Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Mastercard, kobeyjing va oilaviy kartalar haqida bilasiz-u, lekin kobrend kartalari nima ekanligidan xabaringiz yo‘qmi? Bugungi fotohikoyamiz aynan siz uchun!

Kobrend kartalarining oddiy kartalardan farqi va afzalliklari nimada?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍155🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har doim ham zaruriy buyumlarni xarid qilishga yetarli pulimiz bo‘lavermaydi. Shunday vaziyatlardan chiqish uchun ikki xil yechim bor: bankdan kredit olish yoki do‘konni o‘zida “rasrochka”dan foydalanish.

Aslida qaysi biri foydaliroq? Bugun sizlar bilan shu mavzuni hayotiy misollar orqali o‘rganamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍22🔥126🤝2
Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz!

Biz siz uchun Oʻzbekiston banklarida ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik.

🏦 Asia Alliance bank:

Foiz stavkasi — 26,99-27,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15-30 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — chegaralanmagan;
Garov — xarid qilingan avtomobil
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li bank:

Foiz stavkasi — 23,99-27,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 0-50 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 500 mln so‘mgacha;
Garov — avtomobil, ko‘chmas mulk yoki sug‘urta polisi
Batafsil

🏦 Ipoteka bank:

Foiz stavkasi — 27,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 360 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil, sug‘urta polisi
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank:

Foiz stavkasi — 25 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 20 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 990 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil
Batafsil

🏦 Orient Finans bank:

Foiz stavkasi — 23-25 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 600 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobi
Batafsil

🏦 Qishloq qurilish bank:

Foiz stavkasi — 24 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 30 foiz;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 450 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil
Batafsil

🏦 Turon bank:

Foiz stavkasi — 24,99-25,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 25-30 foiz;
Muddati —60 oygacha
Miqdori — 450 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil
Batafsil

Qanday qilib avtokredit olish mumkinligi, shart va talablarini bilish uchun videomizni tomosha qiling.

Qo‘shimcha ro‘yxatlar:

👍 Birlamchi bozor uchun eng past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar;

👍 Chet el avtomobillari uchun foizsiz hamda past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar;

👍 Boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit ajratayotgan banklar.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7411👎8🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har doim “dollar oshdi” degan gaplar quloqqa chalinadi.

Xo‘sh, boshqa valyutalarchi? Ularning ishlatilishi, tarixi haqida ma’lumotingiz bormi?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍22🔥6👎43
“Pulli gap” kanali siz uchun qiziqarlimi?
Anonymous Poll
70%
Ha!
18%
Albatta!
12%
Bo‘lmasamchi!
🤔81👎59👍33🔥128🤝5
🚘 Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz!

Ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan eng past foizli avtokreditlar haqida ma’lumotlar bilan tanishing👇
👍8917👎14🔥12🤔4🤝2
Kredit kartasi nima?

Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlarga to‘lashda ishlatiladigan bank kartasidir.

Kredit kartasida shaxsiy mablag‘larni saqlab (to‘plab) to‘plab bo‘lmaydi.

Ular qanday paydo bo‘lgan?

Bugungi kunda biz bilgan kredit kartasining birinchi namunasi sifatida ko‘pincha 1949-yilda “Diner’s Club”ni yaratgan Frenk MakNamara va uning biznes sherigi Ralf Shnayderning tashabbusi eslanadi.

Ta’kidlanishicha, Frenk MakNamara Nyu-York shahridagi restoranlardan birida ovqatlanib bo‘lgach, hamyonini uyida unutib qoldirganini tushinib yetadi va hisobni to‘lay olmaydi.

Aytilishicha, MakNamara yegan taomlari pulini restoranda idish-tovoq yuvish orqali to‘lamaslik uchun kelishuv imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, u voqeaning ertasiga hisobni to‘lash uchun restoranga qaytishi kerak bo‘lgan.

Ushbu voqea MakNamaraga birinchi kredit karta g‘oyasini berdi va u Diner’s Club’ni tuzdi. Ushbu klub 27 restoranni qamrab olib, u yerda foydalanishi mumkin bo‘lgan karton kartalarni ishlab chiqargan.

Diner’s Club tashkil etilganda, uning bor yo‘g‘i 200 a’zosi bo‘lgan. Ular ham asosan Shnayder va MakNamaraning do‘st va tanishlari edi. Ikki yil ichida esa ular AQSH bo‘ylab hayratlanarli darajada ko‘payib ketadi va 42 mingga yetadi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍424🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholimizning moliyaviy savodxonlik darajasi qanday deb o‘ylaysiz? Jamoamiz bilan shuni tekshirishga harakat qildik.

Xo'sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍28🔥54👎2🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun sizlar bilan komissiyasiz pul o‘tkazish ilovalari haqida gaplashamiz.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍51🔥107🤝2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gaz, suv, svet va boshqalar uchun to‘lovlarni davlat idoralariga borib to‘lash ko‘p vaqt olishi hammaga ma’lum.

Endilikda u muammo emas, uydan chiqmasdan turib kommunal to‘lovlarni amalga oshiring. Bu uchun sizdan mobil telefon va internet talab qilinadi, xolos)

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍319🔥6👎1
Startap ingliz tilidan tarjima qilinganda “boshlovchi, boshlang‘ich” ma’nolarini anglatuvchi, faoliyati boshlanganiga oz muddat o‘tgan kompaniya yo tashkilotni anglatadi.

Demak, startap — yangi tashkil etilgan, muammoni hal etish yoki muayyan bozor talabini qondirishga qaratilgan innovatsion biznes.

Startaplar odatda, texnologiyaga asoslangan sohalarda tashkil etilib, yuqori o‘sish potentsialiga ega bo‘ladi.

Startaplar ko‘pincha innovatsion g‘oyalari, mahsulotlari yoki biznes modellari orqali bozorga butunlay yangi yo‘nalishlarni olib kirishga intiladi.

Jahon tajribasida ko‘plab startap asoschilari birinchi mablag‘ni do‘stlari, oila a’zolari yoki tanish insonlaridan olib ish boshlaydi. Bu tizimni FFF ko’rinishda ta’rfilanadi.

Friends, Family, Fools — sizni g’oyangiz uchun eng birinchi pul tikadigan insonlar.

Umuman olganda, startaplar dunyoning ko‘plab sohalarida innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍246🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz so‘rovnomalarimizni davom ettiramiz! Siz nechta savolimizga javob bera olaman deb o‘ylaysiz?

Pul yoki kitob? Xo‘sh, qaysi birini tanlagan bo‘lar edingiz?)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍30🔥97
Bank yacheykasi — bu bankdagi seyf. U zirhli eshik, qo‘riqlash tizimi, signalizatsiya va videokuzatuv bilan jihozlangan xonada himoyalanadi.

Shu tufayli qimmatbaho buyumlariningiz uyingizdan ko‘ra, bunday yacheykalarda xavfsizroq bo‘ladi.

Siz uni qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz saqlash uchun ijaraga olishingiz mumkin: pul, zargarlik buyumlari, qimmatbaho tangalar to‘plami va shu kabilarni. Ijaraga olish muddati 1 kundan 3 yilgacha muddatda bo‘lishi mumkin.

Bank yacheykalarida qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘larini saqlash sizga daromad olib kelmasligi mumkin, lekin ulardan pul mablag‘larini saqlash va yirik amaliyotlarni, masalan uy-joy oldi-sotdisi vaqtida foydаlanganda xavfsizlikni to‘liq ta’minlash jihatidan juda asqotadi.

Ularning narxi sizga kerakli seyfning o‘lchamiga qarab, 70 ming so‘mdan 165 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Bank yacheykalarining asosiy afzalligi sirasiga xavfsizlik va daxlsizlik kiradi va ma’lumotlaringiz bank siri sifatida qaraladi, hech kimga oshkor etilmaydi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍50🔥61🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda banklar sizga kredit ajratmasligidan xabaringiz bormi? Bugun sizlar bilan shu vaziyatni o‘rganib chiqamiz)

Videomiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)
👍4310🔥4👎3🤔2
👍292
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayriboshlash haqida eshitganmisiz? Sizningcha, pul paydo bo‘lishidan oldin odamlar to‘lovlarni qanday amalga oshirgan?

Bugun shu mavzu haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍4310🔥8🤔3🤝1
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlangani ma’lum qilindi.

Mamlakatda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muhtoj aholi uchun ipoteka kreditlari asosida subsidiya ajratiladi.

Subsidiya — ipoteka krediti orqali uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘.

Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas.

Masalan, siz yillik 18 foizga ipoteka krediti olgan boʻlsangiz, dastlabki besh yil mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foiz qismini oʻz hisobingizdan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida toʻlashingiz mumkin boʻladi.

Uy joy sotib olishda davlatdan subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki oilaning oylik daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:

👍 Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 8 barobarigacha, yaʼni 2 940 000 soʻmdan 7 840 000 soʻmgacha boʻlishi kerak.

👍 Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 9,2 barobarigacha boʻlishi kerak. Yaʼni 2 940 000 soʻmdan 9 016 000 soʻmgacha.

2023-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 mingni tashkil etmoqda.

Subsidiya uchun ariza

Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin:

👍 ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi;
👍 taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi;
👍 joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida;
👍 oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi;

Subsidiya berish tartibi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍819🔥5
Obunachilarimiz loyihamizga eng ko‘p bir savol bilan murojaat qilishadi. Keling, bugun unga birgalikda javob topamiz)

Bankdan kredit olayotib uni qaysi usulda so‘ndirish haqida bosh qotirganmisiz? Xo‘sh, annuitet yoki differensial — qay biri foydaliroq?

Annuitet to‘lov usuli

Annuitet usulda siz kreditingiz uchun har oy bir xil summada to‘lovlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.

Bunda asosiy qarz va foiz summasi har oyda o‘zgarsa ham, umumiy to‘lov miqdori o‘zgarishsiz qolaveradi.

Aytaylik, siz bankdan bir yil muddatga 27 foiz stavkasida 10 mln so‘m kredit oldingiz. Bunda sizning oylik to‘lovingiz taxminan 960,1 ming so‘mdan bo‘ladi.

Yakunda esa bankka umumiy 11 mln 522 ming so‘m miqdorida kredit to‘lagan bo‘lasiz.

Differensial to‘lov usuli

Ushbu uslubda siz har oyda kredit uchun uning summasidan kelib chiqib bo‘lingan miqdorlarda to‘lovlarni amalga oshirasiz.

Bunda har oy asosiy qarz bo‘yicha bir xil summa to‘lab boriladi, foiz to‘lovlari esa kredit qoldig‘i kamayib borishi bilan birga asta-sekin kamayib boradi. Ya’ni birinchi oylarda to‘lov miqdori yuqori bo‘ladi va har oy kamayib boradi.

Deylik, siz yuqoridagi shartlarda yana kredit oldingiz. Bu safar kreditni differensial usulda so‘ndirib bormoqchisiz.

Demak, sizning birinchi oylik to‘lovingiz qariyb 1 mln 63 ming so‘mni tashkil etadi va bu miqdor har oyda kamayib, 12-oyga yetganda deyarli 853 ming so‘mga tushadi.

Shunday qilib yakunda siz bankka taxminan 11 mln 467 ming so‘m miqdorida kredit to‘lagan bo‘lasiz.

Qaysi biri foydali?

Solishtiruv natijalaridan kelib chiqadi-ki, differensial to‘lov usuli annuitetga nisbatan qariyb 55 ming so‘mga foydaliroq bo‘ldi. Ya’ni birinchi holatda to‘lovlar miqdori birmuncha ko‘proq.

*ushbu hisob-kitoblar axborot beruvchi xarakterga ega va sizni qiziqtirgan bankning hisob-kitoblaridan farq qilishi mumkin

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍726👎5🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammamiz bilamiz-ki, avtomobil boshqarish oqibatida turli xil jarimalarga tushish mumkin.

Xoʻsh, sizda jarima bor yoki yoʻqligini qanday qilib tekshirsa boʻladi?

Bugun shu savolga birgalikda javob topamiz. Videomizni tomosha qiling va uni doʻstlaringizga ulashing!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍319🔥6🤝2👎1