‘qiyotgan bo‘lsangiz kerak?

Xo‘sh, asosiy stavka o‘zi nima, nega bunchalik muhim?

Markaziy bankning asosiy stavkasi — pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri hisoblanadi.

Kundalik hayotimiz o‘ylaganimizdan ko‘ra ko‘proq asosiy stavkaga bog‘langan. Asosiy stavka oshirilsa, biz yuqoriroq foizda kredit olamiz. Agar tushirilsa pastroq foizda.

Bundan kelib chiqadiki, asosiy stavka — bu odamlar bankdan olayotgan qarzning narxi.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo‘lgan iqtisodiy o‘sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi.

Asosiy stavka mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? Kreditlargachi?

Bu haqda yuqoridagi videomiz orqali to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍142🔥1613👎13🤝4
Bugun sizlarga aloqa bot’imiz bo‘yicha ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Bilasizmi, botimizga kuniga turli xil mavzulardagi yuzlab murojaatlar kelib tushadi. Qiziqarli jihati ulardan aksariyatining javobi kanalimizda yoritilgan.

Shu tufayli, sizlardan avval kanaldagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni, “qidiruv oyna”si — 🔍 orqali o‘zingizni qiziqtirgan mavzularni topib, o‘rganishingizni iltimos qilgan bo‘lar edik.

Shuningdek, biz kelib tushgan savollarni yig‘ib, ularga hafta davomida javob berib borishga harakat qilamiz. Ulardan eng muhimlarini kanalimizda ham yoritib boramiz.

Savollar ko‘lami kengligi sababli biz ularning har biriga birdan javob berishga jismonan ulgurmaymiz. Shu jihatlarni hisobga olib, bizni tushunishingizga umid bildiramiz.

Unutmang, biz har bir savolni diqqat bilan o‘rganib chiqib, albatta, ularga javob beramiz. Aloqa bot’imiz — @pulligap_bot

Bizni kuzatayotganingiz uchun rahmat!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍12812🤝9👎6🤔6
Banklarning mobil ilovalari orqali hech qanday hujjatlarsiz, skoring asosida onlayn mikroqarz ajratish yo‘lga qo‘yilganidan xabardormisiz?

Bugun biz siz uchun shunday banklar ro‘yxatini tuzdik)

🏦 Agrobank:

Foizi — 27,99 foiz;
Muddati — 2 yil;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

Byudjet tashkiloti xodimlariga:

Foizi — 25 foiz;
Muddati — 2 yil;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 Anorbank:

Foizi — 34 – 52 foizgacha;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 Davrbank:

Foizi — 23,99 – 48 foizgacha;
Muddati — 4 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 Hamkorbank:

Foizi va muddati:
12 oygacha — 32 foiz;
24 oygacha – 36 foiz;
36 oygacha – 40 foiz;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minotsiz

🏦 Ipoteka bank:

Foizi — 33 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minotsiz

🏦 Ipak yo‘li bank:

Foizi va muddati:
12 oygacha — 30,90 foiz;
24 oygacha — 35,90 foiz;
36 oygacha — 40,90 foiz;
Miqdori — 33 mln so‘mgacha;
Garovsiz.

🏦 MKBank:

Foizi — 26 – 29 foiz;
Muddati — 2 yilgacha;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 O‘zSQB:

Foizi va muddati:
12 oygacha — 31 foiz;
24 oygacha — 32 foiz;
36 oygacha — 33 foiz;
48 oygacha — 34 foiz;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi.

🏦 TBC Bank:

Foizi — 28 – 49 foizgacha;
Muddati — 36 oygacha;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.

Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida bilish uchun videomizni tomosha qiling.

Nomingizda kredit borligi uchun yana boshqa kredit ololmayman deb o‘ylayabsizmi? Adashasiz! Batafsil ushbu postimiz orqali ma’lumot oling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍335👎7117🤔10🤝10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammamizga ma’lumki, siz kimningdir krediti uchun kafil bo‘lsangiz va u qarzini to‘lamasa yoki kechiktirsa bank sizga yuzlanadi, pulni sizdan talab qiladi.

Shuningdek, ayrimlar hech qachon kredit olmagan bo‘lsa-da, kredit tarixi salbiyga tushib qoladi. Sababi esa ular kafillik qilgan odam qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndirmagani bo‘lib chiqadi.

Xo‘sh, siz qarindoshingiz, tanishingiz yoki yetti yot begonaga kafil bo‘lishdan oldin yana nimalarga tayyor turishingiz kerakligini bilasizmi?

Bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍11411🔥11🤝4
Noyabr—dekabr oylari davomida “Pulli gap” loyihamiz doirasida taqdim etilgan foydali videolarimizni bir joyga jamladik:

👍 Qanday qilib kamroq foizli ipoteka krediti olish mumkin?;

👍 Islom moliyasi o‘zi nima?;

👍 Lizing aslida nima, uni olishning qanday shartlari mavjud?;

👍 Omonat tanlayotganda nimalarga e’tibor qaratish lozim?;

👍 Bank faoliyati tugatilsa, omonatingizni qanday qaytarib olishingiz mumkin?;

👍 Birgalikda qarz oluvchi kim?;

👍 Markaziy bankni asosiy stavkasi nega bunchalik muhim?;

👍 Kafil bo‘lishdan avval bularni bilib oling!

Qiziqarli videolarimizni tomosha qiling. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13411🔥11🤝9👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodchi hamda “Bakiroo” kanali muallifi Otabek Bakirovdan loyihamizga kelib tushgan savollar bo‘yicha intervyu oldik.

● Kredit tarixi o‘zi nima?

● Qarzdor kreditini vaqtida to‘lamasa, kafilning ham kredit tarixi salbiyga tushadimi?

● Nega pandemiyada kredit tarixim salbiy bo‘lib qolgan?

● Qanday qilib salbiy kredit tarixini yaxshilashim mumkin?

Shu va shunga o‘xshash savollaringizga mutaxassis javobini intervyumiz orqali bilib oling!

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/IjSv4lx6Y0s
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10914🔥8👎7🤔4🤝1
Obunachilarimizning so‘roviga binoan noyabr—dekabr oylarida yozilgan eng foydali postlarimizni bir joyda to‘pladik.

👍 Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun ipoteka kreditlari;

👍 “Bola puli” haqida umumiy ma’lumotlar;

👍 “Bola puli” miqdori o‘zi qancha?;

👍 Yomon kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?;

👍 Nomimda kredit bor, yana qo‘shimcha kredit olsam bo‘ladimi?;

👍 Eng manfaatli onlayn mikroqarzlar ro‘yxati.

Ma’lumotlarimizni o‘qing. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14113🤝10🔥8🤔6👎5
Aloqa bot’imizga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan biri: “Qanday qilib o‘zimni band qilsam bo‘ladi, buni manga nima foydasi bor?”

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad topadigan jismoniy shaxslardir. Masalan, repetitorlar, enagalar, oshpazlar, tozalovchilar, santexniklar.

Hozirgi vaqtda 101 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash imkoniyati ham bor.

O‘zini o‘zi band qilishning qanday ijobiy tomonlari bor?

— Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati;

— Tasdiqlangan ish staji va nafaqa;

— Rasmiy daromad — bankdan kreditlar olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin bo’ladi;

— Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya;

— O’z ishiga o’zi rahbarlik qilish va qulay vaqtda ishlash va shu kabilar.

Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

👍 Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

👍 Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQ’ning “Soliq” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Jarayon 30 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilish uchun to‘lov yo‘q. Bunda cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin. Buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍155🤔98👎8🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham yomon kredit tarixi sabab banklardan boshqa kredit ololmayabsizmi?

Xo‘sh, bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Kredit tarixini yaxshilashning imkoni bormi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov aynan shu savolimizga javob berdi.

👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/IjSv4lx6Y0s

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍103👎169🔥6🤔2