Pulli Gap
38.6K subscribers
281 photos
109 videos
1 file
372 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammamiz bilamiz-ki, avtomobil boshqarish oqibatida turli xil jarimalarga tushish mumkin.

Xoʻsh, sizda jarima bor yoki yoʻqligini qanday qilib tekshirsa boʻladi?

Bugun shu savolga birgalikda javob topamiz. Videomizni tomosha qiling va uni doʻstlaringizga ulashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍319🔥6🤝2👎1
Omonat ochish pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri. U orqali siz ishlayotganingizda pullaringiz ham siz uchun ishlaydi!

Bugun biz sizlarga banklarda taklif etilayotgan eng yuqori foizli omonatlarni bir joyga to‘pladik)

🏦 Agrobank:

Foiz — 23 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 500 ming so‘m.
Batafsil

🏦 Anorbank:

Foiz — 25 foiz;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m.
Batafsil

🏦 Davr bank:

Foiz — 26 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m.
Batafsil

🏦 Garant bank:

Foiz — 25 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 1mln so‘m.
Batafsil

🏦 Kapitalbank:

Foiz — 25 foizgacha;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m;
Batafsil

🏦Madad Invest bank:

Foiz — 24 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m.
Batafsil

🏦 MKBank:

Foiz — 23 foizgacha;
Muddat — 12-24 oy;
Eng kam miqdor — 100 ming so‘m.
Batafsil

🏦 TBC bank:

Foiz — 25 foiz;
Muddat — 13-24 oy;
Eng kam miqdor — 100 ming so‘m;
Batafsil

🏦 Turon bank:

Foiz — 23,2 foiz;
Muddat — 18 oy;
Eng kam miqdor — 500 ming so‘m.
Batafsil

🏦 Trast bank:

Foiz — 23 foiz;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 500 ming so‘m.
Batafsil

🏦Ziraat bank:

Foiz — 24 foiz;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 3 mln so‘m.
Batafsil

Omonatlar aslida nima ekanligi, ularning talab va shartlarini bilish uchun videomizni tomosha qiling!

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1177🔥7👎2🤔1
Valyuta konversiyasi nima?

Valyuta — davlatning pul birligi. Valyuta konversiyasi — bir mamlakat valyutasini boshqa davlat valyutasiga ayirboshlashdir.

Ushbu ayirboshlash turli xil maqsadlarda amalga oshiriladi. Masalan, u boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-sotiq qilish, shuningdek, boshqa davlatlardagi onlayn do‘konlardan tovarlar sotib olish imkonini beradi.

Nega valyuta konversiyasida kurs har xil bo‘ladi?

Chunki valyuta ayirboshlash to‘lovlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi banklarning kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash uchun komissiya olinishi mumkin.

Ayirboshlashda nimalarga e’tibor berish zarur?

Chet el valyutasida to‘lovni amalga oshirishdan oldin, ayirboshlash kursi hamda komission to‘lovlarga aniqlik kiritish tavsiya etiladi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍359🔥5🤔2
🏘 Xabaringiz bor, ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi.

Subsidiya aslida nima ekani, shartlari va talablari bilan tanishing👇
🤔108👍105👎5845🤝13🔥9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun bank sizga kredit bermasligi mumkin? Buninga asosiy sabablaridan biri — yomon kredit tarixi.

Xo'sh, o‘zi aslida kredit tarixi nima va nega u bunchalik muhim?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍44🔥169👎6
Ancha vaqtdan buyon uy-joyingizni ta’mirlash haqida o‘ylab yuribsizu, lekin unga yetarli mablag‘ yig‘a olmayabsizmi?

Banklar aynan uy-joy ta’miri uchun ipoteka kreditlari ajratadi. Bugun ularni o‘rganib chiqamiz)

Sizga bu turdagi ipoteka krediti ajratilishi uchun talablar:

👍 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
👍 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lish;
👍 Doimiy daromad manbasiga ega bo‘lish;
👍 Nomida boshqa ipoteka kreditlari bo‘lmasligi kerak.

Nega sizga bunday kredit ajratilmasligi mumkin?

Bank kredit ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilishi uchun sizning kredit tarixingiz ijobiy bo‘lishi kerak. Bu degani, siz boshqa kreditlaringiz bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lishingiz, muddati o‘tgan joriy qarzdorligingiz bo‘lmasligi zarur.

Oylik daromadim kredit qarzdorligini qoplashga yetmasachi?

Agar sizning oylik daromadlaringiz kredit to‘lovlariga yetmasa o‘zingiz bilan yashaydigan, doimiy daromadga ega bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizni sherik qarzdor qilishingiz mumkin.

Bunda, ular ham siz bilan teng miqdorda kreditning barcha to‘lovlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

👍 ariza;
👍 pasport nusxasi (qarzdor va birgalikda qarz oluvchilar);
👍 daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (qarzdor va birgalikda qarz oluvchilar);
👍 pudrat tashkiloti bilan shartnoma.

Qaysi banklar uy-joy ta’miri uchun ipoteka kreditlari ajratayotgani, uning muddati va miqdorini bilmoqchimisiz?

Unda ma’lumotimizni do‘stlaringizga ham ulashing, bu bizni kelgusi postlarimizni yozish uchun ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87🤝13🔥9👎31
Bizga doimiy kelib tushadigan savollardan biri — bu bankdan kredit olish foydaliroqmi yoki do‘konni o‘zida “rassrochka”dan foydalanish?

Keling buni aniq misol bilan ko‘rib chiqamiz.

Kredit bo‘yicha foizlar kredit qoldig‘iga nisbatan yuritiladi. Tushinarliroq bo‘lishi uchun foizlarni qoldiqqa nisbatan emas, kredit miqdoriga nisbatan hisoblaymiz.

“Rassrochka”

Dastlab “rassrochka”dan boshlaymiz. O‘zbekistondagi elektron do‘konlardan biriga kiramiz, bizga kerak bo‘lgan kir yuvish mashinasini topamiz. Uning narxi deyarli 6,5 mln (6 589 000) so‘m ekan. 12 oyga eng arzon muddatli to‘lovni tanlaymiz.

Jami biz bir yilda 6,5 mln so‘mlik konditsioner uchun 9 mln 389 ming so‘m to‘lar ekanmiz. Bu bir yilda texnika narxiga nisbatan 42,4 foiz ko‘proq to‘laysiz degani.

Bank krediti

Endi O‘zbekistondagi banklardan biridagi iste’mol krediti bilan qiziqamiz. Kredit qoldig‘iga nisbatan hisoblanganda iste’mol kreditining yillik foiz stavkasi 21 foiz. Kredit kalkulyatorga kir mashina uchun kerak bo‘lgan 6 589 000 so‘mni kiritamiz.

Bir yil ichida kreditni 7 mln 362 ming so‘m qilib qaytarar ekanmiz. Bu bir yilda konditsioner narxiga nisbatan 11,7 foiz ko‘proq to‘laysiz degani.

Qaysi biri foydali?

Bundan kelib chiqadi-ki, bank krediti muddatli to‘lovga nisbatan ancha foydaliroq. Biroq bankdan kredit olishda rasmiy ish joyi, kafil, garov yoki sug‘urta kabi talablar bo‘lishi mumkin. Chuni bank mijoz qarzni qaytarishiga maksimal ishonch hosil qilishni xohlaydi.

Do‘konda “bo‘lib to‘lash” xizmatidan foydalanganingizda esa sizdan faqat passport so‘raladi.

Bank krediti va “rassrochka” o‘rtasidagi farq haqida ushbu videomiz orqali ham ma’lumot olishingiz mumkin.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍108🔥16👎127🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz qanday qilib soxta pulni haqiqiysidan ajratishni bilasizmi?

Buning turli xil usullari mavjud. Bugun ular haqida gaplashamiz)

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni botimizga ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍43🔥87🤝4👎3
Esingizda bo‘lsa, sizlarni kredit kartalari tarixi bilan tanishtirib o‘tgan edik. Bugun esa shu mavzudagi obunachilarimizning savoliga javob beramiz.

Kredit kartani qanday tanlash mumkin?

💳 Kredit kartasi — bank limiti doirasida istalgan maqsadlar uchun pul ishlatish huquqini beruvchi bank kartasi.

Kredit kartasi juda qulay instrument bo‘lib, u ko‘p holatlarda sizni “qutqarib” qolishi mumkin. Faraz qiling, oylik olishingizga yana 3 kun qoldi, lekin pulingiz allaqachon tugagan. Bunday paytlarda boshqalardan qarz so‘rash o‘rniga kredit kartangizdan foydalanib turingiz mumkin bo‘ladi.

Biroq, uni tanlashda siz o‘zingizga eng muhim savolni berishingiz kerak: kredit kartasi sizga haqiqatan ham kerakmi?

Kredit karta eng “qimmat” kredit turlaridan biridir. Qarzni o‘z vaqtida to‘lash uchun siz intizomli bo‘lishingiz, shuningdek, muntazam daromadga ega bo‘lishingiz kerak.

Agar kredit karta olishga qaror qilgan bo‘lsangiz turli banklarning takliflarini o‘rganing va shartlarini taqqoslang.

Kredit limiti

Bu bank sizga taqdim etishga tayyor bo‘lgan summa. Agar siz allaqachon bank mijozi bo‘lsangiz va o‘zingizni to‘lovga qodir mijoz ekanligingizni isbotlagan bo‘lsangiz (masalan, ijobiy kredit tarixi orqali), kredit limiti yuqoriroq bo‘ladi.

Imtiyozli davr

Bu mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanmaydigan davr. Odatda bu 30-60 kunni tashkil etadi. Shuningdek, u:

👍 xaridlarni amalga oshirish vaqti (odatda bir oy);
👍 pulni qaytarishingiz kerak bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.

Kartadan foydalanish xarajatlari

Bunga quyidagilar kiradi:

👍 kreditdan foydalanganlik uchun foizlar;
👍 yillik texnik xizmat haqi;
👍 pul o‘tkazmalari, bankomatidan naqd pul yechib olish uchun komissiya.

Shartnomadagi xarajatlar to‘g‘risidagi bandni diqqat bilan o‘qing. Bank xodimiga savol berishdan tortinmang.

Keyingi postlarimizda O‘zbekiston banklarida taklif etilayotgan kredit kartalari, ularning foiz va talablari haqida ma’lumot beramiz.

Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍639🔥6👎3🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson hayoti davomida bir marotaba bo‘lsa ham kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi.

Bunday vaqtlarda har doim ham yaqinlardan qarz olish yechim bo‘la olmaydi.

Xo‘sh, nima qilish mumkin?

O‘zbekiston banklari bunday vaziyatlarga yechim sifatida mikroqarzlarni taklif etadi.

Bu sizga qisqa muddatda har qanday maqsadlar uchun pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi.

Bugungi videomiz aynan shu haqida)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍52👎1813🔥8
O‘zbekiston banklarida taqdim etilayotgan mikroqarzlar sizga qisqa muddatda har qanday maqsadlar uchun pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi.

Biz siz uchun eng manfaatli mikroqarzlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzdik)

🏦 Agrobank

👍 Mobil ilova orqali:
Foizi — 27,99 foiz;
Muddati — 2 yil;
Miqdori — 30 mln so‘mgacha.

👍 Bank orqali:
Foizi — 27-28 foiz;
Muddati— 2-3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
Batafsil

🏦 Biznesni rivojlantirish banki

👍 Mobil ilova orqali:
Foizi — 28 foiz;
Muddati — 12 oygacha;
Miqdori — 8 mln so‘mgacha;

👍 Bank orqali:
Foizi — 26-27.99 foiz;
Muddati — 12-24 oy;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank

👍 Mobil ilova orqali:
Foizi — 24-27 foiz;
Muddati — 3-12 oy;
Miqdori — 5 mln so‘mgacha.

👍 Bank orqali:
Foizi — 26-28 foiz;
Muddati — 12-36 oy;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.

👍 Budjet tashkilot xodimlari uchun:
Foizi — 23-25 foiz;
Muddati — 12-36 oy;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
Batafsil

🏦 Trastbank

👍 Mobil ilova orqali:
Foizi — 28 foiz;
Muddati — 12 oy;
Miqdori — 20 mln so‘mgacha

👍 Bank orqali:
Foizi — 23,99-27,99 foiz;
Muddati — 12-36 oy;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
Batafsil

🏦Ziraat bank

Foizi — 23,75-26 foiz;
Muddati — 12-36 oy;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
Batafsil

🏦 O‘zmilliybank

Foizi — 26-28 foiz;
Muddati 24-36 oy;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha.
Batafsil

Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida videomizdan ma’lumot oling!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98👎22🔥9🤝41
Obunachilarimizning so‘roviga binoan shu kungacha yozilgan eng foydali postlarimizni bir joyda to‘pladik.

👍 Banklardagi eng foydali omonatlar reytingi;

👍 Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish jarayoni;

👍 Birlamchi bozor uchun eng manfaatli avtokreditlar;

👍 Ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan avtokreditlar;

👍 Boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar;

👍 Eng past foizdagi ipoteka kreditlari;

👍 So‘m va dollardagi omonatlardan keladigan foydaning farqi;

👍 Bank krediti yoki “rassrochka”?

👍 Annuitet yoki differensial — qay biri foydaliroq?

Ma’lumotlarimizni o‘qing. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8012🔥11👎4🤝1
Sentabr—oktabr oylari davomida “Pulli gap” loyihamiz doirasida taqdim etilgan foydali videolarimizni bir joyga jamladik:

👍 UzCard va Humo bankomatlaridan istalgan karta orqali pul yechib olish;

👍 Banklardan avtokredit olish tartibi;

👍 Lombardlar va ularning faoliyati;

👍 Lombardlarda qanday qilib mikroqarz olish mumkin?;

👍 Qanday qilib ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish mumkin?;

👍 Bank krediti yoki “rassrochka”?;

👍 Qanday qilib komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin?;

👍 Nima uchun banklar sizga kredit bermaydi?

👍 Qanday qilib uydan chiqmasdan jarimalarni to‘lash mumkin?;

👍 Kredit tarixi nima va nega u bunchalik muhim?;

👍 Soxta pulni haqiqiysidan ajratish haqida;

👍 Mikroqarz o‘zi nima?

Qiziqarli videolarimizni tomosha qiling. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍77🔥9🤝65👎2🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ipoteka krediti olmoqchisiz, lekin ayrim banklardagi kreditlar qimmatlik qilyaptimi?

Biz sizga kamroq foizli ipoteka kreditlari haqida ma'lumot beramiz va qanday qilib ularni olish mumkinligini tushuntiramiz.

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni botimizga ulashing!

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍61👎15🔥1411🤔4
Hozirgi kunda uy xarid qilish uchun uzoq vaqt pul jamg‘arishga to‘g‘ri keladi. Bu uchun sizda vaqt bo‘lmasa-chi? Unda sizlarga ipoteka kreditlari yordamga keladi.

Bugun biz sizlarga rasmiy daromadingiz bo‘lmasa ham ajratilayotgan ipoteka kreditlari ro‘yxatini tayyyorladik.

🏦 Hamkorbank

Foizi — 18-19,5 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz;
Batafsil

🏦 Ipoteka bank

Foizi — 17-18 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz;
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank

Foizi — 17,5-18 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 15-30 foiz;
Batafsil

🏦 Turon bank

Foizi — 16-17,5 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 50-70 foiz;
Batafsil

🏦 Xalq banki

Foizi — 17-17,5 foiz;
Muddati — 20 yilgacha;
Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-40 foiz;
Batafsil

Ipoteka krediti olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi, shartlari va talablari qanday? Bu haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun videomizni tomosha qiling.

Qanday qilib pastroq foizli ipoteka kreditlarini olish haqida esa ushbu videomizda ma’lumot beriladi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍126👎1713🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizning ham qulog‘ingizga tez-tez Islom moliyasi atamasi chalinib turadimi?

Xo‘sh, Islom moliyasi o‘zi nima va uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?

Bugun sizlar bilan shu mavzuni o‘rganib chiqamiz! Videomizni tomosha qiling va uni yaqinlaringizga ulashing)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍116🔥10🤝6👎5
Botimizga “Bola puli” haqida ham ma’lumot berishimizni so‘rab ko‘plab kuzatuvchilarimiz murojaat qildi. Bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Bizda bolalar nafaqasi olishni istovchi yosh oilalar ko‘p. Ammo, nafaqa puli tayinlanishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning hammasiga bu pul berilavermaydi.

Ularning ham turlari mavjud:

— kichik yoshdagi bolalar uchun 3 yoshgacha nafaqa;

— 18 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam puli.

Qanday holatlarda nafaqa berilmaydi?

Nafaqa tayinlashda oila a’zolarining o‘rtacha daromadi hisobga olinadi. Masalan, oilada faqat ota ishlasa, uning oylik maoshi oila a’zolariga teng taqsimlanadi, o‘rtacha daromad 568 ming so‘mdan ortiq bo‘lsa, nafaqa berish rad qilinadi. Aksincha, oila a’zolarining o‘rtacha daromadi 568 ming so‘mdan kam bo‘lsa, nafaqa tayinlanadi.

Agar oilada yolg‘iz o‘zi farzandini tarbiyalayotgan onalar bo‘lsa, bunday oilaga nafaqa tayinlashda yengilliklar berilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarilganiga yetti yildan oshmagan avtomashina egalariga, traktor yoki og‘ir avtomashinalari bor kishilarga ham nafaqa tayinlanmaydi.

Bundan tashqari, oila a’zolaridan birining eng kam ish haqining 5 barobari yoki undan ortiq miqdorda banklarda qo‘yilgan omonatlari bo‘lsa, ularning nomida ikki va undan ortiq miqdorda ko‘chmas mulk bo‘lsa, nafaqa tayinlanmaydi.

Nafaqa olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar MFYlariga topshiriladi. MFY ariza berilgan oyning 19-sanasigacha barcha arizalarni jamlab Pensiya jamg‘armasiga topshiradi.

Pensiya jamg‘armasi tomonidan ularning ma’lumoti yagona reyestr dasturiga kiritiladi. Bu yerda inson omili qatnashishi cheklangan. Mahalla ham, pensiya jamg‘armasi ham birovga yordam berib yoki uning nafaqasini rad qila olmaydi. Bunda yagona reyestr dasturi vazirliklar, idoralar ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan.

Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍10212🤝6🔥5🤔4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oramizdagi aksariyat odamlar kredit va lizingni bir xil deb o‘ylashadi. Ammo ular orasida yetarlicha farq bor.

Keling bugun sizlar bilan lizing nima ekani, uning shartlari haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍55🔥3217🤝7
🏠 Sizning rasmiy daromadingiz yo'q, lekin ipoteka krediti olmoqchimisiz?

Biz sizlar uchun shunday kredit ajratayotgan banklarni topdik. Ro'yxat bilan tanishing👇
👍176👎75🤔1917🤝17🔥1
Botimizga kelib tushgan savollar tufayli, “bola puli” mavzusini davom ettiramiz)

Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib, 12 oy muddatga tayinlanadi. Biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri 3 yoshdan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

O‘zi “bola puli” qancha?

👍 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun;
👍 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun;
👍 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha;
👍 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha.

Bola puli naqd shaklda to‘lanadimi yoki plastik kartalar orqalimi?

Bolalar nafaqasi, shuningdek, moddiy yordam “Xalq banki”ning filiallari orqali naqd pul shaklida yoki mablag‘ni naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan aholining bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi.

“Bola puli” tayinlash qay hollarda rad etiladi?

Oila a’zolari orasida:
👍 rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan,
👍 oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan,
👍 mehnat organlarida hisobda turmagan,
👍 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan,
👍 haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud bo‘lgan hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad qilinadi.

Ushbu talab bola 3 yoshga to‘lgunicha parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Bola puli” aslida nima ekani, uni olish uchun qayerga murojaat qilish kerakli va talablari haqida ushbu postimizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍897🔥5👎3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avvalgi videolarimizda omonat nimaligi haqida to‘xtalgan edik.

Bugun esa omonat ochishdagi eng muhim jihatlar, o‘zi nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rganib chiqamiz.

Video yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringizga ham ulashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍7110👎5🔥5🤝1